×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Arbidol kukuni 37g 25 mg/5 ml

Kategoriya:
- Virusga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Умифеновир
Ishlab chiqaruvchi:
- Отисифарм, АО произведено ФармСтандарт-Лексредства, ОАО
Vakil:
- Фармстандарт ПАО
ATX kodi:
- J05AX13
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 186 ta dorixonasida topildi

ico 50 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 67 200 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 58 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

OKSOLIN maz 10g 0,25% Зеленая Дубрава, ЗАО Rossiya Federatsiyasi
5 000 s`om dan
OKSOLIN maz 10g 0,25% Нижфарм, АО Rossiya
5 000 s`om dan
IMMUNOKTA tabletkalari 500mg N20 Виокта ООО Rossiya Federatsiyasi
70 000 s`om dan
ULKARIL tabletkalari 200mg N25 Nobel Pharmsanoat, ИП ООО O'zbekiston
36 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun, 25 mg/5 ml.

37 g dan 125 ml sig'imli (100 ml darajada belgili) to'q (qahrabo) rangli shisha flakonlarda.

Bitta flakon tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi va o'lchov qoshiqchasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

5 ml quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: umifenovir gidroxloridi monogidrati – 25,88 mg, umifenovir gidroxloridiga qayta hisoblanganda – 25,00 mg;

yordamchi moddalar: natriy xloridi – 26,85 mg, maltodekstrin (Kleptoza Linekaps) – 750,00 mg, saxaroza (qand) – 840,42 mg, kolloid kremniy dioksidi (aerosil) – 24, 60 mg, titan dioksidi – 25,00 mg, oldindan jelatinlangan kraxmal (RA5RN tip) – 129,50 mg, natriy benzoati – 9,25 mg, banan aromatizatori – 12,40 mg, olcha aromatizatori – 6,10 mg.

Viruslarga qarshi vositadir. In vitro sharoitda A va V gripp virusi (Influenza virus A, B), shu jumladan yuqori patogen kichik tiplari A(H1N1)pdm09 va A(H5N1), shuningdek boshqa viruslar – og'ir darajadagi o'tkir respirator sindrom (OO'RS) bilan assosiasiyalangan o'tkir respirator virusli infektsiyalar (O'RVI) qo'zg'atuvchilari (koronavirus (Soronavirus), rinovirus (Rhinovirus), adenovirus (Adenovirus), respirator-sintsitial virus (Pneumovirus) va paragripp virusi (Paramyxovirus) ni spesifik bostiradi. Viruslarga qarshi ta'siri bo'yicha birlashish (fuziyalar) ingibitoriga mansub, virus gemagglyutini bilan o'zaro ta'sirlashadi va virusning lipid qobig'i va xujayra membranasini birlashishiga to'sqinlik qiladi. O'rtacha immunitetni rag'batlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi, organizmni virusli infektsiyalarga chidamliligini oshiradi. Interferon induktsiya qiluvchi faollikka ega – sichqonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda interferonlar induktsiyasi 16 soatdan keyin kuzatilgan, interferonlarning yuqori titrlari esa yuborgandan keyin 48 soatgacha saqlangan. Immunitetning xujayraviy va gumoral reaktsiyalarini rag'batlantiradi: qonda limfositlar, ayniqsa T-xujayralar (SD3) sonini oshiradi, T-supressorlar (CD8) darajasini ta'sir ko'rsatmasdan T-xelperlar (CD4) sonini oshiradi, immunoregulyator indeksni normallashtiradi, makrofaglarning fagositar funktsiyasini rag'batlantiradi va tabiiy killerlar (NK-xujayralar) sonini oshiradi.

Virusli infektsiyalarda terapevtik samaradorligi kasallik va uning asosiy simptomlarining davomiyligini va og'irlik darajasini pasayishi, shuningdek virusli infektsiya bilan bog'liq asoratlar va surunkali bakterial kasalliklar zo'rayishini rivojlanishi tez-tezligini kamayishi bilan namoyon bo'ladi.

Klinik tadqiqotlarda katta pasientlarda gripp yoki O'RVI ni davolaganda katta pasientlarda Arbidol® preparatining samarasi kasallikning o'tkir davrida yaqqolroq ekanligi va kasallik simptomlarini bartaraf etish muddatlarini qisqarishi, kasallik ko'rinishlarining og'irlik darajasini pasayishi va virus eliminasiyasi muddatlarini qisqarishi bilan namoyon bo'lishi namoyish etilgan.

Arbidol® preparati bilan davolash plaseboga nisbatan davolashning uchinchi sutkasida kasallik simptomlarini bartaraf etishning yuqori tez-tezligiga olib keladi – davolash boshlangandan keyin 60 soat o'tgach laborator tasdiqlangan grippning barcha simptomlarini bartaraf etish plasebo guruhidagi shunday ko'rsatkichdan 5 marta yuqori.

