×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AZIFLOREN 500 tabletkalari 500mg N3

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Farmakologik guruhlari:
- antibiotik (makrolidlar guruhi)
Qadoqda soni:
- 3
Ishlab chiqaruvchi:
- Karbon Pharma Pvt. Ltd.
Vakil:
- Florence Healthcаre
ATX kodi:
- J01FA10
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan

O'xshash dorilar

AKSAZOLID infuziya uchun eritma 300ml 2mg/ml Axa Parenterals Ltd Hindiston
AZIKASTRA 250 tabletkalari 250mg N6 Scott-Edil Pharmacia Limited Hindiston
ROKSITROMISIN SANDOZ tabletkalari 150mg N10 Sandoz d.d., Словения произведено: S.C. Sandoz S.R.L. Ruminiya
42 700 s`om dan
LEVODEKS 250 tabletkalari 250mg N6 Ultra Laboratoires Pvt. Ltd. Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
3 tabletkadan blisterda, 1 blister tibbiyotda ko'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan
Xar plyonka qobik bilan koplangan tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: Azitromisin (azitromisin digidrati ko'rinishida) - 500 mg;

yordamchi moddalar: mikrokristall tsellyuloza, makkajo'xori kraxmali, natriy metilparabeni, natriy propilparabeni, tozalangan talk, kremniy kolloid dioksidi, dvuoksid titani, natriy kraxmal glikolyati, magniy stearati, izopropil spirti, dixlormetani, dvuokis titani.

Azitromisin keng antibakterial ta'sir doirasiga ega. makrolid antibiotiklarining yangi kichik guruhi - azalidlar vakilidir.

Azitromisin ribosomaning 508-subbirligi bilan bog'lanib, to'qimalarda mikroblarning oqsil sintezini ingibitsiya qiladi.

Grammusbat aerob mikroorganizmlarga karshi faol: g va G (3 guruhi streptokokklari, Streptococcus pneumoniae (penisillinga sezuvchan), Streptococcus pyogenes. Staphylococcus aureus (metisillinga sezuvchan)

Grammanfiy aerob mikroorganizmlar; Haemophilus influenzae, Haemophilus parainfluenzae, Moraxella catarrhal is, Legionella pneumophila. Neisseria gonorrhoeae, Pasteurella multocida. Gardnerella vaginalis, Campylobacter jejuni..

Anaerob bakteriyalar: Prevotella shtammi. Clostridium perfringens. Fusobacterium vidi. Porphyriomonas vidi; and Chlamydia trachomatis. Chlamydia pneumoniae. Chlamydia psitlaci. Mycoplasma pneumoniae. Mycoplasma hominis. Borrelia burgdorferi.

Azitromisinga rezistentligi rivojlanishi mumkin bo'lgan mikroorganizmlar: grammusbat aeroblar (Streptococcus pneumonia).

Birlamchi rezistent mikroorganizmlar: grammusbat aeroblar (Enterococcus faecalis, Staphylococcus turlari (metisillinga chidamli Stafilokokklar makrolidlarga juda yukori darajada rezistentlikni namoyon qiladi), Azitromisin chidamli grammusbat bakgeriyalarga nisbagan faol emas

So'rilishi

Azitromisin kislotali muhitda turg'unligi va lipofilligi sababli me'da-ichak yo'llaridan tez so'riladi. 500 mg bir martalik peroral dozadan keyin azitromisinning plazmadagi Smax ko'rsatkichi 2,5-2,96 soatdan keyin 0,4 mg/l ni tashkil etadi. Biokiraolishligi 37% ni tashkil qiladi.

Ovqatni so'rilishi azitromisinning farmakokinetikasini o'zgartiradi (dozalash shakliga bog'liq xolda), ovqat bilan qabul qilganda A11S o'zgarmasdan Stax 31% ga oshadi. Taqsimlanishi

Aniq VD - 31,1 l/kg ni tashkil qiladi, oqsillar bilan bog'lanishi qondagi kontsentrasiyasiga teskari proportsional va 7-50% tashkil etadi. Azitromisin nafas yo'llari, siydik-jinsiy yo'llari a'zolari va to'qimalari (xususan prostata beziga), teri va yumshoq to'kimalarga yaxshi kiradi. Azitromisinni qon oqsillari bilan kam bog'lanishi sababli eukariotik xujayralarga kirish va lizosomalar atrofidagi rn past muhitda to'planishi qobiliyati kabi to'qimalardagi kontsentrasiyalari (qon plazmasidagiga nisbatan 10-50 marta yuqori) yuqori va T1/2 davomli. Bu o'z navbatida yuqori VD va plazmada yuqori klirensni belgilaydi.

