×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

RINOMAKS XOT EFFEKT poroshok 22g N15

Kategoriya:
- Og'riq qoldiruvchi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Парацетамол, фенилэфрина гидрохлорид, хлорфенирамина малеат
Qadoqda soni:
- 15
Ishlab chiqaruvchi:
Vakil:
- Nika Pharm
ATX kodi:
- N02BE51
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 16 ta dorixonasida topildi

ico 60 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 30 000 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Ichga qabul qilishga limon yoki apelsin, yoki qora qorag'at ta'mli eritma tayyorlash uchun paketchalarga qadoqlangan 22 g li kukun. Karton o'ramga qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan birgalikda 5, 10, 25 yoki 50 ta paketcha joylashtirilgan.
Ta'siri tarkibiga kiruvchi moddalar bilan asoslangan majmuaviy preparat. Rinomaks® xot effek tisitmani tushiruvchi, yallig'lanishga qarshi, shishga qarshi, og'riqni qoldiruvchi, allergiyaga qarshi ta'sirlarga ega.

Paratsetamol – og'riqni qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi modda bo'lib, og'riq va tana haroratini boshqarish markazlariga ta'sir ko'rsatadi. Bosh va mushaklardagi og'riqlarni, isitmalash belgilarini kamaytiradi, tomoqdagi og'riqni yumshatadi.

Fenilefrin – simpatomimetik, tomirlarni toraytiruvchi ta'sir ko'rsatadi, burun orqali nafas olishni engillashtiradi, burun yo'llari va burun oldi bo'shliqlarning tozalanishiga ko'maklashadi.

Xlorfeniramin – allergiyaga qarshi vosita, N1-gistamin reseptorlari blokatori. Allergik belgilarni bartaraf etadi, o'rta miyona darajada tinchlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi, hamda muskaringa qarshi faollikni namoyon qiladi.

ichga qabul qilishga limon yoki apelsin, yoki qora qorag'at ta'mli eritma tayyorlash uchun kukun.
Bitta paketcha quyidagilarni saqlaydi: faol moddalari – paratsetamol – 500 mg; fenilefrin gidroxloridi – 10 mg; xlorfeniramin maleati – 4 mg; yordamchi moddalari: suvsiz natriy tsitrati, olma kislotasi, suvsiz limon kislotasi, dikaltsiy fosfati, shakar, limon xushbo'yi, apelsin xushbo'yi, qorag'at xushbo'yi, "quyosh botishi" bo'yog'i, ko'k yaltiroq bo'yog'i, qizil karmuazin bo'yog'i.

Har qanday dori vositasi kabi, Rinomaks® xot effekt ham, har bir iste'molchida kuzatilmasa-da, nojo'ya ta'sirlar chaqirishi mumkin.

Quyida keltirilgan nojo'ya ta'sirlar me'yoriy-huquqiy faoliyat bo'yicha tibbiy lug'at tasnifi (Meddra) ga muvofiq tizim-a'zoli sinflarga bo'lingan. Nojo'ya ta'sirlar uchrash sonini belgilash uchun BSST (Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti) ning tasnifidan foydalanilgan: juda ko'p (≥10%), ko'p (≥1% - <10%), ko'p emas (≥0,1% - <1%), kam (≥0,01% - <0,1%), juda kam (<0,01%), uchrash soni noma'lum (mavjud bo'lgan ma'lumotlarga ko'ra nojo'ya ta'sir uchrash sonini aniqlashning imkoni yo'q).

Tavsiya qilingan dozalarda preparat yaxshi qabul qilinadi.

Paratsetamol ta'siri bilan asoslangan nojo'ya ta'sirlar

Paratsetamol nojo'ya ta'sirlarni kam chaqiradi. Ayrim holatlarda quyidagi nojo'ya ta'sirlar rivojlanishi ehtimoli bor:

 - immun tizimi tomonidan: juda kam – anafilaktik shok, o'ta sezuvchanlik reaktsiyalari, angionevrotik shish, Stivens-Djonson sindromi;

- teri va teri osti to'qimalari tomonidan: juda kam – teriga toshma toshishi, eshakemi;

- qon va limfatik tizim tomonidan: juda kam – trombositopeniya, leykopeniya, agranulositoz;

- nafas tizimi, ko'krak qafasi va to'sh a'zolari tomonidan: juda kam – atsetilsalisil kislotasi va boshqa nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar (NYAQV) ga nisbatan sezuvchanligi yuqori bo'lgan bemorlarda bronxospazm;

- jigar, o't chiqarish yo'llari tomonidan: juda kam – jigar faoliyatining buzilishi. Uzoq muddat tavsiya qilingan dozadan ko'prog'i qabul qilinishida gepatotoksik va nefrotoksik ta'sirlar kuzatilishi mumkin. 

