×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

KALSIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 10ml 10% N10

Kategoriya:
- Qon va qon aylanishi
Ishlab chiqarilish joyi:
- O'zbekiston
Farmakoterapevtik guruh:
- Mineral preparatlar
Faol modda:
кальция хлорид
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
ATX kodi:
- B05XA07
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 256 ta dorixonasida topildi

ico 5 600 s`om dan

Bron qilish
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Tarkibi:

faol modda: kal'tsiy xloridi - 100,0 g;

yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv – 1 000 ml gacha.

Chiqarish shakli

Preparat shisha ampulalarda yoki polipropilen yoki tibbiy polietilenda 5 ml yoki 10 ml ni tashkil qiladi. 5 ampuladan blister o'ramlarda. 2 ta konturli hujayrali o‘ram foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga yoki qattiq bloklar ko‘rinishidagi 5, 10, 20, 30, 40 yoki 50 ampuladan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylashtiriladi.

In'ektsiya uchun eritma
faol modda: kal'tsiy xloridi - 100,0 g; yordamchi modda: in'ektsiya uchun suv – 1 000 ml gacha.
Kal'tsiy ionlari manbai, skelet va silliq mushaklarining qisqarishida, yurak mushagining faoliyatida, nerv impul'slarining o'tkazish jarayonida, suyak to'qimalarining shakllanishida, qon ivishida muxim rol' o'ynaydi. Kal'tsiy tanqisligini to'ldiradi. Mushak distrofiyasida, miasteniyada mushak qisqarishlarini yaxshilaydi, o'rtacha diuretik ta'sir ko'rsatadi.

Allergiyaga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Allergiyaga qarshi ta'sir mexanizmi noma'lum, ammo kal'tsiy tuzlarini vena ichiga yuborilganida simpatik nerv tizimini qo'zg'atadi va buyrak usti bezlaridan adrenalinni chiqarilishini kuchaytiradi.

Hujayralar va qon tomirlar devorini o'tkazuvchanligini pasaytiradi, yallig'lanish reaktsiyalarini rivojlanishini oldini oladi, organizmni infektsiyalarga chidamliligini oshiradi va fagotsitozni axamiyatli kuchaytirishi mumkin.

Plazmada taxminan 45% oqsillar bilan majmuada saqlanadi. Taxminan 20% buyraklar orqali chiqariladi, qolgan qismi (80%) ichak maxsulotlari bilan chiqariladi.

Vena ichiga yuborilganida: bradikardiya, yuz terisining giperemiyasi, dastlab og'iz bo'shlig'ida, so'ngra butun tanada qizish hissining paydo bo'lishi, tez yuborilganda – yurak qorinchalarining fibrillyatsiyasi. Mahalliy reaktsiyalar: vena bo'ylab og'riq va giperemiya.

Shifokor retsepti bo'yicha beriladi.
Preparatni teri ostiga yoki mushak ichiga yuborish mumkin emas, chunki u to'qimalarning kuchli ta'sirlanishiva nekrozini chaqiradi.

Teri ostiga yoki mushakka va medikamentoz infiltroat sohasiga tushgan hollarda kal'tsiy xloridini iloji boricha shprits yordamida so'rib olish, in'ektsiya qilingan joyga 5-10 ml 0,9% natriy xloridi, so'ng 10 ml 0,25% novokain (kal'tsiy xloridning teri ostiga yuborilganligi aniqlangandan so'ng birinsi 10-15 minut ichida in'ektsiya qilinadi), shundan so'ng shu sohaga yarim spirtli kompress qo'yiladi. Rezorbtiv ta'sirini yo'qotish uchun difengidramin (dimedrol), giperkal'tsemiyada – etilendiamintetrasirka kislotasi buyuriladi.

Tomir devoriga preparatning zararlovchi ta'siri natijasida atrofdagi to'qimalarga o'tishi va nekroz chaqirish xavfini minimallashtirish maqsadida kal'tsiy xloridni ingichka igna yordamida katta venaga yuborish kerak.

Venaga tez yuborganda qorinchalarning fibrillyatsiyasi va yurak to'xtashiga olib kelishi mumkin. Davolashni qon tarkibidagi kal'tsiy kontsentratsiyasini nazorati ostida olib boriladi.

Dori vositasining transport vositasini boshqarish yoki potentsional xavfli mexanizmlarni boshqarishga ta'siri

Yuqori diqqatni talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlaridan saqlanish lozim.

