×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

PLOGREL tabletkalari 75mg N28

Kategoriya:
- Antitrombotik vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Клопидогрел
Qadoqda soni:
- 28
Ishlab chiqaruvchi:
- Oxford Laboratories Pvt. Ltd
ATX kodi:
- B01AC04
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KADNIL tabletkalari 75mg N28 BioMatrix Healthcare Pvt. Ltd Hindiston
70 000 s`om dan
KSARELTO tabletkalari 20mg N28 Bayer AG Germaniya
203 000 s`om dan
VARFARIN tabletkalari 2,5mg N100 Белмедпрепараты РУП Belarusiya
36 000 s`om dan
PLAVIKS tabletkalari 75mg N28 Sanofi-Aventis Groupe, Франция держ.рег.уд.:Sanofi Clir SNC, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie Frantsiya
81 100 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
PLOGREL tabletkalari 75mg N28 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

PLOGREL

PLOGREL

 

Preparatning savdo nomi: Plogrel

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): klopidogrel

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 75 mg klopidogrelga ekvivalent klopidogrel gidrosulfati;

yordamchi moddalar: povidon K 30, natriy kroskarmellozasi, laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, gidrogenizasiya qilingan, kanakunjut moyi;

parda qobig‘i: Insta Moistshield Brown bo‘yovchisi (titan dioksidi, temir (III) oksidi, gidroksipropilmetilsellyuloza, etilsellyuloza, talk), metilen dixloridi, izopropil spirti.

Ta‘rifi: dumaloq, ikki yoqlama qavariq, to‘q-pushti yoki deyarli pushti rangli, riskali, hidsiz yoki deyarli hidsiz, plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar;

ko‘ndalang kesimida oq yoki deyarli oq rangli yadro ko‘rinadi.

Farmakoterapevtik guruhi: antiagregant vosita.

ATX kodi: V01AS04.

Farmakologik xususiyatlari.

Farmakodinamikasi

Klopidogrel – antiagregant vosita. Adenozindifosfatni (ADF) trombositlardagi reseptorlar bilan bog‘lanishini va ADF ta‘siri ostida IIb/IIIa glikoprotein reseptorlarini faollashuvini tanlab susaytirib, trombositlar agregasiyasini susaytiradi. Boshqa agonistlar tomonidan chaqirilgan trombositlar agregasiyasini, ajralgan erkin ADF tomonidan ularni faollashishini oldini olgan holda susaytiradi, fosfodiesteraza (FDE) ning faolligiga ta‘sir qilmaydi. Trombositlarning ADF reseptorlari bilan qaytmas bog‘lanadi, ular ADF tomonidan rag‘batlantirilishiga hayot sikli davomida (taxminan 7 kun) sezmaydigan bo‘lib qoladi. Trombositlar agregasiyasini tormozlanishi 400 mg boshlang‘ich dozani qabul qilingandan 2 soat o‘tgach kuzatiladi (40% ingibisiya qilinishi). Eng yuqori samarasi (agregasiyani 60% ga susaytirilishi) sutkada 50-100 mg dozada muntazam qabul qilingandan keyin 4-7 kundan so‘ng rivojlanadi. Antiagregant samarasi trombositlarning butun hayoti davomida (7-10 kun) saqlanib qoladi.

Farmakokinetikasi

Sutkada 75 mg dozada bir marta qabul qilingandan keyin va uzoq vaqt ichga qabul qilinganda klopidogrel tez so‘riladi.

So‘rilishi va biokiraolishligi – yuqori. Biroq plazmada dastlabki moddaning konsentrasiyasi past va ichga qabul qilingandan keyin 2 soatdan so‘ng aniqlash chegarasiga (0,025 mkg/l) erishilmaydi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 94-98%. Olddori hisoblanadi (ya‘ni organizmga tushgach, faollashib, so‘ngra dori vositasiga aylanadi).

Klopidogrel jigarda tez metabolizmga uchraydi. Faol metaboliti qonda aniqlanmaydi. Asosiy aniqlanadigan metaboliti – karboksil kislotasining nofaol hosilasidir, uning eng yuqori konsentrasiyasiga (TCmax) erishish vaqti, 75 mg dozalarda takroran peroral qabul qilingandan so‘ng 1 soat o‘tgach erishiladi, maksimal konsentrasiyasi (Cmax) – taxminan 3 mg/l.

Preparatning taxminan 50% buyrak orqali va taxminan 46% – ichak orqali, yuborilgandan keyin 120 soat davomida chiqariladi. Bir martalik va takroriy qabul qilishlardan keyin asosiy metabolitining yarim chiqarilish davri (T1/2) 8 soatni tashkil qiladi. Buyraklar orqali chiqarilayotgan metabolitlarning  konsentrasiyasi – 50%.

Plazmadagi asosiy metabolitining konsentrasiyasi sutkada 75 mg qabul qilingandan keyin o‘rtacha darajadagi surunkali buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi (KK) minutiga 30 dan 60 ml gacha) bo‘lgan bemorlar va sog‘lom shaxslarga qaraganda, og‘ir surunkali buyrak yetishmovchiligi (KK minutiga 5-15 ml) bo‘lgan pasientlarda pastroq.

Qo‘llanilishi

Miokard infarkti, ishemik insult yoki periferik arteriyalarning okklyuziyasi bo‘lgan pasientlarda trombotik asoratlarni oldini olish.

O‘tkir koronar sindromda: ST segmentini ko‘tarilishi bilan kechuvchi sindromda trombolitik davolashni o‘tkazish imkoniyati bo‘lganida; ST segmentini ko‘tarilishisiz (nostabil stenokardiya yoki Q tishisiz miokard infarkti), shu jumladan stent qo‘yilgan bemorlarda trombotik asoratlarni oldini olish uchun asetilsalisil kislotasi bilan majmuada qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga, ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar buyuriladi.

Miokard infarkti, ishemik insult yoki periferik arteriyalarning okklyuziyasi bo‘lgan pasientlarda – 75 mg dan sutkada 1 marta. Miokard infarkti bo‘lgan bemorlarda davolashni miokard infarktining birinchi kunlaridan 35-kunigacha boshlash kerak, ishemik insulti bo‘lgan bemorlarda esa – ishemik insultdan keyin 7 kundan 6 oygacha bo‘lgan muddatlarda.

ST segmentini ko‘tarilishisiz o‘tkir koronar sindromda (nostabil stenokardiya, Q tishisiz miokard infarkti) trombotik asoratlarni oldini olish uchun – yuklama         doza – 300 mg ni bir marta qabul qilishdan boshlaydilar, so‘ngra sutkada 75 mg dan qabul qilinadi (sutkada 75-375 mg dozalarda ASK bilan birga, tavsiya qilingan doza – sutkada 100 mg). Eng yuqori ijobiy samara 3 oydan keyin boshlanadi. Davolash kursi 1 yilgacha. ST segmentini ko‘tarilishi bilan kechuvchi o‘tkir koronar sindromda (ST segmenti ko‘tarilishi bilan o‘tkir miokard infarkti) trombotik asoratlarni oldini olish       uchun – sutkada 75 mg dan, yuklama dozani ASK va trombolitiklar bilan (yoki trombolitiklarsiz) boshlang‘ich bir marta qabul qilish bilan qo‘llanadi.

Majmuaviy davolashni simptomlar paydo bo‘lganidan keyin iloji boricha ertaroq boshlash lozim va hech bo‘lmaganida, 4 hafta davomida davom ettirish kerak. 75 yoshdan oshgan pasientlarda klopidogrel bilan davolashni, uning yuklama dozasini qabul qilmasdan boshlash kerak.

CYP2C19 izofermentining faoliyatini genetik jihatdan pasayishi bo‘lgan pasientlarda klopidogrelning samarasi pasayishi mumkin. Bunday pasientlarda dozalashning optimal tartibi aniqlanmagan.

Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan yoki o‘rtacha darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash tajribasi cheklangan.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Qon ketishi – preparatni qabul qilishning birinchi oyi davomida uchraydigan, eng ko‘p kuzatiladigan reaksiyadir. Kuchli qon ketishi hollari klopidogrelni ASK bilan yoki klopidogrelni ASK va geparin bilan bir vaqtda qabul qilgan pasientlarda qayd etilgan (“Maxsus ko‘rsatmalar” bo‘limiga qarang).

Nojo‘ya samaralarning tez-tezligi quyidagi ko‘rsatkichlarga muvofiq belgilangan: juda tez-tez – 1/10 dan ko‘proq, tez-tez – 1/100 dan ko‘proq va 1/10 dan kam, tez-tez emas – 1/1000 dan ko‘proq va 1/100 dan kam, kam hollarda – 1/10000 dan ko‘proq va 1/1000 dan kam, juda kam hollarda – 1/10000 dan kam, shu jumladan yakka hollarda. Reaksiyalarning tezligini har bir sinfi miqyosida, noxush samaralar og‘irlik darajasini kamayishi tartibida keltirilgan.

Qon yaratish a‘zolari tomonidan: tez-tez emas – trombositopeniya, leykopeniya, eozinofiliya; kam hollarda – neytropeniya, shu jumladan yaqqol neytropeniya; juda kam hollarda – trombotik trombositopenik purpura, anemiya, shu jumladan aplastik anemiya, pansitopeniya, agranulositoz, og‘ir trombositopeniya, granulositopeniya.

Nerv tizimi tomonidan: tez-tez emas – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, paresteziyalar, bosh miya ichki qon quyilishlari, shu jumladan o‘lim bilan yakunlanuvchi; juda kam hollarda – ongni chalkashishi, gallyusinasiyalar, ta‘m sezishni buzilishi.

Sezgi a‘zolari tomonidan: tez-tez emas – kon‘yunktivaga, ko‘zga, to‘r pardaga qon quyilishlari; kam hollarda – vertigo.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: tez-tez – gematoma; juda kam hollarda – og‘ir qon ketishlari, operasiya jarohatidan qon ketishi, vaskulit, arterial bosimni pasayishi.

Nafas tizimi tomonidan: juda tez-tez – burundan qon ketishi; juda kam hollarda – bronxospazm, interstisial pnevmonit, o‘pkadan qon ketishi, qon tuflash.

Ovqat hazm qilish yo‘llari tomonidan: tez-tez –diareya, qorinda og‘riq, dispepsiya, me‘da-ichakdan qon ketishlari; tez-tez emas – me‘da va 12 barmoq ichak yarasi, gastrit, qusish, ko‘ngil aynishi, qabziyat, meteorizm; kam hollarda – qorin pardasi ortidagi qon quyilishlar; juda kam – pankreatit, kolit, shu jumladan yarali yoki limfositar, stomatit, o‘tkir jigar yetishmovchiligi, gepatit, jigarning funksional sinamalarini buzilishi, o‘lim bilan yakunlanuvchi me‘da-ichakdan qon ketishlari.

Teri qoplamalari tomonidan: tez-tez – teri ostiga qon quyilishlari; tez-tez emas – teri toshmasi, qichishish, purpura; juda kam hollarda – angionevrotik shish, eshakemi, eritematoz toshma, ko‘p shaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, toksik epidermal nekroliz, ekzema, qizil yassi temiratki.

Tayanch-harakat apparati tomonidan: juda kam hollarda – gemartroz, artrit, artralgiya, mialgiya.

Siydik-jinsiy tizimi tomonidan: tez-tez emas – gematuriya; juda kam hollarda – glomerulonefrit, giperkreatininemiya.

Allergik reaksiyalar: juda kam hollarda – anafilaktik reaksiyalar, zardob kasalligi.

Laboratoriya ko‘rsatkichlari: tez-tez emas – qon ketish vaqtini uzayishi, jigarning funksional sinamalarini buzilishi, qonda kreatinin konsentrasiyasini oshishi.

Boshqalar: juda kam hollarda – tana haroratini oshishi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning faol moddasiga yoki har qanday yordamchi komponentiga yuqori sezuvchanlik.

Laktozani nasliy o‘zlashtirolmaslik, laktaza tanqisligi yoki glyukoza-galaktozaning maladsorbsiya sindromi. 18 yoshgacha bo‘lganlar (qo‘llash samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan). Og‘ir jigar yetishmovchiligi. O‘tkir qon ketishi (shu jumladan, peptik yara yoki bosh miya ichki qon quyilishi). Homiladorlik yoki laktasiya davrida preparatni qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Varfarinni klopidogrel bilan bir vaqtda qabul qilish qon ketishlari jadalligini oshirishi mumkin, shuning uchun bu majmuani qo‘llash tavsiya qilinmaydi. IIb/IIIa glikoproteinining ingibitorlari, ASK, geparinni klopidogrel bilan birga buyurilishi qon ketishlarini rivojlanish xavfini oshiradi. NYAQV bilan bir vaqtda qo‘llanganda qon ketishlar xavfi oshishi mumkin. CYP2C19 ingibitorlarini (masalan omeprazolni) bir vaqtda qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

Klopidogrelning faol metaboliti CYP2C9 izofermentining faolligini ingibisiya qiladi, buning natijasida plazmada fenitoin, tolbutamid va NYAQP konsentrasiyasi oshishi mumkin.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Davolanish davrida gemostaz tizimining ko‘rsatkichlari (qisman faollashgan tromboplastin vaqti (ACHTV), trombositlar soni, trombositlarning funksional faolligining testlari) ni nazorat qilish lozim; jigarning funksional faolligini muntazam tekshirib turish kerak.

Klopidogrelni jarohatdagi, jarrohlik aralashuvidagi yaqqol qon ketishlarining xavfi bo‘lgan pasientlarda, jarohatlari bo‘lgan, qon ketishlariga moyilligi (ayniqsa me‘da-ichakdan va ko‘z ichiga qon ketishlari) bo‘lgan pasientlarga, shuningdek pasientlar tomonidan ASK, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlarni (shu jumladan SOG-2 ingibitorlarini), geparin yoki IIb/IIIa glikoprotein ingibitorlarini qabul qilayotgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Qon ketishlarining, shu jumladan yashirin qon ketishining har qanday belgilarini aniqlash uchun, ayniqsa preparatni qo‘llashning birinchi haftasi davomida va/yoki yurakdagi invaziv muolajalar va jarrohlik operasiyalaridan keyin pasientlarni sinchkovlik bilan kuzatish kerak. Klopidogrel va varfarinni bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki u qon ketishini kuchaytirishi mumkin.

Jarrohlik aralashuvlarida, agarda antiagregant ta‘sirini bo‘lmagani yaxshi bo‘lsa, davolash kursini operasiyadan 7 kun oldin to‘xtatish kerak.

Klopidogrelni qo‘llash fonida (asetilsalisil kislotasi bilan birga yoki usiz) paydo bo‘lgan qon ketishini to‘xtatish ko‘proq vaqtni talab qilishi tufayli, qon ketishining har bir hollari haqida shifokorga xabar berishlari kerakligi haqida bemorlarni ogohlantirib qo‘yish kerak. Bemorlar, agar ularda operativ aralashuvlar o‘tkaziladigan bo‘lsa, preparatni qabul qilishlari haqida, shuningdek shifokorni ham xabardor qilishlari lozim.

Klopidogrel qo‘llanganidan keyin, trombotik trombositopenik purpura (TTP) juda kam, ba‘zida qisqa muddat qo‘llanganidan keyin aniqlangan. Bu holat nevrologik buzilishlar, buyraklarning disfunksiyasi yoki gipertermiya bilan birga bo‘lgan trombositopeniya va mikroangiopatik gemolitik anemiya bilan ifodalanadi. TTP – darhol davolashni, shu jumladan plazmaferezni qo‘llanishini talab qiladigan potensial o‘limga olib keluvchi holatdir.

Ma‘lumotlar bo‘lmaganligi tufayli, klopidogrel o‘tkir (7 kundan kam) ishemik insultda tavsiya qilinmaydi.

Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan bemorlarda klopidogrelni qo‘llash tajribasi cheklangan, shuning uchun bunday bemorlarga klopidogrelni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak. Jigar funksiyasini og‘ir buzilishlarida gemorragik diatezni rivojlanish xavfini unutmaslik lozim, jigar funksiyasini o‘rtacha buzilishi bo‘lgan pasientlarda preparatni qo‘llash tajribasi cheklangan, shunig uchun bu pasientlarga klopidogrelni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanishi.

Ma‘lumotlarning yo‘qligini nazarda tutib, klopidogrelni homiladorlik va laktasiya davrida qabul qilish tavsiya qilinmaydi.

Avtotransportni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Klopidogrel nerv tizimi tomonidan nojo‘ya samaralarni (bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tizimli bosh aylanishi, ongni chalkashishi, gallyusinasiyalarni) chaqirishi mumkin, ular transport vositalarini boshqarish va diqqatni yuqori jamlanishi va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab qiluvchi boshqa potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishga ta‘sir qilishi mumkin.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.

 

Ehtiyotkorlik bilan

O‘rtacha jigar yetishmovchiligi, surunkali jigar yetishmovchiligi, qon ketishini rivojlanish xavfini oshiruvchi patologik holatlar (shu jumladan travma, operasiyalar), qon ketishlariga moyillik, ASK, varfarin, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (NYAQP) (shu jumladan SOG-2 ingibitorlari), geparin, IIb/IIIa glikoproteini ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish, CYP2C19 izofermentining faoliyatini nasliy pasayishi.

Dozani oshirib yuborilishi

Klopidogrelning dozasi oshirib yuborilishi qon ketishi vaqtini uzayishiga va keyinchalik gemorragik asoratlarga olib kelishi mumkin. Qon ketishi aniqlanganda tegishli davolash choralari o‘tkazilishi lozim. Klopidogrelning farmasevtik faolligiga antidotlar aniqlanmagan.

Uzaygan qon ketish vaqtini tezda tuzatish zarurati tug‘ilganida, trombositar massani quyish tavsiya etiladi.

 

Chiqarilish shakli

10 yoki 14 tabletkadan polivinilxlorid plyonka va alyuminiy folgali kontur uyali o‘ramga joylanadi.

3 kontur uyali o‘ram (10 tabletkadan) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

1 yoki 2 kontur uyali o‘ram (14 tabletkadan) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

PLOGREL tabletkalari 75mg N28 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
PLOGREL tabletkalari 75mg N28 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
PLOGREL tabletkalari 75mg N28 dori vositasi Oxford Laboratories Pvt. Ltd tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
PLOGREL tabletkalari 75mg N28 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
PLOGREL tabletkalari 75mg N28 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
DILYUTIKS tabletkalari 75mg N28
Narh: 115 400 so'mdan Batafsil
KLOGREL tabletkalari 75mg N30
Narh: 64 900 so'mdan Batafsil
PLOGREL tabletkalari 75mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
NOKLOT tabletkalari 75mg N30
Narh: 74 000 so'mdan Batafsil
LOPIREL tabletkalari 75mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Actavis Ltd
LOPIREL tabletkalari 75mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Actavis Ltd
LOPIGROL tabletkalari 75mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Abdi Ibrahim Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 136 600 so'mdan Batafsil
KLOPASIN tabletkalari 75mg N84
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Acino Pharma AG
LOPIREL tabletkalari 75mg N56
KLOPIDOGREL tabletkalari 75mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, ЧНПП (упаков.), Akriti Pharmaceuticals Pvt. Ltd., Индия (произ.)
PLATER tabletkalari 75mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: "Codepharm" ИП ООО
KLOPASIN tabletkalari 75mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Shveytsariya
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Acino Pharma AG
KARUM SANOVEL tabletkalari 75mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Arven Ilac San. ve Tic. A.S., Турция произведено: Sanovel Ilac Sanayi ve Ticaret A.S.
Narh: 106 000 so'mdan Batafsil
AKRIVIKS 75 tabletkalari 75mg N30
PLOGREL tabletkalari 75mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
PLAGRIL tabletkalari 75mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr.Reddy's Laboratories Ltd
LOPIGROL tabletkalari 75mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: Abdi Ibrahim Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 90 000 so'mdan Batafsil
KLODAGREL tabletkalari 75mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Karan Healthcare (P) Ltd, Индия произведено: Cure Quick Pharmaceuticals
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
INSTAKLOP 75 tabletkalari 75mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Ajanta Pharma Limited
KADNIL tabletkalari 75mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: BioMatrix Healthcare Pvt. Ltd
Narh: 70 000 so'mdan Batafsil
TROMBOREL tabletkalari 75mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Edge Pharma Ltd
TROMBONET tabletkalari 75mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
STAZEKS tabletkalari 75mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 171 000 so'mdan Batafsil
PLAVIKS tabletkalari 75mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Frantsiya
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi-Aventis Groupe, Франция держ.рег.уд.:Sanofi Clir SNC, Франция произведено: Sanofi Winthrop Industrie
Narh: 81 100 so'mdan Batafsil
LOPIREL tabletkalari 75mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malta
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Actavis Group PTC ehf., Исландия произведено: Actavis Ltd
PLAGRIL tabletkalari 75mg N30
ZILT 0,075 tabletkalari N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «КРКА-РУС»
ZILT 0,075 tabletkalari N84
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «КРКА-РУС»
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ORNIFORD infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
BENIKVIT V inyeksiya uchun eritma 3ml N5
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
Narh: 51 000 so'mdan Batafsil
PLOGREL tabletkalari 75mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
MEREKSID poroshok 1g
BAZOSID poroshok 1g N1
Narh: 44 600 so'mdan Batafsil
BAZOSID poroshok 0,5g N1
Narh: 30 200 so'mdan Batafsil
LEVOFORD infuziya uchun eritma 100ml 5mg/ml N1
Narh: 45 900 so'mdan Batafsil
SUMAMOKS kapsulalar 250mg N6
Narh: 33 400 so'mdan Batafsil
TRIDOKS krem 15g
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
MOMETOKS krem 15g 0,1%
Narh: 36 500 so'mdan Batafsil
SIPROFORD infuziya uchun eritma 100ml 2mg/ml N1
Narh: 24 400 so'mdan Batafsil
PIKSIM poroshok 60ml 100mg/5ml
Narh: 45 900 so'mdan Batafsil
PLOGREL tabletkalari 75mg N14
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Клопидогрел ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
OKSKORIL sirop 100ml
Narh: 34 500 so'mdan Batafsil
SUMAMOKS tabletkalari 500mg N3
Narh: 34 500 so'mdan Batafsil
FIPIM poroshok 1,0g
Narh: 44 700 so'mdan Batafsil
SUMAMOKS granuli 50ml 200mg/5ml
SUMAMOKS granuli 50ml 100mg/5ml
PEROBAKT poroshok 1g
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
FIPIM poroshok 0,5g
MEREKSID poroshok 0,5g
PARES tabletkalari 500mg 100 mg+500 mg N20
SILKER krem 50g 1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
Narh: 60 000 so'mdan Batafsil
OKSIKAL D3 sirop 150ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
MUVKVIK krem 30g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Ishlab chiqaruvchi: Oxford Laboratories Pvt. Ltd
Narh: 28 900 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9