Fenilefrin ta'siri bilan asoslangan nojo'ya ta'sirlar

Ayrim holatlarda quyidagi nojo'ya ta'sirlar rivojlanishi ehtimoli bor:

- asab tizimi tomonidan: ko'p – bosh og'rig'i, boshning aylanishi, uyqusizlik;

- ruhiyatning buzilishlari: ko'p – yuqori qo'zg'aluvchanlik; juda kam – jizzakilik, asabiy zo'riqish;

- yurak va tomirlar tomonidan: ko'p – arterial bosimning oshishi; kam – taxikardiya, yurak urishini his qilish;

- me'da-ichak yo'li tomonidan: ko'p – ko'ngil aynishi, qusish;

- ko'rish a'zosi tomonidan: kam – midriaz, ko'pincha yopiq burchakli glaukomaga chalingan bemorlarda glaukomaning o'tkir xuruji;

- teri va teri osti to'qimalar tomonidan: kam – allergik reaktsiyalar (teriga toshma toshishi, eshakemi, allergik dermatit);

- buyraklar va siydik chiqarish yo'llari tomonidan: kam – dizuriya, prostata bezi gipertrofiyasida siydik qopining chiqaruv teshigi obstruktsiyaga uchragan bemorlarda siydik tutilishi.

Xlorfeniramin ta'siri bilan asoslangan nojo'ya ta'sirlar

- ruhiyatning buzilishi: kam – ruhiy-harakat reaktsiyalari tezligining pasayishi, charchoqlik hissi; uyquchanlik; alohida holatlarda, ayniqsa bolalarda yuqori dozalar qabul qilinishida bezovtalanish, qo'zg'aluvchanlik, gallyusinasiyalar, es-hushning chalkashishi;

- me'da-ichak yo'li tomonidan: kam – dispeptik belgilar; og'izning qurishi;

- yurak va tomirlar tomonidan: kam – taxikardiya;

- teri va teri osti to'qimalar tomonidan: kam – allergik reaktsiyalar (teriga toshma toshishi, eshakemi, allergik dermatit);

 - ko'rish a'zosi tomonidan: kam – yopiq burchakli glaukomaga chalingan bemorlarda ko'z ichki bosimining oshishi;

- buyrak va siydik chiqarish yo'llari tomonidan: kam – prostata bezi gipertrofiyasi mavjud bemorlarda siydik tutilishi.


Nojo'ya ta'sir rivojlanganda dori qabulini zudlik bilan to'xtating va iloji boricha tezroq shifokorga murojaat qiling.   


Agar sizda ushbu yo'riqnoma-kiritmada ta'riflanmagan har qanday boshqa nojo'ya ta'sirlar qayd etilsa, iltimos, o'zingizning shifokoringiz, ishlab chiqaruvchiga yoki farmasevtingizga xabar bering.

Preparatni paratsetamol tutuvchi boshqa dorilar, hamda boshqa nonarkotik og'riqni qoldiruvchi dorilar, NYAQV (natriy metamizoli, atsetilsalisil kislotasi, ibuprofen va boshq.), shamollash belgilarini bartaraf qilish uchun dorilar, dekongestantlar kabi simpatomimetiklar; ishtahani boshqaruvchi dorilar, amfetaminga o'xshash psixostimulyatorlar, barbituratlar, epilepsiyaga qarshi dori vositalari, rifampisin, Xloramfenikol bilan birgalikda qo'llash tavsiya etilmaydi.

Qonda siydik kislotasi va glyukoza miqdorini aniqlashga qaratilgan tahlillar o'tkazilayotganda shifokoringizga shamollash va grippga qarshi Rinomaks® xot effektni qabul qilayotganingiz haqida ayting, chunki ushbu dori vositasi glyukoza va siydik kislotasi miqdorini baholovchi laborator tekshiruv natijalarini o'zgartirishi mumkin.

Preparatni qandli diabet bilan kasallangan bemorlar yoki qand miqdori past parhezga rioya qiluvchi shaxslarga tayinlayotganda har bir paketchada 19,9 g shakar borligini hisobga olish kerak.  