Gripp virusi eliminasiyasi tezligiga Arbidol® preparatining ahamiyatli ta'siri aniqlangan, xususan 4-chi sutkada virus RNK-sini aniqlash tez-tezligini kamayishi bilan namoyon bo'lgan.

Toksikligi kam bo'lgan preparatlarga mansub (LD50>4 g/kg). Tavsiya etilgan dozalarda peroral qabul qilinganda odam organizmiga biron-bir salbiy ta'sir ko'rsatmaydi.

Tez so'riladi va a'zolar va to'qimalar bo'yicha taqsimlanadi. Preparatni 200 mg dozada qabul qilganda umifenovirning qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyasiga 1 soatdan keyin erishiladi, taqsimlanish xajmi (Vd) – 1432 l ni tashkil qiladi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri o'rtacha 11 soatni tashkil qiladi. Taxminan 40% o'zgarmagan ko'rinishda, asosan safro (38,9%) va ahamiyatsiz miqdorda (0,12%) buyraklar orqali chiqariladi. Birinchi sutka davomida yuborilgan dozaning 90% chiqariladi.

Arbidol® preparati toksikligi past bo'lgan preparatlarga mansub va odatda yaxshi o'zlashtiriladi.

Nojo'ya samaralar kam xollarda yuzaga keladi, odatda kuchsiz yoki o'rtacha yaqqollikda va o'tuvchan xarakterga ega bo'ladi.

Noxush doriga reaktsiyalarni yuzaga kelishi tez-tezligi JSST tasnifiga muvofiq belgilangan: juda tez-tez (1/10 dan ko'proq tez-tezlikda), tez-tez (kamida 1/100, ammo 1/10 dan kamroq tez-tezlikda), tez-tez emas (kamida 1/1000, ammo 1/100 dan kamroq tez-tezlikda), kam xollarda (kamida 1/10000, ammo 1/1000 dan kamroq tez-tezlikda), juda kam xollarda (1/10000 dan kamroq tez-tezlikda), tez-tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida aniqlab bo'lmaydi).

Immun tizimi tomonidan buzilishlar: kam xollarda – allergik reaktsiyalar.

Agar yo'riqnomada ko'rsatilgan nojo'ya samaralardan birontasi chuqurlashsa yoki siz yo'riqnomada ko'rsatilmagan har qanday boshqa nojo'ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.


Qandli diabeti bo'lgan pasientlarga buyurilganda, shuningdek kam kaloriyali parhezda suspenziya tarkibiga saxaroza (0,8 g/5 ml yoki 0,06 NB/5 ml) kirishini e'tiborga olish kerak.

Yo'riqnomada tavsiya etilgan preparatni qabul qilish sxemasi va davomiyligiga rioya qilish kerak. Preparatning bitta dozasini qabul qilish o'tkazib yuborilganda, o'tkazib yuborilgan dozani iloji boricha tezroq qabul qilish va preparatni boshlangan sxema bo'yicha qabul qilishni kursini davom ettirish kerak.

Agar gripp va boshqa O'RVI ni davolaganda Arbidol® preparatini qo'llagandan keyin uch sutka davomida kasallik simptomlari, shu jumladan yuqori tana harorati (38°S va undan yuqori) yaqqolligi saqlanib qolsa, preparatni qabul qilishni asosliligini baholash uchun shifokorga murojaat etish kerak.

Bir kurs qabul qilish uchun suspenziyaning miqdorini hisoblaganda tayyorlangan suspenziyaning yaroqlilik muddatini e'tiborga olish kerak, u 10 kunni tashkil qiladi. 2 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarda gripp va boshqa O'RVI epidemiyasi davrida nospesifik profilaktika ko'rsatmasi bo'yicha qabul qilish kursiga Arbidol® preparatining ikkita flakoni talab etiladi.

Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi

Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda homiladorlikni kechishi, embrion va homilani rivojlanishi, tug'ruq faoliyati va postnatal rivojlanishga zararli ta'sirlari aniqlanmagan.

Homiladorlikning birinchi uch oyligida Arbidol® preparatini qo'llash mumkin emas.

Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyliklarida Arbidol® faqat, agar ona uchun kutilgan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lsagina grippni davolash va oldini olish uchun qo'llanishi mumkin. Foyda/xavf nisbati davolovchi shifokor tomonidan aniqlanadi.

Laktasiya davrida ayollarda Arbidol® ko'krak sutiga kirishi noma'lum. Arbidol® preparatini qo'llash zarurati bo'lganida emizishni to'xtatish kerak.

Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri

Markaziy neyrotrop faollik namoyon qilmaydi va turli, shu jumladan diqqatni yuqori jamlash va harakatlar koordinasiyasini talab qiluvchi (masalan transport haydovchilari, opepatorlar va boshqalar) kasb egalarida tibbiyot amaliyotida qo'llanishi mumkin.

- 2 yoshdan oshgan bolalar va kattalarda A va V gripp, boshqa O'RVI ni oldini olish va davolash;

- 2 yoshdan oshgan bolalarda rotavirus etiologiyali o'tkir ichak infektsiyalarini majmuaviy davolashda qo'llanadi.

