×
×
  • Azitro-Santo tabletkalari N3

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Azitro-Santo tabletkalari N3

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Qozog’iston
Faol modda:
Азитромицина дигидрат
Qadoqda soni:
- 3
Ishlab chiqaruvchi:
- АО «Химфарм»
Vakil:
- Polpharma S. A.
ATX kodi:
- J01FA10
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ZIOMISIN tabletkalari 500mg N3 Kusum Healthcare Pvt. Ltd. Hindiston
28 000 s`om dan
APRID tabletkalari 750mg N10 Nobel-Pharmsanoat, ИП O'zbekiston
88 500 s`om dan
ORSIPOL tabletkalari 500mg/500mg N10 World Medicine Ilac San.Ve Tic. A.S., Турция произведено: Abdi Ibrahim Ilac San. Ve Tic. A.S. Turkiya
81 400 s`om dan
OFLOKSASIN tabletkalari 200mg N10 Синтез, ОАО Rossiya Federatsiyasi
Yaroqlilik muddati (oy) 3 yil
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
3 ta tabletka polivinilxlorid plyonka va alyuminiy folgadan tayyorlangan kontur uyali o‘ramga joylashtiriladi.

1 ta kontur uyali o‘ramdan o‘zbek va rus tillaridagi tasdiqlangan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma bilan birga karton kutiga joylashtiriladi.

O‘zbek va rus tillarida tasdiqlangan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomadan olingan ma'lumotni qutida ko‘rsatish mumkin.

Preparat bilan o‘ramlar karton qutilarga joylashtiriladi. 


qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: azitromitsin digidrati (azitromitsinga qayta hisoblanganda) 500,0 mg;

yordamchi moddalar: mikrokristall sellyuloza, povidon, natriy kraxmal glikolyati, kolloid kremniy dioksidi, kaltsiy stearati.

Ta'sir mexanizmi

Azitro-SANTO makrolid antibiotiklar – azalidlar kichik guruhining vakili bo‘lib, keng antibakterial ta'sir doirasiga ega. Ribosomalarning 50S - subbirligi bilan bog‘lanib mikrob hujayrasida oqsil sintezini susaytiradi.

Rezistentlik mexanizmi

Streptococcus pneumoniae, A guruhning β-gemolitik streptokokki, Enterococcus faecalis va Staphylococcus aureus, shu jumladan, metitsillinga rezistent tillarang stafilokokkda (MRSA) eritromitsin, azitromitsin, boshqa makrolamidlar va linkozamidlarga nisbatan to‘liq kesishma rezistentlik mavjud.

Mikroorganizmlarning azitromitsinga sezuvchanlik shkalasi (minimal bostiruvchi kontsentratsiyasi (MBK), mg/l):


Mikroorganizmlar MBK, mg/l

Sezuvchan Chidamli

Staphylococcus spp. ≤ 1 > 2

Staphylococcus spp. A, V, C, G guruhlari ≤ 0.25 > 0.5

Streptococcus pneumoniae ≤ 0.25 > 0.5

Haemophilus influenzae ≤0.12 > 4

Moraxella catarrhalis ≤ 0.5 > 0.5

Neisseria gonorrhoeae ≤ 0.25 > 0.5

Moyillik 

Orttirilgan rezistentlikning tarqalganligi alohida turlar uchun joylashishi va vaqtiga qarab farq qiladi, shuning uchun rezistentlik bo‘yicha ma'lum joylardagi ma'lumotlar birinchi navbatda og‘ir infektsiyalarni davolashda talab qilinadi. Zaruriyat tug‘ilganda, rezistentlikning mahalliy tarqalishida, agar infektsiyalarning hech bo‘lmaganda ba'zi turlarini davolashda preparatning samaradorligi shubhali bo‘lsa, malakali maslahat olish uchun murojaat qilish mumkin.

Azitromitsinning mikroblarga qarshi ta'sir doirasi

Odatdagi sezuvchan turlari

Aerob grammusbat bakteriyalar

Staphylococcus aureus metitsillinga sezuvchan

Streptococcus pneumoniae penitsillinga sezuvchan

Streptococcus pyogenes (A guruhi)

Aerob grammanfiy bakteriyalar

Haemophilus influenzae

Haemophilus parainfluenzae

Legionella pneumophila

Moraxella catarrhalis

Neisseria gonorrhoeae

Pasteurella multocida

Anaerob bakteriyalar

Clostridium perfringens

Fusobacterium spp.