Rinomaks® xot effektni qabul qilishdan oldin shifokorga quyidagi dorilar qabuli haqida ma'lumot berish kerak:

-qonni suyultirish maqsadida varfarin yoki boshqa bilvosita antikoagulyantlar;

-arterial bosimni nazorat qiluvchi dorilar, masalan, beta-adrenoblokatorlar;

-yurak etishmovchiligini davolash uchun digoksin yoki boshqa yurak glikozidlari;

-ishtahani kamaytiruvchi dorilar yoki psixostimulyatorlar;

-depressiyani davolash uchun dorilar (uchtsiklik antidepressantlar - amitriptilin);

-metoklopramid, domperidon (ko'ngil aynishi va qusishni bartaraf etish uchun qo'llaniluvchi) yoki qonda xolesterin miqdorini kamaytirish uchun qo'llaniladigan kolestiramin;

natriyni kam iste'mol qilinishini taqozo qiluvchi parhezga rioya qilish zarurati mavjudligi (har bir paketcha 0,21 g natriyni saqlaydi)

Yuqori tana harorati, titroq, tananing zirqirab og'rishi, bosh va mushaklardagi og'riq, tumov, burunning bitishi, aksirish bilan kechuvchi yuqumli-yallig'lanishli kasalliklar (O'RK, O'RVI, shu jumladan gripp) ni belgilarga qarab (simptomatik) davosi.

Rinomaks® xot effektni qo'yidagi holatlarda qo'llamang: jigar va/ yoki buyraklar faoliyatining ifodalangan buzilishlari; gipertireoidizm (tireotoksikoz); yurak kasalliklari (aorta boshlang'ich qismining ifodalangan stenozi); o'tkir miokard infarkti; taxiaritmiyalar; arterial gipertenziya, Portal gipertenziya; uchtsiklik antidepressantlar, beta-adrenoblokatorlar, Mao ingibitorlarini (shu jumladan ular bekor qilinganiga 14 kun bo'lganiga qadar) birgalikda qabul qilish; paratsetamol tutuvchi boshqa dorilar, gripp va shamollash belgilarini engillashtirish uchun mo'ljallangan, hamda burun bitishiga qarshi dorilar bilan birgalikda qo'llash; prostata bezining giperplaziyasi; yopiq burchakli glaukoma; feoxromositoma; qandli diabet va saxaraza/ izomaltaza etishmovchiligi; fruktozani ko'tara olmaslik; glyukoza-galaktozali malabsorbtsiya (chunki preparat saxarozani saqlaydi); homiladorlik va laktasiya (emiziklik) davri; 12 yoshgacha bo'lgan bolalar; dorini tarkibiy qismlariga nisbatan sezuvchanlikning oshishi. Glyukoza-6-fosfatdegidrogenazaning nasliy yo'qligi, yaxshi sifatli giperbilirubinemiyalar, qon kasalliklari, gemolitik anemiya, tug'ma giperbilirubinemiyalar (Jilber, Dabin-Djonson va rotor sindromlari), epilepsiya, koronar arteriyalarning ifodalangan aterosklerozi, bronxial astma, kuchsizlanishi, suvsizlanish, piloroduodenal obstruktsiya, me'da va/ yoki o'n ikki barmoq ichakdagi stenozlovchi yara, o'tkir gepatit, buyrak yoki jigar etishmovchiligi, arterial bosimning ko'tarilishi, yurak kasalliklari, tomirlarning obliterasiyalovchi kasalliklari (Reyno sindromi), glaukoma (yopiq burchakli glaukoma bundan mustasno), buyraklarida qaytalanuvchi uratli toshlari mavjud bemorlar, keksa yoshli bemorlarda preparatni ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak.
Dorilarning o'zaro ta'siri Agar siz boshqa dori vositalarini ichayotgan bo'lsangiz yoki biroz oldin ichgan bo'lsangiz, ular reseptsiz beriladigan bo'lsa ham, iltimos, o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtingizga bu haqida xabar bering. Paratsetamolni uzoq vaqt qabul qilinishida bilvosita antikoagulyantlar (varfarin va boshqa kumarinlar) ta'sirining kuchayishi ro'y beradi, bu esa qon ketishlar xavfini oshiradi. Preparatning bir martalik dozasini epizodik qabuli bilvosita antikoagulyantlar samarasiga ahamiyatli ta'sir ko'rsatmaydi. Jigardagi mikrosomal oksidlanish fermentlari induktorlari (barbituratlar, difenin, karbamazepin, rifampisin, zidovuddin, fenitoin, etanol, flumesinol, fenilbutazon va uchtsiklik antidepressantlar) dozaning oshirib yuborilishi holatlarida va paratsetamol bilan birgalikda qabul qilinishida gepatotoksik ta'sir xavfini oshiradi. Mikrosomal oksidlanish ingibitorlari (tsimetidin) gepatotoksik ta'sir xavfini pasaytiradi. Paratsetamol diuretiklar va urikozurik dorilar samaradorligini kamaytiradi. Metoklopramid va domperidon paratsetamol so'rilishini tezlashtiradi, kolestiramin esa sekinlashtiradi. Paratsetamol Mao ingibitorlari, tinchlantiruvchi dorilar, etanolning ta'sirlarini kuchaytiradi. Xlorfeniramin Markaziy asab tizimi (mat) ga boshqa moddalar (masalan, Mao ingibitorlari, uchtsiklik antidepressantlar, spirtli ichimliklar, parkinsonizmga qarshi dorilar, barbituratlar, trankvilizatorlar va narkotik vositalar) ning ta'sirini kuchaytirishi mumkin. Feniramin antikoagulyantlar ta'sirini kamaytirishi mumkin. Fenilefrinning Mao ingibitorlari bilan birga qo'llanilishi arterial bosimning ko'tarilishiga olib kelishi mumkin. Fenilefrin beta-adrenoblokatorlar va boshqa gipotenziv dorilarning samaradorligini pasaytiradi, gipertenziya va yurak-tomir tizimi tomonidan buzilishlar rivojlanish xavfini oshiradi. Uchtsiklik antidepressantlar fenilefrinning simpatomimetik ta'sirini kuchaytiradi. Galotanning fenilefrin bilan birga qo'llanilishi qorinchali aritmiya rivojlanish xavfini oshiradi. Fenilefrin guanetidinning gipotenziv ta'sirini kamaytiradi. U, o'z navbatida, fenilefrinning alfa-adrenoreseptorlarni rag'batlantiruvchi faolligini kuchaytiradi. Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi vositalar, antipsixotik vositalar, fenotiazin hosilalari siydik tutilishi, og'izning qurishi, ich qotishi rivojlanish xavfini oshiradi. Glyukokortikosteroidlarni fenilefrin bilan birgalikda qo'llanilishi glaukoma rivojlanish xavfini oshiradi. Digoksin va boshqa yurak glikozidlarini qo'llanilishi yurak maromining buzilishi va yurak xuruji rivojlanish xavfini oshiradi. Fenilefrinni simpatomimetik aminlar bilan birgalikda qo'llanilishi yurak-tomir tizimi tomonidan nojo'ya ta'sirlar rivojlanish xavfini oshirishi mumkin. Etanol o'tkir pankreatit rivojlanishiga ko'maklashadi. Mielotoksik dori vositalari dorining gematotoksikligi xususiyatlarini kuchaytirishi mumkin.
Препаратни қуруқ, ёруғликдан ҳимояланган ва болалар ололмайдиган жойда, 250С дан юқори бўлмаган ҳароратда сақлаш керак.

