×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

DAKSAS 0,0005 tabletkalari N30

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Germaniya
Faol modda:
Рофлумиласт
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- Такеда ГмбХ
ATX kodi:
- R03DX07 Рофлумиласт
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KOREGA BIO FORMULA tabletkalari N30 Стаффорд Миллер (Ирландия) Лтд., Клочерейн, Югал Роуд, Дангарван, графство Уотерфорд, Ирландия Buyuk Britaniya
45 000 s`om dan
BIFOLAK AKTIV kapsulalar 0,5g N10 BIOTACT DEUTSCHLAND O'zbekiston
52 000 s`om dan
GEKOTON infuziya uchun eritma 200ml Юрия-Фарм, ООО Ukraina
58 000 s`om dan
KALCIY TRIACTIV D3 stik 3g N30 BIOTACT DEUTSCHLAND O'zbekiston
55 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
DAKSAS 0,0005 tabletkalari N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DAKSAS®

DAXAS®

 

Preparatning savdo nomi: DAKSAS® (DAXAS®)

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): roflumilast

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletkada quyidagilar saqlanadi.

faol modda: 0,5 mg roflumilast;

yordamchi moddalar:

yadrosi: 198,64 mg laktoza monogidrati, 53,56 mg makkajo‘xori kraxmali, 3,90 mg povidon (K90), 2,60 mg magniy stearati;

qobig‘i: 3,00 mg gipromelloza-2910, 4,00 mg makrogol-4000, 1,25 mg titan dioksidi (Ye171), 0,25 mg temir (II) oksidi bo‘yovchisi (Ye172).

Ta‘rifi: Bir tomonida “D” gravirovkasi bo‘lgan, sariq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan D-simon tabletkalar. Sindirilganida yadrosi oq yoki deyarli oq rangli.

Farmakoterapevtik guruhi: yallig‘lanishga qarshi vositalar – fosfodiesteraza 4 (FDE4) ingibitori.

ATX kodi: R03DX07

Farmakologik xususiyatlari

Roflumilast fosfodiesteraza 4 ingibitori bo‘lib, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (O‘SOK) bilan bog‘liq yallig‘lanish jarayonlarni bartaraf qilishga qaratilgan nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositadir. Ta‘sir mexanizmi O‘SOK patogenezida muhim bo‘lgan va yallig‘lanish jarayonlarida qantashuvchi xujayralarda saqlanuvchi, siklik adenozinmonofosfatning (sAMF) metabolizmini asosiy fermenti – fosfodiesteraza 4 (FDE4) ni ingibirlashdan iboratdir. Roflumilastning ta‘siri asosan panomolyar diapazonda analogik potensialga ega bo‘lgan FDE4A, 4V va 4D ga qaratilgan. FDE4S ga yaqinligi 5-10 marta past. Ushbu ta‘sir mexanizmi va selektivligi roflumilastning asosiy faol metaboliti bo‘lgan N-oksidga ham taalluqlidir.

Farmakodinamikasi

FDE4 ni ingibirlanishi eksperimentlarda xujayra ichidagi sAMF ko‘rsatkichini oshishiga va leykositlar, nafas yo‘llarining va o‘pka tomirlarining silliq mushak xujayralari, endotelial xujayralar va nafas yo‘llarining epitelial xujayralarining, shuningdek fibroblastlarning disfunksiyasini kamayishiga olib keladi. Odam neytrofillari, monositlari, makrofaglari yoki limfositlarini (in vitro) rag‘batlantirilishi, roflumilast va roflumilastning N-oksidi leykotrien V4, kislorodning faol shakllari, α-o‘smalari nekrozining omili, γ-interferon va tranzim V kabi yallig‘lanish mediatorlarining ajralib chiqishini tormozlashini ko‘rsatdi. O‘SOK bo‘lgan pasientlarda roflumilast balg‘amda neyrofillarning ko‘rsatkichini pasaytiradi, shuningdek endotoksin olgan sog‘lom ko‘ngillilarning nafas yo‘llariga neytrofillar va eozinofillarning oqib kelishini pasaytiradi.

Farmakokinetikasi

Roflumilast odam organizmida asosiy farmakologik faol metaboliti roflumilast N-oksidni hosil bo‘lishi bilan faol metabolizmga uchraydi. Roflumilast ham, roflumilastning N-oksidi ham FDE faolligini (in vitro) ingibirlashda ishtirok etishi tufayli, farmakokinetikasi FDE4 ga bo‘lgan umumiy ingibirlovchi samarasini baholashdan kelib chiqqan holda ta‘riflangan.

