×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

BIPROL 0,005 tabletkalari N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Rossiya
Faol modda:
Бисопролол
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- ООО «Хемофарм»
ATX kodi:
- C07BB07
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
FUROSEMID tabletkalari 40mg N50 ГНЦЛС,ОЗ,ООО произведено Фармекс Груп,ООО Ukraina
4 500 s`om dan
AMVASTAN tabletkalari 10mg N30 Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S. Turkiya
AMLORUS tabletkalari 10mg N30 Синтез, ОАО Rossiya Federatsiyasi
9 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
BIPROL 0,005 tabletkalari N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

BIPROL

dori preparatini tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha

YO‘RIQNOMA

 

Qayd etish raqami:

Preparatning savdo nomi: Biprol

Xalqaro patentlanmagan nomi: bisoprolol

Dori shakli: qobiq bilan qoplangan tabletkalar

1 tabletkaning tarkibi: 

Ta‘sir etuvchi modda: 5,000 mg/10,000 mg bisoprolol fumarati;

yordamchi moddalar: 44,500 mg/62,400 mg mikrokristall sellyuloza; 40,000 mg/38,500 mg ludipress LSE (94,7-98,3% laktoza monogidrati, 3-4% povidon); 8,000 mg/11,000 mg makkajo‘xori kraxmali; 0,500 mg/0,600 mg kolloid kremniy dioksidi (aerosil);
1,000 mg/1,250 mg krospovidon (kollidon CL); 1,000 mg/1,250 mg magniy stearati;

qobig‘i: 0,287 mg/0,430 mg titan dioksidi; 0,287 mg/0,430 mg makrogol (polietilenglikol 4000); 1,320 mg/1,968 mg gipromelloza; 0,106 mg/0,172 mg talk.

Ta‘rifi

Dumaloq, ikki tomoni qavariq, qobiq bilan qoplangan oq yoki deyarli oq rangli tabletkalar. Ko‘ndalang kesimda yadrosi oq yoki arang bilinadigan och sariq tusli oq rangda bo‘ladi.

Farmakoterapevtik guruhi: beta1-selektiv adrenoblokator.

ATX kodi: C07AV07.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Xususiy simpatomimetik faollikka ega bo‘lmagan, membranalarni barqarorlashtiruvchi ta‘sir ko‘rsatmaydigan selektiv beta1-adrenoblokatordir. Antigipertenziv, antiaritmik va antiangial ta‘sir ko‘rsatadi.

Yuqori bo‘lmagan dozalarda yurakning beta1-adrenoreseptorlarini bloklab, katexolaminlar bilan rag‘batlantirilgan adenozintrifosfatdan siklik adenozinmonofosfatni hosil bo‘lishini kamaytiradi, hujayra ichida kalsiy ionlari oqimini pasaytiradi, manfiy xrono-, dromo-, batmo- va inotrop ta‘sir ko‘rsatadi, atrioventrikulyar (AV) o‘tkazuvchanlikni va qo‘zg‘aluvchanlikni susaytiradi, miokardning qisqaruvchanligini pasaytiradi. Preparatni terapevtik dozasi oshirilganida beta2-adrenobloklovchi ta‘sir ko‘rsatadi. Umumiy periferik qon tomirlarning qarshiligi preparatni qo‘llanishini boshida, birinchi 24 soatda (alfa-adrenoreseptorlar faolligini resiprok oshishi va beta2-adrenoreseptorlarni rag‘batlantirilishini yo‘qotilishi natijasida) oshadi, 1-3 kundan keyin dastlabki holatiga qaytadi, davomli buyurilganida esa qon tomirlarni qarshiligi pasayadi.

Antigipertenziv ta‘siri qonning minutlik hajmini kamayishi, periferik qon tomirlarni simpatik rag‘batlantirilishi, renin-angiotenzin tizimi faolligini pasayishi (reninning dastlabki gipersekresiyasi bo‘lgan bemorlar uchun katta ahamiyatga ega) aorta ravog‘i baroreseptorlarining sezuvchanligini tiklanishi bilan (arterial bosimni (AB) pasayishiga javoban ularning faolligini kuchayishi yuz bermaydi) va markaziy nerv tizimiga ta‘siri bilan bog‘liq. Arterial gipertenziyada samarasi 2-5 kundan keyin, barqaror ta‘siri – 1-2 oydan keyin yuz beradi.