Azitromisinni asosan lizosomalarda to'planish qobiliyati xujayra ichki infektsion agentlarini bartaraf etish uchun muhim. Fagositlar azitromisinni infektsiya sohasiga etkazishi, u erda u fagositoz jarayonida ajralishi tasdiklangan. Azitromisinning infektsiya sohasidagi kontsentrasiyasi sog'lom to'qimalardagiga nisbatan yuqori bo'lgan (o'rtacha 24-34%) va yallig'lanish shishining og'irlik darajasi bilan korrelyasiyalangan. Fagositlardagi yuqori kontsentrasiyasiga qaramasdan, azitromisin ularning foliyatiga ahamiyatsiz darajada ta'sir ko'rsatgan. Azitromisin oxirgi doza qabul qilgandan keyin 5-7 kun davomida yallig'lanish o'chog'ida bakterisid kontsentrasiyalarda qoladi, bu qisqa (3-kunlik va 5-kunlik) davolash kurslarini ishlab chiqish imkonini beraDi.

Chiqarilishi

Azitromisin plazmadan ikki bosqichda chiqariladi: dozani kabul kilgandan 8-24 soat diapazonida T1/2 - 14-20 soat va 24-72 soat diapazonida 41 soatni tashkil qiladi, bu dori vositasini sutkada 1 marta kabul qilish imkonini beradi. Azitromisin organizmda metabolizmga uchramaydi, R450 tsitoxrom izofermentlarini ingibitsiya qilmaydi. Asosan ichak orkali va kisman (20%) buyrak orkali chiqariladi.

Maxsus klinik xolatlardagi farmakokinetikasi

Ayollarda plazmadagi Azitromisinning Smax yuqori, ammo bu o'zgarishlar ahamiyatsiz darajada va dozaga tuzatish kiritish.

Keksa yoshli pasientlarda (65 yoshdan katta) yoshi 45 yoshdan oshmagan pasientlarga nisbatan VD) biroz (30%) yuqori, ammo bu klinik jihatdan ahamiyagga ega emas va dozalashni o'zgartirishni talab kilmaydi.

Buyrak funktsiyasi o'rtacha darajada buzilishi (kreatinin klirensi 40 ml/minut) bo'lgan pasientlar uchun dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.



Gemopoetik tizim: kam hollarda - trombositopeniya, neytropeniya, eozinofiliya, limfopeniya, leykopeniya, gemolitik anemiya.

Markazii va periferik nerv tizimi: ba'zida - bosh aylanishi, bosh og'rig'i, uyquchanlik, bolalarda - bosh og'rig'i (o'rta otitni davolashda), giperkineziya, xavotirlik, nevroz, uykuning buzilishi.

Sezgi a'zolari: kam hollarda - quloqda shovkin, ta'm va xid bilishni pasayishi.

Yurak qon-tomir tizimi: kam hollarda - ko'krakda og'riq, arterial bosimni pasayishi. yurak urishi. Ovqat-hazm qilish tizimi: gez-tez - ko'ngil aynishi, kam hollarda - kusish, diareya, qorinda og'rik, ba'zida - meteorizm, kabziyat, jigar fermentlari faolligini tranzitor oshishi, melena, xolestatik sariqlik. bolalarda - qabziyat, anoreksiya.

Allergik reaktsiyalar: ba'zida - kichishish, teri toshmasi, fotosensibilizasiya, Kvinke shishi.

Suyak-mushak tizimi tomonidan: ba'zida - artralgiya.

Boshqalar: toliqish, bolalarda - kon'yunktivit, kichishish, eshakemi.

retsept bo'yicha

Preparagning bir dozasi o'gkazib yuborilganida o'tkazib yuborilgan dozani iloji boricha tezrok kabul kilish, keyingi dozani esa - 24 soat interval bilan kabul qilish kerak.

Dori vositasi antasidlarni kabul kilishdan 1 soat oldin yoki kabul kilgandan 2 soatdan keyin kabul qilinishi kerak.

O'rtacha darajadagi jigar etishmovchiligi bo'lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo'llash kerak, chunki bunday pasientlarda yashin tezligidagi gepatit va og'ir darajali jigar etishmovchiligi rivojlanishi mumkin. Jigar disfunktsiyasi simptomlarida (tez rivojlanib boruvchi charchoqlik, sariqlik, to'q rangli siydik, qon ketishga moyillik, jigar entsefshyupatiyasi) azitromisin bilan davolash to'xtatilishi kerak va jigarning funktsional xolatini tekshirish zarur.