So‘rilishi

0,5 mg peroral qabul qilinganidan keyin roflumilastning to‘liq biokiraolishligi taxminan 80% ni tashkil qiladi. Roflumilastning plazmadagi maksimal konsentrasiyasiga och qoringa qabul qilinganidan keyin odatda bir soat o‘tgach (0,5 soatdan 2 soat orasida) erishiladi. N-oksidning maksimal konsentrasiyasiga 8 soatdan keyin (4 soatdan 13 soatgacha) erishiladi. Ovqat qabul qilish FDE4 ni umumiy ingibirlash faolligiga ta‘sir qilmaydi, lekin roflumilastning maksimal konsentrasiyaga erishish vaqtini (TSmax) bir soatga kechiktiradi va maksimal konsentrasiyani (Cmax) taxminan 40% ga pasaytiradi. Biroq ovqat qabul qilish roflumilastning N-oksidning Cmax va tmax ga ta‘sir qilmaydi.

Taqsimlanishi

Roflumilast va roflumilast N-oksidni plazma oqsillari bilan bog‘lanishi muvofiq taxminan 99% va 97% ni tashkil qiladi. Bir martalik doza, 0,5 mg roflumilastning taqsimlanish hajmi taxminan 2,9 l/kg ni tashkil qiladi. Fizik-kimyoviy xususiyatlari tufayli roflumilast a‘zolar va to‘qimalar bo‘ylab, shu jumladan yog‘ to‘qimasiga oson taqsimlanadi. To‘qimalarga o‘ziga xos kirishi bilan taqsimlanishini erta bosqichi yog‘ to‘qimasidan chiqarilish bosqichi bilan birga kechadi, u eng avvalo dastlabki moddani roflumilast N-oksidini hosil bo‘lishi bilan kechuvchi jadal parchalishi bilan bog‘liqdir. Radioaktiv nishonli roflumilastning klinikaoldi tekshirishlarining ma‘lumotlari gematoensefalik to‘siq orqali kam kirishini ko‘rsatadi. A‘zolar va yog‘ to‘qimasida roflumilast va uning metabolitlarini spesifik to‘planishi yoki tutilib qolishi xususida hech qanday dalillar yo‘q.

Biotransformasiyasi

Roflumilast faol metabolizmga uchraydi, bunda reaksiyalar ikki bosqichda o‘tadi: I bosqich (sitoxrom R450) va II bosqich (kon‘yugasiya). N-oksidli metaboliti, odamning qon plazmasida aniqlanadigan asosiy metabolitdir. N-oksid uchun “konsentrasiya-vaqt” egri chizig‘i ostidagi maydon (AUC), roflumilast uchun AUC ga nisbatan o‘rtacha taxminan 10 marta katta ekan. Shunday qilib, N-oksidli metabolit in vivo sharoitida FDE4 ga nisbatan umumiy ingibirlovchi faollikni ta‘minlash uchun muhimroq modda hisoblanadi.

In vitro tekshirishlar va o‘zaro ta‘siri bo‘yicha klinik tekshirishlar, roflumilastning N-oksid metabolitni hosil bo‘lishi bilan kechuvchi metabolizmi CYP1A2 va 3A4 sitoxromlari tomonidan amalga oshirilishini tasdiqlashga imkon beradi. Odam jigaridan olingan mikrosomalarda in vitro o‘tkazilgan qo‘shimcha tekshirishlarning natijalari asosida, roflumilast va roflumilast N-oksidining qon plazmasidagi terapevtik konsentrasiyalari CYP1A2, 2A6, 2B6, 2C8, 2C9, 2C19, 2D6, 2E1, 3A4/5 yoki 4A9/11 ni ingibirlamasligini tasdiqlash imkoniyatini beradi. Shuning uchun sitoxrom R450 ning bu turlari bilan metabolizmiga uchraydigan moddalar bilan ahamiyatli o‘zaro ta‘sirining ehtimoli juda ham kam. Bundan tashqari in vitro tekshirishlar roflumilast ta‘siri ostida CYP1A2, 2A6, 2C9, 2C19 va 3A4/5 sitoxromlarning induksiyasini yo‘qligini va CYP2B6 ning kuchsiz induksiyasini ko‘rsatdi.

