62 700 s`om dan
Dorixonalardan izlashQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
APDROPS
APDROPS
Preparatning savdo nomi: Apdrops
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): moksifloksasin gidroxloridi
Dori shakli: ko‘z tomchilari
Tarkibi:
faol modda: 5,45 mg moksifloksasinga ekvivalent bo‘lgan moksifloksasin gidroxloridi – 5 mg;
yordamchi moddalar: borat kislotasi, natriy borati, natriy xloridi, in‘eksiya uchun suv.
Ta‘rifi: tiniq, qattiq zarrachalarsiz, och-sariq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi: Antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi). Oftalmologik vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Moksifloksasin gidroxloridining 0,5% li ko‘z tomchilari – bu steril oftalmologik eritma. Bu 8-metoksi ftorxinolon, mahalliy oftalmologik qo‘llash uchun infeksiyaga qarshi vosita.
Xinolonlarning, shu jumladan moksifloksasinning ta‘sir mexanizmi makrolidlar, aminoglikozidlar va tetrasiklinlar ta‘siridan farq qiladi. Demak, moksifloksasin ushbu antibiotiklarga chidamli bo‘lgan patogen mikroorganizmlarga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Moksifloksasin va yuqorida eslatib o‘tilgan sinf antibiotiklari orasida kesishgan chidamlilik yo‘q. Kesishgan chidamlilik tizimli moksifloksasin va ayrim boshqa xinolonlar orasida kuzatilgan. In vitro sharoitda moksifloksasinga chidamlilik ko‘psonli mutasiyalar orqali rivojlangan. Moksifloksasin quyidagi ko‘pchilik mikroorganizm shtammlariga qarshi ta‘sir ko‘rsatdi.
Aerob grammusbat mikroorganizmlar
Corynebacterium, Micrococcus luteus, Staphylococcus aureus, Staphlococcus epidermidis, Staphylococcus haemolyticus, Staphylococcus hominis, Staphylococcus warneri, Staphylococcus pneumoniae, Staphylococcus viridans turlari.
Aerob grammanfiy mikroorganizmlar
Acinebacter lwoffii, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae.
Boshqa mikroorganizmlar
Chlamydia trachomatis
Quyidagi malumotlar in vitro sharoitda olingan, ammo ularning ko‘z infeksiyalarida klinik ahamiyati ma‘lum emas. Mikroorganizmlarning ro‘yxati faqat kon‘yunktival infeksiyalarni potensial davolashni baholash uchun qo‘llanma sifatida taqdim qilingan. Moksifloksasin in vitro sharoitda ko‘zning quyidagi patogen mikroorganizmlarini ko‘pchilik (=90%) shtammlariga qarshi minimal susaytiruvchi konsentrasiyalarini (MBK) 2 g/m yoki undan kam (uzilishini nazorat nuqtasini tizimli sezuvchanlik) namoyish qilgan.
Aerob grammusbat mikroorganizmlar
Staphylococcus pyogenes
Aerob grammanfiy mikroorganizmlar
Escherichia coli, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae, Moraxella catarrhalis, Proleus mirabilis.
Anaerob mikroorganizmlar.
Fusobacterium species, Prevotella species.
Qo‘llanilishi
Preparat quyidagi sezgir shtamm organizmlari chaqirgan, bakterial kon‘yunktivitni davolash uchun buyuriladi:
Aerob grammusbat mikroorganizmlar
Corynebacterium, Micrococcus luteus, Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis, Staphylococcus haemolyticus, Staphylococcus hominis, Staphylococcus warneri, Staphylococcus pneumoniae, Staphylococcus viridans turlari.
Aerob grammanfiy mikroorganizmlar
Acinebacter lwoffii, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae.
Boshqa mikroorganizmlar
Chlamydia trachomatis
Qo‘llash usuli va dozalari
Shikastlangan ko‘zga 1 tomchidan kuniga 3 marta, 7 kun davomida tomiziladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ko‘proq uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlaridan kon‘yunktivit, ko‘rish o‘tkirligini yomonlashishi, ko‘zlarning quruqligi, keratit, ko‘zning diskomforti, ko‘zni qizarishi, ko‘z og‘rig‘i, ko‘zni qichishi, subkon‘yuktival qon quyilishi va ko‘z yoshini oqishi. Ushbu reaksiyalar taxminan 1-6% pasientlarda kuzatilgan. 1-4% bemorlarda ko‘zga bog‘liq bo‘lmagan nojo‘ya ta‘sirlari aniqlangan: isitma, kuchli yo‘tal, o‘rta otit, faringit, toshma va tumov.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
In vitro sharoitdagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, moksifloksasin SYR3A4, SYR2D6, SYR2S9, SYR2S19, ni ingibisiya qilmaydi, yoki SYR1A2 ko‘rsatadiki, moksifloksasin sitoxrom R450 izofermentlari bilan metabolizmga uchramaydigan dori vositalarining farmakokinetikasini o‘zgartirmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
In‘eksiya uchun emas. Moksifloksasin gidroxloridini subkon‘yuktival, shuningdek ko‘zning bevosita oldingi kamerasiga yuborish mumkin emas. Tizimli buyurilgan xinolonlarni, shu jumladan moksifloksasinni olayotgan bemorlarda, darhol birinchi dozadan keyin o‘ta yuqori sezuvchanlikning (anafilaktik) jiddiy reaksiyalari kuzatilgan. Ayrim reaksiyalar yurak-qon tomir yetishmovchiligi, xushdan ketish, angionevrotik shish (shu jumladan xiqildoq, xalqum yoki yuz shishi), nafas yo‘llarining o‘tkazmasligi, hansirash, eshakemi va qichishish bilan birga kechgan. Agar moksifloksasiyaga allergik reaksiya kuzatilsa, preparatni qo‘llanilishini to‘xtatish kerak. Jiddiy o‘tkir o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari shoshilinch davolashni talab qilishi mumkin. Kislorod va nafas yo‘llarini boshqarish klinik ko‘rsatmalarga qarab buyurilishi kerak.
Boshqa infeksiyalarga qarshi vositalardagi kabi, uzoq muddat qo‘llash chidamli organizmlarni, shu jumladan zamburug‘larni haddan ziyod o‘sishiga olib kelishi mumkin.
Agar superinfeksiya paydo bo‘lsa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak va muqobil davolashni qo‘llash kerak. Har doim klinik davolash buyurilganida, bemorni tirqishli lampa bilan biomikroskopiya qilib tekshirish, zarurati bo‘lsa, fluoresseinli kontrastlash kerak. Agar bemorda bakterial kon‘yunktivit simptomlari kuzatilsa, kontakt linzalarni taqish mumkin emas.
Homiladorlik va laktasiya vaqtida qo‘llanishi
Homiladorlikning S toifasi
Homilador ayollarda preparatni qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan. Preparatni homiladorlik davrida qo‘llashning zarurati bo‘lgan holda ona uchun kutilayotgan foyda va homila uchun bo‘ladigan xavfi sinchiklab baholanganidan so‘ng mumkin.
Odam sutida moksifloksasinning miqdori o‘lchanmagan, ularni odam sutida uni ajralib chiqishini mumkinligi inobatga olinadi. Emizikli ayollarga preparatni buyurishda xavfsizlik choralarini ko‘rish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi haqida ma‘lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
Tiniq bo‘lmagan flakonlarda 3 ml
Saqlash sharoiti
Salqin, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
36 oy
Dorixonalarda berish tartibi
Resept bo‘yicha