Antianginal ta‘siri yurak qisqarishlari sonini kamayishi va miokardni qisqaruvchanligini pasayishi, diastolani uzayishi, miokard perfuziyasini yaxshilanishi natijasida miokardning kislorodga bo‘lgan ehtiyojini kamayishi bilan bog‘liq. Yurakning chap qorinchasida oxirgi diastolik bosimni oshishi va qorinchalarning mushak tolalarini cho‘zilishi hisobiga, ayniqsa surunkali yurak yetishmovchiligi (SYUE) bo‘lgan pasientlarda, kislorodga bo‘lgan ehtiyojni oshirishi mumkin.

Antiaritmik ta‘siri aritmogen omillarni (taxikardiya, simpatik nerv tizimi faolligini oshishi, siklik adenozinmonofosfatni oshgan miqdori, arterial gipertenziya) yo‘qotilishi, ritmni sinus va ektopik yurgizuvchilarining o‘z-o‘zidan qo‘zg‘alishi tezligini kamayishi va AV o‘tkazuvchanlikni (asosan antegrad va, kam darajada retrograd yo‘nalishlarda) sekinlashishi bilan bog‘liq.

O‘rtacha terapevtik dozalarda qo‘llanganida selektiv bo‘lmagan beta-adrenoblokatorlardan farqli ravishda, beta2-adrenoreseptorlarni saqlaydigan a‘zolarga (me‘da osti bezi, skelet mushaklari, periferik arteriyalar, bronxlar va bachadonning silliq mushaklari) va uglevod almashinuviga kam darajada ta‘sir qiladi, organizmda natriy ionlarini tutilib qolishini chaqirmaydi.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi. So‘rilishi – 80-90% ni tashkil qiladi, ovqat qabul qilish preparatni so‘rilishiga ta‘sir qilmaydi. Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi 1-3 soatdan keyin kuzatiladi. Biokiraolishligi – taxminan 90%. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi taxminan 30%.

Taqsimlanishi. Taqsimlanish hajmi 3,5 l/kg ni tashkil qiladi. Gematoensefalik to‘siq va yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tuvchanligi – past.

Metabolizmi. CYP3A4 (95% gacha) va CYP2D6 izofermentlari ishtirokida jigarda metabolizmga uchraydi. Jigar orqali «boshlang‘ich o‘tish» samarasi kam (taxminan 10%). Bisoprololning biotransformasiyasi qalqonsimon bezning giperfunksiyasi bo‘lgan pasientlarda tezlashmaydi.

Chiqarilishi. Umumiy klirensi soatiga 15,6±3,2 l ni, buyrak klirensi – soatiga 9,6±1,6 l ni tashkil qiladi. Bisoprololning muvozanatlangan klirensi, uni buyraklar orqali o‘zgarmagan holda (taxminan 50%) chiqarilishi va keyinchalik shuningdek buyraklar orqali; ichak oraqali 2% dan kamroq (safro bilan) chiqariladigan, jigarda nofaol metabolitlargacha oksidlanishi (taxminan 50%) orasida muvozanat bilan belgilanadi. Organizmda to‘planmaydi. Yarim chiqarilish davri 9-12 soat.

Bisoprololning farmakokinetikasini dozaga bog‘liqligi bir xil xarakterga ega. Bisoprololning farmakokinetikasi barqaror bo‘lib, pasientning yoshi va jinsiga bog‘liq emas.

O‘ziga xos klinik holatlarda farmakokinetikasi

Buyrak yetishmovchiligi. Buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlarida (kreatinin klirensi minutiga 20 ml dan kam) va anuriyasi bo‘lgan pasientlarda yarim chiqarilish davri 2 martadan ortiqqa oshishi mumkin.  

Jigar yetishmovchiligi. Og‘ir jigar yetishmovchiligida yarim chiqarilish davrini 13-15 soatgacha oshishi aniqlanadi.

Surunkali yurak yetishmovchiligi. Surunkali yurak yetishmovchiligi (NYHA tasnifi bo‘yicha III funksional sinf) bo‘lgan pasientlarda bisoprololning qon plazmasidagi konsentrasiyasi, sog‘lom ko‘ngillilardagiga nisbatan yuqoriroq, yarim chiqarilish davri esa 17 soatgacha oshadi.

