5 yoki 10 kapsuladan kontur uyali o'ramda.
1, 2 yoki 4 kontur uyali o'ramlar qo'llash bo'yicha yo'riqnomasi bilan karton qutida.
Farmakokinetikasi
Tez so'riladi va a'zolar va to'qimalarga taqsimlanadi. 50 mg dozada qabul qilinganida qon plazmasidagi maksimal kontsentrasiyasiga 1,2 soat o'tgach , 100 mg dozada – 1,5 soat o'tgach erishiladi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri 17-21 soatga teng. Taxminan 40% o'zgarmagan holda, asosan safro bilan (38,9%) va ahamiyatsiz miqdorda (0,12%) buyraklar orqali chiqariladi. Birinchi sutka davomida yuborilgan dozaning 90% chiqariladi.
yordamchi moddalar: kartoshka kraxmali 15,07 mg (30,14 mg), mikrokristall tsellyuloza 27,88 mg (55,76 mg), kolloid kremniy dioksidi (aerosil) 1,0 mg (2,0 mg), povidon (kollidon 25) 5,05 mg (10,1 mg), kaltsiy stearati 1,0 mg (2,0 mg).
Qattiq jelatin kapsulalar: titan dioksidi (E 171), xinolin sarig'i (E 104), quyosh shafag'i sarig'i bo'yovchisi (E 110), metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, sirka kislotasi, jelatin.
Yoki qattiq jelatin kapsulalar: titan dioksidi (E 171), xinolin sarig'i (E 104), quyosh shafag'i sarig'i bo'yovchisi (E 110), jelatin.
3 yoshdan oshgan bolalarda rotavirus etiologiyali o'tkir ichak infektsiyalarini majmuaviy davolash.
Surunkali bronxit, pnevmoniya va qaytalanuvchi gerpetik infektsiyani majmuaviy davolash.
Operasiyalardan keyingi infektsion asoratlarni oldini olishda qo'llanadi.
Agar yo'riqnomada ko'rsatilgan nojo'ya samaralardan birontasi og'irlashsa yoki siz yo'riqnomada ko'rsatilmagan boshqa nojo'ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llanishi
Hayvonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda homiladorlikni kechishi, embrion va homilani rivojlanishi, tug'ruq faoliyati va postnatal rivojlanishga preparatning zararli ta'sirlari aniqlanmagan. Arbidol® preparatini homiladorlikning birinchi uch oyligida qo'llash mumkin emas.
Homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligida Arbidol® faqat ona uchun uni qo'llanishidan kutilayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo'lgan hollardagina buyurilishi mumkin. Foyda/xavf nisbati shifokor tomonidan aniqlanadi.
Arbidol® preparatining faol moddasi yoki uning metabolitlari laktasiya davrida ko'krak sutiga kirishi noma'lum. Arbidol® ni qo'llash zarurati tug'ilganda emizishni to'xtatish kerak.
Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Markaziy neyrotrop faollik namoyon qilmaydi va tibbiyot amaliyotida turli, shu jumladan yuqori diqqatni va harakatlar koordinasiyasini talab qiluvchi (transport vositalarini haydovchilari, operatorlar va boshqa) kasb egalarida qo'llanishi mumkin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
3 yoshdan oshgan bolalarda rotavirus etiologiyali o'tkir ichak infektsiyalarini majmuaviy davolash.
Surunkali bronxit, pnevmoniya va qaytalanuvchi gerpetik infektsiyani majmuaviy davolash.
Operasiyalardan keyingi infektsion asoratlarni oldini olishda qo'llanadi.
Yaroqlilik muddati-3 yil.
Bir martalik doza: 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga – 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalarga – 200 mg (100 mg dan 2 kapsula yoki 50 mg dan 4 kapsula).
Kattalarda va bolalarda gripp va boshqa O'RVI ni nospesifik profilaktikasi va davolash uchun:
Gripp va boshqa O'RVI ni nospesifik profilaktikasi
Gripp va boshqa O'RVI epidemiyasi davrida nospesifik profilaktika uchun:
3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg kuniga bir marta 3 xafta davomida.
Gripp va boshqa O'RVI bo'lgan bemor bilan bevosita kontaktda:
3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg kuniga bir marta 10-14 kun davomida.
Gripp va boshqa O'RVI ni davolash:
Asoratlanmagan kechishida:
3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg sutkada 4 marta (har 6 soatda) 5 sutka davomida.
Asoratlar (bronxit, pnevmoniya va boshqalar) rivojlanganda:
3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg sutkada 4 marta (har 6 soatda) 5 sutka davomida, so'ngra bir martalik doza xaftada 1 marta 4 xafta davomida buyuriladi.
3 yoshdan oshgan bolalarda rotavirus etiologiyali o'tkir ichak infektsiyalarini majmuaviy davolash:
3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg sutkada 4 marta (har 6 soatda) 5 sutka davomida.
Og'ir o'tkir respirator sindromni (OO'RS) nospesifik profilaktikasi va davolash uchun:
OO'RS ni nospesifik profilaktikasi uchun (bemor bilan kontaktda):
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – 200 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga – 100 mg kuniga bir marta (ovqatdan oldin) 12-14 kun davomida.
OO'RS ni davolash uchun:
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalarga – 200 mg kuniga 2 marta 8-10 sutka davomida.
Bronxit, pnevmoniya, qaytalanuvchi gerpetik infektsiyani majmuaviy davolash:
3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg sutkada 4 marta (har 6 soatda) 5-7 sutka davomida, so'ngra bir martalik doza xaftada 2 marta 4 xafta davomida buyuriladi.
Operasiyadan keyingi asoratlarni oldini olish:
Operasiyadan 2 sutka oldin, so'ngra operasiyadan keyin 2 va 5 sutkada 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarga - 50 mg, 6 yoshdan 12 yoshgacha – 100 mg, 12 yoshdan oshgan bolalar va kattalar – 200 mg buyuriladi.