×
×
  • MEROPENEM poroshok 1000 mg N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

MEROPENEM poroshok 1000 mg N10

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- ФармКонцепт, ООО
ATX kodi:
- J01DH02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ABAZIT suspenziya 15ml 200mg/5ml СП ООО "Remedy Group" O'zbekiston
NIRLIV inyeksiya uchun eritma 100ml 500mg/100ml Aculife Healthcare Pvt. Ltd Hindiston
AUGMENTIN tabletkalari 625mg N14 GlaxoSmithKline Export Limited, Великобритания произведено: SmithKline Beecham Limited Buyuk Britaniya
KLAMOK tabletkalari 1000mg N10 Nobel Pharmsanoat, ИП ООО O'zbekiston
49 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
MEROPENEM poroshok 1000 mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

MEROPENEM

MEROPENEM

 

Preparatning savdo nomi: Meropenem

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): meropenem

Dori shakli: vena ichiga yuborish uchun eritma tayyorlash uchun kukun 500 mg va 1000 mg

Tarkibi:

Har bir flakon/butilka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: meropenem (meropenem va natriy karbonati ko‘rinishida) – 500 mg yoki
1000 mg

Ta‘rifi: oqdan sarg‘ish ranggacha bo‘lgan kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: Beta-laktam antibiotigi. Karbapenemlar.

ATX kodi: J01DH02.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Meropenem penisillinlarni bog‘lovchi oqsillar (RVR) bilan bog‘lanish yo‘li orqali grammusbat va grammanfiy bakteriya xujayralarining devori sintezini ingibisiya qilish yo‘li orqali bakterisid ta‘sir ko‘rsatadi.

Boshqa beta-laktam antibakterial vositalari kabi meropenemning konsentrasiyasi minimal ingibisiya qiluvchi konsentrasiyalar (MIK) dan yuqori bo‘lgandagi vaqt ko‘rsatkichi (T>MIK), samaradorlik bilan yuqori korrelyasiyani namoyish qilgan. Klinika oldi modellarida meropenem qon plazmasidagi infeksion mikroorganizmlar uchun MIK dan taxminan 40% yuqori dozalar intervalidagi konsentrasiyalarda faollikni namoyish qilgan. Bu maqsadli ko‘rsatkich klinik jihatdan aniqlanmagan.

Meropenemga bakterial rezistentlik quyidagilar oqibatida yuzaga kelishi mumkin:

  1. grammanfiy bakteriyaning tashqi membranasining o‘tkazuvchanligi pasayishi (porinlarni ishlab chiqarishni pasayishi oqibatida);
  2. maqsadli RVR bilan yaqinligi tufayli;
  3. efflyuks nasos komponentlarining ekspressiyasini oshishi;
  4. karbapenemlarni gidrolizga uchratuvchi beta-laktamazalarni ishlab chiqarilishi.

Yevropa Ittifoqida karbapenemlarga chidamli bakteriyalar chaqirgan infeksion kasalliklar qayd etilgan.

Meropenem va xinolonlar, aminoglikozidlar, makrolidlar va tetrasiklinlar sinfiga mansub dori vositalari bilan maqsadli mikroorganizmlarni hisobi bilan kesishgan rezistentlik mavjud emas. Shunga qaramasdan, agar rezistentlik mexanizmi xujayra membranasini o‘tkazmasligi va/yoki efflyuks nasos(lar) ni o‘zi ichiga oladigan bo‘lsa, bakteriyalar antibakterial vositalarning bittadan ortiq sinfiga rezistentlik namoyish qilishi mumkin.

Mikroblarga qarshi sezgirlikni aniqlash yuzasidan Yevropa qo‘mitasi (EUCAST) tomonidan o‘tkazilgan klinik tadqiqotlarda aniqlangan MIK ning chegaraviy ko‘rsatkichlari quyidagi jadvalda keltirilgan:

Mikroorganizm Sezgir (S), (mg/l) Rezistent (R), (mg/l)
Enterobacteriaceae ≤ 2 > 8
Pseudomonas  ≤ 2 > 8
Acinetobacter  ≤ 2 > 8
Streptococcus A, B, C, G guruhi ≤ 2 > 2
Streptococcus pneumoniae1 ≤ 2 > 2
Boshqa streptokokklar 2 2
Enterococcus
Staphylococcus2 3 ga qarang 3 ga qarang
Haemophilus influenzae1, Moraxella catarrhalis ≤ 2 > 2
Neisseria meningitidis2,4 ≤ 0,25 > 0,25
Grammusbat anaeroblar ≤ 2 > 8
Grammanfiy anaeroblar ≤ 2 > 8
Mikroorganizmlarning turi bilan bog‘liq bo‘lmagan chegaraviy ko‘rsatkichlar5 ≤ 2 > 8

1 meningitda Streptococcus pneumoniae va Haemophilus influenzae uchun meropenemning chegarviy ko‘rsatkichlari 0,25/l mg/l ni tashkil etadi.

2 MIK ko‘rsatkichi sezgirlik bo‘sag‘asidan yuqori bo‘lgan mikroorganizmlar shtammlari kam hollarda kuzatiladi va hozirgi vaqtda aniqlanmaydi. Har qanday shunday izolyatni identifikasiya qilish va unga nisbatan mikroblarga qarshi sezgirlik yuzasidan tahlillarni takrorlash kerak va agar natija tasdiqlansa, izolyat tekshiruv laboratoriyasiga yuboriladi. MIK ko‘rsatkichlari rezistentlikning tegishli chegaraviy ko‘rsatkichlaridan (kursiv bilan ajratilgan) yuqori bo‘lgan verifikasiya qilingan izolyatlar uchun klinik javob haqidagi ma‘lumotlar bo‘lganda, izolyatlar chidamli sifatida qayd etilishi kerak.

3 Stafilokokklarning meropenemga sezgirligi metisillinga sezgirgik yuzasidan ma‘lumotlar asosida prognoz qilinadi.

4 Neisseria meningitidis uchun meropenemning chegarviy ko‘rsatkichi faqat meningitga tegishli.

5 mikroorganizmlarning turlari bilan bog‘liq bo‘lmagan chegaraviy ko‘rsatkichlar FK/FD ma‘lumotlari asosida aniqlangan va alohida turlarning MIK taqsimlanishiga bog‘liq emas. Ular jadvalda va ilovalarda ko‘rsatilmagan turlar yuzasidan qo‘llash uchun mo‘ljallangan.

“–” sezgirlikni aniqlash yuzasidan tekshiruv o‘tkazish tavsiya etilmaydi, chunki ushbu tur meropenem uchun optimal nishon bo‘lib hisoblanmaydi.

Orttirilgan rezistentlikni tarqalishi ayrim turlar uchun geografik va vaqt jig‘atidan o‘zgarishi mumkin, shuning uchun ayniqsa og‘ir infeksiyalarni davolaganda mikroorganizmlarning rezistentligi haqidagi mahalliy ma‘lumotga tayanish kerak. Mahalliy darajada mikroorganizmlarning rezistentligini tarqalganlik darajasi dori vositasini qo‘llashdan foyda kamida infeksiyalarning ayrim turlariga nisbatan shubhali darajada bo‘lgan hollarda, mutaxassisga murojaat etish kerak.

Navbatdagi jadvalda patogen mikroorganizmlar klinik tajriba va kasalliklarni davolashning klinik protokollaridan kelib chiqqan holda sanab o‘tilgan.

Odatdagi sezgir turlari:

Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecalis6, Staphylococcus aureus (metisillinga sezgir)7, Staphylococcus species (metisillinga sezgir), shu jumladan Staphylococcus epidermidis, Streptococcus agalactiae (B guruhi), Streptococcus milleri (S. anginosus, S. constellatus, S. intermedius), Streptococcus pneumoniae, Streptococcus pyogenes (A guruhi).

Grammanfiy aeroblar: Citrobacter freundii, Citrobacter koseri, Enterobacter aerogenes, Enterobacter cloacae, Escherichia coli, Haemophilus influenzae, Klebsiella oxytoca, Klebsiella pneumoniae, Morganella morganii, Neisseria meningitidis, Proteus mirabilis, Proteus vulgaris, Serratia marcescens.

Grammusbat anaeroblar: Clostridium perfringens, Peptoniphilus asaccharolyticus, Peptostreptococcus species (shu jumladan P. micros, P. anaerobius, P. magnus).

Grammanfiy anaeroblar: Bacteroides caccae, Bacteroides fragilis guruhi, Prevotella bivia, Prevotella disiens.

 

Orttirilgan rezistentlik muammoli bo‘lishi mumkin bo‘lgan turlar:

Grammusbat aeroblar: Enterococcus faecium6,8.

Grammanfiy aeroblar: Acinetobacter species, Burkholderia cepacia, Pseudomonas aeruginosa.

Tabiiy rezistent mikroorganizmlar:

Grammanfiy aeroblar: Stenotrophomonas maltophilia, Legionella species.

Boshqa mikroorganizmlar: Chlamydophila pneumoniae, Chlamydophila psittaci, Coxiella burnetii, Mycoplasma pneumoniae.

6 tabiiy oralik sezgirlik aniqlangan turlar.

7 Barcha metisillinga rezistent stafilokokklar meropenemga chidamli.

8 YeI ning bir yoki bir necha mamlakatlarida rezistentlik ko‘rsatkichi >50%.

Farmakokinetikasi

Sog‘lom odamlarda T1/2 taxminan 1 soatni tashkil qiladi. Maksimal konsentrasiyasi (Cmax) va “konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC) yuzasidan yuborilgan dozaga mutloq farmakokinetik proporsional bog‘liqlik mavjud emas. Doza 0,25 g dan 2 g gacha oshirilganda klirensi minutiga 287 ml dan 205 ml gacha kamayadi. 500, 1000 va
2000 mg doza vena ichiga yuborilgandan keyin 30 minut davomida Cmax taxminan 23, 49 va 115 mkg/ml ni tashkil qiladi, bu AUC 39,3 62,3 va 153 mg.soat/ml ga mos keladi. Vena ichiga 500 mg 5 minut davomida oqim bilan yuborilganda Cmax – 52 mkg/ml, 1000 mg –
112 mkg/ml ni tashkil qiladi. Doza buyrak funksiyasi normal bo‘lgan odamlarga 8 soat davomida yuborilganda meropenemni to‘planishi kuzatilmaydi.

Tadqiqotda 12 nafar pasientlarga intraabdominal infeksiyada jarrohlik aralashuvidan keyin 1000 mg meropenem har 8 soatda yuborilgan, bunda Cmax va T1/2 bilan bir xil ko‘rsatkich namoyish etilgan, lekin taqsimlanish hajmi katta – 27 l bo‘lgan.

Taqsimlanishi

Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 2% ni tashkil qiladi va konsentrasiyaga bog‘liq emas. Tez (5 minut yoki undan kam) yuborilganda farmakokinetikasi bioeksponensial hisoblanadi. Meropenem organizmning ko‘pgina to‘qimalari va suyuqliklari, shu jumladan o‘pka, bronxial sekresiya, safro, orqa miya suyuqligi, ginekologik to‘qimalar, teri, fassiyalar, mushaklar va peritoneal ekssudatga yaxshi kiradi.

Metabolizmi

Meropenem mikrobiologik jihatdan faol bo‘lmagan metabolit hosil qilib beta-laktam halqani gidrolizi yo‘li bilan metabolizmga uchraydi. Meropenem in vitro sharoitda imipenemga nisbatan odamning degidropeptida-I gidroliziga nisbatan past sezgirlikni namoyish qilgan.

Organizmdan chiqarilishi

Meropenem organizmdan o‘zgarmagan ko‘rinishda buyraklar orqali chiqariladi; dozaning taxminan 70% (50-75%) o‘zgarmagan ko‘rinishda 12 soat davomida chiqariladi. Yana 28% mikrobiologik faol bo‘lmagan metaboliti ko‘rinishida qaytariladi. Axlat bilan chiqarilishi dozaning taxminan 2% ni tashkil qiladi. O‘zgargan buyrak klirensi va probenesid samarasi meropenem filtrasiya va sekresiyaga uchrashini ko‘rsatadi.

Buyrak yetishmovchiligi

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda o‘tkazilgan farmakokinetik tadqiqotlarda organizmdan yarim chiqarilish davrini uzayishi aniqlangan. Sog‘lom odamlarga (CrCL > 80 ml/min) nisbatan o‘rtacha darajada buzilishlari (CrCL 33-74 ml/min) bo‘lgan pasientlarda AUC 2,4 marta, jiddiy buzilishlari (CrCL < 2 ml/min) bo‘lgan pasientlarda 5 marta va gemodializda (CrCL < 2 ml/min) bo‘lgan bemorlarda 10 marta oshadi. O‘rtacha va og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlar uchun dozaga tuzatish kiritish tavsiya etiladi.

Meropenem gemodializ yordamida chiqariladi, gemodializ vaqti anuriyasi bo‘lgan pasientlarga nisbatan taxminan 4 marta ko‘proqni tashkil qiladi.

 

Jigar yetishmovchiligi

Jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda o‘tkazilgan farmakokinetik tadqiqotlar, ushbu patologik o‘zgarishlar meropenemning farmakokinetikasiga ta‘sir ko‘rsatmasligini namoyish qilgan.

Katta pasientlar

Katta pasientlarda o‘tkazilgan 32 tadqiqotlar buyrak funksiyasi ekvivalent bo‘lgan sog‘lom odamlarga nisbatan ahamiyatli farmakokinetik farqlarni namoyish qilmagan. Intraabdominal infeksiya yoki pnevmoniyasi bo‘lgan 79 nafar pasientlar asosida ishlab chiqilgan populyasion model markaziy xajmni pasientning tana vazniga va kreatinin klirensi va yoshiga bog‘liqligini namoyish qilgan.

Bolalar

Infeksiyasi bo‘lgan chaqaloqlar va bolalarda 10, 20 va 40 mg/kg doza qabul qilingandagi farmakokinetika kattalarda muvofiq ravishda 500, 1000 va 2000 mg doza qabul qilgandagiga o‘xshash Cmax ni namoyish etgan. Taqqoslash kattalardagiga o‘xshash farmakokinetikani namoyish qilgan, <6 oylik bolalardan tashqari – T1/2-1,6 soat. Meropenem klirensining o‘rtacha ko‘rsatkichi – minutiga 5,8 ml/kg (6-12 yoshdagi bolalar uchun), minutiga 6,2 ml/kg (2-5 yoshdagi bolalar uchun), minutiga 5,3 ml/kg (6-23 oylik bolalar uchun) va minutiga 4,3 ml/kg (2-5 oylik bolalar uchun) tashkil qiladi. Dozaning taxminan 60% siydik bilan 12 soat davomida meropenem ko‘rinishida, 12% – metaboliti ko‘rinishida chiqariladi. Meningiti bo‘lgan bolalarda meropenemning orqa miya suyuqligidagi konsentrasiyasi taxminan 20% ni tashkil qiladi, ammo ahamiyatli individual o‘zgaruvchanlik mavjud. Antibiotiklar bilan davolash zarur bo‘lgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda klirensi oshishi kuzatilgan, T1/2 – 2,9 soat.

Keksa pasientlar

Keksa (65-80 yosh) pasientlarda o‘tkazilgan farmakokinetik tadqiqotlar plazma klirensini pasayishini namoyish qilgan, bu kreatinin klirensini yoshga doir pasayishi va buyrakdan tashqari klrensini pasayishi bilan korrelyasiya qilgan.

Og‘ir va o‘rtacha darajadagi buyrak yetishmovchiligi holatlaridan tashqari, keksa pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

 

Qo‘llanilishi

Kattalarda va bolalarda (3 oylikdan oshgan) meropenemga sezgir bir yoki bir nechta qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan quyidagi infeksion-yallig‘lanish kasalliklarini davolash uchun ko‘rsatilgan:

  • pnevmoniya, shu jumladan kasalxonadan tashqari pnevmoniya;
  • mukovissedozda bronx-o‘pka infeksiyalari;
  • siydik chiqarish yo‘llarining asoratlangan infeksiyalari;
  • qorin bo‘shlig‘ining asoratlangan infeksiyalari;
  • tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi infeksiyalar;
  • teri va yumshoq to‘qimalarning asoratlangan infeksiyalari;
  • o‘tkir bakterial meningit.

Meropenem neytropeniyasi bo‘lgan pasientlarda bakterial infeksiya chaqirgan isitmani davolash uchun ishlatilishi mumkin.

Qo‘llash usuli va dozalari

Dozalash tartibi kasallikning kechishini og‘irlik darajasi, qo‘zg‘atuvchining turi va klinik ko‘rinishlariga qarab individual ravishda belgilanadi.

Kattalar uchun kuniga 3 marta 2 g gacha va o‘smirlar uchun kuniga 3 marta 40 mg/kg gacha dozalari bolalar uchun Pseudomonas aeruginosa yoki Acinetobacter species chaqirgan kasalxona ichki infeksiyalarini davolash uchun maqsadga muvofiq ravishda qo‘llanishi mumkin.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda dozaga tuzatish kiritish kerak.

Kattalar va o‘smirlar:

Infeksiya Har 8 soatda yuborish uchun dozalar
Pnevmoniya, shu jumladan kasalxonadan tashqari pnevmoniya 500 mg yoki 1 g
Mukovissidozda bronx-o‘pka infeksilari 2 g
Siydik chiqarish yo‘llarining asoratlangan infeksiyalari 500 mg yoki 1 g
Qorin bo‘shlig‘ining asoratlangan infeksiyalari 500 mg yoki 1 g
Tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi infeksiyalar 500 mg yoki 1 g
Teri va yumshoq to‘qimalarning asoratlangan infeksiyalari 500 mg yoki 1 g
O‘tkir bakterial meningit 2 g
Febril neytropeniya 1 g

Jigar yetishmovchiligi:

Jigar yetishmovchiligida dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Keksa pasientlarda dozalash:

Buyrak funksiyasi normal yoki kreatinin klirensi minutiga 50 ml dan yuqori bo‘lgan keksa bemorlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

Bolalar

3 oylikdan kichik bolalar:

3 oylikdan kichik bolalarda qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi, shuningdek optimal dozalash tartibi tekshirilmagan. Lekin farmakokinetika yuzasidan cheklangan ma‘lumotlar har 8 soatda 20 mg/kg doza optimal dozalash tartibi ekanligini taxmin qilish imkonini beradi.

3 oylikdan – tana vazni 50 kg dan past bo‘lgan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun:

Infeksiya Har 8 soatda yuborish uchun dozalar
Pnevmoniya, shu jumladan kasalxonadan tashqari pnevmoniya 10 – 20 mg/kg
Mukovissidozda bronx-o‘pka infeksilari 40 mg/kg
Siydik chiqarish yo‘llarining asoratlangan infeksiyalari 10 – 20 mg/kg
Qorin bo‘shlig‘ining asoratlangan infeksiyalari 10 – 20 mg/kg
Teri va yumshoq to‘qimalarning asoratlangan infeksiyalari 10 – 20 mg/kg
O‘tkir bakterial meningit 40 mg/kg
Febril neytropeniya 20 mg/kg

Meropenem kattalar va bolalarga odatda 15-30 minut davomida tomchili infuziya ko‘rinishida yuboriladi. Flakon (butilka) ichidagisi 1 dan 20 mg/ml yakuniy konsentrasiyagacha 0,9% li natriy xloridi eritmasida yoki 5% li glyukoza (dekstroza) eritmasida eritiladi. Qo‘llashdan oldin eritmani chayqatish kerak.

Meropenemni 5 minut davomida oqim bilan vena ichiga yuborishga yo‘l qo‘yiladi: kattalarga – 1 g gacha, bolalarga (3 oylikdan tana vazni 50 kg dan past bo‘lgan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar) – tana vazniga 20 mg/kg gacha dozada. Kattalarga 2 gacha, bolalarga – tana vazniga 40 mg/kg gacha dozada vena ichiga oqim bilan yuborish mumkinligi haqida cheklangan ma‘lumotlar bor. Vena ichiga oqim bilan yuborilganda dori vositasining dozasi 50 mg/ml yakuniy konsentrasiyagacha in‘eksiya uchun steril suvda eritiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya reaksiyalarning tez-tezligi quyidagi gradasiya bo‘yicha keltirilgan: juda tez-tez (≥1/10), tez-tez (≥1/100, <1/10), tez-tez emas (≥1/1000, <1/100), kam hollarda (≥1/10000, <1/1000), juda kam hollarda (<1/10000).

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: tez-tez: epigastral sohada og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, giperbilirubinemiya, “jigar” transaminazalari va ishqoriy fosfotaza, LDG faolligini oshishi; tez-tez emas: qabziyat, xolestatik gepatit; juda kam hollarda: soxtamembranoz enterokolit.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: yurak yetishmovchiligini rivojolanishi yoki chuqurlashishi, yurakni to‘xtashi, taxi- yoki bradikardiya, arterial bosimni pasayishi yoki oshishi, hushdan ketish holatlari, miokard infarkti, o‘pka arteriyalari tarmoqlari tromboemboliyasi.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: tez-tez emas: dizuriya, shishlar, buyrak funksiyasini buzilishi (giperkreatininemiya, plazmada mochevina konsentrasiyasini oshishi), gematuriya.

Allergik reaksiyalar: teri qichishishi, teri toshmasi, eshakemi, ko‘p shaklli ekssudativ eritema, xavfli ekssudativ eritema (Stivens-Djonson sindromi), angionevrotik shish, anafilaktik shok, toksik epidermal nekroliz.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas: bosh og‘rig‘i, paresteziya, uyqusizlik, uyquchanlik, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, xavotirlik, ongni buzilishi, gallyusinasiyalar; kam hollarda: tirishishlar.

Immun tizimi tomonidan: juda kam hollarda: Kvinke shishi, anafilaktik shok.

Laborator ko‘rsatkichlarni o‘zgarishlari: eozinofiliya, trombositopeniya, neytropeniya, leykopeniya; kam hollarda: agranulositoz, gipokaliemiya, leykositoz, giperkreatininemiya, gemolitik anemiya, qaytuvchan trombositopeniya, qisman chastichnogo tromboplastin vaqtini kamayishi, qonda transaminazalar darajasini oshishi, laktatdegidrogenaza darajasini oshishi, bilirubin darajasini oshishi.

Infeksiyalar va invaziyalar: tez-tez emas: oral va vaginal kandidoz.

Mahalliy reaksiyalar: yallig‘lanish, flebit, tromboflebit, yuborish joyida og‘riq; KFK darajasini oshishi bilan kechuvchi to‘qimalarni shikastlanishi.

Boshqalar: musbat bevosita yoki bilvosita Kumbs sinamasi, anemiya, gipervolemiya, dispnoe, vaginal kandidoz va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati kandidozi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Anamnezida meropenemga yoki karbapenemlar guruhiga mansub boshqa preparatlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Homiladorlik, laktasiya davri, 3 oylikdan kichik bolalar.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Probenesid buyrak ekskresiyasini ingibisiya qilib va meropenemning yarim chiqarilish davrini va konsentrasiyasini oshishini chaqirib faol kanalchalar sekresiyasi uchun raqobatlashadi. Meropenemni probenesid bilan bir vaqtda buyurganda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Karbapenemlar bilan birga qo‘llanilganda bir necha kundan keyin valproat kislotasining darajasini 60-100% ga pasayishi kuzatiladi. Shunday qilib, valproat kislotasi va karbapenemlarni birga qo‘llashdan saqlanish kerak.

