×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BEKLOMETAZON aerozol 250mkg

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Беклометазон
Ishlab chiqaruvchi:
- Биннофарм, АО
ATX kodi:
- R03BA01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 24 ta dorixonasida topildi

ico 49 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 49 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

GEKOTON infuziya uchun eritma 200ml Юрия-Фарм, ООО Ukraina
KALCIY TRIACTIV D3 stik 3g N30 BIOTACT DEUTSCHLAND O'zbekiston
55 000 s`om dan
29 100 s`om dan
EUFILLIN inyeksiya uchun eritma 10ml 24mg/ml N10 Новосибхимфарм, АО Rossiya
5 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
BEKLOMETAZON aerozol 250mkg qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

BEKLOMETAZON

BEKLOMETAZON

Preparatning savdo nomi: Beklometazon

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): beklometazon

Dori shakli: ingalyasiya uchun aerozol.

Tarkibi:

Har bir doza quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 50 mkg, 100 mkg yoki 250 mkg beklometazon dipropionati.

yordamchi moddalar:

Beklometazon 50 mkg/doza: suvsiz etanol, 1,1,1,2- tetraftoretan.

Beklometazon 100 mkg/doza: suvsiz etanol, propilenglikol, 1,1,1,2 – tetraftoretan.

Beklometazon 250 mkg/doza: suvsiz etanol, izopropil spirti, 1,1,1,2- tetraftoretan.

Ta‘rifi: dozalovchi moslama va purkagichli uchligi bo‘lgan konteynerda bosim ostida rangsiz  tiniq beklometazon dipropionati eritmasi.

Farmakoterapevtik guruhi: Bronxial astmani davolash uchun ingalyasion preparatlar. Glyukokortikosteroidlar.

ATX kodi: R03BA01.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Yallig‘lanishga qarshi va allergiyaga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi.

Beklometazon dipropionati olddori bo‘lib, GKS-reseptorlarga kuchsiz yaqinlikka ega. Esterazalar ta‘sirida faol metaboliti – beklometazon-17-monopropionatga (B-17-MP) aylanadi va bu metaboliti yaqqol mahalliy yallig‘lanishga qarshi ta‘sir ko‘rsatadi. Xemotaksis substansiyani hosil bo‘lishini pasayishi hisobiga yallig‘lanishni kamaytiradi (allergiyaning «kechki» reaksiyalariga ta‘sir qiladi), «darhol» rivojlanadigan allergik reaksiyani rivojlanishini tormozlaydi (araxidon kislotasining metabolitlarini hosil bo‘lishini tormozlashi va semiz xujayralardan yallig‘lanish mediatorlarini ajralib chiqishini pasaytirishi hisobiga) va mukosiliar tashilishni yaxshilaydi. Beklometazon ta‘sirida bronxlar shilliq pardasidagi semiz xujayralarning miqdori pasayadi, epiteliyni shishi, bronxial bezlarning shilliq ajralib chiqishi, bronxlarni o‘ta yuqori reaktivligi, xujayra chetida neytrofillarni to‘planishi, yallig‘lanishda hosil bo‘ladigan ekssudat va limfokinlarni hosil bo‘lishi kamayadi, makrofaglarning migrasiyasi tormozlanadi, infiltrasiya va granulyasiya jarayonlarining jadalligi pasayadi.

Faol beta-adrenoreseptorlarning miqdorini oshiradi, bemorning bronxodilyatatorlarga reaksiyasini tiklaydi, ularni qo‘llash tez-tezligini kamaytirish imkonini beradi. Ingalyasion yo‘l bilan yuborilgandan keyin deyarli rezorbtiv ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Bronxospazmni bartaraf qilmaydi, odatda beklometazon dipropionatini 5-7 kunlik kursli qo‘llashdan so‘ng terapevtik samarasi asta-sekin rivojlanadi.