Chiqarilishi

Roflumilastni qisqa vaqtli vena ichiga infuziyasidan keyin plazma klirensi taxminan soatiga 9,6 l ni tashkil qiladi. Peroral qabul qilinganidan keyin roflumilast va roflumilast N-oksidini plazmadan yarimchiqarilish davri muvofiq taxminan 17-30 soatni tashkil qiladi. Roflumilast va uning metaboliti N-oksidning barqaror konsentrasiyasiga, kuniga bir doza qabul qilinganidan keyin roflumilast uchun taxminan 4 kundan keyin va roflumilast N-oksidi uchun 6 kundan keyin erishiladi. Radioaktiv nishonli roflumilast vena ichiga yoki peroral qabul qilinganidan keyin taxminan 20% radioaktivlik ahlatda va 70% nofaol metabolitlari ko‘rinishida siydikda aniqlangan.

Proporsionallik/Teskari proporsionallik

Roflumilast va uning metaboliti N-oksidning farmakokinetikasi 0,25 mg dan 1,0 mg

gacha diapazonda dozalarga proporsionaldir.

Pasientlarning alohida  guruhlari

Keksa pasientlarda, ayollar va yevropa irqiga mansub bo‘lmagan shaxslarda FDE4 ni umumiy ingibirlovchi faolligi oshgan. FDE4 ni umumiy ingibirlovchi faolligi chekuvchilarda biroz pasaygan. Bu o‘zgarishlarning birontasini klinik ahamiyatli deb qarash mumkin emas. Shuning uchun bu guruh pasientlarga nisbatan dozalarni hech qanday to‘g‘rilashlarini o‘tkazish tavsiya qilinmaydi.

Buyrak yetishmovchiligi

FDE4 ni umumiy ingibirlovchi faolligi og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan (kreatinin klirensi minutiga 10-30 ml ni tashkil qilgan) pasientlarda 9% ga pasaygan. Dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi.

Jigar yetishmovchiligi

Kuniga bir marta qabul qilinadigan roflumilastning farmakokinetikasi yengil va o‘rtacha og‘irlik darajadagi jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha A va V sinfi) bo‘lgan 16 nafar pasientda tekshirilgan. FDE4 ni ingibirlovchi faolligi Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha A sinfi pasientlarida taxminan 20% ga va Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha V sinfi pasientlarida taxminan 90% ga oshgan.

Qo‘llanilishi

Daksas preparati anamnezida tez-tez zo‘rayishlari bo‘lgan katta pasientlarda og‘ir kechuvchi O‘SOK davolashda tutib turuvchi davolash sifatida (birinchi sekund ichida jadal chiqarilgan nafasning postbronxodilatasion hajmi (OFV1) hisoblangan tegishli ko‘rsatkichning kamida 50% ni tashkil qilishi kerak) qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Ichga. Daksas preparati tabletkalarda 0,5 mg dan kuniga 1 marta buyuriladi. Tabletkalarni suv bilan birga va ovqat qabul qilishdan qat‘iy nazar aynan bir vaqtda qabul qilish kerak.

Terapevtik samaraga erishish uchun bir necha hafta davomida davolanish talab qilinishi mumkin. Daksas preparatini bir yilgacha qabul qilinganligi to‘g‘risida klinik tekshirishlarning ma‘lumotlari bor.

Pasientning yoshiga qarab (65 yoshdan oshganlarda) dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi.

Daksas preparatini Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha A sinfi jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda qo‘llash bo‘yicha dozani to‘g‘rilash uchun klinik ma‘lumotlar yetarli emas, shuning uchun preparatni bunday pasientlarni davolash uchun ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Buyrak kasalliklari bo‘lgan bemorlarda dozani to‘g‘rilash talab qilinmaydi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Eng ko‘p uchraydigan shikoyatlar – bu diareya (5,9%), tana vaznini kamayishi (3,4%), ko‘ngil aynishi (2,9%), qorin og‘riqlari (1,9%) va bosh og‘rig‘i (1,7%). Bu noxush nojo‘ya reaksiyalarning ko‘pchiligi yengil yoki o‘tkinchi xarakterga ega. Bunday nojo‘ya reaksiyalar, asosan davolashning birinchi haftasi davomida paydo bo‘ladi va ko‘pchilik hollarda davolashni davom ettirgan sayin yo‘qoladi.