Peroral antikoagulyantlar: antibiotiklarni varfarin bilan qo‘llanilganda antikoagulyant samaralar kuchayadi. Antikoagulyant preparatlarni antibakterial preparatlar bilan peroral qabul qilingan vaqtda antikoagulyant samaralarni oshishi haqida xabar berilgan. Xavf infeksiya qo‘zg‘atuvchisi, pasientning yoshi va umumiy holatiga qarab o‘zgarishi mumkin, shuning uchun antibiotiklarni xalqaro normallashgan nisbat (XNN) ga ta‘sirini baholash qiyin. Davolash jarayonida va antibiotiklar va peroral antikoagulyantlar bilan birga davolagandan keyin ayrim vaqt davomida XNN ni tez-tez aniqlash tavsiya etiladi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Har bir konkret pasientni davolash uchun meropenem buyurilganda infeksiyaning og‘irlik darajasi, boshqa antibakterial preparatlarga rezistentlikni mavjudligiga qarab karbapenemlarni qo‘llashni maqsadga muvofiqligini e‘tiborga olish kerak.

Deyarli barcha antibiotiklarni qo‘llagandagi kabi meropenemni qo‘llaganda soxtamembranoz kolit rivojlanishi kuzatiladi, u og‘irlik darajasi yengildan to hayotga xavf soluvchi shaklgacha o‘zgarishi mumkin. Meropenemni qo‘llash fonida diareya yuzaga kelganda soxtamembranoz kolit rivojlanganligi ehtimolini yodda tutish kerak. Meropenem bilan davolashni to‘xtatishni ko‘rib chiqish kerak. Ichak peristaltikasini ingibisiya qiluvchi preparatlarni qabul qilmaslik kerak.

Karbapenemlar, shu jumladan meropenem bilan davolash vaqtida tirishishlar rivojlanishi haqida tez-tez xabar berilmagan.

Boshqa karbapenemlar va beta-laktam antibiotiklari, penisillinlar va sefalosporinlar orasida kesishgan allergik reaksiyalarning klinik va laborator belgilari mavjud. Meropenemni qo‘llaganda ham, boshqa beta-antibiotiklarni qo‘llaganda ham o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining (shu jumladan o‘lim bilan yakunlanuvchi) kam holatlari haqida xabarlar mavjud. Peropenem bilan davolashni boshlashdan oldin anamnezida beta-laktam antibiotiklariga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalariga alohida e‘tibor berib, pasientni sinchkovlik bilan so‘roq qilish kerak. Anamnezida shunga o‘xshash ko‘rinishlari bo‘lgan pasientlarda meropenem ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak. Agar meropenemga allergik reaksiya yuzaga kelsa, preparatni yuborishni to‘xtatish va tegishli choralarni ko‘rish kerak.

Jigar kasalliklari bo‘lgan bemorlarni davolash “jigar” transaminazalarining faolligi va bilirubinning konsentrasiyasini sinchkovlik bilan nazorati ostida olib borilishi kerak. Davolash jarayonida chidamli qo‘zg‘atuvchilar rivojlanishi mumkin, shuning uchun uzoq muddatli davolash rezistent shtammlarni tarqalganligini doimiy nazorati ostida olib boriladi.

Metisillinga rezistent stafilokklar chaqirgan infeksiyalarda preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Meropenem bilan davolash vaqtida bevosita va bilvosita Kumbs sinamasi musbat bo‘lishi mumkin.

500 mg li meropenemning bir flakoni 2,0 mmol natriy saqlaydi. 1000 mg li meropenemning bir flakoni 4,0 mmol natriy saqlaydi. Buni natriyni iste‘mol qilinishini nazorat qiluvchi (natriyning miqdori past parhezga rioya qiluvchi) odamlarda e‘tiborga olish kerak.

