×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BALZAM ZOLOTAYA ZVEZDA maz 4g

Kategoriya:
- Og'riq qoldiruvchi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Vetnam
Faol modda:
гвоздичное масло, камфора рацемическая, масло коры коричника ароматного, масло мяты перечной, масло эвкалипта, ментол рацемический
Ishlab chiqaruvchi:
- «Danapha Pharmaceutical Joint Stock Company»
ATX kodi:
- N02BE51
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 252 ta dorixonasida topildi

ico 8 200 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 11 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 000 s`om dan
24 000 s`om dan
BOLNOL AS tabletkalari N100 Isshaan Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Lincoln Pharmaceuticals Ltd. Hindiston
75 000 s`om dan
PARASETAMOL tabletkalari 500mg N10 Дальхимфарм, ОАО Rossiya Federatsiyasi
1 400 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
BALZAM ZOLOTAYA ZVEZDA maz 4g qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BALZAM ZOLOTAYA ZVEZDA

Preparatning savdo nomi: Balzam Zolotaya zvezda

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun surtma

Tarkibi:

4,0 g surtma quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar:

Levomentol                                                  – 0,455 g;

Rasemik kamfora                                        – 0,910 g;

Qalampir yalpiz moyi                                 – 0,530 g (0,590 ml);

Evkalipt barglari moyi                           – 0,129 g (0,140 ml);

Chinnigul gullari moyi                             – 0,236 g (0,228 ml);

Xitoy dolchin moyi                                    – 0,056 g (0,053 ml)

yordamchi moddalar:

Asalari mumi                                              – 0,611 g;

Parafin                                                       – 0,842 g;

Suvsiz lanolin                                           – 0,084 g;

Vazelin                                                        – 0,063 g;

Suyuq parafin                                             – 0,084 g;

Xinolin sarig‘i bo‘yovchisi Ye104               – 0,0896 mg;

Jigarrang Solvent Red 3 bo‘yovchisi           – 0,0224 mg

Ta‘rifi: och sariqdan to jigarrang-sariq rangligacha bo‘lgan, efir moylariga xos hidli, qattiq bir xil konsistensiyali surtma.

Farmakoterapevtik guruhi: Tabbiy moddalardan olinadigan mahalliy ta‘sirlovchi vosita.

ATX kodi: R05X

 

Farmakologik xususiyatlari

Preparat mahalliy ta‘sirlovchi, chalg‘ituvchi, antiseptik ta‘sirga ega.

Qo‘llanilishi

O‘tkir respirator kasalliklar (O‘RK), shamollash, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, rinit (tumov), hashoratlar chaqishini kompleks davolashda simptomatik vosita sifatida qo‘llanadi.

Qo‘llash usullari va dozalari

Sirtga qo‘llash uchun buyuriladi. Bosh og‘rig‘ida va bosh aylanishida surtmani chakka va ensa sohalariga surtiladi. Rinitda (tumov), O‘RK da – burun qanotlariga, chakka sohalariga surtiladi. Hashoratlar chaqqanida surtma chaqqan joyiga surtiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin, ular paydo bo‘lganida preparatni qo‘llash to‘xtatilishi lozim. Surtmaning qolgan qismini namlangan salfetkalarda artish va ko‘p miqdordagi suv bilan yuvib tashlash kerak.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.

Teri qoplamalarini shikastlanishlar, preparatni qo‘llash taxmin qilingan teri sohalarida teri kasalliklari (piodermiya, dermatit, ekzema) bo‘lganda qo‘llash mumkin emas.

Tutqanoq, tirishishga moyillik, spazmofiliya, bronxial astma, ko‘kyo‘talda qo‘llash mumkin emas.

2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Mavjud emas.

Maxsus ko‘rsatmalar

Surtmani ko‘z, burun va og‘iz shilliq qavatiga, shuningdek, shikastlangan teri sohasiga tushishdan saqlanishi lozim.

