×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BARALNOVGAN inyeksiya uchun eritma 5ml N5

Kategoriya:
- Og'riq qoldiruvchi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Faol modda:
Метамизол натрия, Фенпивериния бромид, Питофенона гидрохлорид
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- ООО СП "NOVOPHARMA PLUS"
Vakil:
- Novopharma Plus OT MChJ
ATX kodi:
- N02BB52
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

24 000 s`om dan
PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 500 s`om dan
PENTALGIN ICN tabletkalari N12 ОАО "Фармстандарт-Лексредства" Rossiya
22 100 s`om dan
NOVEKS AMBROKSOL sirop 120ml 15mg/5ml Herbion Pakistan (PVT) Ltd Pokiston
25 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
BARALNOVGAN inyeksiya uchun eritma 5ml N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

Qo‘llash Bo‘YICHA yo‘riqnoma

BARALNOVGAN

BARALNOVGANUM

 

Preparatning savdo nomi: Baralnovgan

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): Metamizol natriy, pitofenon gidroxloridi, fenpiveriniy bromidi.

Dori shakli: In‘eksiya uchun eritma.

Tarkibi:

faol moddalar: Metamizol natriy – 500 mg, pitofenon gidroxloridi – 2 mg, fenpiveriniy bromidi – 0,02 mg.

yordamchi moddalar: 1 ml gacha in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: Tiniq, rangsiz yoki sarg‘ish suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: Spazmolitik vosita.

 Farmakologik xususiyatlari

Majmuaviy preparat, uning tarkibiga: metamizol natriy, (analgin), pitofenon gidroxloridi va fenpiveriniy bromidi kiradi.

Metamizol natriy pirazolon hosilasi, nonarkotik analgetik. Prostaglandinlar sintezini susaytirishi bilan bog‘liq og‘riq qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi va kuchsiz yallig‘lanishga qarshi ta‘sirlarga ega.

Pitofenon gidroxloridi papaverin turidagi miotrop spazmolitik vositasi bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ichki a‘zolarning silliq mushaklariga miotrop ta‘sir ko‘rsatadi va uning bo‘shashishini chaqiradi.

Fenpiveriniy bromidi M-xolinbloklovchi vosita bo‘lib, M-xolinobloklovchi ta‘siri hisobiga silliq mushaklarga qo‘shimcha bo‘shashtiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi.

Preparatning uchchala komponentlarini birga qo‘llash ularning o‘zaro ta‘sirini kuchayishiga olib keladi, buning oqibatida og‘riqlarning yengillashishi, silliq mushaklarning bo‘shashishi va tana haroratining pasayishi kuzatiladi.

Qo‘llanilishi

Ichki a‘zolarning silliq mushaklarining spazmlaridagi og‘riq sindromi, shu jumladan: jigar, buyrak sanchiqlari, o‘t yo‘llarining diskineziyasi, algodismenoreya.

Nevralgiya, artralgiya, ishialgiya, mialgiyalarni qisqa muddatli simptomatik davolash.

Jarrohlik va diagnostik aralashuvlaridan keyingi og‘riqlarni kamaytirish uchun yordamchi vosita sifatida qo‘llanadi.

 
Qo‘llash usuli va dozalari

Preparat vena ichiga (juda sekin!) yoki mushak ichiga yuboriladi.

Kattalar va 15 yoshdan oshgan o‘smirlar uchun bir martalik doza 2-5 ml ni, sutkalik doza – 10 ml gacha ni tashkil qiladi.

Bolalar va chaqaloqlar uchun sutkalik doza tana vaznini hisobi bilan belgilanadi.

Vena ichiga yuborish:

3-11 oylik, tana vazni 5-8 kg bo‘lgan emizikli chaqaloqlarga qo‘llanilmaydi;

1-2 yoshli, tana vazni 9-15 kg bo‘lgan bolalarga – 0,1-0,2 ml;

3-4 yoshli, tana vazni 16-23 kg bo‘lgan bolalarga – 0,2-0,3 ml;

5-7 yoshli, tana vazni 24-30 kg bo‘lgan bolalarga – 0,3-0,4 ml;

8-12 yoshli, tana vazni 31-45 kg bo‘lgan bolalarga – 0,5-0,6 ml;

12-15 yoshli, tana vazni 46-53 kg bo‘lgan bolalarga – 0,8-1,0 ml.

Mushak ichiga yuborish:

3-11 oylik, tana vazni 5-8 kg bo‘lgan chaqaloqlarga – 0,1-0,2 ml;

1-2 yoshli, 9-15 kg bo‘lgan bolalarga – 0,2-0,3 ml;

3-4 yoshli, 16-23 kg bo‘lgan bolalarga – 0,3-0,4 ml;

5-7 yoshli, 24-30 kg bo‘lgan bolalarga – 0,4-0,5 ml;

8-12 yoshli, 31-45 kg bo‘lgan bolalarga – 0,6-0,7 ml;

12-15 yoshli, 46-53 kg bo‘lgan bolalarga – 0,8-1,0 ml.

