×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ANVIMAKS poroshok malinoviy 5g N12

Kategoriya:
- Shamollash va gripp
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Farmakoterapevtik guruh:
- O‘RK va «shamollash» simptomlarini bartaraf qilish uchun vosita
Faol modda:
Парацетамол, Аскорбиновая кислота, Кальция глюконат
Qadoqda soni:
- 12
Ishlab chiqaruvchi:
- ФармВилар НПО ООО
ATX kodi:
- R05X
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

TERAFLYU poroshok so vkusom limona N10 Новартис Консьюмер Хелс СА Shveytsariya
80 000 s`om dan
AMBROKSOL sirop 100 ml 15 mg/5 ml ООО «Озон» Rossiya
6 000 s`om dan
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20 Лекхим-Харьков AO Rossiya Federatsiyasi
3 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

Ta'si etuvchi moddalar: paratsetamol - 360 mg, askorbin kislotasi - 300 mg, kalьtsiy glyukonati monogidrata - 100 mg, rimantadin gidroxloridi - 50 mg, rutozid - 20 mg, loratadin - 3 mg;

yordamchi moddalar: aspartam, gipromelloza, kolloid kremniy dioksidi, laktoza, ozuqa hushbo‘yi [malina].

Chiqarilish shakli

Ichga qabul qilish uchuy eritma tayyorlash uchuy kukuy 5 g dan (limonli yoki asal va limonli, yoki malinali, yoki qora qorag‘atli) issiqlik bilan kavsharlangan plyonka bilan majmualangan materialdan yoki plyonka bilan majmualangan buflen materialidan bo‘lgan paketchalarda.

3, 6, 8, 12 yoki 24 paketcha tibbiyotda qo‘llanilishiga doyr yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Ichga qabul qilish uchun eritma tayyorlash uchun kukun [malinali].

Majmuaviy preparat, viruslarga qarshi va interferonogen, isitmani tushiruvchi, yallig‘lanishga karshi, og‘rikni qoldiruvchi, gistaminga qarshi, angioprotektor ta'sirlarga ega.

Paratsetamol og‘riqni koldiruvchi, isitmani tushiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta'sirlarga ega.

Askorbin kislotasi oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini, uglevodlar almashinuvini, kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini, qonning ivishini, to‘qimalarning regeneratsiyasini boshqarilishida ishtirok etadi, immun reaktsiyalarini faollashtiradi.

Kalьtsiy glyukonati grippda va o‘tkir respirator virusli infektsiyalarida (O‘RVI) gemorragii jarayonlar bilan bog‘liq kon tomirlarning yuqori o‘tkazuvchanligini va sinuvchanligining rivojlanishini oldini oladi, shuningdek kapillyar qon aylanishini tiklaydi, allergiyaga karshi ta'sir ko‘rsatadi.

Rimantadin gidroxloridi grippning A turi virusiga (ayniqsa A2) nisbatan viruslarga qarshi faollikka ega, grippning boshka turlari va O‘RVI chaqirgan zaharlanish belgilarni kamaytiradi. Interferonlarning umumiy miqdorini va ayniksa qonda interferon-gammani oshirib, yaqqol interferonogen xususiyatlariga ega, nafas yo‘llarini shikastlovchi virus infektsiyalarda preparatning himoya xususiyatlarini kuchaytiradi.

Rutozid (rutin) angioprotektordir. Kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini, shishini va yalliglanishni kamaytiradi, qon tomirlarning devorini mustahkamlaydi. Eritrotsitlar agregatsiyasini tormozlaydi va deformatsiyalanish darajasini otpirali.

Loratadin yaqkol gistaminga karshi ta'sirga ega, gistaminni ajralib chikishi bilan bog‘liq bo‘lgan to‘qimalarning shishining rivojlanishini oldini oladi.

Tarkibiga kiruvchi komponentlariga muvofiq.

Markaziy nerv tizimi tomonidan. Kam hollarda - yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, tremor, giperkineziya.

Me'da-ichak yo‘llari tomonidan. Uzoq, 7 kundan ko‘proq qabul qilinganida me'da va o‘n ikki barmoq ichakning shikastlanishi: dispepsiya, og‘izni qurishi, anoreksiya, meteorizm, diareya bo‘lishi mumkin.

Qon tizimi tomonidan. Xususan, uzoq, 7 kundan ko‘proq qabul qilinganida, agranulotsitoz, leykopeniya, trombotsitopeniya, neytropeniya, anemiya.