 

Qo‘llanilishi

  • Arterial gipertenziya;
  • Yurakning ishemik kasalligi: stenokardiya xurujlarini oldini olishda qo‘llaniladi.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Bisoprolol, preparatning boshqa komponentlariga va boshqa beta-adrenoblokatorlarga yuqori sezuvchanlik; shok (shu jumladan kardiogen shok); o‘pka shishi; o‘tkir yurak yetishmovchiligi yoki inotrop terapiyani o‘tkazishni talab etuvchi dekompensasiya bosqichidagi SYUE, elektrokardiostimulyatorsiz II-III darajali AV blokada; sinoatrial blokada; sinus tugunini kuchsizligi sindromi; yaqqol bradikardiya (yurak qisqarishlari soni minutiga 60 zarbdan kam); Prinsmetall stenokardiyasi, kardiomegaliya (yurak yetishmovchiligining belgilarisiz); og‘ir arterial gipotenziya (sistolik AB 100 mm sim. ust. dan kam), ayniqsa miokard infarktida; og‘ir bronxial astma va anamnezidagi o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK); floktafeninni, sultopiridni, monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlarini (MAO-V dan tashqari) bir vaqtda qabul qilish, verapamil yoki diltiazemni bir vaqtda vena ichiga yuborish; periferik qon aylanishini og‘ir buzilishlari, Reyno sindromi; feoxromositoma (alfa-adrenoblokatorlarini bir vaqtda ishlatmasdan); metabolik asidoz; 18 yoshgacha bo‘lgan pasientlarda (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan) qo‘llash mumkin emas.

Laktaza tanqisligi, laktozani o‘zlashtira olmaslik, laktoza/izomaltozani kam so‘rilish sindromida (preparatning tarkibiga laktoza kiradi) qo‘llash mumkin emas.

Ehtiyotkorlik bilan

Og‘ir jigar yetishmovchiligi, og‘ir buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi minutiga 20 ml dan kam), miasteniya, tireotoksikoz, qandli diabet (gipoglikemiya simptomlarini niqoblashi mumkin), anamnezida ilgari allergik reaksiyalar bo‘lganiga ko‘rsatma, I darajali AV blokada, depressiya (shu jumladan anamnezdagi), psoriaz, bronxial astma, O‘SOK, periferik qon aylanishini buzilishi, qat‘iy parhezda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Bisoprolol bevosita sitotoksik, mutagen va teratogen ta‘sir ko‘rsatmaydi, lekin homiladorlikni kechishiga va/yoki homilaga yoki yangi tug‘ilgan chaqaloqqa zararli ta‘sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan farmakologik samaralarga ega.

Odatda beta-adrenoblokatorlar yo‘ldoshda qon oqimini (perfuziyani) kamaytiradi, bu homilani o‘sishini sekinlashishiga, homilani ona qornida nobud bo‘lishiga, homilani tushib qolishiga yoki muddatidan oldin tug‘ruqqa olib keladi. Homilada va yangi tug‘ilgan bolada ona qornidagi rivojlanishini sekinlashishi, gipoglikemiya, bradikardiya kabi patologik reaksiyalar paydo bo‘lishi mumkin.

Biprolni homiladorlikda qo‘llash mumkin emas. Faqat, agar ona uchun foyda homila va/yoki bolaga bo‘lgan nojo‘ya samaralarini rivojlanishining potensial xavfidan ustun bo‘lgan hollardagina qo‘llanishi mumkin. Biprol preparati bilan davolash zarur holat sifatida qaralgan hollarda yo‘ldoshda va bachadonda qon oqimini tekshirish, shuningdek homilani o‘sishi va rivojlanishini kuzatish kerak. Homiladorlik va/yoki homilaga nisbatan noxush holatlar paydo bo‘lganida, muqobil davolash usullarini qo‘llash kerak.

Tug‘ruqdan keyin yangi tug‘ilgan chaqaloqni sinchiklab tekshirish kerak. Gipoglikemiya va bradikardiya simptomlari, odatda hayotining birinchi 3 kunida paydo bo‘lishi mumkin.

Bisoprololni ona sutiga o‘tishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Shuning uchun ayollar Biprol preparatini emizish davrida qabul qilishlari tavsiya qilinmaydi.

Preparatni laktasiya davrida qo‘llash zarurati tug‘ilganda, emizishni to‘xtatish lozim.

Qo‘llash usuli va dozalari

Biprol preparati sutkada 1 marta ertalab, nonushtagacha, nonushta vaqtida yoki undan keyin oz miqdordagi suv bilan ichga qabul qilinadi. Tabletkalarni chaynash yoki maydalash mumkin emas. Barcha hollarda qabul qilish tartibi va dozani har bir pasientga shaxsiy ravishda, yurak qisqarishlari soni va pasientning holatini hisobga olgan holda, shifokor tanlaydi.

Arterial gipertenziya va yurak ishemik kasalligida preparat sutkada 1 marta 5 mg dan buyuriladi. Zarurati bo‘lganida doza sutkada 1 marta 10 mg gacha oshiriladi. Arterial gipertenziya va stenokardiyada maksimal sutkalik doza sutkada 1 marta 20 mg ni tashkil qiladi.