Prevotella spp.

Porphyromonas spp.

Boshqa mikroorganizmlar

Chlamydia trachomatis

Orttirilgan rezistentlik muammo bo‘lishi mumkin bo‘lgan turlari

Aerob grammusbat bakteriyalar

Streptococcus pneumoniae penitsillinga oraliq sezuvchanlik va penitsillinga rezistentligi bilan

Tug‘ma rezistent organizmlar

Aerob grammusbat bakteriyalar

Enterococcus faecalis

MRSA, MRSE stafilokokklari (Methicillin-resistant Staphylococcus epidermidis)*

Anaerob bakteriyalar

Bacteroides fragilis bakteroidlar guruhi

*Metitsillinga rezistent tillarang stafilokokk makrolidlarga nisbatan juda yuqori darajada tarqalgan orttirilgan rezistentlikka ega va bu yerda azitromitsinga nisbatan kam uchraydigan sezuvchanligi sababli keltirilgan.


So‘rilishi 

Peroral yuborilganidan keyin biokiraolishligi taxminan 37% ni tashkil qiladi. Qon zardobidagi eng yuqori kontsentratsiyasiga preparatni qabul qilgandan 2-3 soat o‘tgach erishiladi.

Taqsimlanishi

Azitromitsin peroral qabul qilinganidan keyin organizmdagi a'zolar va to‘qimalarda keng taqsimlanadi. 

Farmakokinetik tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, to‘qimalarda o‘lchangan azitromitsinning kontsentratsiyalari qon zardobida o‘lchangan kontsentratsiyalardan sezilarli darajada yuqori (50 barobar) bo‘lgan, bu esa azitromitsinning sezilarli darajada to‘qimalar bilan bog‘lanishidan dalolat beradi.

Zardob oqsillari bilan bog‘lanishi qon zardobidagi kontsentratsiyasiga qarab o‘zgarib turadi va zardobdagi kontsentratsiyasi 0,5 mg/ml bo‘lganda 12% dan, 0,05 mg/ml da - 52% gacha bo‘lgan chegarada qayd qilinadi.

Muvozanat holatdagi o‘rtacha taqsimlanish hajmi 31,1 l/kg ni tashkil qiladi.

Chiqarilishi 

Qon zardobidan so‘nggi yarim chiqarilish davri to‘qimalardan yarim chiqarilishini to‘g‘ri aks ettiradi, 2-4 kun. Azitromitsinni tomir ichiga yuborilgan dozasining taxminan 12% keyingi uch kun davomida siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi. O‘zgarmagan azitromitsinning yuqori kontsentratsiyalari asosan o‘t-safroda aniqlangan. O‘t-safroda N- va O-demetillanish, deoksamin va aglikon gidroksillanish doiralari, shuningdek kladinozon kon'yugatlarining parchalanishi natijasida hosil bo‘lgan metabolitlar topildi. Yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YuSSX) va mikrobiologik tahlillar natijalarini taqqoslash shuni ko‘rsatdiki, azitromitsin metabolitlari mikrobiologik faollikka ega emas.

Eliminatsiyaning asosiy yo‘li azitromitsinning o‘t-safro bilan chiqarilishidir, asosan o‘zgarmagan holda. Bir hafta ichida yuborilgan dozaning taxminan 6% siydikda o‘zgarmagan preparat shaklida bo‘ladi.


 

Juda tez-tez

 diareya, qorin og‘rig‘i, ko‘ngil aynish, meteorizm

Tez-tez

- bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ta'm sezishning buzilishi, paresteziyalar

- ko‘rishning buzilishi

- karlik

- qusish, dispepsiya, anoreksiya

- qichima, toshma

- artralgiya, charchoqlik

- limfotsitlar sonining kamayishi, eozinofillar sonining ko‘payishi, qon zardobida bikarbonat miqdorining kamayishi

Tez-tez emas

- kandidoz (shu jumladan, og‘iz bo‘shlig‘ida), vaginal infektsiyalari

- leykopeniya, neytropeniya, eozinofiliya

- angionevrotik shish, o‘ta yuqori sezuvchanlik

- asabiylik

- gipesteziya, uyqusizlik, uyquchanlik

- eshitish qobiliyatining buzilishi, quloqda shovqin

- yurakning tez-tez urishi

- qabziyat, gastrit, gastroenterit, so‘lak bezining yuqori sekretsiyasi

- gepatit

- fotosezuvchanlik reaktsiyasi, eshakemi, Stivens-Djonson sindromi

- shish, asteniya, darmonsizlik, ko‘krakdagi og‘riq

- aspartat aminotransferaza, alanin aminotransferaza miqdorining oshishi, qonda bilirubin, siydikchil va kreatinin miqdorining oshishi, qondagi kaliyning anomal miqdori