Farmakokinetikasi

Ingalyasiya qilinayotgan preparatning 25% dan ko‘prog‘i nafas yo‘llarida qoladi; qolgan qismi og‘izda va tomoqda qoladi va yutiladi. O‘pkada so‘rilishidan oldin beklometazon dipropionati jadal metabolizmga uchrab, Beklometazon-17-monopropionati (B-17-MP) ni hosil qiladi. B-17-MP metabolitining tizimli so‘rilishi o‘pkada (36% o‘pka fraksiyasi), me‘da-ichak yo‘llarida (yutilganida kirgan dozaning 26%) sodir bo‘ladi. O‘zgarmagan beklometazon dipropionati va B-17-MP metabolitining mutloq biokiraolishligi ingalyasion dozaning muvofiq ravishda taxminan 2% va 62% ni tashkil qiladi. Beklometazon dipropionati tez so‘riladi, qon plazmasida maksimal konsentrasiyasiga erishish vaqti (Tmax) 0,3 soatni tashkil qiladi. B-17-MP metabolitini sekinroq so‘rilishi tufayli, qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasining vaqti (Tmax) 1 soatni tashkil qiladi. Preparatni ingalyasiya qilingan dozasini oshirilishi va uning tizimli ekspozisiyasi orasida taxminan proporsional bog‘liqlik kuzatiladi.

To‘qimalardagi taqsimlanish beklazon dipropionati uchun 20 l ni va B-17-MP uchun 424 l ni tashkil qiladi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi nisbatan yuqori – 87%.

Beklometazon dipropionati va B-17-MP yuqori plazma klirensiga ega (muvofiq soatiga 150 l va soatiga 120 l). Organizmdan yarim chiqarilish davri muvofiq 0,5 soat va 2,7 soatni tashkil qiladi.

Qo‘llanilishi

Bronxial astmani bazis davolash.

Kattalar va bolalar

Yengil darajadagi astma

Bronxodilatator bilan vaqti-vaqti bilan simptomatik davolashni talab qiluvchi pasientlar

O‘rtacha darajadagi astma

Doimiy astmaga qarshi davolashga talab etiladigan pasientlar va nostabil astma yoki mavjud profilaktik davolash yoki bitta bronxodilatator bilan davolash fonida xolatini yomonlashishi kuzatilgan pasientlar.

Og‘ir darajadagi astma

Og‘ir surunkali astmasi bo‘lgan pasientlar. Beklometazon aerozolini qo‘llashni boshlagandan keyin tizimli steroidlarga qaramligi bo‘lgan, ko‘pchilik pasientlar, astma belgilarini adekvat nazorat qilish uchun, kortikosteroidlarni peroral qo‘llashdan to‘liq voz kechishlari yoki ahamiyatli kamaytirishlari mumkin.

Qo‘llash usuli va dozalari

Beklometazon ingalyasiya uchun aerozol preparati faqat ingalyasion qo‘llaniladi. Beklometazon ingalyasiya uchun aerozol kasalliklaridan profilaktika uchun qo‘llanilishini va shuning uchun muntazam ravishda va xattoki astma xurujlari bo‘lmagan davrda ham qo‘llanilishini pasienlar bilishlari kerak. Preparat dozasi shaxsiy reaksiyaga bog‘liq holda belgilanadi. Agar qisqa vaqt ta‘sir etuvchi bronxodilatatorlarni qo‘llashdan keyingi xolatni yaxshilanishi kamroq samara berayotgan bo‘lsa yoki ingalyasiya sonini ko‘paytirish odatdagidan ko‘proq talab qilinayotgan bo‘lsa, mutaxassis kuzatuvi ostida nazoratli davolash zarur. Ingalayatorni qo‘llash bilan nafas olishni sinxronizasiya qilish qiyin kechayotgan pasientlarda – ingalyasion preparatni qo‘llashda nafas chiqarishni osonlashtirish uchun speyser moslamadan foydalanish tavsiya qilinadi.

Bolalarga ham maxsus bolalar uchun speyserini qo‘llash tavsiya qilish mumkin.