Buyrak faoliyatini og‘ir buzilishi (kreatinin klirensi (KK) minutiga 20 ml dan kam) yoki jigar faoliyatini yaqqol buzilishlari bo‘lgan pasientlar uchun maksimal sutkalik doza sutkada 1 marta 10 mg ni tashkil qiladi. Bunday pasientlarda dozani oshirishni maxsus ehtiyotkorlik bilan o‘tkazish lozim.

Keksa yoshdagi pasientlarda dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Nojo‘ya ta‘siri

Quyida keltirilgan nojo‘ya samarlarning tez-tezligi Jahon sog‘liqni saqlash Tashkilotining (JSST) tasnifiga muvofiq ko‘rsatilgan: juda tez-tez – 10% dan ortiq; tez-tez – 1% dan ortiq va 10% dan kam; tez-tez emas – 0,1% dan ortiq va 1% dan kam; kam hollarda – 0,01% dan ortiq va 0,1% dan kam; juda kam hollarda – 0,01% dan kam, shu jumladan alohida holatlar.

Markaziy nerv tizimi tomonidan: tez-tez – kuchli toliqish, asteniya, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i. Odatda bu holatlar davolashning boshida rivojlanadi, va odatda sezilarli namoyon bo‘lmaydi va 1-2 hafta davomida o‘tib ketadi; tez-tez emas – uyquni buzilishi, depressiya; kam hollarda – tungi dahshatlar, gallyusinasiyalar, hushdan ketish.

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: juda tez-tez – bradikardiya, yurakni tez urib ketish hissi; tez-tez – arterial bosimni yaqqol pasayishi (ayniqsa SYUE bo‘lgan pasientlarda), angiospazm ko‘rinishlari (periferik qon aylanishi buzilishini kuchayishi, qo‘l-oyoqlarni sovib ketish hissi (paresteziyalar)); tez-tez emas – AV o‘tkazuvchanlikni buzilishi (hatto to‘liq ko‘ndalang blokada va yurakni to‘xtab qolishi rivojlangunicha), aritmiyalar, periferik shishlar (to‘piqlar, oyoq panjasini shishi) va hansirashni rivojlanishi bilan kechuvchi SYUE ni og‘irlashishi, ortostatik gipotenziya, ko‘krakda og‘riq.

Ovqat-hazm qilish tizimi tomonidan: tez-tez – ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qorinda og‘riq, qabziyat, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatining qurishi; kam hollarda – gepatit, “jigar” transaminazalari (alaninaminotransferaza, aspartataminotransferaza) faolligini oshishi, bilirubin konsentrasiyasini oshishi.

Nafas tizimi tomonidan: tez-tez emas – bronxial astmasi va nafas yo‘llarining obstruktiv kasalliklari bo‘lgan pasientlarda laringo- va bronxospazm; kam hollarda – allergik rinit, burunni bitishi.

Tayanch-harakat apparati tomonidan: tez-tez emas – mushak kuchsizligi, boldir mushaklarida tirishishlar, artralgiya.

Sezgi a‘zolari tomonidan: kam hollarda – ko‘rishni buzilishi, ko‘z yoshi suyuqligi ajralishini kamayishi (kontakt linzalarni taqqanda hisobga olish lozim), eshitishni buzilishi, ta‘m sezishni o‘zgarishi; juda kam hollarda – ko‘zni qurishi va og‘rishi, kon‘yunktivit.

Teri qoplamalari tomonidan: kam hollarda – ter ajralishini kuchayishi, psoriazsimon teri reaksiyalari, juda kam hollarda – alopesiya, psoriazni kechishini zo‘rayishi.

Endokrin tizimi tomonidan: kam hollarda – gipoglikemiya.

Siydik-tanosil  tizimi tomonidan: kam hollarda – potensiyani buzilishi, libidoni zaiflashishi,

Immun tizimi tomonidan: kam hollarda – davolash tugaganidan keyin yo‘qoluvchi yuguriksimon sindromning g‘ayri-tabiiy klinik simptomatikasi bilan kechuvchi aninuklear antitelalarni paydo bo‘lishi.

Allergik reaksiyalar: kam hollarda – teri giperemiyasi, terini qichishish, teri toshmasi, eshakemi.

Laboratoriya ko‘rsatkichlari: kam hollarda – gipertrigliseridemiya; juda kam hollarda – trombositopeniya, agranulositoz, leykopeniya.

Boshqalar: kam hollarda – «bekor» qilish sindromi (stenokardiya xurujlarini kuchayishi, arterial bosimni oshishi).

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: aritmiya, yurak qorinchalari ekstrasistoliyasi, yaqqol bradikardiya, AV blokada, arterial bosimni yaqqol pasayishi, o‘tkir yurak yetishmovchiligi, gipoglikemiya, akrosianoz, nafasni qiyinlashishi, bronxospazm, bosh aylanishi, hushdan ketish holati, tirishishlar.

Davolash: me‘dani yuvish va adsorbsiya qiluvchi dori vositalarini buyurish, simptomatik davolash ni o‘tkazish. Yaqqol bradikardiyada – atropinni vena ichiga yuborish. Agar yetarli samara kuzatilmasa, musbat xronotrop ta‘sirga ega vositalarni ehtiyotkorlik bilan yuborish kerak. Ba‘zida yurak ritmini sun‘iy boshqaruvchisini vaqtinchalik qo‘yish talab etilishi mumkin.

AV blokada rivojlanganida – vena ichiga (v/i) 1-2 mg atropin, epinefrin yoki vaqtinchalik kardiostimulyator o‘rnatish kerak.

Yurak qorinchalari ekstrasistoliyasida – lidokain (Ia sinfi preparatlari qo‘llanmaydi); Arterial bosimni yaqqol pasayishida – pasientni Trendelenburg holatiga o‘tkazish kerak; agar o‘pka shishi belgilari bo‘lmasa – plazma o‘rnini bosuvchi eritmalarni vena ichiga yuborish, ularning samarasi bo‘lmaganida – epinefrin, dopamin, dobutaminni (xronotrop va inotron ta‘sirini tutib turish uchun va arterial bosimni yaqqol pasayishini bartaraf etish uchun) yuborish.

Gipoglikemiyada dekstroza (glyukoza) eritmasini vena ichiga yuborish lozim bo‘lishi mumkin. Yurak yetishmovchiligida – yurak glikozidlari, diuretiklar buyurish lozim. Tirishishlarda – vena ichiga diazepam yuboriladi. Bronxospazmda – beta2-adrenomimetiklar ingalyasiyasi buyuriladi.

Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri

Floktafenin. Floktafeninni qo‘llash oqibatidagi shok yoki arterial gipotenziya holatlarida, beta-adrenoblokatorlar kompensator yurak-qon tomir reaksiyalarini susayishini chaqiradi (birga qo‘llash mumkin emas).

Sultoprid. Additiv samara yuz berishi tufayli, yaqqol bradikardiya rivojlanishi mumkin (birga qo‘llash mumkin emas).

MAO ingibitorlari. Bir vaqtda qo‘llash (MAO-V dan tashqari) tavsiya qilinmaydi, chunki antigipertenziv ta‘sirini sezilarli kuchayish ehtimoli yuqori bo‘ladi. MAO ingibitorlari va bisoprololni qabul qilish orasidagi davolashdagi tanaffus kamida 14 kunni tashkil qilishi kerak.

«Sekin» kalsiy kanallarining blokatorlari (verapamil va diltiazem). Biprol preparati bilan davolanish vaqtida verapamil yoki diltiazemni, boshqa antiaritmik preparatlarni vena ichiga yuborish mumkin emas.

Ta‘sir sinergizmi tufayli arterial bosim keskin pasayishi, yurak avtomatizmini buzilishi (yaqqol bradikardiya, sinus tugunini to‘xtab qolishi), AV o‘tkazuvchanlikni buzilishi, yurak yetishmovchiligi) yuz berishi mumkin. Bunday majmuani buyurish zarurati tug‘ilganda, pasientlarni, ayniqsa keksa yoshdagi pasientlarni va davolashning boshida sinchkov klinik va elektrokardiografik kuzatuvi talab etiladi.

I sinf antiaritmik vositalari (masalan, xinidin, dizopiramid, lidokain fenitoin; flekainid, propafenon) – bir vaqtda qo‘llanganda AV o‘tkazuvchanlik va miokardning qisqaruvchanlik qobiliyati pasayishi mumkin (bisoprolol bilan majmuada qo‘llashga yo‘l qo‘ymaslik kerak).

III sinf antiaritmik vositalari (masalan, amiodaron). Bisoprolol bilan birga qo‘llanganda simpatik kompensator mexanizmlarni susayishi tufayli, yurak qisqaruvchanligi, avtomatizmi va o‘tkazuvchanligi buzilishi mumkin (bunday majmuaga yo‘l qo‘ymaslik kerak).

Markaziy ta‘sirga ega antigipertenziv vositalar (klonidin, apraklonidin, alfa-metildopa, guanfansin, moksonidin, rilmenidin). Birga qo‘llanganda yaqqol bradikardiyani, sinus tugunini to‘xtab qolishi, AV o‘tkazuvchanlikni buzilishi, arterial bosimni keskin pasayishi, yurak yetishmovchiligini rivojlanish xavfi oshishi mumkin  (sinergik ta‘sir). Bunday majmuaga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Bunday majmuani qo‘llash zarurati tug‘ilganda, pasientlarni, ayniqsa keksa yoshdagi pasientlarni va davolashning boshida sinchkov klinik va elektrokardiografik nazorati talab etiladi. Markaziy ta‘sirga ega antigipertenziv vositani keskin bekor qilinganda arterial bosim keskin oshib ketishi mumkin.

Yurak glikozidlari. Yurak qisqarishlari soni kamayadi, o‘tkazuvchanligi buziladi.

Mahalliy qo‘llanadigan beta-adrenoblokatorlar (masalan, glaukomani davolash uchun ko‘z tomchilari) bisoprololning tizili ta‘sirini kuchaytirishi mumkin (arterial bosim pasayishi, yurak qisqarishlari soni kamayishi mumkin).

Kalsiy kanallarining blokatorlari (masalan, nifedipin). Arterial bosim haddan tashqari pasayishi mumkin.

Parasimpatomimetiklar. Birga qo‘llanganda bradikardini rivojlanish xavfi oshadi.

Mefloxin. Bisoprolol birga qo‘llanishi bradikardini rivojlanish xavfini oshiradi (additiv ta‘sir).

Fenitoin vena ichiga yuborilganida, ingalyasion umumiy anesteziya uchun dori vositalari (uglevodorodlarning hosilalari) kardiodepressiv ta‘sir yaqqolligini va arterial bosimni pasayish ehtimolini oshiradi.

Odnovremennoe primenenie s beta-adrenomimetikami (naprimer, izoprenalin dobutamin) mojet privodit k snijeniyu effekta oboix preparatov.

Bisoprololni beta- va alfa- adrenoreseptorlarga ta‘sir qiluvchi adrenomimetiklar (masalan, norepinefrin, epinefrin) bilan bir vaqtda qo‘llanishi, alfa-adrenoreseptorlarga ta‘siri oqibatida yuz beruvchi bu vositalarning vazokonstriktor ta‘sirini kuchaytirib, arterial bosimni oshishiga olib keladi. Bunday o‘zaro ta‘sirlar noselektiv beta-adrenoblokatorlar qo‘llanganda kuzatilishi mumkin.

Bisoprolol insulin va ichga qabul qilish uchun gipoglikemik vositalarning samardorligini o‘zgartirishi, avj oluvchi gipoglikemiya simptomlarini (taxikardiya, arterial bosimni oshishi) niqoblashi mumkin.

Bisoprolol lidokain va ksantinlarning (difillindan tashqari) klirensini pasaytiradi va plazmada, ayniqsa chekish ta‘siri ostida teofillinning oldindan oshgan klirensi bo‘lgan pasientlarda ularning konsentrasiyasini oshiradi.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (natriy ionlarini tutilishi va buyraklarda prostaglandinlar sintezini blokadasi tufayli), glyukokortikosteroidlar va estrogenlar (natriy ionlarini tutilishi) gipotenziv samarani susaytiradi.

Diuretiklar, klonidin, simpatolitiklar, gidrolazin va boshqa gipotenziv dori vositalari. Arterial bosimni haddan tashqari pasayish xavfini oshiradi.

Qutbsizlanmaydigan miorelaksantlar ta‘sirini va kumarinlarning antikoagulyant samarasini uzaytiradi.

Tri- va tetrasiklik antidepressantlar, antipsixotik dori vositalari (neyroleptiklar), etanol, sedativ va uxlatuvchi dori vositalari MNT ni susayishini kuchaytiradi.

Gidratlanmagan shoxkuya alkaloidlari periferik qon aylanishi buzilishini rivojlanishi xavfini oshiradi.

Ergotamin periferik qon aylanishi buzilishini rivojlanish xavfini oshiradi. Sulfasalazin bisoprololning plazmadagi konsentrasiyasini oshiradi.

Rifampisin bisoprololning yarim chiqarilish davrini qisqartiradi.

Immun terapiya uchun ishlatiladigan allergenlar yoki teri sinamasi uchun allergenlarning ekstraktlari og‘ir tizimli allergik reaksiyalar yoki bisoprolol olayotgan bemorlarda anafilaksiya paydo bo‘lishining xavfini oshiradi.

Vena ichiga yuborish uchun yod saqlovchi rentgenokontrast dori vositalari anafilaktik reaksiyalarni rivojlanish xavfini oshiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Preparat bilan davolash odatda uzoq muddatlidir.

Davolashni boshlashdan oldin anamnezida ilgari bronx-o‘pka kasalliklari bo‘lgan bemorlarda tashqi nafas faoliyatini tekshirishni o‘tkazish tavsiya qilinadi. Bronxospastik kasalliklari bo‘lgan pasientlarda, boshqa gipotenziv dori vositalarini o‘zlashtiraolmaslikda va/yoki samarasi yetarli bo‘lmagan hollarda, bisoprololni buyurish mumkin. Dozani oshirib yuborish bronxospazmni rivojlanishi bilan xavflidir.

Biprol qabul qiladigan bemorlarni nazorati yurak qisqarishlari sonini va arterial bosimni o‘lchashni (davolanishni boshida – har kuni, so‘ngra 3-4 oyda 1 marta), elektrokardiogrammani o‘tkazishni, qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda qondagi glyukoza miqdorini aniqlashni (4-5 oyda 1 marta) o‘z ichiga olishi kerak. Keksa pasientlarda buyraklar faoliyatini (4-5 oyda 1 marta) kuzatish tavsiya qilinadi. Bemorga yurak qisqarishlari sonini hisoblash usulini o‘rgatish va u minutiga 50 zarbdan kam bo‘lganida shifokor maslahati zarurligini tushuntirish kerak.

Stenokardiyasi bo‘lgan bemorlarning taxminan 20% da beta-adrenoblokatorlar samarasiz. Asosiy sabablari – ishemiya bo‘sag‘asi past bo‘lgan og‘ir koronar ateroskleroz (yurak qisqarishlari soni minutiga 100 zarbdan kam) va chap qorinchaning subendokardial qon oqishini buzuvchi oxirgi diastolik hajmni oshishi hisblanadi.

«Chekuvchilar»da beta- adrenoblokatorlarning samarasi pastroq.

Kontakt linzalardan foydalanadigan bemorlar, davolash fonida ko‘z yoshi suyuqligi hosil bo‘lishini kamayishi mumkinligini hisobga olishlari kerak.

Feoxromasitomasi bo‘lgan bemorlarda qo‘llanilganida paradoksal arterial gipertenziyani rivojlanish xavfi (agar oldindan samarali alfa-adrenobloklashga erishilmagan bo‘lsa) bor.

Tireotoksikozda bisoprolol tireotoksikozning ayrim klinik belgilarini (masalan, taxikardiyani) niqoblashi mumkin. Tireotoksikozi bo‘lgan bemorlarda preparatni keskin bekor qilish mumkin emas, chunki belgilarini kuchaytirishi mumkin.

Qandli diabetda gipoglikemiya chaqirgan taxikardiyani niqoblashi mumkin. Noselektiv beta-adrenoblokatorlardan farqli ravishda, insulin chaqirgan gipoglikemiyani amalda kuchaytirmaydi va glyukozaning qondagi konsentrasiyasini me‘yoriy darajagacha tiklanishini kechiktirmaydi.

Klonidinni bir vaqtda qo‘llanganida uni qabul qilishni bisoprololni bekor qilinganidan bir necha kun keyin to‘xtatilishi mumkin.

Yuqori sezuvchanlik reaksiyalarini yaqqolligini kuchayishi va og‘irlashgan allergologik anamnez fonida epinefrinning odatdagi dozalaridan samara bo‘lmasligi mumkin.

Rejali xirurgik davolash o‘tkazish zarurati bo‘lgan hollarda preparatni bekor qilish umumiy anesteziyani boshlashdan 48 soat oldin o‘tkazilishi lozim. Agar bemor preparatni operasiyadan oldin qabul qilgan bo‘lsa, unga minimal manfiy inotrop ta‘sirga ega umumiy anesteziya uchun dori vositasini tanlash kerak.

Adashgan nervining resiprok faollashuvini vena ichiga atropin (1-2 mg) yuborish bilan bartaraf qilish mumkin.

Katexolaminlar zahirasini pasaytiruvchi dori vositalari (masalan, rezerpin), beta-adrenoblokatorlarning ta‘sirini kuchaytirish mumkin, shuning uchun bunday dori vositalarini birga qabul qilayotgan bemorlar, arterial gipotenziyani yoki bradikardiyani aniqlash yuzasidan shifokorning doimiy kuzatuvi ostida bo‘lishlari kerak.

Keksa yoshdagi bemorlarda avj olib boruvchi bradikardiya aniqlangan hollarda (minutiga 50 zarbdan kam), arterial gipotenziyada (sistolik arterial bosim 100 mm sim. ust. dan past), AV blokada, bronxospazm, yurak qorinchalari aritmiyalari, jigar va buyrak faoliyatini og‘ir buzilishlari paydo bo‘lgan hollarda darhol dozani kamaytirish yoki davolashni to‘xtatish kerak.

Og‘ir aritmiya va miokard infarktini rivojlanish xavfi tufayli bisoprolol bilan davolashni keskin to‘xtatish mumkin emas. Bekor qilish asta-sekin doza 2 hafta va undan ko‘proq vaqt davomida o‘tkaziladi (dozani 3-4 kunda 25% ga pasaytiriladi).

Preparatni qabul qilish oqibatida depressiya rivojlanganida davolashni (dozani asta-sekin pasaytirish bilan) to‘xtatish tavsiya qilinadi.

Qon va siydikda katexolamiklar, normetanefrin va vanilinmindal kislotasi miqdorini; antinuklear antitelolar titrlarini tekshirishdan oldin preparatni bekor qilish kerak.

Avtotransportni haydash yoki mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Davolanish davrida avtotransport haydash va boshqa diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalar tezligini talab qiladigan potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

 

Chiqarilish shakli

Qobiq bilan qoplangan 5 mg va 10 mg li tabletkalar.

10 tabletkadan polivinilxlorid plyonkali va alyuminiy folgali kontur uyali o‘ramda.

3, 5 yoki 10 kontur uyali o‘ram qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Quruq, yoruqlikdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

BIPROL 0,005 tabletkalari N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
BIPROL 0,005 tabletkalari N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
BIPROL 0,005 tabletkalari N30 dori vositasi ООО «Хемофарм» tomonidan Rossiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
BIPROL 0,005 tabletkalari N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
BIPROL 0,005 tabletkalari N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
RIZOPROL tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
BISOPROLOL tabletkalari 10mg N30
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
BIMAKSIL tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Argentina
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ASAL DIS TICARET A.S., Турция произведено: Roemmers S.A.I.C.F.
BIMAKSIL tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Argentina
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ASAL DIS TICARET A.S., Турция произведено: Roemmers S.A.I.C.F.
BISOPROLOL tabletkalari 5mg N30
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
BISOPROLOL tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
BISOPROLOL tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
BISOPROLOL tabletkalari 2,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
BISOTEKSA tabletkalari 10mg N30
BISOTEKSA tabletkalari 5mg N30
EMKOR tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 55 200 so'mdan Batafsil
EMKOR tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
EMKOR tabletkalari 2,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
Narh: 105 000 so'mdan Batafsil
KONKOR tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merck KgaA
Narh: 68 000 so'mdan Batafsil
KONKOR tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merck KgaA
Narh: 66 900 so'mdan Batafsil
KONKOR tabletkalari 10mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merck KgaA
Narh: 95 700 so'mdan Batafsil
KONKOR tabletkalari 5mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Germaniya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Merck KGaA
Narh: 75 000 so'mdan Batafsil
BISOPROLOL tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, НПП
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
BISOPROLOL tabletkalari 2,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Radiks, НПП
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
BISOPROL tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 57 000 so'mdan Batafsil
BISOPROL tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
BISOPROL tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 11 800 so'mdan Batafsil
BISOPROL tabletkalari 2,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 13 000 so'mdan Batafsil
BIDOP tabletkalari 10mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Gedeon Richter PLC
Narh: 15 000 so'mdan Batafsil
BIDOP tabletkalari 5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Gedeon Richter PLC
Narh: 25 800 so'mdan Batafsil
BIDOP tabletkalari 2,5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Vengriya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Gedeon Richter PLC
Narh: 22 000 so'mdan Batafsil
BISOTENS tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ruminiya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Antibiotice S.A.
BIMAKSIL tabletkalari 2,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Argentina
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ASAL DIS TICARET A.S., Турция произведено: Roemmers S.A.I.C.F.
RIZOPROL tabletkalari 2,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rotapharm Ilaclari Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Rotapharm
BIPROLOL tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борщаговский ХФЗ, ПАО, НПЦ
Narh: 13 400 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
BIPROL 0,01 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Бисопролол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: ООО «Хемофарм»
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9