  • turli etiologiyada va lokalizatsiyali qon ketishlarida (o'pka, me'da-ichak, burun, bachadon va boshqalar), operativ aralashuvlardan oldin qon ivishini oshirish maqsadida;
  • tomiro'tkazuvchanligi oshishi, (gemorragik vaskulit, nur kasalligi);
  • qon plazmasida kal'tsiy ionlarini kontsentratsiyasini tez oshirish talab etilgan giokal'tsiemiya xolatlarida (paraqalqonsimon bezlarining funktsional yetishmovchiligidagi tetaniya, D vitamining yetishmovchiligidagi tetaniya, almashinadiganqon quyishdagi va tsitratli  qonni quyishdagi gipokal'tsiemiya, alkalozda);
  • bemorning uzoq muddatli immobilizatsiyasi natijasida, spazmofiliyada kuzatiladigan gipokal'tsiemiya va organizmdan kal'tsiyning kuchli ajralishida;
  • o'tkir qo'rg'oshin bilan zaharlanishning kompleks terapiyasida;
  • magniyning dozasini oshirib yuboriligida paydo bo'ladigan zaxarlanish xolatlari;
  • ftorid va shovul kislotalari bilan zaharlanishda;
  • allergik kasalliklarda (zardob kasalligi, eshakemi, isitma, qichishish, Kvinke shishi) va dorilarni qabul qilish bilan bog'liq allergik asoratlarda, hashoratlar chaqqanida, bronxial astma; 
  • teri kasalliklari (qichishish, ekzema, psoriaz va boshqalar);
  • tug'ruq faoliyatining zaifligi;
  • yallig'lanish va ekssudativ jarayonlarda (pnevmoniya, plevrit, adneksit, endometrit);
  • distrofik alimentar shishlarda;
  • osteomalyatsiya;
  • o'pka tuberkulyozida;
  • parenximatozli gepatit, toksik gepatit, nefrit, eklampsiya;
  • paroksizmal mioplegiyada qo'llaniladi.
    • preparatni komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
    • giperkal'tsiemiya, yaqqol giperkal'tsiuriya;
    • siydik-tosh kasalligi;
    • og'ir buyrak yetishmovchiligi;
    • ateroskleroz;
    • sarkoidoz;
    • giperkoagulyatsiya, tromblarni hosil bo'lishga moyillik;
    • yaqqol ateroskleroz;
    • qorinchalarning fibrillyatsiyasi;
    • asistoliya va elektromexanik dissotsiatsiyalar;
    • teri ostiga va mushak ichiga yuborish;
    • bir vaqtning o'zida yurak glikozidlarni qabul qilish;
    • tseftriakson bilan bir vaqtda qabul qilish;
    • 1 yoshgacha bo'lgan bolalarda;
    • homiladorlik va emizish davri
    • Ehtiyotkorlik bilan: yurak, shuningdek nafas yetishmovchiligida.
    Bir shpritsda boshqa dori preparatlar bilan yuborish mumkin emas!

    Hayotga xavf soluvchi yurak aritmiyalarni rivojlanish xavfini oldini olish maqsadida kal'tsiy xloridini yurak glikozidlarini qabul kilganda qo'llash mumkin emas, chunki mazkur preparatlarning kardiotoksik samaralari sinergik.

    Kal'tsiy xloridni infuziyasi dobutaminning kardiotonik samarasini kamaytiradi. 

    Kal'tsiy xloridini birga qo'llanganida tetratsiklin qatori antibiotiklari bilan komplekslar hosil qiladi, shu bilan ularning antibakterial samarasini neytrallaydi.

    Tseftriakson va kal'tsiy saqlovchi preparatlarni aralashtirish yoki bir vaqtda qo'llash mumkin emas. Kal'tsiy saqlovchi eritmalarni tseftriaksonni oxirgi yuborilgandan keyin 48 soat ichida qo'llash tavsiya etilmaydi.

    Tiazidli diuretiklar kal'tsiy ekskretsiyasini pasaytiradi, shuning uchun ularni kal'tsiy xloridi yoki boshqa kal'tsiy saqlovchi preparatlar bilan birgalikda qo'llashda extiyotkorlik talab etiladi.

    Giperkal'tsiemiyada  kal'tsiy xlorid kal'tsitonin samarasini pasaytirishi mumkin, fenitoin biokiraolishligini pasaytiradi.

    Kal'tsiy xlorid qutblanmaydigan miorelaksantlar samaradorligini pasaytiradi. Tubokurarin xloridining ta'sirini uzaytirishi mumkin.

    Kal'tsiy xlorid bir vaqtda qo'llanganda kal'tsiy kanallari blokatorlarining ta'sirini kamaytiradi. Xinidin bilan birga qo'llanganda yurak qorinchalar ichi o'tkazuvchangilini pasaytirishi va xinidinning toksik ta'sirinini ko'paytirishi mumkin.

    Kal'tsiy xlorid magniy tuzlari bilan, shovul va ftorid kislotalarini tuzlari bilan birga o'zaro ta'sirlanganda zaharsiz eritmasini erimaydigan birikmalar hosil bo'lishi mumkin, bu kal'tsiy xloridini eritmasini antidotsifatida qo'llash imkonini beradi.

    Quruq, yorug'likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo'lmagan haroratda, bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

    Yaroqlilik muddati

    5 yil.

    Yaroqlilik muddati tugaganidan so'ng ishlatilmasin.

    Eritma xiralashganda yoki cho'kma xosil bo'lganida qo'llanilmasin.

    Shaffof, rangsiz suyuqlik
    Preparat vena ichiga tomchilab buyuriladi (sekin: minutiga 6-8 tomchidan), vena ichiga oqim bilan (juda sekin).

