×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

APDROPS DX ko'z tomchilari 5ml

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Дексаметазон, Моксифлоксацин
Ishlab chiqaruvchi:
- Ajanta Pharma Limited
ATX kodi:
- J01MA14
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 122 ta dorixonasida topildi

ico 60 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 74 500 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 65 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

LEVODEKS 500 tabletkalari 500mg N6 Ultra Laboratoires Pvt. Ltd. Hindiston
ZEVOBAKT inyeksiya uchun eritma 100mg/2ml N1 Remedy Group, СП ООО для ZEUS Pharma Ltd. O'zbekiston
SEFTAKAR poroshok N1 Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: R.H. Laboratories Hindiston
LEVOMISETIN eritma 25ml 0,25% Remedy Group СП OOO Belarusiya
2 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
APDROPS DX ko'z tomchilari 5ml qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

APDROPS

APDROPS

Preparatning savdo nomi: Apdrops

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): moksifloksasin gidroxloridi

Dori shakli: ko‘z tomchilari

Tarkibi:

faol modda: 5,45 mg moksifloksasinga ekvivalent bo‘lgan moksifloksasin gidroxloridi – 5 mg;

yordamchi moddalar: borat kislotasi, natriy borati, natriy xloridi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, qattiq zarrachalarsiz, och-sariq eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Antibakterial sintetik vosita (ftorxinolonlar guruhi). Oftalmologik vosita.

Farmakologik xususiyatlari

Moksifloksasin gidroxloridining 0,5% li ko‘z tomchilari – bu steril oftalmologik eritma. Bu 8-metoksi ftorxinolon, mahalliy oftalmologik qo‘llash uchun infeksiyaga qarshi vosita.

Xinolonlarning, shu jumladan moksifloksasinning ta‘sir mexanizmi makrolidlar, aminoglikozidlar va tetrasiklinlar ta‘siridan farq qiladi. Demak, moksifloksasin ushbu antibiotiklarga chidamli bo‘lgan patogen mikroorganizmlarga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Moksifloksasin va yuqorida eslatib o‘tilgan sinf antibiotiklari orasida kesishgan chidamlilik yo‘q. Kesishgan chidamlilik tizimli moksifloksasin va ayrim boshqa xinolonlar orasida kuzatilgan. In vitro sharoitda moksifloksasinga chidamlilik ko‘psonli mutasiyalar orqali rivojlangan. Moksifloksasin quyidagi ko‘pchilik mikroorganizm shtammlariga qarshi ta‘sir ko‘rsatdi.

Aerob grammusbat mikroorganizmlar

Corynebacterium, Micrococcus luteus, Staphylococcus aureus, Staphlococcus epidermidis, Staphylococcus haemolyticus, Staphylococcus hominis, Staphylococcus warneri, Staphylococcus pneumoniae, Staphylococcus viridans turlari.

Aerob grammanfiy mikroorganizmlar

Acinebacter lwoffii, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae.

Boshqa mikroorganizmlar

Chlamydia trachomatis

Quyidagi malumotlar in vitro sharoitda olingan, ammo ularning ko‘z infeksiyalarida klinik ahamiyati ma‘lum emas. Mikroorganizmlarning ro‘yxati faqat kon‘yunktival infeksiyalarni potensial davolashni baholash uchun qo‘llanma sifatida taqdim qilingan. Moksifloksasin in vitro sharoitda ko‘zning quyidagi patogen mikroorganizmlarini ko‘pchilik (=90%) shtammlariga qarshi minimal susaytiruvchi konsentrasiyalarini (MBK)   2 g/m yoki undan kam (uzilishini nazorat nuqtasini tizimli sezuvchanlik) namoyish qilgan.

Aerob grammusbat mikroorganizmlar

Staphylococcus pyogenes

Aerob grammanfiy mikroorganizmlar

Escherichia coli, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae, Moraxella catarrhalis, Proleus mirabilis.

Anaerob mikroorganizmlar.

Fusobacterium species, Prevotella species.

Qo‘llanilishi

Preparat quyidagi sezgir shtamm organizmlari chaqirgan, bakterial kon‘yunktivitni davolash uchun buyuriladi:

Aerob grammusbat mikroorganizmlar

Corynebacterium, Micrococcus luteus, Staphylococcus aureus, Staphylococcus epidermidis, Staphylococcus haemolyticus, Staphylococcus hominis, Staphylococcus warneri, Staphylococcus pneumoniae, Staphylococcus viridans turlari.

Aerob grammanfiy mikroorganizmlar

Acinebacter lwoffii, Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae.

Boshqa mikroorganizmlar

Chlamydia trachomatis

Qo‘llash usuli va dozalari

Shikastlangan ko‘zga 1 tomchidan kuniga 3 marta, 7 kun davomida tomiziladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ko‘proq uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlaridan kon‘yunktivit, ko‘rish o‘tkirligini yomonlashishi, ko‘zlarning quruqligi, keratit, ko‘zning diskomforti, ko‘zni qizarishi, ko‘z og‘rig‘i, ko‘zni qichishi, subkon‘yuktival qon quyilishi va ko‘z yoshini oqishi. Ushbu reaksiyalar taxminan 1-6% pasientlarda kuzatilgan. 1-4% bemorlarda ko‘zga bog‘liq bo‘lmagan nojo‘ya ta‘sirlari aniqlangan: isitma, kuchli yo‘tal, o‘rta otit, faringit, toshma va tumov.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik
  • 1 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas (preparatni qo‘llash xavfsizligi va samaradorligi bo‘yicha yetarli ma‘lumotlarning yo‘qligi tufayli )

