ILOVA-VARAQA: PASIENT UCHUN MA‘LUMOT
BeneFiks 250 XB, in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun va erituvchi
BeneFiks 500 XB, in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun va erituvchi
BeneFiks 1000 XB, in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun va erituvchi
BeneFiks 2000 XB, in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun va erituvchi
BeneFiks 3000 XB, in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun va erituvchi
Nonakog alfa (rekombinant IX qon ivish omili)
Ushbu dori vositasini qo‘llashdan oldin butun ilova-varaqani diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u muhim ma‘lumotlar saqlaydi.
Ilova-varaqaning mazmuni
BeneFiks – bu rekombinant DNK texnologiyasi yordamida olingan, IX qon ivish (koagulyasiya) faktorining in‘eksion preparati. BeneFiksning ta‘sir etuvchi moddasi nonakog alfa hisoblanadi. Tug‘ma V gemofiliya (Kristmas kasalligi) bilan xastalangan odamlarda qon ivishini nazorat qiladigan IX qon ivish faktorining miqdori yetarli bo‘lmaydi. BeneFiks V gemofiliyasi bilan xastalangan pasientlarda IX qon ivish faktorining o‘rnini bosuvchi sifatida ta‘sir qiladi, bu ularda qon ivishini ta‘minlaydi.
BeneFiks V gemofiliya (tug‘ma IX qon ivish faktori tanqisligi) bilan xastalangan barcha yoshdagi pasientlarda qon ketishini oldini olish va davolash uchun qo‘llanadi.
BeneFiksni qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:
Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari
Boshqa dori preparatlari va BeneFiks
Agar siz har qanday boshqa preparatlarini qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishingiz kerak bo‘lsa, bu xaqida shifokorga yoki farmasevtga xabar bering.
Homiladorlik va emizish davri
Homiladorlikda yoki emizish davrida, homiladorlikka shubha qilinganida yoki homiladorlik rejalashtirilganida BeneFiks preparatini faqat shifokorning maxsus ko‘rsatmalari olinganidan so‘ng qo‘llash kerak. Homiladorlik vaqtida BeneFiks qo‘llanganida homilaga zarar yetishi mumkinligi yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q. Agar emizsangiz yoki homilador bo‘lsangiz, shifokor sizga BeneFiks preparati bilan davolanishni to‘xtatishni tavsiya etishi mumkin.
Ushbu dori vositasini qo‘llashdan oldin shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Avtotransport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash
BeneFiks avtotransport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Preparat doimo shifokor yoki farmasevt qo‘llashni qanday tavsiya etgan bo‘lsa, aynan shunday qo‘llang. Agar sizda preparatni qo‘llash yuzasidan shubhalar bo‘lsa, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
BeneFiksni qanday dozada qabul qilishingizni shifokor hal qiladi. Ushbu doza va qo‘llash davomiyligi IX faktor bilan o‘rnini bosuvchi davolashga bo‘lgan shaxsiy extiyoj va organizmingizni IX omilni qanchalik tez o‘zlashtirilishiga bog‘liq bo‘lishi mumkin, bu muntazam ravishda tekshiriladi. Siz, plazmadan olingan boshqa IX faktor preparatidan BeneFiksni qo‘llashga o‘tilganida buyurilgan dozadagi farqni sezishingiz mumkin.
Davolanish vaqtida shifokor Sizdagi BeneFiksning dozasini o‘zgartirishi mumkin.
Preparatni eritish va yuborish
Quyida keltirilgan muolajalar BeneFiksni suyultirish va yuborish bo‘yicha qo‘llanma sifatida keltirilgan. Pasientlar shifokordan o‘rgangan venepunksiya muolajasi bo‘yicha maxsus ko‘rsatmalarga rioya qilishlari kerak.
BeneFiks preparatining in‘eksiya uchun kukuni erituvchida (natriy xlorid (tuzli eritma)) oldindan to‘ldirilgan shprisda eritilganidan so‘ng vena ichiga (v/i) infuziya holida yuboriladi.
Quyidagi muolajalarni o‘tkazishdan oldin hamisha qo‘lingizni yuving. In‘eksiya uchun kukunni eritish vaqtida aseptik usuldan (mikroblarsiz toza muhitni nazarda tutadi) foydalanish kerak.
In‘eksiya uchun kukunni eritilishi
BeneFiks in‘eksiya uchun steril erituvchida eritilganidan so‘ng vena ichiga (v/i) infuziya holida yuboriladi.
Izoh. BeneFiksning bir nechta flakonlari bir infuzion tizimda qo‘llanganida har bir flakonning ichidagisini yuqorida keltirilgan yo‘riqnomalarga muvofiq eritilishi kerak. Flakonning adapterini joyida qoldirib, erituvchisi bo‘lgan shprisni sug‘urib olish kerak. Shundan so‘ng har bir flakonning ichidagi eritilgan eritmani tortib olish uchun lyuerovsk uchligi bo‘lgan alohida katta shpris ishlatilishi kerak (shprisni flakonga biriktiruvchi moslama).
