×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ALFLUTOP eritma 2ml N5

Kategoriya:
- Suyak mushak tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ruminiya
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- К.О.Зентива С.А./ К.О.Биотехнос С.А.
ATX kodi:
- M09AX
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TERAFLEKS kapsulalar N120 Bayer Consumer Care AG Germaniya
348 000 s`om dan
OSTEOGENON tabletkalari N40 Pierre Fabre Medicament Production Frantsiya
234 800 s`om dan
MUSKOMED inyeksiya uchun eritma 2ml 4mg/2ml N6 World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Mefar Ilac Sanayi A.S. Turkiya
89 600 s`om dan
TIZALUD tabletkalari 2mg N30 Киевский витаминный завод, ПАО Ukraina
30 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ALFLUTOP eritma 2ml N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ALFLUTOP®

ALFLUTOP®

 

Preparatning savdo nomi: Alflutop

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma.

Preparatning faol komponenti mayda dengiz baliqlaridan (Kilka (Sprattus sprattus sprattus), Qora dengiz Merlangi (Odontogadus merlangus euxinus), Qora dengiz Puzonoki (Alosa tanaica normanni), Qora dengiz Anchousi (Engraulis encrassicholus ponticus)) ekstraksiya yo‘li bilan olingan, keyinchalik deproteinizasiya (oqsilsizlantirilgan) va delipidizasiya (yog‘sizlantirilgan) qilingan biofaol konsentratidir.

Tarkibi:

1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 0,1 ml biofaol konsentrat,

yordamchi moddalar: fenol (maks 0,005 g), in‘eksiya uchun suv (1 ml gacha).

Ta‘rifi: rangsiz yoki biroz jigarrangroq-sariq rangli, yoki biroz sarg‘ish rangli, tiniq suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: to‘qimalar trofikasi va regenerasiyasini rag‘batlantiruvchi vosita.

ATX kodi: M09AX.

Farmakologik xususiyatlari

Alflutop – xondroprotektor, mayda dengiz baliqlaridan olingan biofaol konsentrat uning faol komponentidir. Konsentrat mukopolisaxaridlar (xondroitin sulfati), aminokislotalar, peptidlar, natriy, kaliy, kalsiy, magniy, temir, mis va rux ionlarini saqlaydi.

Alflutop normal to‘qimalarning makromolekulyar tuzilishining buzilishini oldini oladi, interstisial to‘qimalarda va bo‘g‘im tog‘ayining to‘qimasida tiklanish jarayonlarini rag‘batlantiradi, bu uning og‘riqni qoldiruvchi ta‘sirini tushuntiradi.

Yallig‘lanishga qarshi ta‘siri va to‘qimalarning regenerasiyasi gialuronidazaning faolligini susayishi va gialuron kislotasining biosintezining me‘yorlashishiga asoslangan.

Bu ikki samara sinergik va to‘qimalardagi tiklanish jarayonlarini faollashishini (xususan, tog‘ayning tuzilishini tiklanishini) belgilaydi.

Qo‘llanilishi

Alflutop kattalarda turli joylashgan birlamchi va ikkilamchi osteoartrozda (koksartrozda, gonartrozda, mayda bo‘g‘imlarning artrozida), osteoxondrozda va spondilezda qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Poliosteoartrozda va osteoxondrozda preparat mushak ichiga chuqur qilib kuniga 1 ml dan yuboriladi. Davolash kursi 20 in‘eksiyani tashkil qiladi (kuniga 1 in‘eksiyadan 20 kun davomida).

Asosan yirik bo‘g‘imlarning shikastlanishida preparat bo‘g‘im ichiga 1-2 ml dan har bir bo‘g‘imga 3-4 kun oraliq bilan yuboriladi. Hammasi bo‘lib kurs uchun har bir bo‘g‘imga 5-6 in‘eksiya.

Bo‘g‘im ichiga va mushak ichiga yuborish usullarini birga qo‘llash mumkin.

Davolash kursini 6 oy o‘tgach shifokorning maslahatidan keyin takrorlash maqsadga muvofiqdir.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Kam hollarda qichishuvchi dermatit, terini qizarishi va preparat yuborilgan joyda achishish hissi, qisqa muddatli mialgiyalar kuzatilishi mumkin. Alohida hollarda bo‘g‘im ichki in‘eksiyalarida o‘tkinchi og‘riq sindromini kuchayishi mumkin.

Juda kam hollarda anafilaktik reaksiyalar rivojlanishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va laktasiya davri. Bolalar.

Ehtiyotkorlik

Preparatni o‘smirlarda, bu toifa pasientlarda ilmiy klinik ma‘lumotlarning yo‘qligi tufayli, buyurish tavsiya qilinmaydi.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Hozirgi vaqtgacha aniqlanmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Dengiz mahsulotlarini shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik hollarida (dengiz balig‘i) allergik reaksiyalarni rivojlanish xavfi oshadi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Doza oshirib yuborilganida moyil pasientlarda allergik reaksiyalar (ba‘zida og‘ir) rivojlanishi mumkin.

Chiqarilish shakli

In‘eksiya uchun eritma 0,1 ml/1 ml dan oq sindirish halqali to‘q shisha 1 ml li ampulalarda. 5 ampuladan alyumin folga qoplamasi bilan kontur uyali o‘ramda.

2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

In‘eksiya uchun eritma 0,1 ml/1 ml dan oq sindirish halqali to‘q shisha 2 ml li ampulalarda. 5 ampuladan alyumin folga qoplamasi bilan kontur uyali o‘ramda. Bir kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15-250S haroratda.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish

Shifokor resepti bo‘yicha.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ALFLUTOP eritma 2ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ALFLUTOP eritma 2ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ALFLUTOP eritma 2ml N5 dori vositasi К.О.Зентива С.А./ К.О.Биотехнос С.А. tomonidan Ruminiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ALFLUTOP eritma 2ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ALFLUTOP eritma 2ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ALFLUTOP eritma 1ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Ishlab chiqaruvchi: К.О.Зентива С.А./ К.О.Биотехнос С.А.
Narh: 300 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9