- osteoartrit, mialgiya, orqa og‘rig‘i, bo‘yin og‘rig‘i

- dizuriya, buyrak sohasidagi og‘riq

- metrorragiya, moyaklarning zararlanishi

Kam hollarda

- hayajonlanish

- bosh aylanishi

- jigarning nome'yoriy funktsiyasi

- o‘tkir tarqalgan ekzentematoz pustulyoz (AGEP)

- eozinofiliya va tizimli belgilar bilan kechadigan dorivor reaktsiya (DRESS-sindrom)

Noma'lum

- soxta membranoz kolit

- trombotsitopeniya, gemolitik anemiya

- anafilaktik reaktsiya

- tajovuzkorlik, bezovtalik

- hushdan ketish, tutqanoqlar, psixomotor giperaktivlik, anosmiya, agevziya, parosmiya, miasteniya gravis

- ikki yoqlama (piruet) taxikardiya, aritmiya, shu jumladan, qorincha taxikardiyasi, elektrokardiogrammada QT oralig‘ining uzayishi

- arterial gipotenziya

- pankreatit, til rangining o‘zgarishi

- jigar yetishmovchiligi (kamdan-kam hollarda o‘limga olib keladi), yashin tezlikdagi gepatit, jigar nekrozi, xolestatik sariqlik

- toksik epidermal nekroliz, ko‘p shaklli eritema

- o‘tkir buyrak yetishmovchiligi, interstitsial nefrit


Nomaqbul dorivor reaktsiyalar vujudga kelganda, tibbiyot xodimiga, farmatsevtga murojaat qilish yoki dori vositalariga nojo‘ya reaktsiyalar (ta'sirlar) bo‘yicha ma'lumotlar bazasiga bevosita murojaat qilish, shu jumladan, dori preparatlarining samarasizligi to‘g‘risida xabar berish mumkin.

Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Tibbiyot va farmatsevtika nazorati qo‘mitasining "Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ekspertiza qilish milliy markazi" Xo‘jalik yuritish huquqiga asoslangan Respublika Davlat korxonasi http://www.ndda.kz


O‘ta yuqori sezuvchanlik

Eritromitsin va boshqa makrolidlarda bo‘lgani kabi, kamdan-kam uchraydigan jiddiy allergik reaktsiyalar, shu jumladan, Kvinke  shishi va anafilaksiya (kamdan-kam hollarda o‘lim holatlari bilan), hamda eozinofiliya, og‘ir teri reaktsiyalari, shu jumladan, o‘tkir tarqalgan ekzantematoz pustulyoz (AGEP), eksfoliativ dermatit, Stivens-Djonson sindromi va toksik epidermal nekroliz (kamdan-kam hollarda o‘lim holatlari bilan) va tizimli belgilar (DRESS-sindrom) bilan kechadigan dorivor reaktsiyalar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Azitromitsinga ushbu reaktsiyalarning ba'zilari qaytalanuvchi belgilarning paydo bo‘lishiga olib keladi va uzoq muddatli kuzatish va davolashni talab qiladi.

Gepatotoksiklik

Jigar azitromitsinning chiqarilishi uchun asosiy organidir, shuning uchun azitromitsin og‘ir jigar kasalligi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilishi kerak. Hayot uchun xavfli bo‘lgan jigar yetishmovchiligiga potentsial olib kelishi mumkin bo‘lgan yashin tezlikdagi gepatit holatlari haqida xabar berilgan. Ba'zi bemorlarda, ehtimol, jigar kasalligi mavjud bo‘lgan yoki ular boshqa gepatotoksik preparatlarni qabul qilgan bo‘lishi mumkin.

