×
×
  • ALLES tabletkalari 600mg N20

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ALLES tabletkalari 600mg N20

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- Neutec Ilac San Ve Tic. A.S.
ATX kodi:
- R05CB01
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
80 000 s`om dan
GERBION sirop 150ml KRKA, d.d. Sloveniya
32 000 s`om dan
PEKTOLVAN S sirop 100ml Фармак, ПАО Ukraina
31 400 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ALLES tabletkalari 600mg N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ALLES

ALLES

 

Preparatning savdo nomi: Alles

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): asetilsistein

Dori shakli: vishillovchi tabletkalar.

Tarkibi:

1 vishillovchi tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: asetilsistein – 600,00 mg;

yordamchi moddalar: mikronlangan natriy sitrati, natriy gidrokarbonati, aspartam
(Ye 951), PVRK-30, natriy xloridi, limon xushbo‘yi.

Ta‘rifi: oq, dumaloq, silliq vishillovchi tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

ATX kodi: R05CB01.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Asetilsistein sistein aminokislotasining hosilasi bo‘lib, mukolitik ta‘sir ko‘rsatadi; balg‘amning reologik xususiyatlariga bevosita ta‘sir qilishi xisobiga, balg‘amning ajralib chiqishini yengillashtiradi. Ta‘siri mukopolisaxarid zanjirlarining disulfid bog‘larini uzish qobiliyati va balg‘amning mukoproteidlarini depolimerizasiyasini chaqirish qobiliyati bilan bog‘liq bo‘lib, bu balg‘amning qovushqoqligini kamayishiga olib keladi. Preparat yiringli balg‘am bo‘lganida ham faolligini saqlaydi.

Antioksidant ta‘sir ko‘rsatadi, bu uning reaktiv sulfgidril guruhlarini (SH-guruhlar) oksidlovchi radikallar bilan bog‘lanish va, shunday qilib, ularni neytrallash qobiliyatiga asoslangan.

Bundan tashqari, asetilsistein organizmning antioksidant tizimi va kimyoviy zaharsizlantirilishning muhim komponenti bo‘lgan glutationning sinteziga yordam beradi. Asetilsisteinning antioksidant ta‘siri, jadal yallig‘lanish reaksiyasiga xos bo‘lgan erkin radikal oksidlanishning shikastlovchi ta‘siridan xujayralarning himoyasini oshiradi.

Asetilsistein profilaktik qo‘llanganida, surunkali bronxiti va mukovissidozi bo‘lgan pasientlarda bakterial etiologiyali zo‘rayishlarning tez-tezligi va og‘irligini kamayishi aniqlanadi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi yuqori. Jigarda farmakologik faol metaboliti – sistein, shuningdek diasetilsistein, sistin va aralash disulfidlar xosil bo‘lishi bilan tez metabolizmga uchraydi. Ichga qabul qilinganida biokiraolishligi 10% ni tashkil qiladi (jigar orqali yaqqol “birinchi o‘tish“ samarasi borligi tufayli). Qon plazmasida maksimal konsentrasiyaga (Cmax) erishish vaqti 1-3 soatni tashkil qiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi – 50%. Buyraklar orqali faol bo‘lmagan metabolitlari (noorganik sulfatlar, diasetilsistein) ko‘rinishida chiqariladi.

Yarim chiqarilish davri (T1/2) 1 soatni tashkil qiladi, jigar faoliyatini buzilishi T1/2 ni 8 soatgacha uzayishiga olib keladi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi.

Asetilsisteinning gematoensefalik to‘siq orqali o‘tish va ko‘krak suti bilan chiqarilish qobiliyati haqida ma‘lumotlar mavjud emas.

Qo‘llanilishi

Nafas a‘zolarining qiyin ajralib chiquvchi qovushqoq balg‘am hosil bo‘lishi bilan birga kechuvchi kasalliklari:

  • o‘tkir va surunkali bronxit, obstruktiv bronxit;
  • traxeit, laringotraxeit;
  • pnevmoniya;
  • o‘pka abssessi;
  • bronxoektatik kasalligi, bronxial astma, o‘pkalarning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK), bronxiolitlar;
  • mukovissidoz;
  • o‘tkir va surunkali sinusit, o‘rta quloqning yallig‘lanishi (otit) da qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqatdan keyin buyuriladi.

Vishillovchi tabletkalarni bir stakan suvda eritish kerak. Tabletkalarni darhol eriganidan keyin qabul qilish kerak, istisno xollarda qo‘llashga tayyor eritmani 2 soatga qoldirish mumkin. Qo‘shimcha suyuqlik qabul qilish preparatning mukolitik samarasini kuchaytiradi. Qisqa muddatli shamollash kasalliklarida qabul qilish davomiyligi 5-7 kunni tashkil qiladi. Surunkali bronxitda va mukovissidozda infeksiyalardan profilaktik samaraga erishish uchun, preparatni davomliroq vaqt qabul qilish kerak.

Boshqacha buyurish bo‘lmaganida quydagi dozalarga amal qilish tavsiya etiladi:

Mukolitik davolash:

kattalar va 14 yoshdan oshgan bolalar: 1 vishillovchi tabletkadan kuniga 1-2 marta;

14 yoshgacha bo‘lgan bolalar: ¼ vishillovchi tabletkadan kuniga 2 marta.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma‘lumotlari bo‘yicha nojo‘ya samaralari ularning rivojlanish tez-tezligiga muvofiq quydagi tarzda tasniflangan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000), tez-tezligi noma‘lum (bor bo‘lgan ma‘lumotlar asosida paydo bo‘lish tez-tezligini aniqlash mumkin emas).