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

In vitro sharoitdagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, moksifloksasin SYR3A4, SYR2D6, SYR2S9, SYR2S19, ni ingibisiya qilmaydi, yoki SYR1A2 ko‘rsatadiki, moksifloksasin sitoxrom R450 izofermentlari bilan metabolizmga uchramaydigan dori vositalarining farmakokinetikasini o‘zgartirmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

In‘eksiya uchun emas. Moksifloksasin gidroxloridini subkon‘yuktival, shuningdek ko‘zning bevosita oldingi kamerasiga yuborish mumkin emas. Tizimli buyurilgan xinolonlarni, shu jumladan moksifloksasinni olayotgan bemorlarda, darhol birinchi dozadan keyin o‘ta yuqori sezuvchanlikning (anafilaktik) jiddiy reaksiyalari kuzatilgan. Ayrim reaksiyalar yurak-qon tomir yetishmovchiligi, xushdan ketish, angionevrotik shish (shu jumladan xiqildoq, xalqum yoki yuz shishi), nafas yo‘llarining o‘tkazmasligi, hansirash, eshakemi va qichishish bilan birga kechgan. Agar moksifloksasiyaga allergik reaksiya kuzatilsa, preparatni qo‘llanilishini to‘xtatish kerak. Jiddiy o‘tkir o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari shoshilinch davolashni talab qilishi mumkin. Kislorod va nafas yo‘llarini boshqarish klinik ko‘rsatmalarga qarab buyurilishi kerak.

Boshqa infeksiyalarga qarshi vositalardagi kabi, uzoq muddat qo‘llash chidamli organizmlarni, shu jumladan zamburug‘larni haddan ziyod o‘sishiga olib kelishi mumkin.

Agar superinfeksiya paydo bo‘lsa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak va muqobil davolashni qo‘llash kerak. Har doim klinik davolash buyurilganida, bemorni tirqishli lampa bilan biomikroskopiya qilib tekshirish, zarurati bo‘lsa, fluoresseinli kontrastlash kerak. Agar bemorda bakterial kon‘yunktivit simptomlari kuzatilsa, kontakt linzalarni taqish mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiya vaqtida qo‘llanishi

Homiladorlikning S toifasi

Homilador ayollarda preparatni qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan. Preparatni homiladorlik davrida qo‘llashning zarurati bo‘lgan holda ona uchun kutilayotgan foyda va homila uchun bo‘ladigan xavfi sinchiklab baholanganidan so‘ng mumkin.

Odam sutida moksifloksasinning miqdori o‘lchanmagan, ularni odam sutida uni  ajralib chiqishini mumkinligi inobatga olinadi. Emizikli ayollarga preparatni buyurishda xavfsizlik choralarini ko‘rish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilishi haqida ma‘lumotlar yo‘q.

Chiqarilish shakli

Tiniq bo‘lmagan flakonlarda 3 ml

 

Saqlash sharoiti

Salqin, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Yaroqlilik muddati

36 oy

Dorixonalarda berish tartibi

Resept bo‘yicha

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

APDROPS DX ko'z tomchilari 5ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
APDROPS DX ko'z tomchilari 5ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
APDROPS DX ko'z tomchilari 5ml dori vositasi Ajanta Pharma Limited tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
APDROPS DX ko'z tomchilari 5ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
APDROPS DX ko'z tomchilari 5ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
APDROPS DX ko'z tomchilari 3ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Дексаметазон, Моксифлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ajanta Pharma Limited
Narh: 66 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
KAMAGRA tabletkalari 50mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Ajanta Pharma Limited
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
KAMAGRA tabletkalari 100mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Ajanta Pharma Limited
AKTINAK PLYUS tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Ajanta Pharma Limited
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
TRIMOL FORTE tabletkalari N100
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
LAKOMA T ko'z tomchilari 2,5ml
Narh: 76 200 so'mdan Batafsil
INSTAKLOP 75 tabletkalari 75mg N30
APKOSUL kapsulalar N100
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
TRIMOL tabletkalari N100
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
KAMAGRA jele peroralnoe so vkusom apelsina/ananasa 5 g 100mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Ajanta Pharma Limited
KAMAGRA jele peroralnoe so vkusom apelsina/ananasa 5 g 100mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Ajanta Pharma Limited
ATORFIT 10 tabletkalari 10ml N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Ajanta Pharma Limited
AKTINAK 100 tabletkalari 100mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Ajanta Pharma Limited
MET XL 50 tabletkalari 50mg N30
MET XL 25 tabletkalari 25mg N30
NURIFER sirop 200ml
Narh: 48 300 so'mdan Batafsil
Narh: 29 990 so'mdan Batafsil
TRIMOL MAKS maz 25g
APDROPS DX ko'z tomchilari 3ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Дексаметазон, Моксифлоксацин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ajanta Pharma Limited
Narh: 66 000 so'mdan Batafsil
APDROPS ko'z tomchilari 5ml 0,5%
Narh: 58 800 so'mdan Batafsil
AMADEY 5 tabletkalari 5mg N30
Narh: 32 200 so'mdan Batafsil
SOFTDROPS ko'z tomchilari 10ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Ajanta Pharma Limited
LAKOMA ko'z tomchilari 2,5ml 0,005%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Ajanta Pharma Limited
Narh: 55 400 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9