Ingalyasion beklometazon dipropionatini boshlang‘ich dozasiga kasallikni og‘irlik darajasini hisobga olgan holda tuzatish kiritish shart. Astmani nazorat qilishni boshqarishga erishgach dozaga tuzatish kiritish mumkin, undan keyin esa dozani eng kichik darajagacha yetguncha titrlash zarur, shunda astmani nazorat qilish samaradorligi saqlanadi.

Kattalar (shu jumladan keksalarda):

Beklometazon 50 mkg/doza:

Odatdagi boshlang‘ich doza kuniga ikki marta 200 mkg ni tashkil qiladi. Og‘ir holatlarda doza kuniga 600–800 mkg gacha oshirilishi mumkin (bu xolatda preparatning faol moddasi yuqori bo‘lgan shakli qo‘llash tavsiya qilinadi). Preparat dozasiga keyinchalik astma simptomlarini nazorat qilishni erishilgan holatigacha tuzatish kiritish yoki be‘morning shaxsiy reaksiyasiga qarab minimal samaradorlikkacha kamaytirish mumkin.

 

Umumiy kundalik doza kuniga ikkidan to‘rt marttagacha qo‘llanilishi mumkin.

Beklometazon 250 mkg/doza:

Odatdagi doza 1000 mkg kuniga, u 2000 mkg gacha oshirilishi mumkin.

Agar pasientda astma barqarorlashsa dozani kamaytirish mumkin.

Odatdagi kundalik doza ikki martadan to‘rt martagacha qo‘llanilishi shart. Speyser moslamasi umumiy kundalik 1000 mkg  va undan yuqori dozada kattalar va 16 yosh o‘smirlarda qo‘llashda har doim ishlatilishi kerak.

Bolalar:

Beklometazon 50 mkg/doza:

Odatdagi boshlang‘ich doza kuniga ikki marta 100 mkg ni tashkil qiladi. Bronxial astma og‘irlik darajasiga qarab sutkalik doza 400 mkg gacha oshirish mumkin, uni 2-4 marta qabul qilishgacha oshirish mumkin.

Beklometazon 250 mkg/doza:

Beklometazonning 250 mkg/dozasi  bolalar uchun tavsiya qilinmaydi.

Buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda:

Buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.

 

Nojo‘ya ta‘sirlari

Quyidagi nojo‘ya ta‘sirlar a‘zolar va tizimlar bo‘yicha yuzaga kelish tezligiga qarab: juda tez-tez (1/10), tez –tez (1/100 va <1/10), tez-tez emas (1/1000 va <1/100), kam hollarda (1/10000 va <1/1000) va juda kam hollarda (<1/10000), shu jumladan alohida xabarlar. Juda tez-tez, tez –tez  va tez-tez emas holatlarda uchraydigan nojo‘ya ta‘sirlar haqidagi ma‘lumotlar, asosan klinik tadqiqodlarga asoslanadi. Kam hollarda va juda kam hollarda yuzaga keladigan nojo‘ya ta‘sirlar xaqida ma‘lumotlar asosan spontan ravishda olingan.

Infeksiyalar va invaziya

Juda tez – tez: og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqda kandidoz.

Ba‘zi bemorlarda og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqda kandidoz rivojlanishi mumkin, uni yuqori dozalarda qo‘llaganda tez-tezligi oshadi (sutkada 400 mkg dan ortiq beklometazon dipropionati). Bunday asoratlar qonda Candida precipitins darajasi yuqori bo‘lgan be‘morlarda tez-tez yuzaga keladi, bu esa avval infeksiya o‘tkazganligidan dalolat beradi. Bunday holatda ingalyasiyadan so‘ng og‘iz bo‘shlig‘ini chayish tavsiya qilinadi. Zaruriyat bo‘lganda, davolashni xamma davri davomida beklometazon qo‘llanilishini davom ettirgan holda zamburug‘larga qarshi preparat buyuriladi.