Uminofenovir yoki preparatning har qanday komponentiga yuqori sezuvchanlik.

2 yoshgancha bo'lgan bolalar. Homiladorlikning birinchi uch oyligi. Emizish davri.

Saxaraza/izomaltaza tanqisligi, fruktozani o'zlashtiraolmaslik, glyukozo-galaktoz malabsorbtsiyada qo'llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligi.
25°С dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin.

Tayyorlangan suspenziya 8°S dan yuqori bo'lmagan haroratda (sovutgichda) saqlansin. Muzlatilmasin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

Ichga qabul qilish uchun suspenziya tayyorlash uchun kukun – 2 yil.

Tayyorlangan suspenziya – 10 sutkagacha.

O'ramida ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tgach ishlatilmasin.

oq yoki deyarli oq rangli, o'ziga xos meva hidli granulalangan kukun.
Ovqat qabul qilishdan oldin ichga buyuriladi.

Suspenziyani tayyorlash.

Kukun saqlovchi flakonga 30 ml (yoki taxminan flakon xajmining 2/3 qismi) qaynatilgan va xona haroratigacha sovutilgan suv qo'shiladi. Flakon qopqog'i yopiladi, to'nkariladi va bir xil suspenziya hosil qilguncha yaxshilab chayqatiladi qaynatilgan va xona haroratigacha sovutilgan 100 ml xajmgacha (flakondagi belgigacha) suv qo'shiladi va takroran chayqatiladi. Har bir qabul qilishdan oldin flakon bir xil suspenziya hosil qilinguncha yaxshilab chayqatiladi. Bir martalik doza ilova qilingan o'lchov qoshiqchasi yordamida o'lchanadi.

Preparatning bir martalik dozasi (yoshga qarab):

Yosh

Bir martalik doza,

ml suspenziya

(mg umifenovir)

2 yoshDan 6 yoshgacha

10 ml (50 mg)

6 yoshDan 12 yoshgacha

20 ml (100 mg)

12 yoshdan oshgan va kattalar

40 ml (200 mg)

 

Dozalash tartibi (yoshga qarab):

Ko'rsatmalar

Preparatni qabul qilish

sxemasi

2 yoshdan oshgan bolalar va kattalar:

Gripp va boshqa O'RVI epidemiyasi davrida nospesifik profilaktika

Bir martalik dozada

Xaftada 2 marta

3 xafta davomida

Gripp va boshqa O'RVI bo'lgan bemor bilan bevosita kontaktda bo'lganda nospesifik profilaktika

 

Bir martalik dozada

Kuni 1 marta

10-14 kun davomida

 

Gripp va boshqa O'RVI ni davolash

Bir martalik dozada

Sutkada 4 marta

(har 6 soatda)

5 sutka davomida

2 yoshdan oshgan bolalarda:

Rotavirus etiologiyali o'tkir ichak infektsiyalarini majmuaviy davolash

Bir martalik dozada

Sutkada 4 marta

(har 6 soatda)

5 sutka davomida.

 

Preparatni faqat yo'riqnomada ko'rsatilgan ko'rsatmalar, qo'llash usuli va dozalarda qo'llang.

Preparatni qabul qilish gripp va boshqa O'RVI kasallikning birinchi simptomlari paydo bo'lgandan boshlanadi, kasallik boshlangandan keyin 3 sutkagacha boshlagan afzal.

Agar gripp va boshqa O'RVI ni davolaganda Arbidol® preparatini qo'llagandan keyin uch sutka davomida kasallik simptomlari, shu jumladan yuqori tana harorati (38°S va undan yuqori) yaqqolligi saqlanib qolsa, preparatni qabul qilishni asosliligini baholash uchun shifokorga murojaat etish kerak.

Gripp va O'RVI ni davolaganda yondosh simptomatik davolash, xususan isitmani tushiruvchi preparatlar, mukolitiklar va mahalliy qon-tomirlarni toraytiruvchi vositalarni qo'llash mumkin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Arbidol kukuni 37g 25 mg/5 ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Arbidol kukuni 37g 25 mg/5 ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Arbidol kukuni 37g 25 mg/5 ml dori vositasi Отисифарм, АО произведено ФармСтандарт-Лексредства, ОАО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Arbidol kukuni 37g 25 mg/5 ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Arbidol kukuni 37g 25 mg/5 ml dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
ARPEFLYU tabletkalari 100mg N10
ARBIDOL tabletkalari 50mg N10
Narh: 24 000 so'mdan Batafsil
ARBIDOL kapsulalar 100mg N40
ARBIDOL kapsulalar 100mg N20
Narh: 87 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
ARBIDOL kapsulalar 100mg N40
ARBIDOL kapsulalar 100mg N20
Arbidol kapsulalari 100mg N10
Arbidol kapsulalari 50mg N10
ARBIDOL tabletkalari 50mg N10
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9