Nojo‘ya samaralari uchrash tez-tezligiga qarab tasniflanadi.

eng tez-tez >1/10

tez-tez >1/100 va <1/10

tez-tez emas >1/1000 va <1/1000

kam hollarda >1/10000 va <1/1000

juda kam hollarda <1/10000

Immun tizimi tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: o‘ta yuqori sezuvchanlik/

 

Endokrin tizimi tomonidan buzilishlar:

Kam hollarda: ginekomastiya.

Modda almashinuvi va ovqatlanish tomonidan buzilishlar:

Tez-tez: tana vaznini kamayishi, ishtahani pasayishi

Ruxiy buzilishlar:

Tez-tez: uyqusizlik

Tez-tez emas: xavotirlik

Kam hollarda: asabiylik, depressiya. Klinik tekshirishlar o‘tkazilganida suisidal fikrlash va xulqning kam hollari (shu jumladan tugallangan o‘z joniga qasd qilish) to‘g‘risida xabarlar olingan. Pasientlarni suisidal fikrlashning barcha ko‘rinishlari to‘g‘risida o‘zining shifokoriga xabar berishi lozimligi to‘g‘risida xabardor qilish kerak.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar:

Tez-tez: bosh og‘rig‘i.

Tez-tez emas: tremor, vertigo, bosh aylanishi.

Kam hollarda: disgevziya.

Yurak-qon tomir  tizimi tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: taxikardiya

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks a‘zolari tomonidan buzilishlar:

Kam hollarda: nafas yo‘llarining infeksiyalari (pnevmoniyadan tashqari).

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar:

Tez-tez: diareya, ko‘ngil aynishi, qorin og‘rig‘i.

Tez-tez emas: gastrit, qusish, gastroezofageal reflyuks kasalligi, dispepsiya.

Kam hollarda: gematoxeziya, qabziyat.

Jigar va safro chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar:

Kam hollarda: gamma-glutamiltransferazaning faolligini oshishi, aspartataminotrans-ferazaning faolligini oshishi.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: toshma.

Kam hollarda: eshakemi.

Mushak-skelet va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar:

Tez-tez emas: mushak spazmlari va mushak kuchsizligi, mialgiya, orqada og‘riq.

Kam hollarda: qonda kreatinfosfokinazani oshishi.

Umumiy xarakterga ega asoratlar va yuborish joyidagi reaksiyalar

Tez-tez emas: loxaslik, asteniya, charchoqlik.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Roflumilastga yoki preparatning har qanday boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik.

Jigar yetishmovchiligining og‘irligi o‘rtacha yoki og‘ir shakli (Chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha V va S sinfi).

18 yoshgacha bo‘lganlar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).

Homiladorlik va laktasiya.

Yetarli qo‘llash tajribasi yo‘qligi tufayli: immuntanqisligi holatlari (OITV-infeksiya, tarqoq skleroz, tizimli qizil yugirik, avj oluvchi multifokal leykoensefalopatiya va boshqalar), jiddiy o‘tkir infeksion kasalliklar (tuberkulyoz yoki o‘tkir gepatit), rak (bazal xujayrali karsinoma, sekin o‘suvchi teri raki turidan tashqari), surunkali yurak yetishmovchiligi, 3 va 4 funksional sinf (NYHA – Nyu-York kardiologlar assosiasiyasi).

Yetarli qo‘llash tajribasi yo‘qligi tufayli: immunodepressant preparatlar (metotreksat, azatiotropin, infliksimab, etanersept kabilar, shuningdek peroral glyukokortikosteroidlar bilan doimiy davolanayotgan shaxslarda) davolashda.

Galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktoza tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi kabi kam uchraydigan nasliy kasalliklar.

Suisidal fikrlash va xulqni paydo bo‘lishi bilan assosiasiyalangan depressiya.

Ehtiyotkorlik bilan: anamnezdagi ruhiy buzilishlar, CYP1A2 sitoxromi izofermentining ingibitori fluvoksamin bilan yoki CYP3A4/1A2 boshqa ingibitorlari va enoksasin va simetidin bilan davolanish.

Jigar yetishmovchiligining yengil shakli (chayld-Pyu tasnifi bo‘yicha A sinf).

