×
×
  • AZIMITEM tabletkalari 300mg N50

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

AZIMITEM tabletkalari 300mg N50

Kategoriya:
- Virusga qarshi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Qadoqda soni:
- 50
Ishlab chiqaruvchi:
- LAXISAM Pharmaceuticals, OOO
ATX kodi:
- J05AB05
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

INGAVIRIN kapsulalar 60mg N7 Валента фарм АО Rossiya Federatsiyasi
79 900 s`om dan
GEPAFLEKS tabletkalari 0,5mg N10 СП ООО "Remedy Group" O'zbekiston
AMIZONCHIK sirop 100ml 10mg/ml Фармак, ПАО Ukraina
42 500 s`om dan
OKSOLIN maz 10g 0,25% Синтез АКОМПиИ,ОАО ("Синтез" ОАО) Rossiya
5 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
AZIMITEM tabletkalari 300mg N50 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

AZIMITEM

AZIMITEM

Preparatning savdo nomi: Azimitem

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): zidovudin

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: zidovudin – 100 mg; 300 mg;

yordamchi moddalar:

yadrosi: natriy karboksimetilkraxmal (primogel) – 5,0 mg/15,0 mg; oldindan jelatinlangan kraxmal – 5,0 mg/15,0 mg; kolloid kremniy dioksidi (aerosil A-300) – 0,4 mg/1,2 mg; magniy stearati – 0,6 mg/1,8 mg; mikrokristall sellyuloza – 86,0 mg/258,0 mg.

plyonka qobig‘i: suvda eruvchan tayyor plyonka qobig‘i – 3,0 mg, 9,0 mg.

qobig‘ining tarkibi: gidroksipropilmetilsellyuloza (gipromelloza) – 25,0%, kopolividon – 22,5%, polietilenglikol 6000 (makrogol 6000) – 9,5%, gliseril kaprilokaprati – 3,0%, polidekstroza – 15,0%, titan dioksidi – 25,0%).

Ta‘rifi:

100 mg doza uchun: dumaloq, ikki tomonlama qavariq, oq yoki deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

300 mg doza uchun: kapsulasimon, ikki tomonlama qavariq, bir tomoni riskali, oq yoki deyarli oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.

Ko‘ndalang kesimida tabletka oq yoki sarg‘ish tusli oq ranglidir.

Farmakoterapevtik guruhi Viruslarga qarshi vosita (antiretrovirus vosita).

ATX kodi: J05AF01

Farmakologik hususiyatlari

Nukleotidlarning sintetik analogidir. Hujayra ichida zidovudin navbatma-navbat faol metaboliti – zidovudin-5-trifosfatgacha fosforlanadi. Zidovudin-trifosfati virusning DNK nukleotid zanjiri bilan bog‘langanidan so‘ng uning sintezini to‘xtatish orqali OITV ga qaytar transkriptazani ingibisiya qiladi. Zidovudin-trifosfati hujayralarning alfa va gamma DNK-polimeraza fermentini kuchsiz ingibisiya qiladi. O‘smalarga qarshi boshqa dori vositalari bilan majmuada CD4+-hujayralarning miqdorini oshiradi.

Farmakokinetikasi

Kattalar

Ichga qabul qilinganida preparatning farmakokinetikasi har 8 soatda 2 mg/kg dan har 4 soatda 10 mg/kg gacha dozalar oralig‘ida dozaga bog‘liq emas.

So‘rilishi – tez, yog‘li ovqat qabul qilish so‘rilish darajasi va tezligini pasaytiradi. Kattalarda biokiraolishligi – 54-74%. Qonda maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti (Tsmax) ichga qabul qilinganidan so‘ng – 0,5-1,5 soat. Taqsimlanish hajmi – 1,0-2,2 l/kg. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 38% dan kam.

Organizmning ko‘pchilik to‘qimalari va suyuqliklariga o‘tadi. Orqa miya suyuqligida plazmadagi konsentrasiyasining 15-64% tashkil etuvchi konsentrasiyada aniqlanadi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Zidovudinning asosiy metaboliti zidovudin-glyukuronidi bo‘lib, uning “konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydoni (AUC) zidovudinning AUC ga nisbatan 3 marta katta bo‘ladi. Kattalarda hujayralardan yarim chiqarilish davri (T1/2) – 3,3 soat; qon zardobidan – taxminan 1 soat (0,8-1,2 soat) ni tashkil etadi. Ichga qabul qilinganidan so‘ng siydikda 14% zidovudin va 74% metaboliti aniqlanadi.

Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda plazmada zidovudinning maksimal konsentrasiyasi buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lmagan pasientlardagiga nisbatan 50% yuqori bo‘ladi. Preparatning tizimli ekspozisiyasi (“konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydoni kabi aniqlanadi) 100% ga oshgan bo‘ladi; yarim chiqarilish davri ahamiyatli darajada o‘zgarmaydi. Buyrak yetishmovchiligida organizmda asosiy metaboliti zidovudin-glyukuronidini kuzatiladi, bunda toksik ta‘sirining belgilari kuzatilmaydi. Gemodializ va peritoneal dializ zidovudinning chiqarilishiga ta‘sir qilmaydi, ayni vaqtda glyukuronidning chiqarilishi kuchayadi.

Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Jigar yetishmovchiligida glyukuronizasiya pasayishi oqibatida zidovudinni to‘planishi kuzatilishi mumkin, bu preparatning dozasiga muvofiq tuzatish kiritishni talab etadi.

Keksa yoshdagi pasientlar

65 yoshdan oshgan pasientlarda zidovudinning farmakokinetikasi o‘rganilmagan.

Bolalarda preparatning farmakokinetikasi

5-6 oylikdan oshgan bolalarda preparatning farmakokinetik ko‘rsatkichlari kattalarniki bilan bir xildir.

Homiladorlik

Homilador ayollarda preparatning farmakokinetikasi homilador bo‘lmagan ayollarniki bilan bir xildir.

Bolalar tug‘ilganida qon plazmasida zidovudinning konsentrasiyasi ularning onalarida tug‘ruq vaqtidagi konsentrasiyasi bilan bir xil bo‘ladi.

Qo‘llanilishi

OITV-1 chaqirgan OITV-infeksiyasini davolash (majmuaviy antiretrovirus davolash tarkibida) uchun qo‘llanadi.

OITV yuqtirgan onadan bolaga OITV perinatal o‘tishini oldini olish uchun qo‘llanadi, chunki zidovudin qorin ichida homilaga yuqish havfini pasaytiradi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ovqatlanishdan qat‘iy nazar ichga qabul qilinadi.

Preparat katta yoshdagi pasientlarga sutkada 600 mg dozada bir necha marta qabul qilishga buyuriladi. Tana vazni 30 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarga – 300 mg dan sutkada 2 marta yoki 200 mg dan sutkada 3 marta qabul qilinadi. Tana yuzasining maydoniga hisoblanganda 160 yoki 240 mg/m2 dan muvofiq ravishda sutkada 3 yoki 2 marta (sutkalik dozasi 480 mg/m2) buyuriladi.

Gemoglobinning miqdori 75-90 g/l gacha pasayganida yoki neytrofillarning miqdori 0,75-1,0 x 109/l gacha kamayganida qon yaratilishi tiklangunicha preparatning dozasini pasaytirish yoki zidovudin bilan davolashni bekor qilish talab etilishi mumkin. Anemiya rivojlanganida preparatni bekor qilish qon quyishga bo‘lgan ehtiyojni har doim ham kamaytirmaydi. Suyak ko‘migining faoliyatini yanada tezroq tiklash uchun epoetin alfa preparat tavsiya etilgan dozalarda buyurilishi mumkin.

Keksa yoshdagi pasientlar

Zidovudinning farmakokinetikasi 65 yoshdan oshgan pasientlarda o‘rganilmagan. Biroq, buyrak faoliyatini yoshga qarab pasayishi va periferik qon ko‘rsatkichlarini kuzatilishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarini hisobga olib, bunday pasientlarda zidovudin qo‘llanganida ayniqsa ehtiyotkorlikka rioya qilish va preparat bilan davolanishdan oldin va davolanish vaqtida muvofiq ravishda kuzatish kerak.

Buyrak yetishmovchiligi

Og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligida tavsiya etilgan sutkalik dozasi 300-400 mg ni tashkil etadi. Periferik qon tomonidan kuzatiladigan reaksiyalar va klinik samarasiga qarab, dozasiga tuzatish kiritish talab etilishi mumkin. Gemodializ va peritoneal dializ zidovudinning chiqarilishiga ahamiyatli ta‘sir ko‘rsatmaydi, biroq glyukuronid metabolitini chiqarilishini tezlashtiradi. Terminal bosqichidagi buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan gemodializ yoki peritoneal dializdagi pasientlar uchun zidovudinning tavsiya etilgan dozasi 100 mg ni tashkil etadi, har 6-8 soatda qabul qilinadi.

Jigar yetishmovchiligi

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda glyukuronizasiya pasayishi oqibatida zidovudinni to‘planishi kuzatilishi mumkin, bu preparatning dozasiga tuzatish kiritishni talab etishi mumkin. Agar plazma zidovudinning konsentrasiyasini monitoring qilish imkoni bo‘lmasa, u holda preparatni klinik o‘zlashtirolmaslik belgilariga alohida e‘tibor berish, va zarurat bo‘lganida, dozasiga tuzatish kiritish va/yoki dozani yuborishlar o‘rtasidagi oralikni uzaytirish kerak.

Onadan bolaga OITV yuqishini oldini olish

Oldini olishni 2 sxemasi samaralidir:

  1. homilador ayollarga, homiladorlikni 14-haftasidan boshlab, zidovudin preparatini tug‘ruq boshlanishidan oldin ichga 500 mg dozada (100 mg dan sutkada 5 marta) buyurish tavsiya etiladi.
  2. homilador ayollarga, homiladorlikni 36-haftasidan boshlab, zidovudin preparatini tug‘ruq boshlanishidan oldin ichga 600 mg dozada (300 mg dan sutkada 2 marta) buyurish, so‘ngra esa tug‘ruq jarayoni tugagunicha 300 mg dan sutkada 3 marta buyurish tavsiya etiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Zidovudin bilan davolashda rivojlanadigan noxush reaksiyalar bolalar va kattalarda bir xildir.

Noxush reaksiyalarni rivojlanish chastotasini baholash uchun quyidagi gradasiyalar ishlatiladi: juda tez-tez (>1/10); tez-tez (>1/100, <1/10); tez-tez emas (>1/1000, <1/100); kam hollarda (>1/10000, <1/1000); juda kam holarda (<1/10000).

Qon yaratish a‘zolari tomonidan: tez-tez – anemiya (gemotransfuziya o‘tkazish talab etilishi mumkin), neytropeniya, leykopeniya, tez-tez emas – trombositopeniya, suyak ko‘migini gipoplaziyasi bilan kechuvchi pansitopeniya, kam hollarda – eritrositar aplaziya, juda kam hollarda – aplastik anemiya.

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: juda tez-tez – ko‘ngil aynishi, tez-tez – qusish, qorinning yuqori bo‘limlarida og‘riq, diareya, tez-tez emas – meteorizm, kam hollarda – dispepsiya, ta‘m bilishni buzilishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini pigmentasiyasi, pankreatit, anoreksiya.

Gepatobiliar tizimi tomonidan: tez-tez – giperbilirubinemiya, “jigar” fermentlari faolligini oshishi, kam hollarda – steatoz bilan kechuvchi yaqqol gepatomegaliya.

Nerv tizimi tomonidan: juda tez-tez – bosh og‘rig‘i, tez-tez – bosh aylanishi, kam hollarda – paresteziyalar, uyqusizlik, uyquchanlik, aqliy ish faoliyatini pasayishi, tirishishlar, havotirlik, depressiya.

Nafas tizimi tomonidan: tez-tez emas – hansirash, kam hollarda – yo‘tal.

Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: kardiomiopatiya.

Siydik chiqarish tizimi tomonidan: kam hollarda – siyishni tezlashishi.

Endokrin tizimi va moddalar almashinuvi tomonidan: tez-tez – giperlaktatemiya, kam hollarda – laktat-asidoz, ginekomastiya.

Tayanch-harakat apparati tomonidan: tez-tez – mialgiya, tez-tez emas – miopatiya.

Teri qoplamlari tomonidan: tez-tez emas – teri toshmalari, terini qichishishi, kam hollarda – tirnoqlar va terini pigmentasiyasi, kuchli terlash, eshakemi.

Boshqalar: tez-tez – lohaslik, tez-tez emas – isitma, asteniya, tarqoq og‘riq sindromi, kam hollarda – grippsimon sindrom, et uvishishi, ko‘krak qafasida og‘riq, teri osti yog‘ qavatini qayta taqsimlanishi / to‘planishi.

OITV-infeksiyasini onadan homilaga yuqishini oldini olish uchun zidovudin qo‘llanganida rivojlanadigan nojo‘ya reaksiyalar.

Homilador ayollar zidovudin preparatini tavsiya etilgan dozalarda yaxshi o‘zlashtiradilar. Bolalarda gemoglobinning miqdorini pasayishi kuzatiladi, biroq gemotransfuziyani o‘tkazish talab etilmaydi. Anemiya zidovudin bilan davolash tugaganidan so‘ng 6 haftadan keyin yo‘qoladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Zidovudinga yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik; neytropeniya/leykopeniya (neytrofillarning soni 0,75 x 109/l dan kam); anemiya (gemoglobin 75 g/l dan kam); stavudin, doksorubisin va zidovudinning viruslarga qarshi faolligini pasaytiruvchi boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilish; bolalar (tana vazni 30 kg dan kam bo‘lganida).

Ehtiyotkorlik bilan:

Suyak ko‘migini qon yaratish faoliyatini susayishi, sianokobalamin va folat kislotasini tanqisligi, jigar yetishmovchiligi, keksalik yoshi, semirish, gepatomegaliya, gepatit yoki jigar kasalliklariga olib keladigan har qanday havf omillari, neytropeniya/leykopeniya (neytrofillarning soni 0,75-1,0 x 109/l); anemiya (gemoglobin 75-90 g/l).

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Zidovudin majmuaviy antiretrovirus davolashni tarkibida qaytar transkriptazaning boshqa nukleozid ingibitorlari va boshqa guruhlarga mansub preparatlar (proteaza ingibitorlari, qaytar transkriptazaning nonukleozid ingibitorlari bilan) bilan birga qo‘llanadi. Quyida sanab o‘tilgan o‘zaro ta‘sirlarni ro‘yxatini to‘la-to‘kis deb hisoblash kerak emas, biroq ular zidovudin bilan ehtiyotkorlik bilan qo‘llashni talab etiladigan preparatlar uchun xosdir.

Lamivudin: lamivudin bilan birga buyurilganida zidovudinning qondagi maksimal konsentrasiyasini o‘rtacha darajada oshishi (28%) kuzatiladi, biroq, bunda umumiy ekspozisiyasi (AUC) buzilmaydi. Zidovudin lamivudinning farmakokinetikasiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Fenitoin: zidovudin qonda fenitoinning konsentrasiyasini pasaytiradi, u zidovudin bilan bir vaqtda buyurilganida, qonda fenitoinning konsentrasiyasini kuzatishni talab etadi.

Probenesid: zidovudinning glyukuronizasiyasini pasaytiradi va o‘rtacha yarim chiqarilish davri va AUC ni oshiradi. Probenesid glyukuronid va zidovudinning o‘zini buyrak ekskresiyasini pasaytiradi.

Atovaxon: zidovudin atovaxonning farmakokinetik ko‘rsatkichlariga ta‘sir qilmaydi. Atovaxon zidovudinni glyukuronizasiyasini sekinlashtiradi (zidovudinning AUC muvozanatli holatda 33% ga oshadi, glyukuronidining maksimal konsentrasiyasi 19% ga kamayadi). Zidovudin sutkada 500 mg yoki 600 mg dozalarda atovaxon bilan bir vaqtda uch hafta davomida buyurilganida zidovudinning havfsizlik profilini o‘zgarish ehtimoli kam. Bu preparatlarni uzoqroq vaqt davomida bir vaqtda qo‘llash zarurati bo‘lganida pasientning klinik holatini sinchiklab kuzatish tavsiya etiladi.

Klaritromisin: zidovudinning so‘rilishini pasaytiradi. Preparatlarni qabul qilishlar o‘rtasidagi tanaffus kamida 2 soatni tashkil etishi kerak.

Valproat kislotasi, flukonazol, metadon: zidovudinning klirensini pasaytiradilar, buning natijasida uning tizimli ekspozisiyasi oshadi.

Ribavirin: nukleozid analog bo‘lgan ribavirin zidovudinning antagonisti hisoblanadi. Zidovudin va ribavirinni bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish kerak.

Rifampisin: zidovudinni rifampisin bilan majmuasi zidovudin uchun AUC ni 48±34% ga pasayishiga olib keladi, biroq bu o‘zgarishni klinik ahamiyati noma‘lum.

stavudin: zidovudin stavudinning hujayra ichida fosforlanishini bostirishi mumkin. stavudinni zidovudin bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.