Immun tizimi

Quyidagi ko‘rinishlarda gipersezuvchanlik reaksiyalari haqida xabarlar bo‘lgan:

Tez-tez emas – teri toshmasi. Qizamiq, qichishish, eritema;

Juda kam hollarda: ko‘zlar, yuz, lablar va xalqumning antionevrotik shishi, respirator simptomlar (hansirash va/yoki bronxospazm) va anafilaktoid/anafilaktik reaksiyalar.

Endokrin tizimi

Tizimli ta‘sir qilishi mumkin, shu jumladan:

Juda kam hollarda: Kushing sindromi, kushingsimon belgilar, buyrak usti bezlari faoliyatini susayishi, o‘smirlar va bolalarda bo‘y o‘sishi kechikishi, suyaklar mineralizasiyasi pasayishi, katarakta va glaukoma.

Ruhiy buzilishlar

Juda kam hollarda: xavotirlik hissi, uyquni buzilishi, xulqini o‘zgarishi, shu jumladan giperfaollik va tasirchanlik (asosan bolalarda).

Nafas olish tizimi va ko‘krak qafasi

Tez–tez: ovoz bo‘g‘ilishi , tomoq qichishi.

Ayrim bemorlarda ovoz bo‘g‘ilishi yoki tomoq ta‘sirlanishi beklometazon dipropionati ingalyasiyasi sabab bo‘lishi mumkin, bu holatda ingalyasiyadan so‘ng darrov tomoqni chayish tavsiya qilinadi.

Juda kam hollarda: paradoksal bronxospazm.

Xuddi boshqa ingalyasion preparatlar bilan davolashdagi kabi, ingalyasiyadan so‘ng tez kuchayuvchi hansirash bilan kechuvchi paradoksal bronxospazmi rivojlanishi mumkin. Bunday holatlarda zudlik bilan tez ta‘sir qiluvchi ingalyasion bronxodilatator qo‘llaniladi, beklometazon ingalyasiyasi darhol to‘xtatiladi, pasientni tekshirish o‘tkaziladi va zarur bo‘lsa muqobil davolash buyuriladi.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Yuqori sezuvchanlik, tuberkulyoz (faol va faol bo‘lmagan) infeksiya, yuqori nafas yo‘llari kandidomikozi, homiladorlikning I uch oyligi, 4 – yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Beklometazonni tizimli yoki intranazal qo‘llash uchun boshqa glyukokortikosteroidlar bilan bir vaqtda qo‘llaganda buyrak usti bezi po‘stloq qismining faoliyatini pasayishi kuchayishi mumkin. Avval beta–adrenostimulyatorlarni ingalyasion qo‘llash beklometazonning klinik samaradorligini oshirishi mumkin. Fenobarbital, fenitoin, rifampisin va boshqa mikrosomal oksidlanish induktorlari samaradorlikni susaytiradi. Yuqori sezuvchanligi bo‘lgan, disulfiram yoki metronidazol qabul qilayotgan pasientlarda tarkibida kichik miqdorda etanol mavjudligi sababli o‘zaro ta‘sir vujudga kelishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Beklometazon qisqa ta‘sirli ingalyasion bronxodilatator talab qiluvchi astmaning o‘tkir simptomlarini bartaraf qilmaydi. Pasientlar xurujlarni bartaraf qilish uchun vositalarga ega bo‘lishlari shart. Og‘ir turdagi astma muntazam tibbiy tekshiruvni talab qiladi, shu jumladan, o‘pka faoliyatini tekshirish kerak, chunki og‘ir xurujlar va xattoki o‘lim xavfi bor. Agar qisqa ta‘sirli bronxolitik vositalar bilan davolanish samarasiz bo‘lib borayotgan bo‘lsa va ingalyasiya sonini odatdagidan ko‘paytirish talab qilinayotgan bo‘lsa, chunki bu astmani nazoratini qiyinlashishiga olib kelishi mumkin,  shuning uchun pasientlar zarur holatlarda tibbiy yordamga murojat qilishlari kerakligi haqida ogohlantirilgan bo‘lishlari shart. Agar shunday holat vujudga kelsa, bemorlar tibbiy tekshiruvdan o‘tishlari kerak va yallig‘lanishga qarshi vositalar (masalan, yuqori dozada ingalyasion kortikosteroidlar yoki peroral kortikosteroidlar davolash kursi) bilan davolashni kuchaytirilishi zarurati ko‘rib chiqilishi kerak. Zo‘raygan og‘ir astmani davolash odatdagi tartibda o‘tkazilishi kerak, ya‘ni ingalyasion beklometazon dipropionati dozasini oshirish evaziga, tizimli steroidlarni buyurish va/yoki muvofiq antibiotik, agar infeksiya bo‘lsa β-agonistlar bilan bir qatorda davolash o‘tkaziladi. Beklometazon bilan davolashni keskin to‘xtatib bo‘lmaydi. Ingalyasion kortikosteroidlarning tizimli samarasi yuzaga kelishi mumkin, ayniqsa, ular uzoq muddatga va yuqori dozalarda buyurilgan bo‘lsa. Bunday oqibatlarni, oral kortikosteroidlardagidan ehtimoli kamroq. Kutilishi mumkin bo‘lgan tizimli samaralar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: burak usti bezi faoliyatini susayishi, bolalar va o‘smirlarda bo‘y o‘sishini kechikishi, suyak to‘qimalarining mineral zichligini pasayishi, katarakta va glaukoma, bir qator ruhiy yoki xulqiy samaralar, psixomotor giperfaollikni xisobga olib, uyqu buzilishi, havotirlik xissi, depressiya yoki tajavuzkorik (ayniqsa bolalarda). Ingalyasion kortikosteroidlar dozasi astmani samarali nazorati saqlanib qoladigan, eng past dozagacha titrlanishi muximdir. Ingalyasion kortikosteroidlar bilan uzoq muddat davolanayotgan bolalarda bo‘y o‘sishini nazorat qilish tavsiya qilinadi. Agar bo‘y o‘sishi sekinlashsa, ingalyasion kortikosteroidlarni dozasini pasaytirish maqsadida davolashni ko‘rib chiqish lozim, agar buning imkoni bo‘lsa, astmani nazorat qilishni samaradorligi saqlanadigan eng past doza buyurilishi kerak bo‘ladi.

