×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BAZOSID poroshok 1g N1

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Сульбактам, Амоксициллин
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Oxford Laboratories Pvt. Ltd
ATX kodi:
- J01CA51
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 4 ta dorixonasida topildi

ico 44 600 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

SIPROFLOKSASIN tabletkalari 250mg N10 Борисовский Завод МП ОАО Belarusiya
3 500 s`om dan
GENTAMISINA SULFAT eritma 2ml 80mg/2ml N10 Hebei Tiancheng Pharmaceutical Co. Ltd Xitoy
LEVOMISETIN ko'z tomchilari 10ml 0,25% Dentafill Plyus, ООО O'zbekiston
5 000 s`om dan
SEFTRI poroshok 60ml 100mg/5ml BKRS Pharma Pvt. Ltd. Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
BAZOSID poroshok 1g N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BAZOSID

BAZOCID

 

Preparatning savdo nomi: Bazosid

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ampisillin va sulbaktam

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun

Tarkibi:

Bazosid 0,75 g

Har bir flakon quyidagilarni saqlaydi:

0,5 g suvsiz ampisillinga ekvivalent ampisillin natriy;

0,25 g suvsiz sulbaktamga ekvivalent sulbaktam natriy.

Bazosid 1,5 g

Har bir flakon quyidagilarni saqlaydi:

1,0 g suvsiz ampisillinga ekvivalent ampisillin natriy;

0,5 g suvsiz sulbaktamga ekvivalent sulbaktam natriy.

Ta‘rifi: oqdan deyarli oq rangligacha bo‘lgan kukun.

Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik (penisillinlar guruxi)

ATX kodi: J01CA51

Farmakologik xususiyatlari

Sulbaktam – ko‘p sonli beta–laktam antibiotiklardan har qaysi biri bilan, shu jumladan ampisillin bilan sinergik samara ko‘rsatuvchi yangi yarimsintetik beta–laktam sulfondir. Bu sinergik samara asosan sulbaktamning beta–lamtamazani ingibisiya qiluvchi xususiyatlari bilan bog‘liq.

Sulbaktam bakterial faollikka ega emas, beta–laktamazani ingibisiya qiladi.

Sulbaktam kuchsiz antibakterial faollikka ega, ammo Neisseria gonorrhoeae va Neisseria meningitides ga ta‘sir qiladi. Sulbaktamni ampisillin bilan in vitro sharoitida majmuada qo‘llash ampisillinga chidamli grammusbat va grammanfiy aerob va anaerob bakteriyalarning ampisillinga sezuvchanligini oshiradi. Sulbaktam va ampisillinning 1:2 nisbatdagi majmuasi organizmlarning keng doirasiga, shu jumladan ampisillinga chidamli shtammlar: Staphylococcus aureus, Haemophilus influenza, Escherichia coli, Klebsiella spp. Proteus spp. Neisseria gonorrhoeae va Bacteroides spp. ga ta‘sir qiladi.

Farmakokinetikasi

Bazosid vena ichiga in‘eksiyalar ko‘rinishida qo‘llanganida qon zardobida va siydikda dori vositalarining, sulbaktam va ampisillinni alohida yuborilganidagi kabi bir xil konsentrasiyalari qayd qilinadi.

Mushak ichiga yuborilganidan keyin Bazosid to‘liq o‘zlashtiriladi.

– 1,0 g sulbaktam va 2,0 g ampisillin 15 minut davomida sog‘lom erkak–ko‘ngillilarga yuborilganida qon zardobidagi o‘rtacha cho‘qqi konsentrasiyasi taxminan 60 va 120 mg/l bo‘lgan;

– 0,5 g sulbaktam va 1,0 g ampisillin yuborilganidan keyin zardobdagi o‘rtacha konsentrasiyasi – 13 va 18 mg/l;

sulbaktam 0,5 g dozada 3 kun davomida sutkada 6 marta sog‘lom odamlarga yuborilganda, preparatni zardobda to‘planishi kuzatilmagan.

Sulbaktam organizmning suyuqliklariga va to‘qimalariga yaxshi kiradi, ayollar jinsiy to‘qimalarida va safroda aniqlanadi. Sulbaktam so‘lakka va serebrospinal suyuqlikka, yo‘ldoshga taqsimlanadi, ko‘krak sutiga chiqariladi.

Dori vositalari 1:1 yoki 1:2 nisbatda qo‘llanganida, sulbaktamning yarim chiqarilish davri 1 soat, bu ampisillinning yarim chiqarilish davriga deyarli mos keladi. Sulbaktam – metabolizmga uchramaydi, u siydik bilan chiqariladi (kalavalar filtrasiyasi va naychalar orqali chiqarilishi), oz miqdori esa safro va axlat bilan chiqariladi.

Farmakokinetik xususiyatlari avvalo yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga, keksa proktologik pasientlarga, jarrohlik operasiyalaridan keyingi pasientlarga ta‘sir qiladi. Homilador ayollarda Bazosidning yarim chiqarilish davrining 30–40 minutgacha kamayishi e‘tiborga olinadi.

Qo‘llanilishi

Bazosid in‘eksiyalari quyidagilarda:

– qorin bo‘shlig‘i ichki infeksiyalarida;

akusherlik va ginekologik infeksiyalarda;

– teri va yumshoq to‘qimalarning infeksiyalarida;

– suyak tizimining infeksion kasalliklarida;

– siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalarida;

– LOR infeksiyalarida;

– nafas yo‘llarining infeksiyalarida;

– gonoreyada;

– jarrohlik aralashuvlaridan keyingi infeksion kasalliklarni oldini olish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Kattalar uchun tavsiya qilinadigan terapevtik doza: sutkada 1,5 g dan 12,0 g gacha (0,5 g dan 4,0 g gacha sulbaktam va 1,0 g dan 8,0 g gacha ampisillin), har 6–8 soatda yuborish uchun bo‘lingan dozalarda. Og‘ir bo‘lmagan infeksiyalarda dozalar orasidagi interval                12 soatgacha oshirilishi mumkin.

Bolalar, go‘daklar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga tavsiya qilinadigan terapevtik doza sutkada 150 mg/kg ni tashkil qiladi. (sutkada 50 mg/kg sulbaktam va sutkada 100 mg/kg ampisillin).

Kattalarda jarrohlik aralashuvidan keyingi infeksiyalarni oldini olish uchun: 1,5 g dan 3,0 g gacha preparat og‘riqsizlantirish bilan, dozani 24 soat davomida har 6–8 soatda yuborish mumkin.

Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda ampisillin va sulbaktamning eliminasiyasi bir xil, shuning uchun buyraklar faoliyati o‘zgarmagan holda ularning munosabati doimiy qoladi. Bunday pasientlarda Bazosidning dozalari tavsiyalarga muvofiq qo‘llanadi.

Kreatininning darajasi (ml/min/1,73 m3) Bazosid (yarim chiqarilish davri, soatlar) Bazosidning tavsiya qilingan dozalari
≥30

15–29

5–14

1

5

9

1,5–3,0 g har 6–8 soatda

1,5–3,0 g har 12 soatda

1,5–3,0 g har 24 soatda

Qon zardobidagi kreatininning darajasi doimiy bo‘lganida, quyidagi formuladan foydalanish mumkin (pasientning jinsi, tana vazni va yoshiga asoslangan):

Erkaklar:      tana vazni (kg) x (140yoshi)

                        72 x kreatinin darajasi

Ayollar:          tana vazni (kg) x (140yoshi) x 0,85

                        72 x kreatinin darajasi

 

Qo‘llash sharoitlari

Bazosid 0,75 g

0,75 g kukun 5 ml in‘eksiya uchun steril suvda eritilsin. Bazosid 3 minut davomida vena ichiga sekin yoki 15 dan 30 minutgacha vena ichiga tomchilab yuboriladi. Shuningdek mushak ichiga chuqur yuborish mumkin, agar mushak ichiga yuborish og‘riq bilan kechsa, dozani 1% li lidokain eritmasida eritish mumkin.

Bazosid 1,5 g

1,5 g kukun 5 ml steril in‘eksiya uchun suvda eritilsin. Bazosid 3 minut davomida vena ichiga sekin yoki 15 dan 30 minutgacha vena ichiga tomchilab yuboriladi. Shuningdek mushak ichiga chuqur yuborish mumkin, agar mushak ichiga yuborish og‘riq bilan kechsa, dozani 1% li lidokain eritmasida eritish mumkin.

 

Nojo‘ya reaksiyalari

Bazosid in‘eksiyalari yaxshi o‘zlashtiriladi. Yuborilgan joyda og‘riq bo‘lishi mumkin. Diareya va flebit bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Anamnezida penisillinlarga allergik reaksiyalar bo‘lganida va mononukleozi bo‘lgan pasientlarda Bazosid in‘eksiyalarini qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Probenesid sulbaktam va ampisillinning buyraklar orqali chiqarilishini kamaytiradi va yarim chiqarilish davrini uzaytiradi, bu buyraklar faoliyatini buzilishini chaqiradi. Probenesidni bir vaqtda ishlatilishi qonda ampisillin va sulbaktamning darajasini oshiradi.

Allopurinol va ampisillinni bir vaqtda qo‘llash, ampisillinning o‘zini qabul qilgan pasientlarga nisbatan, ikkala preparatni olayotgan pasientlarda toshmalar paydo bo‘lishini chaqiradi. Bazosid va allopurinolni bir vaqtda qo‘llash to‘g‘risida hech qanday ma‘lumotlar yo‘q.

Bazosid va aminoglikozidlar bilan birga qo‘llanmaydi, chunki aminoglikozidlar ampisillin tomonidan faolsizlantiriladi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Boshqa beta–laktam antibiotiklari kabi, ushbu majmua homiladorlikda faqat juda zarur hollarda qo‘llanishi mumkin. Bazosidning katta bo‘lmagan konsentrasiyalari ko‘krak sutiga chiqariladi, shuning uchun preparatni emizayotgan ayollarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

Chiqarilish shakli

In‘eksiya uchun kukun flakonlarda erituvchisi bo‘lgan ampula bilan komplektda.

In‘eksiya uchun kukunli 1 flakon va erituvchili 1 ampula qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton quti.

 

Saqlash sharoiti

Salqin, quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 300S dan pas bo‘ladigan haroratda saqlansin.

Tayyorlangan eritma darhol ishlatiladi.

Ishlatilmagan eritma tashlab yuborilishi kerak.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BAZOSID poroshok 1g N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BAZOSID poroshok 1g N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BAZOSID poroshok 1g N1 dori vositasi Oxford Laboratories Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BAZOSID poroshok 1g N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BAZOSID poroshok 1g N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
BAZOSID poroshok 0,5g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
Narh: 30 200 so'mdan Batafsil
AMPISUL poroshok 3 g
AMPISUL poroshok 1,5 g
AMPIBAKTAM CPH poroshok 1,5g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Сульбактам, Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BV Chemie Pharmacie Holland Голландия, произведено: CSPC Zhongnuo Pharmaceutical (Shijiazhuang) Co. Ltd
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ORNIFORD infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
BENIKVIT V inyeksiya uchun eritma 3ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
Narh: 51 000 so'mdan Batafsil
PLOGREL tabletkalari 75mg N30
PLOGREL tabletkalari 75mg N28
MEREKSID poroshok 1g
BAZOSID poroshok 0,5g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Сульбактам, Амоксициллин ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
Narh: 30 200 so'mdan Batafsil
LEVOFORD infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N1
Narh: 45 900 so'mdan Batafsil
SUMAMOKS kapsulalar 250mg N6
Narh: 33 400 so'mdan Batafsil
TRIDOKS krem 15g
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
MOMETOKS krem 15g 0,1%
Narh: 36 500 so'mdan Batafsil
SIPROFORD infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml N1
Narh: 24 400 so'mdan Batafsil
PIKSIM poroshok 60ml 100mg/5ml
Narh: 45 900 so'mdan Batafsil
PLOGREL tabletkalari 75mg N14
OKSKORIL sirop 100ml
Narh: 34 500 so'mdan Batafsil
SUMAMOKS tabletkalari 500mg N3
Narh: 34 500 so'mdan Batafsil
FIPIM poroshok 1,0g
Narh: 44 700 so'mdan Batafsil
SUMAMOKS granuli 50ml 200mg/5ml
SUMAMOKS granuli 50ml 100mg/5ml
PEROBAKT poroshok 1g
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
FIPIM poroshok 0,5g
MEREKSID poroshok 0,5g
PARES tabletkalari 500mg 100 mg+500 mg N20
SILKER krem 50g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
OKSIKAL D3 sirop 150ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
MUVKVIK krem 30g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
Narh: 28 900 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9