Boshqalar: parasetamol, asetilsalisil kislotasi, kodein, metadon, morfin, indometasin, ketoprofen, naproksen, oksazepam, lorazepam, simetidin, klofibrat, dapson, izoprinozin kabi dori vositalari jigarda glyukurnizasiyasini raqobatli ingibisiya bo‘lishi yoki mikrosomal metabolizmini bevosita bostirishi orqali zidovudinning metabolizmini buzishlari mumkin. Bu preparatlarni zidovudin bilan, ayniqsa uzoq vaqt davomida qo‘llash imkoniyatiga ehtiyotkorlik bilan yondoshish kerak. Zidovudinni potensial nefrotoksik va mielotoksik preparatlar (masalan, pentamidin, dapson, pirimetamin, ko-trimoksazol, amfoterisin, flusitozin, gansiklovir, interferon, vinkristin, vinblastin, doksorubisin) bilan, ayniqsa shoshilinch davolashda birga qo‘llash zidovudinning nojo‘ya reaksiyalari rivojlanish havfini oshiradi. Agar zarur bo‘lsa, buyrak faoliyati va qonning ko‘rsatkichlarini kuzatish va preparatlarning dozalarini pasaytirish kerak.

Maxsus ko‘rsatmalar

Pasientlarga zidovudin preparatini reseptsiz beriladigan preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash havfliligi yuzasidan hamda zidovudin jinsiy aloqa vaqtida yoki qon quyilganida OITV ni boshqa odamlarga yuqish havfini bartaraf qilmasligi yuzasidan ma‘lumot berilishi kerak. Shuning uchun pasientlar tegishli ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlari kerak.

OITV yuqtirilganiga gumon qilinganida shoshilinch oldini olish

Xalqaro tavsiyalarga muvofiq, OITV yuqtirgan odamning qoni orqali (masalan, in‘eksion igna orqali) infeksiyani yuqtirganiga gumon qilinganida darhol (yuqtirilgan vaqtdan boshlab 1-2 soat davomida) zidovudin va lamivudin preparatlari bilan majmuaviy davolashni buyurish kerak. Yuqish havfi yuqori bo‘lganida antiretrovirus davolash sxemasiga proteaza ingibitorlari guruhiga mansub bo‘lgan preparat kiritilishi kerak. Profilaktik davolashni 4 hafta davomida o‘tkazish tavsiya etiladi. Antiretrovirus preparatlari bilan davolash tez boshlanishiga qaramasdan, serokonversiya bo‘lishi mumkinligini istisno qilish mumkin emas.

Zidovudinga nisbatan nojo‘ya reaksiyalar sifatida baholanayotgan simptomlar, asosiy kasallikni namoyon bo‘lishi yoki OITV-infeksiyasini davolash uchun qo‘llanadigan boshqa preparatlarni qabul qilishga reaksiyalar bo‘lishi mumkin. Rivojlangan simptomlar va zidovudinning ta‘siri o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni, ayniqsa OITV-infeksiyasining klinik manzarasi keng namoyon bo‘lganida, ko‘pincha aniqlash juda qiyin bo‘ladi. Bunday hollarda preparatning dozasini pasaytirish yoki uni bekor qilish kerak bo‘ladi.

Zidovudin OITV-infeksiyani davolamaydi, va pasientlarda kasallikning immunitetni susayishi va opportunistik infeksiyalar va havfli o‘smalarni rivojlanishi bilan kechuvchi keng namoyon bo‘ladigan klinik manzarani rivojlanish havfi saqlanib turadi. OITV-infeksiyada zidovudin opportunistik infeksiyalarni rivojlanish havfini pasaytiradi, biroq limfomalarni rivojlanish havfini pasaytirmaydi.

Qon yaratish a‘zolari tomonidan rivojlanadigan nojo‘ya reaksiyalar

Anemiya (odatda zidovudin bilan davolash boshlangandan boshlab 6 haftadan keyin kuzatiladi, ammo ba‘zida ertaroq rivojlanishi mumkin), neytropeniya (odatda zidovudin bilan davolash boshlangandan boshlab, 4 haftadan keyin rivojlanadi, ammo ba‘zida ertaroq rivojlanadi), leykopeniya zidovudinni, ayniqsa yuqori dozalarda (sutkada 1200-1500 mg) olayotgan OITV-infeksiyasini klinik manzarasi keng namoyon bo‘luvchi pasientlarda, preparat bilan davolash boshlanishidan oldin suyak ko‘migining zahirasi pasayganida kuzatilishi mumkin. OITV-infeksiyasining klinik manzarasi keng namoyon bo‘luvchi pasientlarda zidovudinni qabul qilish vaqtida birinchi uch oy davolash davomida har ikki haftada, so‘ngra esa har oyda kamida bir marta qon tahlilini nazorat qilish kerak. OITV-infeksiyasining erta bosqichida (suyak ko‘migida qon yaratish faoliyati hali normal ko‘rsatkichlarda bo‘lganida) qon tomonidan nojo‘ya reaksiyalar kam rivojlanadi, shuning uchun qon tahlili kamroq – pasientning umumiy holatiga qarab 1-3 oyda bir marta bajariladi.