Ingalyasion kortikosteroidlarning yuqori dozalari uzoq muddat davolanganda buyrak usti bezini klinik ahamiyatli susayishiga olib kelishi mumkin. Qo‘shimcha tarzda tizimli kortikosteroidlarni buyurilishi stress yoki rejali operasiya davrida ko‘rib chiqish kerak. Beklometazon buyurilgan, tizimli steroidlar bilan uzoq muddatli yoki yuqori dozalarda davolanayotgan bemorlar alohida parvarishga muxtojlar, chunki, buyrak usti bezi po‘stlog‘ini susayishi yuzaga kelgandan so‘ng tiklanish ancha vaqtni talab qilishi mumkin.

Beklometazon bilan davolashni boshlagandan so‘ng ikki xafta o‘tgach tizimli steroidlarning dozasini qisqartirishni boshlash kerak. Dozani qisqartirish samarani bir maromda saqlab turuvchi tizimli steroidlar dozasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Prednizolonning 10 mg kuniga (yoki ekvivalent) samarani bir maromda saqlab turuvchi dozasini qabul qiluvchi be‘morlar uchun xaftasiga 1 mg dozadan ko‘p bo‘lmagan xolda kamaytirish kerak. Yuqoriroq dozalar uchun dozalar oralig‘ini qisqartirish, intervali kattaroq bo‘lgani maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Buyrak usti bezi po‘stlog‘i faoliyatini tizimli steroidlarning dozasi asta–sekin pasaytirilishida muntazam ravishda nazorat qilib turilishi kerak.

Ayrim bemorlar tizimli steroidlarni chiqirilishi vaqtida nafas faoliyatini yaxshilanishi va saqlanishiga qaramay o‘zlarini yomon xis qilishlari mumkin. Agar buyrak usti bezi yetishmovchiligini ob‘ektiv belgilari bo‘lsa ingalyasion beklometazon dipropionatini qat‘iy qabulini rag‘batlantirib turish va tizimli steroidlar chiqarilishini davom ettirish kerak.