O'rtacha darajali buyraklar etishmovchiligida (kreatinin klirensi 40 ml/minut) azitromisinni qo'llash buyraklar funktsiyasini nazorati ostida amalga oshirilishi kerak. Ergotizm rivojlanishi mumkinligi sababli azitromisinni ergotamin hosilalari va digidroergotamin bilan birga ko'llash mumkin emas.

Dori vositasini qo'llashda, shuningdek davolash to'xtailganidan 2-3 xaftadan keyin bemorlarda Clostridium difficile chaqirgan diareya (soxtamembranoz kolit) rivojlanishi mumkin. Engil darajali holatlarda davolashni bekor qilish va ion almashinuvchi qatronlar (xolestiramin, kolestipol) ni ko'llash etarli, ogir darajali holatlarda yo'kotilgan suyuqlik, elektrolit va oqsillar miqdorini kompensasiyalash, vankomisin, metronidazol yoki basitrasinni buyurish kerak.

Makrolidlar, shu jumladan azitromisin bilan davolangan bemorlarda QT intervalni uzayishi mumkinligi sababli, QT intervalni uzayishini ma'lum xavf omillari: keksalik yoshi, elektrolitlar disbalansi (gipokaliemiya, gipomagniemiya), QT intervali uzayishi tug'ma sindromi, yurak kasalliklari (yurak etishmovchiligi, miokard infarkti, bradikardiya); QT intervalni uzaytirishi mumkin bo'lgan preparatlarni (shu jumladan

1A va III sinf antiaritmik preparatlar, trisiklik antidepressantlar, neyroleptiklar, ftorxinolonlar) yondosh ko'llangan bemorlarda ehtiyotkorlikka rioya kilish kerak.

Azitromisinga sezuvchan patogen mikroorganizmlar chakirgan infektsion-yallig'lanish kasalliklari.

-yukori nafas yo'llari va lor a'zolari infektsiyalari (angina, bakterial faringit, tonzillit, sinusit, o'rta otit);

-quyi nafas yo'llari infektsiyalari (o'tkir bronxit, surunkali bronxit zo'rayishi. pnevmoniya, shu jumladan atipik mikroorganizmlar chaqirgan);

-teri va yumshok to'qimalar infektsiyalari (saramas, imnetigo, ikkilamchi infektsiyalangan dermatozlar, oddiy xusnbuzar);

-siydik-jinsiy yo'llar infektsiyalari (asoratlanmagan uretrit va tservisit);

-Layma kasalligi (borrelyoz), erta bosqichda davolash uchun (erethema migrans);

-Helicobacter pylori bilan assosiasiyalangan me'da va o'n ikki barmoq ichak kasalliklari (majmuaviy davolash tarkibida).

og'ir darajachi jigar etishmovchiligi;
  • buyraklar funktsiyasini og'ir darajali buzilishi (kreatinin klirensi 40 ml/minutdan kam);

  • emizish;

  • tana vazni 45 kg dan kam bo'lgan 12 yoshdan kichik bolalar;

  • azitromisin, boshqa makrolid antibiotiklari yoki tayyor dozalash shaklidagi ingredientlarga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.

Jigar va buyrak etishmovchiligi (kreatinin klirensi 40 ml/minut) bo'lgan, aritmiya yoki aritmiyalarga moyillik va S/T oralig'i uzaygan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan ko'llash kerak.

Antasidlar (alyuminiy va magniy) biokiraolishligiga ta'sir qilmaydi, ammo qondagi azitromisinning kontsentrasiyasini 30% ga kamaytiradi, shu tariqa, dozalar orasidagi intervallar ushbu dorilar qabul qilishdan 1 soat oldin yoki 2 soat keyin bo'lishi kerak. Ergotamin hosilalari va digidroergotamin bilan qo'llashda ergotamin hosilalari va digidroergotaminning toksikligi (tomir spazmi, dizesteziya) ortishi mumkin. Qon ivishiga bilvosita ta'sir qiluvchi vosita kumarin (varfarin) va azitromisinni

(odatdagi dozada) bilan majmuada qo'llashda pasientlarda protrombin vaqtini nazorat qilish kerak.

Azitromisin va terfenadinni majmuaviy qo'llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak, chunki terfenadin va makrolidlarni birga buyurish aritmiya va QT intervalini uzayishini chakiradi. Shunga asosan azitromisin va terfenadinni birga buyurish vaqtida yuqori sanab o'tilgan asoratlarni inkor etib bo'lmaydi.

Tsiklosporin bilan birga qo'llashda qonda tsiklosporinning kontsentrasiyasini nazorat qilish kerak.

Digoksin bilan birga qo'llashda qonda digoksinning kontsentrasiyasini nazorat qilish kerak (ichakda digoksinni so'rilishini oshirishi mumkin).