Vena ichiga asta-sekin minutiga 1 ml tezlikda, arterial bosimni, yurak qisqarishlari va nafas olishlar sonini nazorati ostida yuboriladi.

Bemor bunda yotgan holatda bo‘lishi kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat terapevtik dozalarda yaxshi o‘zlashtiriladi. Ba‘zida allergik reaksiyalar: teri toshmasi, Kvinke shishi, juda kam hollarda – anafilaktik shok bo‘lishi mumkin. Bosh aylanishi, taxikardiya, arterial bosimning pasayishi kuzatilishi mumkin. Yakka hollarda – bosh og‘rig‘i, og‘izni qurishi, epigastral sohada achishish kuzatiladi. Preparat uzoq vaqt qo‘llanganida suyak ko‘migining shikastlanishi (agranulositoz, leykopeniya, trombositopeniya) paydo bo‘lishi mumkin. Pasientning bronxospazmga moyilligi bo‘lganida preparat xurujni qo‘zg‘atishi mumkin.

Juda kam hollarda: ter ajralib chiqishini kamayishi, akkomodasiya falaji, siyishni qiyinlashishi, xavfli eksudativ eritema, (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz (Layell sindromi) kuzatiladi.

Mahalliy reaksiyalar: mushak ichiga yuborilganda yuborish joyida infiltrat paydo bo‘lishi mumkin.

 
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Pirazolon hosilalariga va preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik; stabil va nostabil stenokardiya, dekompensasiya bosqichidagi surunkali yurak yetishmovchiligi, buyrak yoki  jigar faoliyatining yaqqol buzilishlari; glyukoza-6-fosfatdegidrogeneza tanqisligi; glaukoma, prostata bezining giperplaziyasi, me‘da-ichak yo‘llarining obstruksiyasi; megakolon, qon tizimi kasalliklari, kollaptoid holatlar; homiladorlik (birinchi 3 oyligi va oxirgi 6 hafta); laktasiya davri, erta bolalik yoshi (1 yoshgacha yoki tana vazni 9 kg dan kam bo‘lganlarga vena ichiga, 3 oylikgacha yoki tana vazni 5 kg dan kam bo‘lganlarga mushak ichiga yuborish) da qo‘llash mumkin emas.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Jigar va/yoki buyrak faoliyatining buzilishlari, gipotoniyaga, bronxospazmga moyilligi, nonarkotik analgetiklarga yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan bemorlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan va shifokor kuzatuvi ostida qo‘llash lozim. Preparat bilan davolanish davrida alkogol qabul qilish mumkin emas.

2 ml va undan ko‘p eritmani yuborishda o‘ta ehtiyotkorlik (arterial bosimni keskin tushib ketishi xavfi) talab qilinadi. Preparatning yuqori dozalari qo‘llanilganida yoki u uzoq vaqt qo‘llanilganida qon manzarasini va jigar holatini nazorat qilish kerak. Preparatni bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga faqat shifokor ko‘rsatmasiga muvofiq qo‘llash lozim. Metamizol metabolitlari siydikni qizil rangga bo‘yashi mumkin.

Transport vositalarini boshqarish va boshqa tezkor jismoniy va ruhiy reaksiyalarini talab etadigan potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanish tavsiya qilinmaydi.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan keyin ishlatilmasin.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatni boshqa nonarkotik analgetiklar bilan bir vaqtda qo‘llash, o‘zaro toksik samaralarni kuchayishiga olib kelishi mumkin. Trisiklik antidepressantlar, ichga qabul uchun homiladorlikka qarshi preparatlar, allopurinol metamizol natriyning jigardagi metabolizmini buzadi va uning toksikligini oshiradi.

Metamizol natriyning ta‘sirini barbituratlar, fenilbutazon va boshqa jigar mikrosomal fermentlarining induktorlari susaytiradi. Preparat va siklosporin bir vaqtda qo‘llanganida siklosporinning qondagi darajasi pasayadi. Sedativ vositalar va trankvilizatorlar preparatning og‘riq qoldiruvchi samarasini kuchaytiradi. Preparatni xlorpromazin va fenotiazin hosilalari bilan birga qo‘llash og‘ir gipertermiya chaqirishi mumkin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: qusish, ko‘ngil aynishi, og‘izni qurishi, uyquchanlik, ongning chalkashishi, epigastral sohada og‘riq, arterial gipotoniya, jigar va buyrak faoliyatining buzilishi, tirishishlar bo‘lishi mumkin.

Davolash: me‘dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir buyurish, simptomatik davolash.

Chiqarilish shakli

In‘eksiya uchun eritma 5 ml dan ampulalarda.

 Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalarda berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BARALNOVGAN inyeksiya uchun eritma 5ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BARALNOVGAN inyeksiya uchun eritma 5ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BARALNOVGAN inyeksiya uchun eritma 5ml N5 dori vositasi ООО СП "NOVOPHARMA PLUS" tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BARALNOVGAN inyeksiya uchun eritma 5ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BARALNOVGAN inyeksiya uchun eritma 5ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9