Izoh. Agar eritma zudlik bilan yuborish uchun mo‘ljallanmagan bo‘lsa, u holda shpris o‘zining joyiga ehtiyotkorlik bilan o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Shprisning uchligiga yoki qalpoqchasining ichki yuzasiga tegib ketmang.
BeneFiks preparatini zudlik bilan yoki eritilgandan so‘ng 3 soat davomida yuborish kerak. Yuborishdan oldin tayyorlangan eritmani xona haroratida saqlash mumkin.
Qo‘llanilishi (vena ichiga yuborish)
BeneFiks preparatini to‘plamga kiruvchi oldindan to‘ldirilgan erituvchi bo‘lgan shpris yoki lyuerovsk uchligi bo‘lgan bir dona steril bir martalik plastik shpris yordamida yuborish kerak. Bundan tashqari, eritmani flakondan adapter orqali tortib olish kerak.
BeneFiks preparatini vena ichiga bir necha minut davomida yuborish kerak. Eritmani yanada qulayroq yuborish uchun, shifokor infuziya tezligi yuzasidan tavsiyalarini o‘zgartirishi mumkin.
BeneFiks preparatini yuborish vaqtida vena ichiga infuziya qilish sistemasida yoki shprisda eritrositlarni yopishib (agglyutinasiya) qolganligi yuzasidan xabarlar bor. Shu boisdan, nojo‘ya samaralari xaqida xabarlar tushmagan. Agglyutinasiyani minimal darajaga yetkazish uchun sistemaga tushayotgan qon miqdorini minimal darajaga yetkazish muhimdir. Qon shprisga tushmasligi kerak. Sistemada yoki shprisda eritrositlarni agglyusinasiyasi yuz berganida barcha ishlatilgan materiallarni (vena ichiga infuziya qilish uchun sistema, shpris va BeneFiks eritmasi) tashlab yuboring va preparatning yangi o‘ramini ishlatgan holda takroran yuboring.
BeneFiks preparatini uzoq muddatli infuziya tarzida (tomchilab yuborish usuli bilan) yuborish usuli o‘rganilmaganligi sababli, BeneFiks eritmasini infuzion eritmalar bilan aralashtirish yoki tomchilab yuborish mumkin emas.
Ishlatilmagan eritma, bo‘sh flakonlar va ishlatilgan ignalar va shprislarni chiqindilar uchun maxsus konteynerga tashlang, chunki noto‘g‘ri yo‘l tutilsa, bu materiallar atrofdagilarga ziyon yetkazishi mumkin.
BeneFiksning dozasini oshirib yuborilishi
Agar sizga BeneFiks preparatini, shifokor tavsiya etgan dozadan katta dozada yuborilgan bo‘lsa, zudlik bilan shifokor bilan bog‘laning.
BeneFiks prepatatini qo‘llashni to‘xtatish
Shifokor bilan oldindan maslahatlashmasdan, BeneFiks preparatini qo‘llashni to‘xtatmang.
Ushbu dori prepatatini qo‘llash yuzasidan qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokor, farmasevt yoki hamshira bilan maslahatlashing.
Boshqa barcha dori vositalari kabi, ushbu preparat ham, garchi har bir pasientda kuzatilmasa-da, nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin.
O‘ta yuqori sezuvchanlik/allergik reaksiyalar
BeneFiks yuborilganida allergiya turidagi o‘ta yuqori sezuchanlik reaksiyalari bo‘lishi mumkin. Bunday reaksiyalar yuzni yoki tomoqni shishi, infuziya joyida achishish va sanchish, et uvishishi, qizib ketish, qichishish, bosh og‘rig‘i, eshakemi, past arterial bosim, holsizlik, ko‘ngil aynishi, bezovtalik, yurak qisqarishlari sonini oshishi, ko‘krak qafasini ezilish hissi, sanchish hissi, qusish, xushtaksimon nafasdan iborat bo‘lishi mumkin. Ayrim hollarda bu allergik reaksiyalar og‘ir darajadagi anafilaktik reaksiyagacha zo‘raygan.
Allergik reaksiyalar qonda IX faktorining ingibitorini hosil bo‘lishi bilan birga rivojlanishi mumkin (shuningdek “Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga ham qarang).
Bu reaksiyalar hayot uchun potensial havfli hisoblanadi. Allergik yoki anafilaktik reaksiyalar rivojlanganida zudlik bilan infuziyani to‘xtating va shifokor bilan bog‘laning yoki darhol tibbiy yordamga murojaat qiling. Zarurat davolash chorasi nojo‘ya samaralarning xarakteri va og‘irlik darajasiga bog‘liq (shuningdek “Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga ham qarang).
Ingibitorni hosil bo‘lishi
V gemofiliyasi bo‘lgan pasientlarda IX faktoriga qarshi neytrallaydigan antitelalar (ingibitorlar) ishlab chiqarilishi mumkin. Bunday ingibitorlarni ishlab chiqarilish belgisi bo‘lib, qon ketishini nazorat qilish uchun odatda talab etiladigan BeneFiksning miqdorini oshishi yoki davolashdan so‘ng davom etadigan qon ketishi bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda gemofiliyani davolash uchun ixtisoslashtirilgan markazga murojaat qilish tavsiya etiladi. Shifokor ingibitorlarni hosil bo‘lishini aniqlash maqsadida sizni kuzatishni olib borishni tavsiya etishi mumkin (“Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga ham qarang).