Allergik reaksiyalar

tez-tez emas: terini qichishishi, toshma, ekzantema, eshakemi, angionevrotik shishi, arterial bosimni pasayishi, taxikardiya;

juda kam: xatto anafilaktik shokkacha bo‘lgan anafilaktik reaksiyalar, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi).

Nafas tizimi tomonidan

kam: hansirash, bronxospazm (asosan bronxial astmada bronxlarning o‘ta yuqori reaktivligi bo‘lgan pasientlarda).

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan

tez-tez emas: stomatit, qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, jig‘ildon qaynashi, dispepsiya.

Sezgi a‘zolari tomonidan buzilishlar

tez-tez emas: quloqlarda shovqin.

Boshqalar

tez-tez emas: bosh og‘rig‘i, isitma, yuqori sezuvchanlik reaksiyasi mavjudligi bilan bog‘liq bo‘lgan qon ketishi rivojlanishini yakka xabarlari, trombositlar agregasiyasini pasayishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar

  • asetilsistein yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • zo‘rayish bosqichidagi me‘da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi;
  • homiladorlik;
  • emizish davri;
  • qon tupurish, o‘pkadan qon ketishi;
  • laktaza tanqisligi, laktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktozani malabsorbsiyasi;
  • 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (bu dori shakli uchun) qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan: anamnezdagi me‘da va o‘nikki birmaq ichakning yara kasalligi, obstruktiv bronxit, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi,  gistaminni o‘zlashtiraolmaslik (preparatni uzoq muddat qabul qilishdan saqlanish kerak, chunki asetilsistein gistaminning metabolizmiga ta‘sir qiladi va bosh og‘rig‘i, vazomotor rinit, qichishish kabi o‘zlashtiraolmaslik belgilari paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin), qizilo‘ngach venalarining varikoz kengayishi, buyrak usti bezlarining kasalliklari, arterial gipertenziya.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Asetilsistein va yo‘talga qarshi vositalar bir vaqtda qo‘llanganida, yo‘tal refleksini bostirilishi tufayli, balg‘amni dimlanishi paydo bo‘lishi mumkin.

Ichga qabul qilish uchun antibiotiklar (penisillinlar, tetrasiklinlar, sefalosporinlar va boshq.) bilan bir vaqtda qo‘llanganida, ularni asetilsisteinning tiol guruhi bilan o‘zaro ta‘siri bo‘lishi mumkin, bu ularning antibakterial faolligini pasayishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun antibiotiklar va asetilsisteinni qabul qilish orasidagi interval 2 soatdan kam bo‘lmasligi kerak (sefiksim va lorakarbendan tashqari).

Tomirlarni bo‘shashtiruvchi  va nitrogliserin bilan bir vaqtda qo‘llash, qon tomirlarni kengaytiruvchi ta‘sirini kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Qandli diabeti bo‘lgan pasientlar uchun ko‘rsatmalar

1 vishillovchi tabletka 0,006 NB ga to‘g‘ri keladi. Preparat bilan ishlashda shisha idishdan foydalanish, metallar, rezina, kislorod, yengil oksidlanuvchi moddalar bilan kontaktdan saqlanish kerak.

Asetilsistein qo‘llanganida juda kam hollarda Stivens-Djonson sindromi va Layell sindromi kabi og‘ir allergik reaksiyalarning rivojlanish xollari xaqida xabar berilgan. Teri va shilliq qavatlarning o‘zgarishlari paydo bo‘lganida, darxol shifokorga murojaat qilish, preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Bronxial astmasi va obstruktiv bronxiti bo‘lgan pasientlarga asetilsisteinni bronxial o‘tkazuvchanlikni tizimli nazorati ostida extiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Preparatni bevosita uyqudan oldin qabul qilish mumkin emas (preparatni soat 18.00 gacha qabul qilish tavsiya etiladi).

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Asetilsisteinni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar cheklangan, shuning uchun preparatni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas. Emizish davrida preparatni qo‘llashni zarurati bo‘lgan xolda, emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak.

Transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Alles preparatini tavsiya etilgan dozalarda transport vositalari, mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta‘siri xaqida ma‘lumotlar yo‘q.

 

 

Ishlatilmagan dori preparatini utilizasiya qilish maxsus ehtiyotkorlik choralari

Ishlatilmagan Alles preparatini yo‘qotish bo‘yicha maxsus ehtiyotkorlik choralarning zarurati yo‘q.

Tabletka olinganidan keyin tubani zich yopish kerak!

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: yanglishib yoki ataylab doza oshirib yuborilgan holda diareya, qusish, me‘dada og‘riq, jig‘ildon qaynashi va ko‘ngil aynishi kabi ko‘rinishlar kuzatiladi.

Davolash: simptomatik.

Chiqarilish shakli

10 va 20 vishillovchi tabletkadan polipropilen qalpoqcha bilan berkitilgan polipropilen tubalarda.

Saqlash sharoiti

Salqin, qorong‘u joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ALLES tabletkalari 600mg N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ALLES tabletkalari 600mg N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ALLES tabletkalari 600mg N20 dori vositasi Neutec Ilac San Ve Tic. A.S. tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ALLES tabletkalari 600mg N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ALLES tabletkalari 600mg N20 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ALLES tabletkalari 600mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Neutec Ilac San Ve Tic. A.S.
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9