Allergikreaktsiyalar. Kam hollarda - tern toshmasi, qichishish, eshakemi bo‘lishi mumkin. Nojo‘ya ta'sirining simptomlari paydo bo‘lgan holda, ushbu preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.


Retseptsiz.

Qo‘llashning davomiyligi - 5 kundan ko‘p emas. Uzoq muddat qo‘llanganida (7 kundan kup) yo‘ldosh surunkali kasalliklarning zo‘rayishi, arterial gipertenziyasi bo‘lgan keksa patsiyentlarda gemorragik insulьtning rivojlanishining xavfi oshadi (preparat tarkibiga kiruvchi rimantadin gidroxloridi hisobiga).

Metastaz berayotgan o‘smalar bo‘lganida qo‘llanmasin.

12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga buyurilmaydi.

Gripp, O‘RVI, kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalardagi nafas yo‘llarining virusli shikastlanishlari oqibatidagi isitmali holatlarini etiopatogenetik va simptomatik davolashda qo‘llaniladi.

Preparatning tarkibiga kiruvchi bir yoki bir necha komponentlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik; zo‘rayish bosqichidagi me'da-ichak yo‘llarining eroziv-yarali shikastlanishlari; me'da-ichak yo‘llaridan qon ketishlar; gemofiliya; gemorragik diatez; gipoprotrombinemiya; portal gipertenziya; K avitaminozi; buyrak yetishmovchiligi, homiladorlik, laktatsiya davri; tiretoksikoz, buyraklar, jigarning o‘tkir kasalliklari (o‘tkir glomerulonefrit, o‘tkir piyelonefrit, o‘tkir gepatit, yoki ushbu a'zolarning surunkali kasalliklarini zo‘rayishi); surunkali alkogolizmda qo‘llash mumkin emas. Tutqanoqda, serebral aterosklerozda qo‘llash mumkin emas.


Boshqa dori vositalari bilan birga qabul qilishning zarurati bo‘lganida davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.

Antikoagulyantlar, glyukokortikoid preparatlar, gepatotoksik vositalar, barbituratlar, tirishishga qarshi vositalar, rifampitsin, alkogolь bilan buyurish tavsiya qilinmaydi. Metoklopromid bilan bir vaqtda buyurilganida so‘rilishni oshishi mumkin.

Kumarin hosilalari bilan bir vaqtda qo‘llanganida unchalik katta bo‘lmagan gipoprotrombinemiyaning rivojlanishi mumkin.

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Paketcha ichidagisi - deyarli oq rangli granulalarning sarg‘ish-yashilsimon rangli o‘ziga xos hidli (malina) kukun bilan aralashmasi.

Kukun eritilganidan keyingi eritma - rangsiz yoki sarg‘ish, biroz loyka, o‘ziga xos hidli (malina) eritma. Sarik rangli erimagan zarrachalarning bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Ichga buyuriladi.

Bir paketcha ichidagisi 1 stakan qaynagan issiq suvda eritiladi. Qaynoq holda iste'mol qilinadi. Iste'mol qilishdan oldin eritma aralashtiriladi.

Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga: bir paketchadan kuniga 2-3 marta ovqatdan keyin 3-5 kun davomida (5 kundan ko‘p emas) kasallikning simptomlari yo‘qolgunicha qo‘llanadi. Agar preparatni qabul qilish boshlaganidan keyin 3 kun davomida holatning yaxshilanishi kuzatilmasa, preparat qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish kerak.


Simptomlari: birinchi 24 soatda rangni oqarib ketishi, ko‘ngil aynishi, qusish va epigastral sohada og‘riq, tremor, uyquchanlik, taxikardiya, qonda bilirubinning oshishi, modda almashinuvini buzilishi, yo‘ldosh surunkali kasalliklarning zo‘rayipsh mumkin. Davolash: qusish refleksini chaqirish, me'dani yuvish, adsorbentlarni qabul qilish, simptomatik davolash.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ANVIMAKS poroshok malinoviy 5g N12 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ANVIMAKS poroshok malinoviy 5g N12 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ANVIMAKS poroshok malinoviy 5g N12 dori vositasi ФармВилар НПО ООО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ANVIMAKS poroshok malinoviy 5g N12 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ANVIMAKS poroshok malinoviy 5g N12 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
EKSPORTAL poroshok 10 g N10
EKSPORTAL poroshok 5 g N6
EKSPORTAL poroshok 10 g N20
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9