Immunologik tolerantlikni induksiya qilish uchun qon plazmasidan olingan IX omilning yuqori dozalari qo‘llanganidan so‘ng qayd etilgan, anamnezida allergik reaksiyalar va qonda IX omil ingibitorlari bo‘lgan V gemofiliyasi bilan xastalangan pasientlarda buyrak funksiyasini buzilishi to‘g‘risida xabarlar tushgan (shuningdek “Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga ham qarang).
Trombotik holatlar
Agar tromboz hosil bo‘lish xavf omillari bo‘lsa, shu jumladan doimiy venoz kateter bo‘lsa, BeneFiks organizmda tromboz (qonni patologik ivishi) hosil bo‘lish havfini oshirishi mumkin. Og‘ir holatda bo‘lgan hamda markaziy venoz kateter orqali BeneFiks preparatini qabul qilgan go‘daklarda og‘ir darajadagi trombozlar, shu jumladan hayot uchun havf tug‘diruvchi trombozlarni rivojlanganligi xaqida xabarlar olingan. Shuningdek periferik venalar tromboflebiti (venalarni qizarishi va og‘riq) va chuqur venalar trombozi (qo‘l-oyoqlar trombozi) holatlari haqida xabarlar berilgan; ko‘pchilik hollarda BeneFiks preparatini vena ichiga davomli infuziya holida yuborilgan, bu preparatni tasdiqlangan yuborish usuli hisoblanmaydi.
Juda tez-tez uchraydigan nojo‘ya samaralar (10 odamdan ko‘pi bilan 1 nafarida kuzatilishi mumkin)
Tez-tez uchraydigan nojo‘ya samaralar (10 odamdan 1 nafarida kuzatilishi mumkin)
Tez-tez uchramaydigan nojo‘ya samaralar (100 odamdan 1 nafarida kuzatilishi mumkin)
Uchrash tezligi noma‘lum bo‘lgan nojo‘ya samaralar (mavjud bo‘lgan ma‘lumotlar asosida uchrash tezligini aniqlash mumkin emas)
Nojo‘ya samaralar xaqida xabarlar
Agar sizda biror-bir nojo‘ya samaralar rivojlangan bo‘lsa, shifokorga, farmasevtga yoki hamshiraga murojaat qiling. Bu ilova-varaqada sanab o‘tilmagan kuzatilishi mumkin bo‘lgan har qanday nojo‘ya samaralarga taalluqlidir. Siz shuningdek nojo‘ya samaralar haqida bevosita preparatni ishlab chiqaruvchiga ham (quyida batafsil keltirilgan) xabar berishingiz mumkin. Nojo‘ya samaralari xaqida xabar berib, siz preparatning havfsizligi yuzasidan ko‘proq ma‘lumot olishga yordam berasiz.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlang.
Tashqi o‘ramida va flakonning yorlig‘ida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ushbu dori vositasi ishlatilmasin. Yaroqlilik muddatini tugagan sanasi – ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.
BeneFiks preparatini 30oS dan past haroratda saqlash lozim va yorlig‘ida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagunicha ishlatish kerak.
Oldindan to‘ldirilgan shprisni shikastlanishidan saqlanish uchun muzlatilmasin.
Tayyorlangan eritmani eritilgandan so‘ng zudlik bilan yoki 3 soat davomida ishlating.
Agar siz eritmani tiniq va rangsiz emasligini sezsangiz, dori vositasini ishlatmang.
Eritmani tayyorlash uchun to‘plamning tarkibiga kiruvchi faqat oldindan to‘ldirilgan shprisdan foydalaning. Yuborish uchun boshqa steril bir martalik shprisni ishlatish mumkin.
Dori vositalarini kanalizasiyaga yoki maishiy chiqindilarga tashlamang. Keraksiz preparatlarni qayday utilizasiya qilish kerakligini farmasevtdan so‘rang. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam berishga yordam beradi.
BeneFiks preparatining tarkibi
Taqdim etilgan (0,234% natriy xloridi) erituvchida eritilganidan so‘ng har bir flakon 50, 100, 200, 400 yoki 600 XB/ml ta‘sir etuvchi moddani saqlaydi (1-jadvalga qarang).
1-jadval. Tayyorlangan eritmaning har 1 ml dagi BeneFiksning konsentrasiyasi
Flakondagi BeneFiksning miqdori | 1 ml tayyorlangan in‘eksiya uchun eritmadagi BeneFiksning miqdori |
250 XB | 50 XB |
500 XB | 100 XB |
1000 XB | 200 XB |
2000 XB | 400 XB |
3000 XB | 600 XB |
BeneFiks va o‘ramining ichidagisini tashqi ko‘rinishi
BeneFiks in‘eksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun ko‘rinishida shisha flakonda va erituvchi oldindan to‘ldirilgan shprisda taqdim etiladi.
O‘ramining ichidagisi: