×
×
  • ARTROKOL gel 30 g 2,5 %

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ARTROKOL gel 30 g 2,5 %

Kategoriya:
- Qo'shma va mushak og'rig'i
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Ishlab chiqaruvchi:
- World Medicine İlaç San. ve Tic. A.Ş
ATX kodi:
- M02AA10
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 000 s`om dan
TERAFLEKS kapsulalar N120 Bayer Consumer Care AG Germaniya
362 900 s`om dan
VOLTAREN EMUL gel 20g 1% ГСК Консьюмер Хелскер С.А. Shveytsariya
30 000 s`om dan
VOLTAREN EMUL gel 100g 1% ГСК Консьюмер Хелскер С.А. Shveytsariya
79 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ARTROKOL gel 30 g 2,5 % qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ARTROKOL

ARTROCOL

 

Preparatning savdo nomi: Artrokol

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ketoprofen

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

Preparatning 1 ampulasi quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 100 mg ketoprofen;

yordamchi moddalar: arginin, limon kislotasi monogidrati, benzil spirti, natriy gidroksidi yoki xlorid kislotasi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz eritma.

Farmakoterapevtik guruhi: Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar. Propion kislotasining hosilalari.

ATX kodi: M01AE03

Farmakologik hususiyatlari

Artrokol – nosteroid yallig‘lanishga qarshi vosita bo‘lib, propion kislotasining hosilasidir. Og‘riq qoldiruvchi, yallig‘lanishga qarshi va isitmani tushiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Ta‘sir mexanizmi siklooksigenaza-1 va siklooksigenaza-2 larning faolligini susayishi va yallig‘lanish, og‘riq hamda isitmani patogenezida asosiy rol o‘ynaydigan prostaglandinlar biosintezini kamayishi bilan bog‘liq.

Ketoprofenning yaqqol og‘riq qoldiruvchi ta‘siri ikkita mexanizm bilan bog‘liq: periferik – prostaglandinlar sintezini susayishi bilan ifodalanadi, va markaziy – markaziy va periferik nerv tizimida prostaglandinlar sintezini ingibisiya bo‘lishi, shuningdek orqa miyada og‘riq mediatorlarini ajralib chiqishida muhim rol o‘ynaydigan boshqa neyrotrop substansiyalarning biologik faolligiga ta‘siri bilan ifodalanadi. Bundan tashqari, ketoprofen antibradikinin faollikka ham ega, lizomal membranalarni barqarorlashtiradi, revmatoid artrit bilan xastalangan bemorlarda neytrofillarning faolligini ahamiyatli darajada tormozlanishini chaqiradi. Trombositlar agregasiyasini susaytiradi.

Farmakokinetikasi

Biokiraolishligi 90% ni tashkil etadi. Qonda maksimal konsentrasiyasiga 30 minut davomida erishadi. Oqsillar bilan, asosan albuminlar bilan bog‘lanishi – 99%. Taqsimlanish hajmi 0,1-0,2 l/kg ni tashkil etadi. Yarim chiqarilish davri – taxminan 2 soat.

Ketoprofen gematoensefalik to‘siq orqali, sinovial suyuqlikka tez o‘tadi. Sinovial suyuqlikda ketoprofenning konsentrasiyasi qondagiga nisbatan pastroq, ammo u yerda uzoqroq muddat saqlanib turadi, bu preparatning ta‘siri uzoq vaqt davom etishi bilan ifodalanadi.

Organizmdan asosan siydik bilan (50% dan ko‘proq qismi metabolitlar ko‘rinishida), 1% axlat bilan chiqariladi.

Qo‘llanilishi

Turli genezli og‘riqli yallig‘lanish jarayonlarini simptomatik davolash uchun qo‘llanadi:

  • revmatoid artrit;
  • ankilozlanuvchi spondilit;
  • psoriatik artrit;
  • reaktiv artrit;
  • podagra, soxta podagra;
  • osteoartroz;
  • bo‘g‘imdan tashqari revmatizm (tendinit, bursit, yelka kapsuliti).

Og‘riq sindromi (shu jumladan, operasiyadan keyingi hamda jarohatlardan keyingi og‘riqlar, algodismenoreya, o‘smalarni metastazlarida kuzatiladigan og‘riqlar) da qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Mushak ichiga yuborish uchun eritma.

Preparat 2 ml (100 mg) dan sutkada 1-2 marta yuboriladi.

Maksimal sutkalik dozasi 300 mg dan oshmasligi kerak.

Qo‘llash davomiyligi bir necha kunni tashkil etadi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: me‘dada og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, meteorizm bo‘lishi mumkin; kam hollarda – MIYdan qon ketishi mumkin.

MNT tomonidan: kam hollarda – asteniya, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi.

Boshqalar: kam hollarda – tranzitor dizuriya, teri toshmalar bo‘lishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Ketoprofenga, asetilsalisil kislotasi yoki boshqa NYAQVlarga yuqori sezuvchanlik;
  • MIY kasalliklarini zo‘rayish bosqichi;
  • jigar va buyrak faoliyatini yaqqol ifodalangan buzilishlari;
  • qon tomonidan kuzatiladigan buzilishlar (leykopeniya, trombositopeniya, qon ivishi tizimini buzilishlari);
  • kompensasiyalanmagan yurak yetishmovchiligi;
  • aortakoronar shuntlash o‘tkazilganidan so‘ng operasiyadan keyingi davr;
  • anamnezida asetilsalisil kislotasi yoki boshqa NYAQVni qabul qilish oqibatida chaqirilgan bronxial astma, eshakemi va rinitni rivojlanganligiga ko‘rsatmalarni bo‘lishi;
  • homiladorlikni III uch oyligi;
  • laktasiya;
  • 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Ketoprofen plazma oqsillari bilan ahamiyatli darajada bog‘langanligi tufayli, Artrokol bilan bir vaqtda qo‘llanadigan antikoagulyantlar, difenilgidantoin yoki oltingugurt saqlovchi preparatlarning dozalarini kamaytirish kerak.

Geparin, tiklopidin, kortikosteroidlar, peroral diabetga qarshi vositalar va alkogolning samarasini kuchaytiradi, spironolakton, periferik vazodilatatorlarning ta‘sirini susaytiradi.

Artrokol metotreksatning toksikligini oshiradi.

Probenesidni fonida qonda ketoprofenning konsentrasiyasi oshadi (buyrak ekskresiyasini susaytiradi).

Maxsus ko‘rsatmalar

Mushak ichiga yuborishni shifokorning nazorati ostida o‘tkazish kerak. Faqat kasalxona sharoitlarida preparatni uzoq muddat qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi.

Artrokol preparatini asetilsalisil kislotasi va boshqa NYAQV, litiy preparatlari, antigipertenziv vositalar, diuretiklar, metotreksat va diabetga qarshi vositalar bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Preparat anamnezida buyrak yoki jigar faoliyatini buzilishlari, MIYni kasalliklari bo‘lgan pasientlarga, bronxial astma, rinit, burun shilliq qavatini poliplarida, yurak-qon tomir tizimini kasalliklari bo‘lgan pasientlarga, keksa yoshdagi shaxslarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Antikoagulyantlar bilan bir vaqtda buyurilganida qon ketishini rivojlanish havfi oshadi.

Artrokol preparatini qo‘llash fonida alkogol iste‘mol qilishdan saqlanish kerak.

Homiladorlikda va laktasiyada qo‘llanishi

Homiladorlikni I va II uch oyliklarida preparatni, ona uchun kutilgan potensial foyda homila uchun havfdan ustun bo‘lgan holatdagina qo‘llash mumkin. Homiladorlikni III uch oyligida va laktasiya davrida Artrokolni qo‘llash mumkin emas.

Pediatriyada qo‘llanishi

Bolalarda Artrokol preparatini qo‘llash havfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Artrokol qo‘llanganida yuqori diqqat va psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi potensial havfli faoliyat turlarini bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, mudrash, ko‘ngil aynishi va qusish bo‘lishi mumkin. Shuningdek gipotenziya, nafas faoliyatini susayishi va sianoz paydo bo‘lishi mumkin.

Davolash: spesifik antidoti yo‘q; zarurat bo‘lganida simptomatik davolash o‘tkaziladi.

Chiqarilish shakli

In‘eksiya uchun eritma 2 ml dan sariq rangli shisha ampulalarda. 5 ampula kontur uyali o‘ramda. 1 yoki 2 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ARTROKOL gel 30 g 2,5 % dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ARTROKOL gel 30 g 2,5 % dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ARTROKOL gel 30 g 2,5 % dori vositasi World Medicine İlaç San. ve Tic. A.Ş tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ARTROKOL gel 30 g 2,5 % dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ARTROKOL gel 30 g 2,5 % dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
KLODIFEN gel 45 g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine İlaç San. ve Tic. A.Ş
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
ARTROKOL gel 45 g 2,5 %
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine İlaç San. ve Tic. A.Ş
Narh: 42 600 so'mdan Batafsil
KLODIFEN gel 30 g 5%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine İlaç San. ve Tic. A.Ş
BEKLOMIL aerozol dlya ingalyasiy 250 mkg 200 doz
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine İlaç San. ve Tic. A.Ş
BEKLOMIL aerozol dlya ingalyasiy 200 mkg 200 doz
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine İlaç San. ve Tic. A.Ş
BEKLOMIL aerozol dlya ingalyasiy 100 mkg 200 doz
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine İlaç San. ve Tic. A.Ş
BEKLOMIL aerozol dlya ingalyasiy 50 mkg 200 doz
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine İlaç San. ve Tic. A.Ş
Другие формы препарата
ARTROKOL suppozitorii 100mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Ketoprofen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: S.C. Magistra C & S.R.L.
  • Vakil:
ARTROKOL suppozitorii 100mg N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Ketoprofen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Limited, Великобритания произведено: S.C. Magistra C & S.R.L.
  • Vakil:
ARTROKOL suppozitorii 100 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine İlaҫ San. ve Tic. A.Ş.
ARTROKOL inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Ketoprofen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Pharma Vision Sanayi ve Ticaret A.S.
  • Vakil:
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9