 

Яроқлилик муддати

Уч йил

Jaziga Hidli OK rangidan yungil buxangacha bulgan kukun. Kukunda OK rangli crystalar va yongil sepiluvchan kumak-kumoklar mavjud bo'lishi mumkin. Kukun 250 ml Isyk (kainamaetgan!) suvda uziga xos apelsin Hidli Hidli kasakrangli opalescentialovci erythma hosil kilib erylidi.

Jaziga Hidli OK rangdan yungil oh Sarik ranggggggan kukun. OK rangli kristallar va yongil sepiluvchan Kumok-kumoklar mavjud bo'lishi mumkin. Kukun 250 ml Isyk (kainamaetgan!) suvda uziga odatda limon Hidli oh Sarik rangli opalescence eritma albatta kilib eridi.

Rangggigan kukun uchun Hidli Hidli OK rangdan yongil. OK rangli kristallar va yongil sepiluvchan Kumok-kumoklar mavjud bo'lishi mumkin. Kukun 250 ml Isyk (kainamaetgan!) suvda uziga xos Karagat Hidli qora rangli opalescence eritma lotin kilib eridi.

Har doim Rinomaks® xot effektni Sizning davolovchi shifokoringiz tavsiyalariga aniq amal qilgan holda qo'llang. Agar siz nimadadir ikkilansangiz, o'zingizning shifokoringiz yoki farmasevtingizdan so'rang.