Buyrak usti bezi po‘stlog‘i faoliyatini buzilishi bo‘lgan bemorlarda oral steroidlardan chetlashtirilganda, stress davrida qo‘shimcha tizimli steroidlar buyurilishi talab qilinganda kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma‘lumotlar mavjud bo‘lgan ogohlantiruvchi steroid kartaga ega bo‘lishlari kerak, masalan, astma xurujlarini yomonlashishi, torakal infeksiya, jiddiy interkurrent kasalliklar, jarroxlik aralashuvi, shikastlanish va boshqalar. Ayrim hollarda tizimli steroidli davolashni ingalyasion davolashga o‘zgartirilganda, ilgari tizimli dori vositasi yordamida nazorat qilsa bo‘ladigan allergik rinit yoki qichishish kabi allergiyani fosh qiladi. Bunday allergiyada simptomlarga asoslangan holda antigistaminlar bilan va/yoki mahalliy qo‘llaniladigan vositalar bilan, shu jumladan mahalliy steroidlar bilan ham davolash kerak. Barcha ingalyasion kortikosteroidlar kabi o‘pka tuberkulyozining faol yoki faol bo‘lmagan shakllari bo‘lgan bemorlar aloxida e‘tibor talab qiladi.

Bemorlar bu dori vositasi tarkibida oz miqdorda etanol  (taxminan 9 mg har qabul uchun) borligi haqida xabardor bo‘lishlari kerak. Odatdagi dozalarda etanol miqdori ahamiyatli darajada emas va bemorlar uchun xavf tug‘dirmaydi.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanilishi.

Homiladorlikning II va  III uch oyligida faqat ona uchun kutiladigan foyda homila uchun potensial xavfdan yuqori bo‘lgandagina qo‘llash mumkin. Homiladorlik vaqtida beklometazonga o‘rgangan onalarning chaqaloqlarini buyrak usti bezi faoliyatini yetishmovchiligi sinchkovlik bilan tekshiruv o‘tkazish kerak bo‘ladi.

Zarur bo‘lganda laktasiya davrida emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini o‘tkir oshirib yuborilishi buyrak usti bezlarining faoliyatini vaqtinchalik pasayishiga olib kelishi mumkin, bu shoshilinch davolash choralarini talab etmaydi, chunki buyrak usti bezlarining faoliyati bir necha kunda tiklanadi va plazmadagi kortizolning miqdori buni tasdiqlaydi.

Dozani surunkali oshib ketishida buyrak usti bezlarining faoliyatini turg‘un susayishi kuzatiladi. Bunday hollarda buyrak usti bezlarining rezerv faoliyatining monitoringi o‘tkazilishi tavsiya etiladi. Doza oshirib yuborilganida beklometazon dipropionati bilan davolash preparatning terapevtik samarani tutib turish uchun yetarli bo‘lgan dozada davom ettirilishi mumkin.

 

Chiqarilish shakli 

200, 400 doza 50 mkg, 100 mkg yoki 250 mkg Beklometazon saqlovchi alyumin balloncha, dozalovchi qurilma va purkagich-uchlik bilan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga ikkilamchi o‘ramda – karton qutida.

 

Saqlash sharoiti

25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor resepti bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BEKLOMETAZON aerozol 250mkg dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BEKLOMETAZON aerozol 250mkg dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BEKLOMETAZON aerozol 250mkg dori vositasi Биннофарм, АО tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BEKLOMETAZON aerozol 250mkg dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BEKLOMETAZON aerozol 250mkg dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
BEKLOMIL sprey 100mkg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Беклометазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
BEKLOMETAZON aerozol 100mkg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Беклометазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Биннофарм, АО
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
SALBUTAMOL aerozol 100mkg 100 mkg/doza 200 doz
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
BEKLOMETAZON aerozol 100mkg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Беклометазон ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Биннофарм, АО
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9