×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Argisink kapsulalari 300 mg N30

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Узбекистан
Faol modda:
витамин C, Селен, Цинк, Витамин Е, Бета-глюкан
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- ООО"Group Asia Pharm"
Vakil:
- Asia Pharm Consulting
Noaniqliq haqida habar berish
Biologik aktiv qo'shimcha (BAQ). Ushbu mahsulot dori vositasi emas.

O'xshash dorilar

AKVALOR FORTE DUSH 150ml Нижфарм-Stada CIS Rossiya Federatsiyasi
78 000 s`om dan
SINGLON tabletkalari 5mg N28 Гедеон Рихтер, ОАО, Венгрия произведено: Гедеон Рихтер Польша, ООО Polsha
106 400 s`om dan
30 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Ta'siri tarkibiga kiradigan komponentlarining xususiyatiga bog'liq.

Qovoq urug'i moyi. Qovoq urug'idan olingan moyning ta'siri tarkibiga kiruvchi biologik faol moddalarga bog'liq: karotinoidlar, tokoferollar (alfa-, beta-, gamma-, sigma-, izomerlar) fosfolipidlar, sterinlar, fosfotidlar, flavonoidlar, vitamin A, vitamin E, vitamin F, vitamin V1, vitamin V2, vitamin V6, vitamin S, vitamin PP, to'yingan - to'yinmagan yog'kislotalari (palmitin, stearin, olein, linolev, linolenov, araxidon), mineral birikmalari, mikroelementlar. Tokoferol va karotinoidlarning yuqori miqdori kuchli antioksidant ta'siriga ega bo'lib, lipidlarni peroksidlanish jarayonini biologik membranalarda susaytiradi. 

O'simlik changi. Asalari changi mukammal tabiiy oziqlantiruvchi mahsulot hisoblanib, hayot uchun muhim bo'lgan deyarli barcha komponentlarni o'z ichiga oladi – oqsil, aminokislotalar, vitaminlar, minerallar, mikroelementlar, fermentlar va xokazo. O'simlik changi energiyani, jismoniy chidamlilikni oshiradi, immun tizimni bir maromida ushlab turadi, ozishga yordam beradi, aqliy qobiliyatni oshiradi, yurak qon tomir kasalliklaridan, xavfli o'sma, artrit va xatto stresslardan saqlaydi. Asalari changini ichga qabul qilganda qarish jarayonini sekinlashtiradi, terini yoshartiradi va yoshlik energiyasini saqlaydi.

Vitamin E – qon aylanishni yaxshilaydi, xujayra regenerasiyasi uchun zarur.  Vitamin E antioksidant sifatida hujayralarni zararlanishidan saqlaydi, lipidlarni (yog') oksidlanishi va erkin radikallarni shakllanishini sekinlashtiradi. Shu jumladan vitamin E hujayralararo kollagenlarni va elastik tolalarni shakllanishida ishtirok etadi. Tokoferol qon ivishini ortishini oldini oladi, periferik qon aylanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, gem va oqsillar biosintezida hamda gonadotropinlarni shakllanishida ishtirok etadi. Vitamin E avitaminozi erkaklarda epitelial urug'ni o'zgarishiga olib keladi.

Rux – immunitetni shakllantirishda va erkak jinsiy bezlar faoliyatini tutib turishda ishtirok etadi (digidrotestosteron erkaklar jinsiy gormonlarining tashkil etuvchi qismi hisoblanadi). Ehtimol, shuning uchun u testikul va g'uddasimon bezlar to'qimasida eng ko'p miqdorda uchraydi, bu esa ekaklar va ayollar seksual funktsiyasini amalga oshirilishi bilan bevosita bog'liqdir. Ayrisimon bez faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi (T limfositlar sintezi).

Selen – odam organizmining xar hil qismlarida ko'zga ko'rinmas faoliyatni bajaradi, u oqsillar, liposaxaridlar va fermentlar tarkibiga kiradi. Kuchli antikantserogen ta'sirga ega, xavfli o'smani nafaqat oldini olishda xattoki uni to'xtatishda ishtirok etadi.  Spematozoidlarni himoya va xarakatlanishini ta'minlaydi, va erkaklardagi bepushtlikni davolaydi. Qalqonsimon bezning yod saqlovchi gormoni uchun zarur. Shuning uchun selen etishmaslik fonida yod tanqisligini davolash samarali emas. Bundan tashqari u umrni uzaytiruvchi mikroelement xisoblanadi. Chunki xujayra membranalarini kislorodning agresiv ta'siridan ximoya qiladi, kuchli antioksidant vitamin E ga antioksidant potentsialini to'liq ochishga yordam beradi,.

Arginin – shartli alishtirib bo'lmaydigan aminokisota. Spermatogenezni va jinsiy a'zolarni qonga to'yinishini rag'batlantiradi. Urug'suyuqligi arginin saqlaydi, shuning uchun erkaklardagi bepushtlikda kompleks davolashda qo'llaniladi.

Kam hollarda: terida reaktsiyalar.

Ayrim hollarda: ko'ngil aynishi va qusish.

Biologik faol qo'shimcha sifatida asosiy davolash fonida quyidagi holatlarda:
- surunkali prostatit; prostata bezi giperplaziyasining havfsiz o'smasi – adenoma (I va II bosqichi)
- spermatogenezni pasayishi, azospermiya, bepushtlik
- erkaklarda potentsiyani oshishi
- jismoniy kuchni ko'tarish, chidamlilikni va faollikni oshirish
- immun tizimini me'yorida ushlash
- yuqumli kasalliklarni profilaktikasi va reabilitasiyasi.

Komponentlarga yuqori sezuvchanlik Homilador ayollarda va laktasiya davrida qo'llash bo'yicha etarli ma'lumotlar yo'qligi tufayli qo'llashdan avval albatta shifokor bilan maslaxatlashing.

Tavsiya qilingan sutkalik dozani oshirmang.

Biologik faol qo'shimcha. Dori vositasi emas!

Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. 
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.


Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Argisink kapsulalari 300 mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Argisink kapsulalari 300 mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Argisink kapsulalari 300 mg N30 dori vositasi ООО"Group Asia Pharm" tomonidan Узбекистан mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Argisink kapsulalari 300 mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Argisink kapsulalari 300 mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.