Bitta paketchadagi kukunni stakan ichiga solib, 250 ml ga yaqin issiq (qaynamayotgan!) suv quyiladi, kukun to'liq eriguncha aralashtiriladi va issiq holda ichiladi.

Kattalar va 12 yoshdan bolalarga 1 ta paketchadan har 4-6 soatda qabul qilish tavsiya etiladi, lekin 24 soatda 3 ta paketchadan ko'proq miqdorni qabul qilish mumkin emas.

Sizga buyurilgan dozadan yuqoriroq doza qabul qilinganida darhol shifokorga murojaat qiling! Dozaning oshirib yuborilishiga gumon qilinganda, bemorning ahvoli yaxshi bo'lsa ham, dori qabulini to'xtatib, zudlik bilan shifokorga yordam so'rab murojaat qilish kerak, chunki muddati keyinga qoldirilgan jigarning jiddiy shikastlanishi xavfi mavjud. Belgilari (paratsetamol bilan asoslangan). Yigirma to'rt soat mobaynida: terining rangparligi, ishtahaning pasayishi, ko'ngil aynishi, qusish, qorindagi og'riq aniqlanishi mumkin. Jigar funktsiyasining buzilishi 12-48 soatdan keyin paydo bo'lishi mumkin. Glyukoza metabolizmining buzilishi va metabolik asidoz belgilari paydo bo'lishi mumkin. Kattalarda toksik ta'siri 10 g paratsetamolning bir marotabali qabulidan keyin kuzatilishi mumkin. Bunda jigar fermentlari faolligining oshishi, jigar zararlanishining klinik manzarasi 1-6 kundan keyin namoyon bo'lishi qayd etiladi. Og'ir zaharlanish holatida jigar entsefalopatiyasi, koma va o'limgacha etib boradigan og'ir jigar etishmovchiligi rivojlanishi mumkin. Bel sohasidagi kuchli og'riq bo'yicha tashxislanadigan buyrak naychalarining o'tkir nekrozi bilan o'tkir buyrak etishmovchiligi jigar funktsiyasining og'ir buzilishi ro'y bermasdan ham paydo bo'lishi mumkin. Paratsetamolning dozasi oshirib yuborilganda yurak aritmiyalari va pankreatit rivojlanganligi haqida ma'lumotlar bor. Zaharlanishning erta davrida belgilar majmuasi faqat ko'ngil aynishi va qusish bilangina chegaralanishi mumkin, hamda dozani oshirib yuborilganligi yoki ichki a'zolar zararlanishining darajasini aks ettirmasligi mumkin. Davosi: taxmin qilinayotgan dozani oshirib yuborilganligidan keyingi birinchi soat davomida ichga faollashtirilgan ko'mir tayinlanishi maqsadga muvofiqdir. Taxmin qilinayotgan dozani oshirib yuborilishidan keyingi 4 soatdan ko'proq muddat o'tgach, paratsetamolning plazmadagi miqdorini aniqlash kerak (paratsetamol miqdorini ertaroq muddatlarda aniqlanishi ishonchli bo'lmasligi mumkin). Atsetilsistein bilan davolash paratsetamol qabulidan keyin 24 soatgacha o'tgunga qadar o'tkazilishi kerak, lekin maksimal gepatoprotektorlik samara doza oshirib yuborilishidan keyingi 8 soat mobaynida olinishi mumkin. Bundan keyin ziddi-zaharning samaradorligi keskin kamayadi. Zarurat bo'lganida atsetilsistein vena ichiga ham yuborilishi mumkin. Qusish bezovta qilmayotganda agar tezkor stasionar yordamni olish imkoniyati bo'lmasa, metioninni ichga qabul qilinishi muqobil variant bo'lib, hisoblanadi. Jigar funktsiyasining og'ir buzilishlari kuzatilayotgan bemorlarni paratsetamol qabulidan keyingi 24 soat davomida davolanishi toksikologik markaz yoki ixtisoslashtirilgan jigar kasalliklari bo'limi xodimlari bilan hamkorlikda olib borilishi kerak. Xlorfeniramin va fenilefrin (preparatning dozasi oshirib yuborilishi holatida xlorfeniraminni parasimpatik samarasi va fenilefrinni simpatomimetik samarasining o'zaro kuchaytirilishi xavfi mavjudligi sababli dozani oshirib yuborilishi belgilari birlashtirilgan). Belgilari: bezovtalanishga keyinchalik uyquchanlikning qo'shilishi (ayniqsa bolalarda), ko'rishning buzilishlari, toshma toshishi, ko'ngil aynishi, qusish, bosh og'rishi, qo'zg'aluvchanlikning oshishi, bosh aylanishi, uyqusizlik, qon aylanishining buzilishlari, koma, tirishishlar, xulqning o'zgarishi, AB ning ko'tarilishi va bradikardiya. Xlorfeniraminning dozasi oshirib yuborilganda atropinsimon psixoz rivojlanganligi haqida xabar berilgan. Davosi: maxsus ziddi-zahar yo'q. Faollashtirilgan ko'mir, tuzli surgilar tayinlanishini, hamda yurak va nafas funktsiyalarini ushlab turishga qaratilgan choralarni ko'rishni o'z ichiga oluvchi oddiy yordam ko'rsatilishini ta'minlash kerak. Tirishishlar rivojlanish xavfi paydo bo'lishi sababli psixostimulyatorlar (metilfenidat) ni tayinlamaslik zarur. Arterial gipotenziyada vazopressor dorilarni qo'llash mumkin. AB oshishi hollarida vena ichiga alfa-adrenoblokatorlarni kiritish kerak, chunki fenilefrin α1-adrenoreseptorlarning selektiv Agonisti hisoblanadi. Demak, dozani oshirilib yuborilishida gipotenziv ta'sirni α1-adrenoreseptorlarni bloklash hisobiga davolash kerak. Tirishishlar rivojlanganda diazepamni kiritish lozim.
RINOMAKS XOT EFFEKT poroshok 22g N15 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

