×
×
  • ALTEYKA sirop 50ml

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ALTEYKA sirop 50ml

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Ishlab chiqaruvchi:
- Torimed Pharm, OOO
ATX kodi:
- R05CА05
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
80 000 s`om dan
LINKAS BEZ SAXARA sirop 90ml Herbion Pakistan (PVT) Ltd Pokiston
20 200 s`om dan
PULMOLAN tabletkalari 30mg N20 GM Pharmaceuticals Ltd. Gruziya
50 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ALTEYKA sirop 50ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘llash BO‘YICHA yO‘riQnoma

ALTEYKA

ALTEYKA

 

Preparatning savdo nomi: Alteyka
Ta‘sir etuvchi modda: Gulxayri ildizining quruq ekstrakti.

Dori shakli: Sirop

Tarkibi:

Faol modda: Gulxayri ildizining quruq ekstraktini (polisaxaridlar miqdorini 20% ga qayta hisoblanganda) – 0,15 g.

Yordamchi moddalar: nipagin (metilparagidroksibenzoat) – 0,12 g, nipazol (propilparagidroksibenzoat) – 0,05 g, qand – 70,0 g, etil spirti 96% – 2,0 ml, tozalangan suv 100 ml gacha.

Ta‘rifi: Jigarrang-qo‘ng‘ir rangdan qizil-qo‘ng‘ir rangligacha bo‘lgan o‘ziga xos hidli siropsimon suyuqlik. Saqlash jarayonida cho‘kma hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.

Farmakoterapevtik guruhi: Balg‘am ko‘chiruvchi vosita.

Farmakologik xususiyatlari

Gulxayri ildizining ekstrakti asosidagi sirop, asosiy ta‘sir etuvchi modda sifatida polisaxaridlar, shuningdek pektinlar, aminokislotalar va boshqalarni saqlovchi majmuaviy o‘simlik preparatidir. Preparat bronxosekretor, balg‘am ko‘chiruvchi, o‘rab oluvchi ta‘sirlarga ega. Me‘da shilliq qavatining reseptorlariga kuchsiz qitiqlovchi ta‘sir ko‘rsatadi, bronxial va so‘lak bezlarining sekresiyasini reflektor rag‘batlantiradi. Balg‘amni hosil bo‘lishini, uning reologik (yopishqoqlik, elastiklik, adgezivlik) xususiyatlarini me‘yorlashtirib, faollashtiradi, bronxiallarning peristaltik harakatini va bronxlarning lipillovchi epiteliyni motor faoliyatini kuchaytirib, balg‘amni chiqarilishiga yordam beradi. Preparatning o‘simlik polisaxarid shillig‘i me‘da shilliq qavatini o‘rab olib, sitoprotektor va yallig‘lanishga qarshi samaralarni chaqiradi, to‘qimalarning regenerasiyasiga yordam beradi. Me‘da sekresiyasini kamaytiradi. Me‘da shirasining kislotalili muhiti qanchalik yuqori bo‘lsa, gastroprotektor ta‘siri shunchalik kuchli va davomliroq bo‘ladi.

Qo‘llanilishi

Nafas a‘zolarining o‘tkir va surunkali yallig‘lanish kasalliklari: laringitlar, traxeitlar, bronxitlar, bronxial astma, ko‘kyo‘tal. Gastritlar, me‘da va o‘nikki barmoq ichakning me‘da shirasining yuqori kislotaliligi bilan kechuvchi yara kasalligi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Qo‘llashdan oldin chayqatish kerak. Preparat ovqatdan oldin buyuriladi: kattalar va 14 yoshdan oshgan bolalarga sirop 1 osh qoshiqdan sutkada 4-6 marta buyuriladi.

6 dan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparat 1 desert qoshiqdan (10 ml sirop) sutkada 4-6 marta buyuriladi.

6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kerakli miqdordagi sirop oz miqdordagi qaynagan suvda (10-15 ml yoki 2-3 choy qoshiqda) suyultiriladi:

2 dan 6 yoshgacha – sirop 5 ml dan sutkada 4-6 marta;

1 dan 2 yoshgacha – 2,5 ml dan sutkada 3-4 marta;

1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 2,5 ml dan sutkada 1-2 marta buyuriladi.

Davolash kursining davomiyligi davolashning samarasiga qarab, shaxsiy ravishda belgilanadi va u odatda 7-14 kunni tashkil qiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Aniqlanmagan.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik, laktasiya (qo‘llashdagi tajribalar yo‘qligi tufayli).

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

O‘rganilmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Dori vositasini qo‘llash qoidasini buzish mumkin emas.

Qandli diabetda extiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilishi.

Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash tajribasi to‘g‘risida ma‘lumot yo‘q.

Preparatni qo‘llash avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.

Bolalar.

Preparat 2% spirt (1 ml siropda – 0,02 ml spirt) saqlaydi, shuning uchun 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llashdan oldin qaynagan suvda suyultiriladi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi hollari noma‘lum.

Chiqarilish shakli

Sirop 50 ml, 90 ml, 100 ml dan flakonlarda.

 
Yaroqlilik muddati

2 yil.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Flakonni ochilganidan keyin, (4-8)0S haroratda 14 sutka davomida saqlansin.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

 

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ALTEYKA sirop 50ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ALTEYKA sirop 50ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ALTEYKA sirop 50ml dori vositasi Torimed Pharm, OOO tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ALTEYKA sirop 50ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ALTEYKA sirop 50ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
XONDROKSIN maz 20g
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9