6 000 s`om dan
Dorixonalardan izlashQO‘llash BO‘YICHA yO‘riQnoma
ALTEYKA
ALTEYKA
Dori shakli: Sirop
Tarkibi:
Faol modda: Gulxayri ildizining quruq ekstraktini (polisaxaridlar miqdorini 20% ga qayta hisoblanganda) – 0,15 g.
Yordamchi moddalar: nipagin (metilparagidroksibenzoat) – 0,12 g, nipazol (propilparagidroksibenzoat) – 0,05 g, qand – 70,0 g, etil spirti 96% – 2,0 ml, tozalangan suv 100 ml gacha.
Ta‘rifi: Jigarrang-qo‘ng‘ir rangdan qizil-qo‘ng‘ir rangligacha bo‘lgan o‘ziga xos hidli siropsimon suyuqlik. Saqlash jarayonida cho‘kma hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi: Balg‘am ko‘chiruvchi vosita.
Gulxayri ildizining ekstrakti asosidagi sirop, asosiy ta‘sir etuvchi modda sifatida polisaxaridlar, shuningdek pektinlar, aminokislotalar va boshqalarni saqlovchi majmuaviy o‘simlik preparatidir. Preparat bronxosekretor, balg‘am ko‘chiruvchi, o‘rab oluvchi ta‘sirlarga ega. Me‘da shilliq qavatining reseptorlariga kuchsiz qitiqlovchi ta‘sir ko‘rsatadi, bronxial va so‘lak bezlarining sekresiyasini reflektor rag‘batlantiradi. Balg‘amni hosil bo‘lishini, uning reologik (yopishqoqlik, elastiklik, adgezivlik) xususiyatlarini me‘yorlashtirib, faollashtiradi, bronxiallarning peristaltik harakatini va bronxlarning lipillovchi epiteliyni motor faoliyatini kuchaytirib, balg‘amni chiqarilishiga yordam beradi. Preparatning o‘simlik polisaxarid shillig‘i me‘da shilliq qavatini o‘rab olib, sitoprotektor va yallig‘lanishga qarshi samaralarni chaqiradi, to‘qimalarning regenerasiyasiga yordam beradi. Me‘da sekresiyasini kamaytiradi. Me‘da shirasining kislotalili muhiti qanchalik yuqori bo‘lsa, gastroprotektor ta‘siri shunchalik kuchli va davomliroq bo‘ladi.
Nafas a‘zolarining o‘tkir va surunkali yallig‘lanish kasalliklari: laringitlar, traxeitlar, bronxitlar, bronxial astma, ko‘kyo‘tal. Gastritlar, me‘da va o‘nikki barmoq ichakning me‘da shirasining yuqori kislotaliligi bilan kechuvchi yara kasalligi.
Qo‘llashdan oldin chayqatish kerak. Preparat ovqatdan oldin buyuriladi: kattalar va 14 yoshdan oshgan bolalarga sirop 1 osh qoshiqdan sutkada 4-6 marta buyuriladi.
6 dan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparat 1 desert qoshiqdan (10 ml sirop) sutkada 4-6 marta buyuriladi.
6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kerakli miqdordagi sirop oz miqdordagi qaynagan suvda (10-15 ml yoki 2-3 choy qoshiqda) suyultiriladi:
2 dan 6 yoshgacha – sirop 5 ml dan sutkada 4-6 marta;
1 dan 2 yoshgacha – 2,5 ml dan sutkada 3-4 marta;
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 2,5 ml dan sutkada 1-2 marta buyuriladi.
Davolash kursining davomiyligi davolashning samarasiga qarab, shaxsiy ravishda belgilanadi va u odatda 7-14 kunni tashkil qiladi.
Aniqlanmagan.
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik, laktasiya (qo‘llashdagi tajribalar yo‘qligi tufayli).
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri
O‘rganilmagan.
Dori vositasini qo‘llash qoidasini buzish mumkin emas.
Qandli diabetda extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilishi.
Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash tajribasi to‘g‘risida ma‘lumot yo‘q.
Preparatni qo‘llash avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Bolalar.
Preparat 2% spirt (1 ml siropda – 0,02 ml spirt) saqlaydi, shuning uchun 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llashdan oldin qaynagan suvda suyultiriladi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi hollari noma‘lum.
Chiqarilish shakli
Sirop 50 ml, 90 ml, 100 ml dan flakonlarda.
2 yil.
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.