RINOMAKS
RINOMAX

Preparatning savdo nomi: Rinomaks

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): parasetamol, kofein, fenilefrin gidroxloridi, xlorfeniramin maleati.

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: parasetamol – 500 mg, kofein – 30 mg, fenilefrin gidroxloridi – 10 mg, xlorfeniramin maleati – 2 mg;

yordamchi moddalar: natriy karboksimetilkraxmali, povidon, propilenglikol, makkajo‘xori kraxmali, metilparaben, propilparaben, sariq “quyosh shafaqi” bo‘yovchisi, talk, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati.

Ta‘rifi: och to‘q sariq rangdan to‘q sariq ranggacha, oq va to‘q sariq dog‘lari bo‘lgan, bir tomonida riskali dumaloq yassi tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: O‘RK belgilarini bartaraf qilish uchun vosita.

ATX kodi: N02VE51

Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat bo‘lib, tarkibiga kiruvchi komponentlarni xususiyatlari bilan bog‘liq jamlanma ta‘sir ko‘rsatadi.

Parasetamol – analgetik-antipiretik bo‘lib, ko‘proq markaziy nerv tizimidagi prostaglandinlar sintezini tormozlashi va kamroq darajada og‘riq impulslari hosil bo‘lishini bloklashi orqali ta‘sir ko‘rsatadi. Periferik ta‘siri ham prostaglandinlar sintezini tormozlanishi, og‘riq reseptorlarini mexanik yoki kimyoviy rag‘batlantirishga sezuvchanligiga ma‘sul bo‘lgan moddalar sintezini va ta‘sirini kamayishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Kofein – bosh miya qon tomirlari tonusini oshiradi, yurak ishini rag‘batlantiradi, spazmolitik ta‘sir ko‘rsatadi, parasetamolning og‘riqni qoldiruvchi ta‘sirini kuchaytiradi. Preparat shuningdek orqa miya reflektor ko‘zg‘aluvchanligini oshiradi, nafas va qon tomirlarini harakatlantiruvchi markazlarini qo‘zg‘atadi. Uning ta‘sirida bosh miya qon tomirlari, ayniqsa kengaygan qon tomirlar torayadi, ergotaminni so‘rilishi ham yaxshilanadi. Trombositlar agregasiyasini pasaytiradi, me‘daning sekretor faoliyatini oshiradi.

Fenilefrin gidroxloridi (sinonimi mezaton) – simpatomimetik amin, qon tomirlarning  a-adrenoreseptorlarini rag‘batlantiruvchisi bo‘lib, yurakning b-adrenoreseptorlariga kam ta‘sir ko‘rsatadi. Arteriolalarning torayishini chaqiradi va arterial bosimni oshiradi, qorachiqlarni kengayishiga yordam beradi va glaukomada ko‘z ichki bosimni pasaytirishi mumkin. Midriatik ta‘siri atropin qo‘llangandagiga nisbatan kamroq davom etadi. Nafas yo‘llarining shilliq qavatidagi a-adrenergik reseptorlariga ta‘sir qilib, uning qon tomirlarining torayishini chaqiradi. Bu burun yo‘llarining shilliq qavatini yallig‘lanish natijasida paydo bo‘lgan shishini vaqtinchalik kamaytiradi.

Xlorfeniramin maleati – N1-reseptor gistaminning antagonisti bo‘lib, allergiyani davolashda qo‘llanadi. Effektor hujayralarining N1-reseptorlari uchun gistamin bilan raqobatlashib, ular orqali amalga oshiriladigan gistaminning ta‘sirini (to‘qima shishini va kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini oshishini) oldini oladi, ammo ular rivojlangan bo‘lsa, uning samarasini yo‘qotmaydi. Preparatning tarkibida u qo‘shimcha burunning bitishini, tumovni va aksa urishni kamayishini ta‘minlaydi.

Preparat umuman olganda antigistamin, og‘riq qoldiruvchi, isitma tushiruvchi va shishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.

 

Farmakokinetikasi

Parasetamol uchun: so‘rilishi – ichga qabul qilingach, ichakning yuqori qismida to‘liq va tez so‘riladi, yuqori uglevodli ovqat qabul qilinganida esa – sekin. Odatdagi og‘riqni qoldiruvchi dozada oqsillar bilan kam bog‘lanadi. Taxminan 90-95% jigarda metabolizmga uchraydi. Qondagi cho‘qqi konsetrasiyasiga 30-90 minutdan so‘ng erishiladi. Yarim chiqarilish davri 1-4 soatni tashkil qiladi, buyrak yetishmovchiligida o‘zgarmaydi, ammo jigar kasalliklarida va doza oshirib yuborilganida, chaqaloqlarda va qariyalarda uzayishi mumkin. Organizmdan buyraklar orqali chiqariladi.

Fenilefrin gidroxloridi uchun: so‘rilishi – ichga qabul qilinganida jigardan birinchi o‘tishi hisobiga va monoaminooksidaza bilan me‘dada parchalanishi natijasida biologik faolligi pasayadi. Biotransformasiyasi me‘da-ichak yo‘llarida va jigarda kechadi. Organizmdan buyraklar orqali chiqariladi.

Xlorfeniramin maleati uchun: so‘rilishi – ichga qabul qilinganida me‘da-ichak yo‘llaridan yaxshi so‘riladi. Oqsillar bilan bog‘lanishi yuqori (72%). Biotransformasiyasi jigarda, hamda buyrakda kechadi. Yarim chiqarilish davri 14-25 soatni tashkil qiladi. Organizmdan buyraklar orqali metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi.

Qo‘llanilishi

  • tumov, burunning bitishi (shilliq qavatining shishishi), bosh og‘rig‘i va haroratni ko‘tarilishi bilan kechadigan shamollash kasalliklarida;
  • yuqori nafas yo‘llarining allergik kasalliklarida;
  • burun oldi bo‘shliqlarining yallig‘lanishida qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga. Kattalarga 1-2 tabletkadan kuniga 3-4 marta, 3 kun davomida buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat jiddiy nojo‘ya ta‘sirlar chaqirmaydi.

Kamdan-kam hollarda: ko‘ngil aynishi, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, uyquchanlik, shilliq qavatlarni zichlashuvi, (ko‘pincha doza oshib ketganida), ko‘rishni xiralashuvi, hayajonlanish, siyishning qiyinlashuvi va og‘rishi, bosh aylanishi, og‘iz, burun yoki tomoqni qurishi, bosh og‘rig‘i, ishtahani pasayishi, yurak urishi, quloqlarni shang‘illashi, me‘dada noxushlik va og‘riq, hamda terining allergik reaksiyalari bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Bronxial astma, siyishni qiyinlashuvi, qovuq bo‘ynining obstruksiyasi, prostata bezining gipertrofiyasi, yurak-qon tomir kasalliklari (koronar arteriyalarning yaqqol aterosklerozi, gipertoniyaning og‘ir shakli, yurak ishemik kasalligi), qandli diabet, glaukoma, jigar (shu jumladan virusli gepatit), buyrak funksiyasini buzilishilari, qalqonsimon bezining giperfunksiyasi (gipertireoz), psixozlar, alkogolizm, homiladorlik, laktasiya, bolalarda va preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning bilan o‘zaro ta‘siri

Markaziy nerv tizimining ingibitorlari, antikoagulyantlar, antigistamin preparatlar, ingalyasion narkoz vositalari, digitalis glikozidlari, trisiklik antidepressantlar, antigipertenziv preparatlar, b-adrenobloklatorlar, markaziy nerv tizimining rag‘batlantiruvchilari, doksapram, MAO ingibitorlari, rauvolfiya alkaloidlari, jigar uchun zaxarli bo‘lgan dori vositalari, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar preparatning gepatotoksik ta‘sirini kuchaytiradi. Preparat uyqu chaqiruvchi va narkotik vositalarning ta‘sirini susaytiradi.