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Roflumilastning metabolizmini asosiy bosqichi roflumilastni sitoxrom CYP3A4 va CYP1A2 yordamida roflumilastning N-oksidlanishidir. Roflumilast ham, roflumilastning N-oksidi ham FDE4 ni ichki ingibirlovchi faolligiga ega. Shuning uchun roflumilast qabul qilinganidan keyin FDE4 ni umumiy ingibirlovchi faollik, ham roflumilast, ham roflumilast N-oksidining umumiy ta‘siri hisoblanadi. Sitoxrom CYP3A4 ingibitorlari, eritromisin va ketokonazol bilan o‘zaro ta‘sirining klinik tekshirishlari, FDE4 ning umumiy ingibirlovchi faolligini 9% ga oshishini ko‘rsatadi. Sitoxrom CYP1A2 ingibitorlari, fluvoksamin, va CYP3A4 va CYP31A2 ingibitorlari, enoksasin va simetidin bilan o‘zaro ta‘sirining tekshirishlari, FDE4 ning umumiy ingibirlovchi faolligini muvofiq – 59%, 25% va 47% ga oshishini ko‘rsatadi. Daksas preparatini bu faol moddalar bilan majmuaviy qo‘llash ta‘sirini kuchayishiga va o‘zlashtiraolmaslikni rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Zarurati bo‘lganida Daksas preparati bilan davolash to‘g‘risidagi masalani qayta ko‘rib chiqish kerak.

Sitoxrom R450 ning induktori – rifampisinni qabul qilish FDE4 ning umumiy ingibirlovchi faolligini taxminan 60% ga pasayishiga olib kelgan. Shuning uchun sitoxrom R450 ning kuchli induktorlarini (masalan, fenobarbital, karbamazepin, fenitoinni) qo‘llash roflumilastning terapevtik samarasini pasayishiga olib kelishi mumkin.

Teofillin bilan bir vaqtda qabul qilish FDE4 ning umumiy ingibirlovchi faolligini 8% ga oshishiga olib kelgan. Gestoden va etinilestradion saqlovchi peroral kontraseptivlar bilan o‘zaro ta‘siri tekshirilganida, FDE4 ning umumiy ingibirlovchi faolligi 17% ga oshgan.

Ingalyasion preparatlar – salbutamol, formoterol, budesonid va ichga qo‘llanadigan preparatlar – montelukast, digoksin, varfarin, sildenafil va midazolam bilan hech qanday o‘zaro ta‘siri kuzatilmagan.

Antasid preparatlar (alyuminiy gidroksidi va magniy gidroksidining majmualari) bilan bir vaqtda qabul qilish, roflumilast yoki roflumilast N-oksidining farmakokinetik xususiyatlarini yoki so‘rilishining ko‘rsatkichlarini o‘zgartirmagan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Daksas preparati – tez-tez zo‘rayishlar bilan og‘ir kechuvchi O‘SOK bo‘lgan bemorlarni tutib turuvchi davolash uchun mo‘ljallangan nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositadir. O‘SOKning umumiy populyasiyasida 40 yoshdan oshgan bemorlar ko‘pchilikni tashqil qilgani tufayli, preparat 40 yoshgacha bo‘lgan pasientlarga buyurilganda O‘SOK tashhisini spirometrik tasdiqlash talab qilinadi. Preparatni qo‘llash uchun ko‘rsatmalarga muvofiq, postbronxodilatasion OFV1 ning qiymati hisoblangan bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichning kamida 50% ni tashkil qilishi kerak.

Daksas preparati o‘tkir hansirash hurujining (o‘tkir bronxospazmni) davolash uchun mo‘ljallanmagan. O‘tkir xurujni yengillashtirish uchun, xurujni bartaraf qilish uchun Sizda qo‘lingizda doimo shifokor tomonidan buyurilgan preparatni bo‘lishi juda muhimdir. Daksas preparati ushbu vaziyatda yordam bermaydi.

Tana vaznini kamayishi

Yil davomida o‘tkazilgan tekshirishlar vaqtida, Daksas preparatini qabul qilgan pasientlarda, plasebo qabul qilgan pasientlarga qaraganda tana vaznini kamayishi ko‘proq kuzatilgan. Daksas preparatini qabul qilish to‘xtatilganidan keyin, ko‘pchilik pasientlar o‘zlarining tana vaznlarini 3 oy davomida tiklaganlar.