Fotosensibilizasiyani rivojlanish xavfini oldini olishda surtma surtilgandan so‘ng quyosh nurlaridan saqlanish lozim.

Balzamni shilliq qavatlarga tushgan holatlarda preparatni namlangan salfetkalarda artish va ko‘p miqdordagi suv bilan yuvib tashlash kerak.

Preparatni bolalarga shifokor maslahatisiz qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi

Homiladorlik va emizikli ayollarda qo‘llash tajribasi yo‘qligi sababli homiladorlik davrida va emizish vaqtida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.

Xarakatlanuvchi mexanizmlarni va transport vositalarini boshqarishga ta‘siri

Preparat transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Bugungi kungacha dozani oshirib yuborilishi holatlari haqida xabarlar kelib tushmagan.

Preparatni tasodifan ichga qabul qilib yuborilganda dozani oshirib yuborilishi simptomlari: me‘da-ichak tomonidan (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorin sohasida og‘riq) va nevrologik buzilishlar (bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qizish xissi/“qizib ketish“ tirishish, nafas olishni susayishi va koma) o‘z ichiga oladi.

Davolash simptomatik.

Kichik yoshdagi bolalarda kamforani ingalyasiyasi va o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan laringospazmni rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan xavf borligi tufayli, qusishni chaqirish mumkin emas.

Balzam ichga qabul qilinganida zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.

Chiqarilish shakli

Sirtga qo‘llash uchun surtma.

Sirtga qo‘llash uchun surtma 4 g dan temir bankachalarda. Har bir bankachani qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Yaroqlilik muddati

5 yil.

Saqlash sharoiti

300S yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.

Dorixonalardan berish tartibi

Reseptsiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BALZAM ZOLOTAYA ZVEZDA maz 4g dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BALZAM ZOLOTAYA ZVEZDA maz 4g dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BALZAM ZOLOTAYA ZVEZDA maz 4g dori vositasi «Danapha Pharmaceutical Joint Stock Company» tomonidan Vetnam mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BALZAM ZOLOTAYA ZVEZDA maz 4g dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BALZAM ZOLOTAYA ZVEZDA maz 4g dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
LOTOSONIK tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vetnam
  • Ishlab chiqaruvchi: «Danapha Pharmaceutical Joint Stock Company»
Narh: 14 644 so'mdan Batafsil
LOTOSONIK tabletkalari N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vetnam
  • Ishlab chiqaruvchi: «Danapha Pharmaceutical Joint Stock Company»
Другие формы препарата
ZOLOTAYA ZVEZDA BALZAM 1,3 karandash dlya ingalyasiy
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vetnam
  • Ishlab chiqaruvchi: Данафа Фармасьютикал Джойнт Сток Компани
ZOLOTAYA ZVEZDA INGASEPT sprey 15ml 0,3%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vetnam
  • Faol modda: Benzidamin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Danhson Trading & Pharma Co., Ltd, Вьетнам произведено: Danapha Pharmaceutical Joint Stock Company
ZOLOTAYA ZVEZDA INGASEPT sprey 30ml 0,15%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vetnam
  • Faol modda: Benzidamin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Danhson Trading & Pharma Co., Ltd, Вьетнам произведено: Danapha Pharmaceutical Joint Stock Company
ZOLOTAYA ZVEZDA INGASEPT sprey 30ml 0,15%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vetnam
  • Faol modda: Benzidamin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Danhson Trading & Pharma Co., Ltd, Вьетнам произведено: Danapha Pharmaceutical Joint Stock Company
ZOLOTAYA ZVEZDA INGASEPT sprey 15ml 0,3%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vetnam
  • Faol modda: Benzidamin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Danhson Trading & Pharma Co., Ltd, Вьетнам произведено: Danapha Pharmaceutical Joint Stock Company
ZOLOTAYA ZVEZDA burun uchun tomchilar 10ml 0,05%
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9