Nelfinavir bilan birga ko'llashda azitromisinning nojo'ya reaktsiyalari (karlik, jigar transaminazalarini oshishi) tez-tezligi oshishi mumkin.

Zidovudin bilan birga qo'llashda azitromisin zidovudin farmakokinetikasining metaboliti va uning glukuronidning plazma yoki buyrak ekskresiyasiga ta'sir ko'rsatmagan, ammo periferik qon tomirlarining bir yadroli xujayralarida faol metaboliti fosforlangan zidovudinning kontsentrasiyasini oshiradi, ushbu faktning klinik ahamiyati aniqlanmagan.

Azitromisinni Tsiklosporin, terfenadin, korakuya alkaloidlari, tsizaprid, pimozid, xinidin, astemizol va metabolizmi sur3A4 izofermenti ishtirokida amalga oshiriladigan boshka preparatlar bilan birga qo'llashda sur3A4 izofermentini tormozlanishi mumkinligi ko'rib chiqilishi kerak.

Qo'llash vaqtida azitromisin qonda karbamazepin, tagamet, didanozin, efavirenz, flukonazol, indanavir, midazolam, teofillin, triazolam,

trimetoprim/salьfametoksazol, tsetirizin, sildenafil, atorvastatin, rifabutin va metilprednizolonning kontsentrasiyasiga ta'sir qilmagan

Quruq, salqin joyda, 25°S dan yukori bo'lmagan haroratda saklansin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Azitromisinni albatta sutkada 1 marta ovqatdan 1 soat oldin yoki ovqatdan 2 soatdan keyin qabul qilinadi.

Yuqori va quyi nafas yo'llari infektsiyalari, teri va yumshok to'qimalar infektsiyalari - 500 mg/sutka 3 kun davomida (kurslik doza - 1,5 g).

Jinsiy yo'l orqali yuqadigan infektsiyalar (asoratlanmagan uretrit/tservisit) - 1 g bir marta, Chlamydia trachomatis chaqirgan asoratlangan, davomli uretrit/tservisit – 1 g 7 kun interval bilan 3 marta.

Layma kasalligi - I bosqichni davolash uchun (Erythema mi grans) - birinchi kuni 1 g va 2 - chidan 5-chi kungacha har kuni 500 mg (kurslik doza - 3 g).

Helicobacter pylori bilan assosiasiyalangan me'da va o'n ikki barmoq ichak kasalliklarida majmuaviy davolash tarkibida sutkada 1 g dan 3 kun davomida.

12 oylikdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarga dori vositasi faqat suspenziya shaklida qo'llanadi.

Bolalarga 10 mg/kg, kuniga 1 marta 3 kun davomida yoki birinchi kuni 10 mg/kg, keyingi 4 ko'p 5-10 mg/kg/kun 3 kun davomida buyuriladi (kurslik doza - 30 mg/kg).

Layma kasalligi erga bosqichida (erythema migrans) bolalar uchun dozasi - birinchi kuni 20 mg/kg va 2-chi kundan 5-chi kungacha 10 mg/kg buyuriladi.



Simptomlari: ko'ngil aynishi, eshitishni vaktincha yo'qolishi, qusish, diareya.

Davolash: me'dani yuvish, simptomatik davolash.

Azitromisin yo'ldosh to'sig'i orqali o'tadi. Homiladorlikda faqat ona uchun kutilayoggan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo'lgandagina ko'llash mumkin. Azitromisinni laktasiya davrida ko'llash zarurati bo'lganida emizishni to'xtatish kerak.



Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AZIFLOREN 500 tabletkalari 500mg N3 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AZIFLOREN 500 tabletkalari 500mg N3 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AZIFLOREN 500 tabletkalari 500mg N3 dori vositasi Karbon Pharma Pvt. Ltd. tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AZIFLOREN 500 tabletkalari 500mg N3 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AZIFLOREN 500 tabletkalari 500mg N3 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
AZIFLOREN suspenziya 200mg/5ml 15ml
SILDAP tabletkalari 60mg 100mg/60mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Karbon Pharma Pvt. Ltd.
  • Vakil: KOHINOOR FARMA MChJ
GULSEF SB poroshok 1000mg/500mg N1
Narh: 20 541 so'mdan Batafsil
ASEFENAK FAST inyeksiya uchun eritma 75mg/ml N5
LEVOSEF 500 infuziya uchun eritma 100ml 5mg/5ml
Narh: 43 700 so'mdan Batafsil
SILDAP tabletkalari 30mg 50 mg+30 mg N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Karbon Pharma Pvt. Ltd.
Другие формы препарата
AZIFLOREN suspenziya 200mg/5ml 15ml
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9