Agar sariqlik, siydik rangining o‘zgarishi, qon ketishiga moyillik yoki jigar entsefalopatiyasi bilan kechadigan tez rivojlanayotgan asteniya kabi jigar disfunktsiyasining alomatlari va belgilari paydo bo‘lsa, darhol jigarning funktsional sinovlari, tahlillarini o‘tkazish darkor. Jigar disfunktsiyasining rivojlanishi bilan azitromitsin qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Qorakuya alkaloidlarining hosilalari

Ergotamin hosilalarini qabul qilayotgan bemorlarda ergotizmning paydo bo‘lishi ba'zi bir makrolid antibiotiklarni bir vaqtning o‘zida qabul qilish bilan qo‘zg‘atiladi. Qorakuya va azitromitsinning o‘zaro ta'sir qilish ehtimoli to‘g‘risida hech qanday ma'lumotlar yo‘q. Shunga qaramasdan, ergotizm rivojlanishining nazariy ehtimoli sababli azitromitsin va qorakuya hosilalari alohida qabul qilinadi.

QT  oralig‘inining uzayishi

Yurak aritmiyasi va ikki yoqlama taxikardiya rivojlanishi xavfiga olib keladigan uzoq muddatli yurak repolyarizatsiyasi va QT  oralig‘ining uzayishi, boshqa makrolidlar, shu jumladan, azitromitsin bilan davolashda qayd etilgan. Quyidagi holatlar yurak to‘xtashiga olib kelishi mumkin bo‘lgan qorincha aritmiyalarining rivojlanish xavfini oshiradi (shu jumladan, ikki yoqlama taxikardiyani), va shuning uchun azitromitsinni proaritmik holati bo‘lgan bemorlarda (ayniqsa ayollar va keksa bemorlarda) ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, masalan:

 QT  oralig‘ining tug‘ma yoki hujjatlashtirilgan uzayishi

 hozirgi paytda QT oralig‘ini uzaytirishi bilan ma'lum bo‘lgan boshqa faol moddalar bilan davolanayotgan bemorlar, masalan, IA sinfi (xinidin va prokainamid) va III sinfning (dofetilid, amiodaron va sotalol) antiaritmik vositalari, sizaprid va terfenadin; pimozid kabi antipsixotik vositalar; sitalopram kabi antidepressantlar; moksifloksatsin va levofloksatsin kabi ftorxinolonlar

 elektrolitlar muvozanatining buzilishlari bilan, ayniqsa gipokaliyemiya va gipomagniyemiya holatlarida

 klinik jihatdan ahamiyatli bradikardiya, yurak aritmiyasi yoki og‘ir yurak yetishmovchiligi bilan.

Superinfektsiyalar

Har qanday antibiotiklarni qabul qilgani kabi, chidamli mikroorganizmlar, shu jumladan, zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan superinfektsiya belgilarini kuzatib borish tavsiya etiladi.

Clostridium difficile bilan bog‘liq diareya

Clostridium difficile bilan chaqirilgan diareya antibakterial vositalar, shu jumladan, azitromitsin qo‘llashning barcha holatlarida qayd etilgan va og‘irlik darajasiga qarab, yengil diareyadan o‘limga olib keladigan kolitgacha bo‘lishi mumkin. Antibakterial vositalar bilan davolash me'yoriy ichak florasini o‘zgartiradi, bu esa C. difficile ning haddan tashqari o‘sishiga olib keladi.

C. difficile, C. difficile bilan bog‘liq diareya (CDAD) rivojlanishiga hissa qo‘shadigan, A va V toksinlarini ishlab chiqaradi. Gipertoksin ishlab chiqaradigan C. difficile shtammi kasallanish va o‘lim darajasining ko‘payishiga olib keladi, chunki bu infektsiyalar mikroblarga qarshi davolashga rezistent bo‘lishi va kolektomiyani talab qilishi mumkin.

Antibiotikni qo‘llashdan keyin diareyaga shikoyat qiladigan barcha bemorlarda CDAD hisobga olinishi lozim. Anamnezni chuqur o‘rganish kerak, chunki CDAD antibakterial vositalarni qo‘llagandan keyin ikki oy o‘tgach rivojlanishi mumkin.

Streptokokk infektsiyalari

Penitsillin odatda Streptococcus pyogenes bilan chaqirilgan laringit/tonzillitni davolashda tanlov preparati hisoblanadi va o‘tkir revmatik isitmada oldini oluvchi vosita sifatida qo‘llaniladi.

Azitromitsin odatda streptokokkli faringitga qarshi samaralidir, ammo uning o‘tkir revmatik isitmani oldini olish samaradorligi to‘g‘risida ma'lumot yo‘q.

Buyrak yetishmovchiligi

Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda (KFT <10 ml/daq) azitromitsin tizimli ta'sirining 33% ga oshishi kuzatildi.

