QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
BALZAM ZOLOTAYA ZVEZDA
Preparatning savdo nomi: Balzam Zolotaya zvezda
Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun surtma
Tarkibi:
4,0 g surtma quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
Levomentol – 0,455 g;
Rasemik kamfora – 0,910 g;
Qalampir yalpiz moyi – 0,530 g (0,590 ml);
Evkalipt barglari moyi – 0,129 g (0,140 ml);
Chinnigul gullari moyi – 0,236 g (0,228 ml);
Xitoy dolchin moyi – 0,056 g (0,053 ml)
yordamchi moddalar:
Asalari mumi – 0,611 g;
Parafin – 0,842 g;
Suvsiz lanolin – 0,084 g;
Vazelin – 0,063 g;
Suyuq parafin – 0,084 g;
Xinolin sarig‘i bo‘yovchisi Ye104 – 0,0896 mg;
Jigarrang Solvent Red 3 bo‘yovchisi – 0,0224 mg
Ta‘rifi: och sariqdan to jigarrang-sariq rangligacha bo‘lgan, efir moylariga xos hidli, qattiq bir xil konsistensiyali surtma.
Farmakoterapevtik guruhi: Tabbiy moddalardan olinadigan mahalliy ta‘sirlovchi vosita.
ATX kodi: R05X
Farmakologik xususiyatlari
Preparat mahalliy ta‘sirlovchi, chalg‘ituvchi, antiseptik ta‘sirga ega.
Qo‘llanilishi
O‘tkir respirator kasalliklar (O‘RK), shamollash, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, rinit (tumov), hashoratlar chaqishini kompleks davolashda simptomatik vosita sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usullari va dozalari
Sirtga qo‘llash uchun buyuriladi. Bosh og‘rig‘ida va bosh aylanishida surtmani chakka va ensa sohalariga surtiladi. Rinitda (tumov), O‘RK da – burun qanotlariga, chakka sohalariga surtiladi. Hashoratlar chaqqanida surtma chaqqan joyiga surtiladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin, ular paydo bo‘lganida preparatni qo‘llash to‘xtatilishi lozim. Surtmaning qolgan qismini namlangan salfetkalarda artish va ko‘p miqdordagi suv bilan yuvib tashlash kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Teri qoplamalarini shikastlanishlar, preparatni qo‘llash taxmin qilingan teri sohalarida teri kasalliklari (piodermiya, dermatit, ekzema) bo‘lganda qo‘llash mumkin emas.
Tutqanoq, tirishishga moyillik, spazmofiliya, bronxial astma, ko‘kyo‘talda qo‘llash mumkin emas.
2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Mavjud emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Surtmani ko‘z, burun va og‘iz shilliq qavatiga, shuningdek, shikastlangan teri sohasiga tushishdan saqlanishi lozim.
Fotosensibilizasiyani rivojlanish xavfini oldini olishda surtma surtilgandan so‘ng quyosh nurlaridan saqlanish lozim.
Balzamni shilliq qavatlarga tushgan holatlarda preparatni namlangan salfetkalarda artish va ko‘p miqdordagi suv bilan yuvib tashlash kerak.
Preparatni bolalarga shifokor maslahatisiz qo‘llash mumkin emas.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik va emizikli ayollarda qo‘llash tajribasi yo‘qligi sababli homiladorlik davrida va emizish vaqtida preparatni qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Xarakatlanuvchi mexanizmlarni va transport vositalarini boshqarishga ta‘siri
Preparat transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlash hamda psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish qobiliyatiga ta‘sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Bugungi kungacha dozani oshirib yuborilishi holatlari haqida xabarlar kelib tushmagan.
Preparatni tasodifan ichga qabul qilib yuborilganda dozani oshirib yuborilishi simptomlari: me‘da-ichak tomonidan (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorin sohasida og‘riq) va nevrologik buzilishlar (bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qizish xissi/“qizib ketish“ tirishish, nafas olishni susayishi va koma) o‘z ichiga oladi.
Davolash simptomatik.
Kichik yoshdagi bolalarda kamforani ingalyasiyasi va o‘limga olib kelishi mumkin bo‘lgan laringospazmni rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan xavf borligi tufayli, qusishni chaqirish mumkin emas.
Balzam ichga qabul qilinganida zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun surtma.
Sirtga qo‘llash uchun surtma 4 g dan temir bankachalarda. Har bir bankachani qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Saqlash sharoiti
300S yuqori bo‘lmagan haroratda, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.