    Preparatni teri ostiga yoki mushak ichiga yuborish mumkin emas, chunki terining kuchli ta'sirlanish va to'qimalarning nekrozini chaqiradi.

    Venaga tomchilab yuboriladi, yuborishdan oldin preparatning 5-10 ml 10% eritmasini 100-200 ml natriya xlorid izotonik eritmasi yoki 5% glyukoza eritmasida eritiladi.

    Vena ichiga oqim bilan 5 ml 10% preparat eritmasini juda sekin yuboriladi (5 minut davomida).

    Almashtiriladigan qon quyishda va tsitratli qonni quyishda: kattalarga va bolalarga 30 mg dan (0,3 ml) har 100 ml qonga.

    Kattalardagi tetaniya: 10 ml 10% eritma (1 g) minutiga 10-30 davomida, zarur bo'lganda 6 soatdan so'ng takrorlash mumkin.

    Bolalar

    Gipokal'tsiemiya: minutiga 0,5 ml tezlikda asta-sekinlik bilan yuboriladi, 10-20 mg/kg (kg tana vazniga 0,1-0,2 ml) dozada, zaruriyati bo'lganda har 4-6soatda takrorlanadi.

    Tetaniya: 10 mg/kg (kg tana vazniga 0,1 ml) 5-10 minut davomida, zarur bo'lganda 6 soatdan so'ng takrorlasin yoki infuziya ko'rinishida davom ettiriladi. Bolalar uchun maksimal sutkalik dozasi (yoshidan qat'iy nazar)  – 10 ml (1000 mg).

    Uchrash tez-tezligi va davomiyligi qo'llash ko'rsatkichlaridan va klinik vaziyatlarga bog'liq.

    Simptomlari: giperkal'tsimiya (chanqash, ko'ngil aynishi, qusish, qabziyat, poliuriya, qorin og'rig'i, mushak zaifligi, ruhiy buzilish, og'ir holatlarda aritmiya, koma).

    Davolash: oz miqdorda dozani oshirib yuborilganda (kaliy miqdori 2,6-2,9 mmol'/l) dori yuborish to'xtatiladi va boshqa kal'tsiy saqlovchi dorilar bekor qilinadi. Ko'p miqdorda doza oshirib yuborilganda (kaliy miqdori 2,9 mmol'/l dan ortiqroq) kal'tsitonin parenteral tarzda sutkada tana og'irligiga qarab 5-10 ME/kg dozada (500 ml 0,9% li natriy xlorid eritmasiga qo'shib) 6 soat mobaynida vena ichiga tomchilab yuboriladi; netiazid diuretiklar; qonda kaliy va magniy darajasini nazorat qilish zarur, zarur xollarda – kaliy va magniy preparatlari yuboriladi, yurak-qon tomirlari tizimi funktsiyasini nazorat qilish, aritmiyalar profilaktikasi uchun beta-adrenoblokatorlar yuboriladi, gemodializ.

    Fikr qoldirish
    Baho:
                  
    Matnni kiriting

    Ismingiz
    Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

    Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

    Savol qoldirish

    Mulohazalar

    KALSIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 10ml 10% N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
    Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
    KALSIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 10ml 10% N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
    KALSIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 10ml 10% N10 dori vositasi Jurabek Laboratories OT MChJ tomonidan O'zbekiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
    KALSIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 10ml 10% N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
    KALSIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 10ml 10% N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

    Analoglar
    KALSIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N10
    Narh: 1 700 so'mdan Batafsil
    KALSIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 5ml 10% N5
    • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
    • Faol modda: кальция хлорид ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: Jurabek Laboratories СП ООО
    Narh: 10 000 so'mdan Batafsil
    KALSIYA XLORID inyeksiya uchun eritma 10ml 10% N5
    Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
    KALSIYA XLORID 0,1/ML eritma 10ml N10
    • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
    • Faol modda: кальция хлорид ko'proq ko'rsatish
    • Ishlab chiqaruvchi: Дальхимфарм, ОАО
    Ishlab chiqaruvchining dorilari
    Narh: 10 400 so'mdan Batafsil
    Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
    Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
    Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
    Narh: 6 851 so'mdan Batafsil
    Narh: 7 490 so'mdan Batafsil
    Narh: 4 500 so'mdan Batafsil
    Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
    Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
    Narh: 6 800 so'mdan Batafsil
    Narh: 5 301 so'mdan Batafsil
    Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
    Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
    Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
    Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
    Narh: 24 500 so'mdan Batafsil
    Narh: 11 000 so'mdan Batafsil
    Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
    Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
    Narh: 3 800 so'mdan Batafsil
    Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
    Narh: 7 800 so'mdan Batafsil
    • A
    • B
    • D
    • E
    • F
    • G
    • H
    • I
    • J
    • K
    • L
    • M
    • N
    • O
    • P
    • Q
    • R
    • S
    • T
    • U
    • V
    • X
    • Y
    • Z
    • Ch
    • Sh
    • 0-9