Jigar yetishmovchiligi

Jigar azitromitsinning chiqarilishi uchun asosiy organidir, shuning uchun azitromitsin og‘ir jigar kasalligi bo‘lgan bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanilishi kerak. Hayot uchun xavfli bo‘lgan jigar yetishmovchiligiga potentsial olib kelishi mumkin bo‘lgan yashin tezlikdagi gepatit holatlari haqida xabar berilgan. Ba'zi bemorlarda, ehtimol, jigar kasalligi mavjud bo‘lgan yoki ular boshqa gepatotoksik preparatlarni qabul qilgan bo‘lishi mumkin.

Agar sariqlik, siydik rangining o‘zgarishi, qon ketishiga moyillik yoki jigar entsefalopatiyasi bilan kechadigan tez rivojlanayotgan asteniya kabi jigar disfunktsiyasining alomatlari va belgilari paydo bo‘lsa, darhol jigarning funktsional sinovlari, tahlillarini o‘tkazish darkor. Jigar disfunktsiyasining rivojlanishi bilan azitromitsin qabul qilishni to‘xtatish kerak.

Miasteniya gravis

Azitromitsin qabul qilayotgan bemorlarda miasteniya belgilarining kuchayishi va miasteniya sindromining yangi boshlanishi qayd etilgan.


Azitro-SANTO kattalar, qariyalar va tana vazni >45 kg bo‘lgan bolalarda qo‘llash uchun ko‘rsatilgan.

 bronxit sinusit,

 shifoxonadan tashqari pnevmoniya,

 faringit/tonzillit

 o‘rta otit

 teri va yumshoq to‘qimalarning infektsiyalari

 Chlamydia trachomatis va Neisseria gonorrhoeae bilan chaqirilgan jinsiy a'zolarning asoratlanmagan infektsiyalarida qo‘llaniladi.

Antibakterial dori preparatlarni tegishli ravishda qo‘llanilishi bilan bog‘liq keltiriladigan terapevtik tavsiyalar qat'iy bajarilishi kerak.


azitromitsin, eritromitsinning yordamchi moddasiga, makrolidlar/ketolidlar guruhiga yoki yordamchi moddalarga o‘ta yuqori sezuvchanlik

- alkaloidlar (digidroergotamin, ergotamin) bilan birga qabul qilish

- jigar funktsiyasining og‘ir buzilishlari

- buyrak funktsiyasining og‘ir buzilishlari

- homiladorlik va laktatsiya davri

- tana vazni 45 kg dan kam bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.


Antatsidlar: antatsidlarni bir vaqtning o‘zida qo‘llanilishining azitromitsin farmakokinetikasiga ta'sirini o‘rganishda, qon zardobida azitromitsinning maksimal kontsentratsiyasi 25% ga kamaygan bo‘lsa ham, bioo‘zlashtirilishining o‘zgarishi qayd etilmagan. Bemorlarga azitromitsinni antatsidlar bilan bir vaqtda qabul qilish mumkin emas.

Setirizin: sog‘lom ko‘ngillilarda 5 kunlik azitromitsin kursini 20 mg setirizin bilan birga muvozanat holatda qabul qilish farmakokinetik o‘zaro ta'sirga va QT  oralig‘ida sezilarli o‘zgarishlarga olib kelmadi.

Didanozin (didezoksiinozin): OIV-musbat bemorlarda 1200 mg/kun azitromitsin bilan 400 mg/kun didanozinni birgalikda qabul qilish, platsebo bilan taqqoslaganda didanozin farmakokinetikasining muvozanat holatiga ta'sir qilmaydi.

Digoksin va kolxitsin (R-glikoprotein substratlari): Makrolid antibiotiklarni, shu jumladan, azitromitsinni digoksin va kolxitsin kabi R-glikoprotein substratlari bilan birgalikda qo‘llash, qon zardobida R-glikoprotein substrati kontsentratsiyasining oshishiga olib keladi. Shunday qilib, azitromitsin va digoksinni bir vaqtning o‘zida qo‘llaganda qon zardobida digoksin kontsentratsiyasining oshishi ehtimolini hisobga olish lozim.

Zidovudin: bir marta 1000 mg va ko‘p marta 1200 mg yoki 600 mg azitromitsinni qo‘llaganda zidovudin yoki uning glyukuronid metabolitlarining qon zardobidagi farmakokinetikasiga yoki siydik bilan chiqarilishiga kam ta'siri aniqlandi. Lekin azitromitsinni qabul qilish periferik qonning mononukleyer hujayralarida fosforillangan zidovudinning (klinik faol metabolit) kontsentratsiyasini oshirdi. Ushbu ko‘rsatkichlarning klinik ahamiyati noaniqligicha qolmoqda, ammo ular bemorlar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Azitromitsin jigarning R450 sitoxrom tizimi bilan o‘zaro ta'sir qilmaydi. Eritromitsin va boshqa makrolidlar kabi u dorilar bilan farmakokinetik o‘zaro ta'sirda ishtirok etmaydi.

Azitromitsin sitoxrom-metabolit majmuasi yordamida R450 sitoxromni qo‘zg‘atmaydi yoki faollashtirmaydi.

Ergotamin hosilalari: ergotizm rivojlanishining nazariy ehtimoli tufayli azitromitsinni qorakuya hosilalari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Farmakokinetik tadqiqotlar azitromitsin va ma'lum R450 sitoxrom vositachiligida ro‘y beradigan metabolizmi bo‘lgan quyidagi dorilar bilan o‘tkazildi.

Atorvastatin: atorvastatin (har kuni 10 mg) va azitromitsinni (har kuni 500 mg) birgalikda yuborish atorvastatinning qon zardobidagi kontsentratsiyasini o‘zgartirmadi (HMG CoA-reduktaza tahliliga asosan). Shunday bo‘lsa ham, statinlar bilan azitromitsinni qabul qilayotgan bemorlarda rabdomiolizning postmarketing holatlari qayd etilgan.

Karbamazepin: sog‘lom ko‘ngillilarda azitromitsinning farmakokinetik ta'sirini tekshirishda preparat karbamazepin yoki uning faol metabolitlarining qon zardobidagi miqdoriga sezilarli ta'sir ko‘rsatmadi.

Simetidin: Azitromitsindan 2 soat oldin qabul qilgan bitta simetidin dozasining azitromitsin farmakokinetikasiga ta'sirini o‘rganadigan farmakokinetik tadqiqotda azitromitsin farmakokinetikasida hech qanday o‘zgarish kuzatilmadi.

Peroral kumarin antikoagulyantlari: O‘zaro ta'sirning farmakokinetik tadqiqotlarida azitromitsin sog‘lom ko‘ngillilarga yuborilgan bir martalik 15 mg varfarin dozasining antikoagulyant ta'sirini o‘zgartirmaydi. Postmarketing davrida azitromitsin va peroral kumarin antikoagulyantlarini birgalikda qo‘llagandan keyin antikoagulyatsiya ta'siri kuchayganligi haqida ma'lumotlar bor. Sababiy-oqibatli aloqa aniqlanmagan bo‘lsa-da, kumarin kabi peroral antikoagulyantlarni qabul qiladigan bemorlarga azitromitsinni buyurganda protrombin vaqtini kuzatish chastotasini hisobga olish kerak.

Siklosporin: 3 kun davomida 500 mg/kun azitromitsinni peroral, so‘ngra 10 mg/kg siklosporinning bir dozasini qabul qilgan sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan farmakokinetik tadqiqotda siklosporinning Cmax va AUC0-5 sezilarli darajada oshgan. Shuning uchun, ushbu preparatlarni bir vaqtda qabul qilishni ko‘rib chiqishdan oldin ehtiyotkor bo‘lish zarur. Agar ushbu preparatlarni birgalikda qabul qilish zarur bo‘lsa, siklosporin miqdorini nazorat qilish va dozasini tegishli ravishda korrektsiyalash lozim.

Efavirenz: 7 kun davomida kuniga bir martalik 600 mg azitromitsin va 400 mg efavirenz dozasini birgalikda qabul qilish klinik jihatdan muhim farmakokinetik o‘zaro ta'sirga olib kelmaydi.

Flukonazol: bir martalik 1200 mg azitromitsin dozasi bir martalik 800 mg dozali flukonazolning farmakokinetikasini o‘zgartirmaydi. Flukonazol bilan birgalikda qo‘llanilganda azitromitsinning umumiy ta'siri va yarim chiqarilish davri o‘zgarmagan, ammo azitromitsinning Cmax (18%) qiymati klinik jihatdan kam pasayishi kuzatilgan.

Indinavir: bir martalik 1200 mg dozada azitromitsinni birgalikda qabul qilish 5 kun davomida kuniga uch marta 800 mg dozada yuborilgan indinavirning farmakokinetikasiga statistik jihatdan sezilarli ta'sir ko‘rsatmadi.

Metilprednizolon: Sog‘lom ko‘ngillilarda o‘tkazilgan farmakokinetik o‘zaro ta'sir tadqiqotida azitromitsin metilprednizolonning farmakokinetikasiga sezilarli ta'sir ko‘rsatmadi.

Midazolam: sog‘lom ko‘ngillilarda 3 kun davomida kuniga 500 mg azitromitsin bilan birgalikda qabul qilish 15 mg midazolam bir martalik dozasining farmakokinetikasi va farmakodinamikasida klinik jihatdan sezilarli o‘zgarishlarga olib kelmaydi.

Nelfinavir: Azitromitsin (1200 mg) va nelfinavirni muvozanat holatida (kuniga uch marta 750 mg) birgalikda qabul qilish azitromitsin kontsentratsiyasining oshishiga olib keladi. Klinik jihatdan ahamiyatli nojo‘ya ta'sirlar kuzatilmadi va dozani korrektsiya qilish talab qilinmaydi.

Rifabutin: azitromitsin va rifabutinni bir vaqtning o‘zida qo‘llash ushbu dorilarning qon zardobidagi kontsentratsiyasiga ta'sir qilmaydi.

Bir vaqtning o‘zida azitromitsin va rifabutin qo‘llanilganida neytropeniya aniqlangan. Neytropeniya rifabutinni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lsa-da, azitromitsinni birgalikda qabul qilish bilan sababiy aloqa aniqlanmagan.

Sildenafil: Sog‘lom erkak ko‘ngillilarda azitromitsinning (3 kun davomida har kuni 500 mg) sildenafilning AUC va Cmax yoki uning asosiy aylanish metabolitiga ta'siri bo‘yicha hech qanday dalillar topilmadi.

Terfenadin: Farmakokinetik tadqiqotlarda azitromitsin va terfenadin o‘rtasida o‘zaro ta'sirlar qayd etilmagan. Ba'zi hollarda o‘zaro ta'sir ehtimolini butunlay istisno qilish mumkin emas. Biroq, bunday o‘zaro aloqaning sodir bo‘lganligi to‘g‘risida aniq dalillar yo‘q.

Teofillin: Sog‘lom ko‘ngillilarda bir vaqtning o‘zida qo‘llanilganda azitromitsin va teofillin o‘rtasida klinik ahamiyatga ega bo‘lgan farmakokinetik o‘zaro ta'sir bo‘yicha dalillar topilmadi.

Triazolam: 14 ta sog‘lom ko‘ngillilarda azitromitsinni 1-chi kuni 500 mg va 2-chi kuni 250 mg ni 0,125 mg triazolam bilan 2-chi kuni birgalikda qabul qilish, triazolam va platseboni birgalikda yuborish bilan taqqoslaganda, triazolam uchun farmakokinetik o‘zgaruvchan ko‘rsatkichlarning hech biriga sezilarli ta'sir ko‘rsatmadi.

Trimetoprim/sulьfametoksazol: Trimetoprim/sulfametoksazol DS ni (160 mg/800 mg) 7 kun davomida 1200 mg azitromitsin bilan birgalikda qabul qilish, 7 kuni trimetoprim yoki sulfametoksazolning maksimal kontsentratsiyasiga, umumiy ta'siriga yoki ularning chiqarilishiga sezilarli ta'sir ko‘rsatmadi. Qon zardobida azitromitsin kontsentratsiyasi, boshqa tadqiqotlarda kuzatilganidek, o‘xshash bo‘lgan.


Quruq, yorug‘likdan ximoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!


Dozalash rejimi

Tana vazni >45 kg bo‘lgan bolalar va kattalar, shu jumladan, qariyalar uchun:

Sutkalik dozasi – 500 mg dan kuniga bir marta, 3 kun davomida (umumiy dozasi 1500 mg). Xlamidiyalar bilan chaqirilgan jinsiy a'zolarning asoratlanmagan infektsiyalari uchun 1000 mg dan kuniga bir mahal buyuriladi. Ta'sirchan gonokokklar uchun azitromitsinning tavsiya etilgan dozasi, davolash bo‘yicha amaliy tavsiyalarga muvofiq, 250 mg yoki 500 mg seftriakson bilan majmuada, 1000 mg yoki 2000 mg ni tashkil qiladi. Penitsillin va/yoki sefalosporinlarga allergiyasi bo‘lgan bemorlar uchun dori preparatlarini tayinlashdan oldin davolovchi shifokor bilan maslahatlashish lozim.