Mikrobiologik nuqtai nazardan preparatni darhol ishlatish kerak. Agar dori vositalari darhol ishlatilmasa, saqlash muddati va sharoitiga shifokor javob beradi. Meropenemning 5% li glyukoza (dekstroza) eritmasi bilan tayyorlangan eritmasini darhol, ya‘ni tayyorlangandan keyin 1 soat davomida qo‘llash kerak.

Meropenemning eritmasini muzlatish mumkin emas.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi: homiladorlik vaqtida meropenemning klinik xavfsizligi aniqlanmagan. Hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimental tadqiqotlar rivojlanayotgan homilaga biron-bir nozush samaralarni namoyish etmagan. Homiladorlik vaqtida va laktasiya davrida homila, chaqaloq va ona uchun preparatni qo‘llashdan potensial foydasi va bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfni baholash kerak. Har bir holatda preparatni bevosita shifokor kuzatuvi ostida qo‘llash kerak. Meropenem hayvonlarning ko‘krak sutida juda past konsentrasiyalarda aniqlanadi. Davolash davrida emizishni to‘xtatish kerak.

Avtotransportni va boshqa potensial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri: meropenemni avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri haqida ishonchli ma‘lumotlar yo‘q. Shunga qaramasdan, meropenemni qabul qilganda bosh og‘rig‘i, paresteziya va tirishishlar kuzatilishi mumkinligini e‘tiborga olish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Davolash vaqtida, ayniqsa buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda to‘satdan dozani oshirib yuborilishi kuzatilishi mumkin.

Simptomlari: spesifik simptomlari yo‘q.

Davolash: simptomatik davolash o‘tkaziladi. Normada preparatni buyrak orqali chiqarilishi tez amalga oshadi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda gemodializ meropenem va uning metabolitlarini samarali chiqaradi.

Chiqarilish shakli

500 mg dan flakonlarda, 1000 mg dan flakonlarda va butilkalarda.

Flakon yoki butilka qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.

Stasionarlar uchun o‘rami: 500 mg yoki 1000 mg dozali 40 flakonlar yoki 12 butilkalar yoki 1000 mg dozali flakonlar tegishli miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan guruh qutisida.

 

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

MEROPENEM poroshok 1000 mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
MEROPENEM poroshok 1000 mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
MEROPENEM poroshok 1000 mg N10 dori vositasi ФармКонцепт, ООО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
MEROPENEM poroshok 1000 mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
MEROPENEM poroshok 1000 mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
MEROPENEM poroshok 1000 mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ФармКонцепт, ООО
Narh: 37 000 so'mdan Batafsil
MEROPENEM poroshok 500 mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ФармКонцепт, ООО
Narh: 39 200 so'mdan Batafsil
VANKOMISIN poroshok 1000 mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ФармКонцепт, ООО
Narh: 59 900 so'mdan Batafsil
VANKOMISIN poroshok 500 mg N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ФармКонцепт, ООО
MEROPENEM poroshok 1000 mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ФармКонцепт, ООО
MEROPENEM poroshok 500 mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ФармКонцепт, ООО
MEROPENEM poroshok 500 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ФармКонцепт, ООО
VANKOMISIN poroshok 1000 mg N150
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ФармКонцепт, ООО
VANKOMISIN poroshok 1000 mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ФармКонцепт, ООО
VANKOMISIN poroshok 1000 mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ФармКонцепт, ООО
VANKOMISIN poroshok 1000 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ФармКонцепт, ООО
VANKOMISIN poroshok 500 mg N150
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ФармКонцепт, ООО
VANKOMISIN poroshok 500 mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ФармКонцепт, ООО
VANKOMISIN poroshok 500 mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ФармКонцепт, ООО
VANKOMISIN poroshok 500 mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Ishlab chiqaruvchi: ФармКонцепт, ООО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9