Antigistamin vositalari bilan birga qo‘llanganida preparat qo‘shimcha burunning bitishini ochilishini, tumovni, aksa urishni kamayishini ta‘minlaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Siyishni qiyinlashishi, bronxial astma, ko‘z bosimni ko‘tarilishi, qalqonsimon bezining giperfunksiyasi bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik reaksiyalari paydo bo‘lganida qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Davolash vaqtida preparat uyqu va karaxtlik chaqirishi mumkinligi sababli, avtomobil yoki boshqa yuqori diqqatni talab etadigan faoliyat bilan shug‘ullanish mumkin emas. Homiladorlikda qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan. Preparat qisman sut bilan chiqadi. Shuning uchun emizuvchi onalarga qo‘llash tavsiya qilinmaydi. Agarda, preparatni qabul qilishga qaramasdan, 3 kun davomida kasallikning belgilari o‘tmasa, shifokorga murojaat qilish kerak. Preparat uzoq muddat qo‘llanganda nefrotoksik va gepatotoksik ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qo‘llanmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: ko‘ngil aynishi, qusish, burun shilliq qavatini zichlashuvi, hayajonlanish, mushaklarni tortilishi (xatto tirishishgacha), markaziy nerv tizimining funksiyasini susayishi, uyquchanlik, koma. Chuqur tinchlanish yoki koma ko‘p terlash, gipotoniya va shok bilan kechishi mumkin. Jigar nekrozi natijasida o‘lim yuz berishi mumkin.

Davolash: agar qusish o‘z-o‘zidan bo‘lgan bo‘lsa ham, qusishni chaqirish, shundan keyin preparatning so‘rilishini kamaytirish uchun faollashtirilgan ko‘mir va surgi vositalari suv bilan birga beriladi. Agar qusishni chaqirib bo‘lmasa, dori qabulidan keyin 3 soat davomida yoki ko‘p miqdorda sut yoki krem iste‘mol qilingan bo‘lsa kechroq bo‘lsa ham, me‘dani yuvish ko‘rsatilgan. Ichga N-asetilsistein (asetaminafen bilan zaharlangandagi maxsus zaharga qarshi vosita) va fentolamin (fenilefrin gidroxloridining antagonisti) buyuriladi.

Chiqarilish shakli

4, 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda.

1, 2, 5, 10 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalarda berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

RINOMAKS XOT EFFEKT poroshok 22g N15 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
RINOMAKS XOT EFFEKT poroshok 22g N15 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
RINOMAKS XOT EFFEKT poroshok 22g N15 dori vositasi Nika Pharm tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
RINOMAKS XOT EFFEKT poroshok 22g N15 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
RINOMAKS XOT EFFEKT poroshok 22g N15 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
Nolgripp Junior siropi 60ml (Sotish taqiqlangan)
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Парацетамол, фенилэфрина гидрохлорид, хлорфенирамина малеат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Marion Biotech Pvt. Ltd.
Narh: 31 600 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 20 700 so'mdan Batafsil
Narh: 121 700 so'mdan Batafsil
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
EREGRA tabletkalari 100mg N4
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
FORSIL poroshok so vkusom apelsina 3g N30
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
Narh: 137 000 so'mdan Batafsil
ODDIVERIN kapsulalar 200mg N30
Narh: 50 000 so'mdan Batafsil
LOPERAMID-NIKA kapsulalar 2mg N100
Narh: 12 000 so'mdan Batafsil
Narh: 22 500 so'mdan Batafsil
ALSETRO tabletkalari 5mg N20
Narh: 30 800 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN-NIKA kapsulalar 250mg N6
Narh: 20 300 so'mdan Batafsil
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
RINOKSIL sprey 10ml 0,1%
Narh: 20 400 so'mdan Batafsil
TRIZIM tabletkalari N20
Narh: 17 900 so'mdan Batafsil
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
RINOMAKS INGO sprey 30ml
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
ERITROMISIN NIKA tabletkalari 100mg N20
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9