Bemorlarning alohida guruhlari

Bolalar

Azitro-SANTO tabletkalari tana vazni 45 kg dan kam bo‘lgan bemorlar uchun mo‘ljallanmagan.

Jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar

Azitromitsin jigarda metabolizmga uchrashi va o‘t-safro bilan ajralib chiqishi tufayli, preparatni jigarning og‘ir kasalligi bo‘lgan bemorlarga buyurish mumkin emas.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlar

Yengil va o‘rta darajali buyrak yetishmovchiligi (koptokchalar filtratsiyasi tezligi 10 - 80 ml/daq) bo‘lgan bemorlar uchun dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarga azitromitsinni tayinlashda ehtiyot bo‘lish kerak (KFT <10 ml/daq).

Yuborish usuli va yo‘li

Azitro-SANTO ovqatdan bir soat oldin yoki ovqatdan 2 soat o‘tgach qabul qilish kerak. Preparat kuniga bir marta qabul qilinadi.

Preparatning bir yoki bir nechta dozasi o‘tkazib yuborilganda talab qilinadigan choralar

Unutilgan dozani to‘ldirish uchun ikki martalik dozani qabul qilmang.

Dori preparatini qo‘llash usulini tushuntirish uchun tibbiy xodimdan maslahat olish bo‘yicha tavsiyalar

Dori preparatini qo‘llashdan oldin shifokoringiz yoki farmatsevtingizdan maslahat olish uchun murojaat qiling.


Simptomlari: eshitish qobiliyatining vaqtincha yo‘qolishi, kuchli ko‘ngil aynishi, qusish va diareya. Davolash: umumiy simptomatik va tutib turuvchi davolash, zarur bo‘lganda, faollashtirilgan ko‘mir.
Homilador ayollarda azitromitsinni qo‘llash bo‘yicha yetarli ma'lumotlar yo‘q. Hayvonlarda reproduktiv toksiklikni o‘rganish tadqiqotlarida azitromitsinning homilaga teratogen zararli ta'siri aniqlanmadi, ammo preparatning yo‘ldoshga kirishi aniqlangan. Homiladorlik paytida azitromitsinni qo‘llash xavfsizligi tasdiqlanmagan, shuning uchun ushbu davrda azitromitsin faqat taxmin qilinayotgan foyda xavfdan yuqori bo‘lgan taqdirda buyuriladi. Azitromitsinning ko‘krak sutiga o‘tishi haqida xabar berilgan, ammo ko‘krak sutiga azitromitsin chiqarilishining farmakokinetikasini tavsiflashga imkon beradigan tegishli va lozim darajada boshqariladigan klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Ko‘krak suti bilan emizish davrida azitromitsinni faqat ona uchun kutilgan foyda bola uchun mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lgan hollarda qo‘llash mumkin. Sichqonlarda fertillikni o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazildi; azitromitsin yuborilgandan keyin homiladorlik ko‘rsatkichi kamaygan. Ushbu ma'lumotlarning odamlarga nisbatan relevantligi noma'lum.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Azitro-Santo tabletkalari N3 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Azitro-Santo tabletkalari N3 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Azitro-Santo tabletkalari N3 dori vositasi АО «Химфарм» tomonidan Qozog’iston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Azitro-Santo tabletkalari N3 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Azitro-Santo tabletkalari N3 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
AZITROMID 500 N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицина дигидрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Midway Pharmaceuticals Pvt. Ltd.
  • Vakil: GANGA PHARMA LLC
ZITRO SD tabletkalari 500mg N3
AZIFLOREN suspenziya 200mg/5ml 15ml
AZITROMID 250 N6
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Азитромицина дигидрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Midway Pharmaceuticals Pvt. Ltd.
  • Vakil: GANGA PHARMA LLC
JASMED tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya
  • Faol modda: Азитромицина дигидрат ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Belinda Laboratories LLP., Великобритания произведено: Replek Farm Ltd. Skopje
  • Vakil: VEGAPHARM
Narh: 59 000 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN kapsulalar 500mg N3
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
AZOFRIN tabletkalari 500mg N2
AZOFRIN tabletkalari 125mg N6
AZOFRIN tabletkalari 500mg N3
AZOFRIN tabletkalari 250mg N6
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9