Alflutopning aptekalardagi narxlari
ALFLUTOP eritma 0,1mg/ml 1ml N10
|
|
181 ta dorixonada bor
|
300 000 so'mdan
Dorixonadan topish
|
420 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
395 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Alflutop ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ALFLUTOP®
ALFLUTOP®
Preparatning savdo nomi: Alflutop
Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma.
Preparatning faol komponenti mayda dengiz baliqlaridan (Kilka (Sprattus sprattus sprattus), Qora dengiz Merlangi (Odontogadus merlangus euxinus), Qora dengiz Puzonoki (Alosa tanaica normanni), Qora dengiz Anchousi (Engraulis encrassicholus ponticus)) ekstraksiya yo‘li bilan olingan, keyinchalik deproteinizasiya (oqsilsizlantirilgan) va delipidizasiya (yog‘sizlantirilgan) qilingan biofaol konsentratidir.
Tarkibi:
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: 0,1 ml biofaol konsentrat,
yordamchi moddalar: fenol (maks 0,005 g), in‘eksiya uchun suv (1 ml gacha).
Ta‘rifi: rangsiz yoki biroz jigarrangroq-sariq rangli, yoki biroz sarg‘ish rangli, tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: to‘qimalar trofikasi va regenerasiyasini rag‘batlantiruvchi vosita.
ATX kodi: M09AX.
Farmakologik xususiyatlari
Alflutop – xondroprotektor, mayda dengiz baliqlaridan olingan biofaol konsentrat uning faol komponentidir. Konsentrat mukopolisaxaridlar (xondroitin sulfati), aminokislotalar, peptidlar, natriy, kaliy, kalsiy, magniy, temir, mis va rux ionlarini saqlaydi.
Alflutop normal to‘qimalarning makromolekulyar tuzilishining buzilishini oldini oladi, interstisial to‘qimalarda va bo‘g‘im tog‘ayining to‘qimasida tiklanish jarayonlarini rag‘batlantiradi, bu uning og‘riqni qoldiruvchi ta‘sirini tushuntiradi.
Yallig‘lanishga qarshi ta‘siri va to‘qimalarning regenerasiyasi gialuronidazaning faolligini susayishi va gialuron kislotasining biosintezining me‘yorlashishiga asoslangan.
Bu ikki samara sinergik va to‘qimalardagi tiklanish jarayonlarini faollashishini (xususan, tog‘ayning tuzilishini tiklanishini) belgilaydi.
Qo‘llanilishi
Alflutop kattalarda turli joylashgan birlamchi va ikkilamchi osteoartrozda (koksartrozda, gonartrozda, mayda bo‘g‘imlarning artrozida), osteoxondrozda va spondilezda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Poliosteoartrozda va osteoxondrozda preparat mushak ichiga chuqur qilib kuniga 1 ml dan yuboriladi. Davolash kursi 20 in‘eksiyani tashkil qiladi (kuniga 1 in‘eksiyadan 20 kun davomida).
Asosan yirik bo‘g‘imlarning shikastlanishida preparat bo‘g‘im ichiga 1-2 ml dan har bir bo‘g‘imga 3-4 kun oraliq bilan yuboriladi. Hammasi bo‘lib kurs uchun har bir bo‘g‘imga 5-6 in‘eksiya.
Bo‘g‘im ichiga va mushak ichiga yuborish usullarini birga qo‘llash mumkin.
Davolash kursini 6 oy o‘tgach shifokorning maslahatidan keyin takrorlash maqsadga muvofiqdir.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Kam hollarda qichishuvchi dermatit, terini qizarishi va preparat yuborilgan joyda achishish hissi, qisqa muddatli mialgiyalar kuzatilishi mumkin. Alohida hollarda bo‘g‘im ichki in‘eksiyalarida o‘tkinchi og‘riq sindromini kuchayishi mumkin.
Juda kam hollarda anafilaktik reaksiyalar rivojlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik va laktasiya davri. Bolalar.
Ehtiyotkorlik
Preparatni o‘smirlarda, bu toifa pasientlarda ilmiy klinik ma‘lumotlarning yo‘qligi tufayli, buyurish tavsiya qilinmaydi.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Hozirgi vaqtgacha aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Dengiz mahsulotlarini shaxsiy o‘zlashtiraolmaslik hollarida (dengiz balig‘i) allergik reaksiyalarni rivojlanish xavfi oshadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganida moyil pasientlarda allergik reaksiyalar (ba‘zida og‘ir) rivojlanishi mumkin.
Chiqarilish shakli
In‘eksiya uchun eritma 0,1 ml/1 ml dan oq sindirish halqali to‘q shisha 1 ml li ampulalarda. 5 ampuladan alyumin folga qoplamasi bilan kontur uyali o‘ramda.
2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
In‘eksiya uchun eritma 0,1 ml/1 ml dan oq sindirish halqali to‘q shisha 2 ml li ampulalarda. 5 ampuladan alyumin folga qoplamasi bilan kontur uyali o‘ramda. Bir kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15-250S haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish
Shifokor resepti bo‘yicha.
Chiqarish shakllari