Gemoglobinning miqdori 75-90 g/l gacha pasayganida va/yoki neytrofillarning miqdori 0,75-1,0 x 109/l gacha kamayganida preparatning sutkalik dozasi kamaytirilishi kerak, yoki qonning ko‘rsatkichlari tiklangunicha zidovudin 2-4 haftaga bekor qilinadi. Odatda qonning manzarasi 2 haftadan keyin normallashadi, shundan so‘ng zidovudin pasaytirilgan dozada takroran buyurilishi kerak. Anemiya rivojlanganida preparatni bekor qilish har doim ham qon quyishga bo‘lgan talabni pasaytirmaydi.

Nur bilan davolash zidovudinning mieolosupressiv ta‘sirini kuchaytiradi.

Sut kislotali asidoz va steatoz bilan kechuvchi yaqqol gepatomegaliya

Bu asoratlar zidovudin bilan monoterapiya o‘tkazilganida ham, yoki zidovudin majmuaviy antiretrovirus davolash bilan majmuada qo‘llanganida ham o‘limga olib kelishi mumkin. Ushbu asoratlarni rivojlanish havfi ayol pasientlarda yuqoriroq bo‘ladi. Bu asoratlarni rivojlanish belgilari umumiy holsizlik, tana vaznini to‘satdan tushuntirib bo‘lmaydigan pasayishi, anoreksiya, ovqat hazm qilish tizimi tomonidan kuzatiladigan simptomlar (ko‘ngil aynishi, qusish, abdominal sohada og‘riq), nafas tizimi tomonidan kuzatiladigan simptomlar (nafasni tezlashishi yoki hansirash) bo‘lishi mumkin. Sut kislotali asidoz yoki jigarni toksik shikastlanishining klinik yoki laborator belgilari paydo bo‘lganida zidovudinni qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Teri osti yog‘ qavatini qayta taqsimlanishi

Ba‘zi pasientlarda majmuaviy antiretrovirus davolash teri osti yog‘ qavatini qayta taqsimlanishi / to‘planishi, shu jumladan yuz va qo‘l-oyoqlar sohasida yog‘ to‘qimasining miqdorini kamayishi, visseral yog‘ni ko‘payishi, sut bezlarini kattalashishi va bo‘yinning orqa yuzasi va bel bo‘ylab yog‘ni to‘planishi (“ho‘kiz o‘rkachi”), shuningdek qon zardobida lipidlarning konsentrasiyasini va qonda glyukozaning konsentrasiyasini oshishi bilan kechishi mumkin.

Garchi umumiy sindrom bilan bog‘liq bo‘lgan, ko‘pincha lipodistrofiya deb nomlangan yuqorida sanab o‘tilgan noxush reaksiyalardan bir yoki bir nechtasini proteaza ingibitorlari va qaytar transkriptazaning nukleozid ingibitorlari sinfiga mansub bo‘lgan barcha preparatlar chaqirishi mumkin bo‘lsa-da, to‘plangan ma‘lumotlar yuqorida ko‘rsatilgan preparatlar sinfining alohida vakillari ushbu noxush reaksiyalarni chaqirish hususiyatida farqlar mavjudligidan dalolat beradi.

Qo‘shimcha ravishda, lipodistrofiya sindromining etiologiyasi ko‘p omillarga ega; masalan, OITV-infeksiyasini bosqichi, keksalik yoshi va antiretrovirus davolashning davomiyligi ushbu asoratlarni rivojlanishida muhim rol, ehtimol kuchaytiruvchi rol o‘ynaydi. Ko‘rsatilgan noxush reaksiyalarning uzoq vaqtdan keyin kuzatiladigan oqibatlari hozirgi vaqtgacha aniqlanmagan. Pasientlarni klinik tekshirish yog‘ to‘qimasini qayta taqsimlanish belgilarini aniqlash uchun pasientlarni ko‘ruvidan iborat bo‘lishi kerak. Shuningdek qon zardobida lipidlar va glyukozaning miqdorini nazorat qilish kerak. Lipdlar almashinuvining buzilishini klinik ko‘rsatmalarga muvofiq ravishda to‘g‘rilanishi kerak.

Miopatiya

OITV yuqtirgan pasientlarda miopatiya simptomlarini (mialgiya, holsizlik, kreatinfosfokinazaning faolligini oshishi) rivojlanishi asosiy kasallik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini inobatga olish kerak. Zidovudin sutkada 500 mg va 600 mg dozalarda qo‘llanganida, preparatni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan miopatiya kam kuzatiladi. Zidovudinni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan miopatiya rivojlanganida preparatni bekor qilish kerak.

Immunitetni tiklanish sindromi

Og‘ir darajadagi immuntanqislik bilan kechuvchi OITV yuqtirgan pasientlarni antiretrovirus davolash vaqtida simptomsiz va cho‘ziluvchan kechuvchi opportunistik infeksiyalar fonida yallig‘lanish jarayoni zo‘rayishi mumkin, bu pasientning ahvolini jiddiy yomonlashishiga yoki simptomlarini og‘irlashishiga sabab bo‘lishi mumkin. Odatda nojo‘ya reaksiyalar antiretrovirus davolash boshlanganidan so‘ng birinchi hafta va oylarida kuzatilgan. Eng ahamiyatli misollar – sitomegalovirusli retinit, tarqoq va/yoki mikobakterial infeksiya va pnevmosist pnevmoniyadir. Har qanday yallig‘lanish simptomlarini zudlik bilan aniqlash va davolashni o‘z vaqtida boshlash kerak. Autoimmun kasalliklar (Greyvs kasalligi, polimiozit va Giyen-Barre sindromi) immunitetni tiklanishi fonida kuzatilgan, biroq birlamchi belgilarini namoyon bo‘lish vaqti o‘zgarib turgan va kasallik, davolash boshlanganidan so‘ng bir necha oydan keyin rivojlangan bo‘lishi va atipik kechishi mumkin.

Bir vaqtning o‘zida OITV va gepatit S virusini (VGS) bilan infeksiyalangan pasientlar

In vitro sharoitlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar, ribavirin pirimidin nukleozidlari, shu jumladan zidovudinning analoglarini fosforlanishini pasaytirishi mumkin. Garchi ikkala infeksiya (OITV-1 / VGS) qo‘shilgan pasientlarda ribavirin va zidovudinni farmakokinetik va farmakodinamik o‘zaro ta‘siri yuzasidan dalillar aniqlanmagan.

OITV bilan infeksiyalangan, bir vaqtning o‘zida zidovudin bilan davolangan pasientlarda ribavirin indusiyalagan anemiyani zo‘rayishi yuzasidan xabarlar berilgan. Ushbu samarani rivojlanish mexanizmi hozirgi vaqtgacha noma‘lum. Shuning uchun ribavirin va zidovudinni bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi. Ayniqsa, anamnezida zidovudinni qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan anemiya bo‘lganida, antiretrovirus davolash sxemasini, tarkibida zidovudin saqlamagan muqobil sxemasiga o‘zgartirish kerak.

OITV-1 bilan infeksiyalangan, gepatit S bilan yondosh infeksiyalangan, OITV-1 ni davolash uchun majmuaviy antiretrovirus davolash va ribavirin bilan yoki ribavirinsiz interferon alfa olayotgan pasientlarda jigar yetishmovchiligi (ba‘zida o‘lim bilan tugagan) hollari yuzasidan xabarlar berilgan. Zidovudin va ribavirin bilan yoki ribavirinsiz interferon alfa bir vaqtda qo‘llanganida, zaharlanish belgilari, ayniqsa jigar yetishmovchiligi, neytropeniya va anemiyaning belgilarini aniqlash maqsadida pasientlarni sinchiklab kuzatish kerak. Zaharlanishni, ayniqsa, jigar yetishmovchiligining klinik belgilari kuchayganida (Chayld-Pyu shkalasi bo‘yicha > 6 ball) interferon alfa, ribavirin yoki har ikkala preparatning dozasini kamaytirish yoki bekor qilish kerak. Mielosupressiya rivojlanganida zidovudin bilan davolashni to‘xtatish yoki bekor qilish mumkinligini ko‘rib chiqish kerak.

Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish hususiyatiga ta‘siri

Davolanish davrida transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi boshqa potensial havfli faoliyat turlarini bajarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Bosh aylanishi, uyquchanlik, tormozlanish, tirishishlar kabi noxush reaksiyalar paydo bo‘lganida yuqorida ko‘rsatilgan faoliyat turlarini bajarishdan saqlanish kerak.

Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanishi

Zidovudin yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi. Preparatni homiladorlikni 14 haftasigacha, ona uchun kutilgan potensial foyda homila uchun kuzatilishi mumkin havfdan ustun bo‘lgan holdagina qo‘llash mumkin. Zidovudinni homiladorlikni 14 haftasidan keyin, va keyinchalik yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qo‘llash OITV-infeksiyasini onadan homilaga o‘tish chastotasini pasayishiga olib keladi. Zidovudin preparatini homila ona qornida bo‘lgan yoki neonatal davrlarda qabul qilgan onalardan tug‘ilgan bolalarda preparatning ancha vaqtdan keyin kuzatiladigan oqibatlari noma‘lum. Kanserogen ta‘sir qilishi mumkinligini butunlay istisno qilish mumkin emas.

Zidovudin laktasiya davrida qo‘llanganida emizishni to‘xtatish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: toliqish, bosh og‘rig‘i, qusish, gematologik ko‘rsatkichlarni buzilishi bo‘lishi mumkin.

Davolash: simptomatik. Gemodializ va peritoneal dializ zidovudinni organizmdan chiqarish uchun samarasi kam, biroq uning metaboliti – glyukuronidni chiqarilishini tezlashtiradi.

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 100 mg va 300 mg.

10 tabletka polivinilxlorid plyonka va laklangan chop etilgan alyumin folgali kontur uyali o‘ramga joylanadi.

20, 50, 60, 100, 200 yoki 500 tabletka (kasalxonalar uchun) birinchi marta ochish nazorati bo‘lgan buraladigan qopqoqli polimer bankaga joylanadi. Bankaning ichidagi bo‘shliq tibbiy paxta bilan to‘ldiriladi. Bankaga yorliqli qog‘oz yoki polimer materialli, o‘zi yelimlanadigan yorliq yelimlanadi.

Dori preparatining ikkilamchi o‘rami

1, 2, 3, 5, 6 yoki 10 kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga iste‘molchilar tarasi uchun karton qutiga joylanadi.

Bankalar teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalari bilan birga guruhli o‘ramga – gofrilangan karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

AZIMITEM tabletkalari 300mg N50 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
AZIMITEM tabletkalari 300mg N50 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
AZIMITEM tabletkalari 300mg N50 dori vositasi LAXISAM Pharmaceuticals, OOO tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
AZIMITEM tabletkalari 300mg N50 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
AZIMITEM tabletkalari 300mg N50 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
LAKRIZIM kapsulalar 150mg N10
SULFOKAMFOKAIN inyeksiya uchun eritma 2ml 10% N10
Narh: 13 000 so'mdan Batafsil
LA-FLYU+ poroshok 21,7 gr N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO
LA-FLYU+ poroshok N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO
LA-FLYU+ poroshok N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO
LA-FLYU poroshok 21,4gr N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO
LA-FLYU poroshok 21,4gr N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO
LA-FLYU poroshok 21,4gr N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO
SITIKOLIN LP inyeksiya uchun eritma 1000mg/4ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO
Narh: 153 782 so'mdan Batafsil
SITIKOLIN LP inyeksiya uchun eritma 500mg/4ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO
NIMESULID LP poroshok 2,0g N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO
NIMESULID LP poroshok 2,0g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO
NIMESULID LP poroshok 2,0g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO
LINKOMISIN LP inyeksiya uchun eritma 2ml 30% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO
LINKOMISIN LP inyeksiya uchun eritma 2ml 30% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO
LINKOMISIN LP inyeksiya uchun eritma 1ml 30% N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO
LEVOKARNITIN LP inyeksiya uchun eritma 10ml 100mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO
LEVOKARNITIN LP inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO
LEVOKARNITIN LP inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO
LASMEKTIN poroshok 3g N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO
LASMEKTIN poroshok 3g N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO
LASMEKTIN poroshok 3g N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO
KETOPROFEN LP inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/2ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO
KETOPROFEN LP inyeksiya uchun eritma 2ml 100mg/2ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: LAXISAM Pharmaceuticals, OOO
BARALGIN LP inyeksiya uchun eritma 5ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Laxisam Pharmaceuticals, OOO
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9