Tana vazni yetarli bo‘lmagan pasientlarda shifokorga har bir tashrif buyurilganida vaznni nazorat qilish kerak. Pasientlarga o‘zlarining tana vaznlarini muntazam nazorat qilishlarini maslahat berish kerak. Tana vaznini tushuntirib bo‘lmaydigan yoki klinik ahamiyatli pasayishida Daksas preparatini qabul qilishni to‘xtatish va dinamikasini kuzatish kerak.

Alohida klinik sharoitlar

Yetarli tajriba yo‘qligi tufayli, tizimli glyukokortikosteroidlarning qisqa muddatli kurslaridan tashqari, peroral glyukokortikosteroidlar bilan doimiy tutib turuvchi davolashni olayotgan shaxslarda Daksas preparati bilan davolashni boshlash mumkin emas.

Tuberkulyoz, virusli gepatit, virusli gerpes va o‘rab oluvchi temiratki kabi latent infeksiyalari bo‘lgan pasientlarda Daksas preparatini qo‘llash tajribasi cheklangan.

Ruxiy buzilishlar

Daksas preparatini qo‘llash uyqusizlik, xavotirlik, asabiylik va depressiya kabi ruxiy buzilishlarning yuqori xavfi bilan assosiasiyalangan. Klinik sinovlar vaqtida suisidal fikrlash va xulqning ko‘rinishlarini kam hollari aniqlangan. Shuning uchun pasientlar ruhiyat tomonidan ilgari namoyon bo‘lgan simptomlar to‘g‘risida xabar berishsa yoki bunday simptomlar ularda hozirgi vaqtda namoyon bo‘layotgan bo‘lsa, yoki agarda ruxiy buzilishlarni paydo bo‘lishining ehtimoli bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa dori vositalari bilan yo‘ldosh davolash rejalashtirilayotgan bo‘lsa, Daksas preparati bilan davolashni boshlash va davom ettirish bilan bog‘liq xavf va foydani sinchkov baholashni o‘tkazish kerak. Xulqda, kayfiyatdagi har qanday o‘zgarishlar yoki har qanday xarakterli suisidal fikrlar paydo bo‘lganida, pasientlarga davolashni buyurgan shifokorni xabardor qilish lozimligi to‘g‘risida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish kerak.

O‘zlashtiraolmaslik

Diareya, ko‘ngil aynishi, qorin og‘riqlari va bosh og‘rig‘i kabi noxush reaksiyalar asosan davolashning birinchi haftasida paydo bo‘lishi va davolash davom ettirilganida ko‘pchilik hollarda o‘tib ketishiga qaramasdan, ushbu simptomlar saqlanib qolgan hollarda Daksas preparati bilan davolash to‘g‘risidagi masalani qayta ko‘rib chiqish kerak.

O‘zlashtiraolmaslik maxsus populyasiyalarda, xususan, qora tanli chekmaydigan ayollarda yoki CYP1A2 ingibitori fluvoksamin yoki CYP3A4/1A2 ikki ingibitori enoksosin va simetidin bilan davolash olayotgan pasientlarda paydo bo‘lishi mumkin.

Teofillin

Teofillin bilan tutib turuvchi davolash sifatida yo‘ldosh davolashga taalluqli klinik ma‘lumotlar yo‘q. Shuning uchun teofillin bilan yo‘ldosh davolash tavsiya etilmagan.

Homiladorlik va laktasiya

Homiladorlik

Roflumilastni homilador ayollar tomonidan qo‘llanishi bo‘yicha ma‘lumotlar cheklangan.

Klinika oldi tekshirishlarning ma‘lumotlariga ko‘ra roflumilast yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi.

Hayvonlarda o‘tkazilgan tekshirishlar preparatning reproduktiv zaharliligini ko‘rsatdi. Daksas preparatini homilador ayollar va kontraseptivlarni ishlatmaydigan reproduktiv yoshidagi ayollarning qabul qilishi tavsiya qilinmaydi.

Laktasiya

Hayvonlarda o‘tkazilgan tekshirishlarda olingan mavjud farmakokinetik ma‘lumotlar, roflumilast yoki uning metabolitlarini sutga chiqarilishini ko‘rsatdi. Preparatni bola tomonidan olinishi xavfini inkor qilish mumkin emas. Daksas preparatini laktasiya vaqtida qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Fertillik

Odamda spermatogenez tekshirilganida, roflumilast 0,5 mg dozada 3 oylik davolanish davomida va davolash to‘xtatilganidan keyingi 3 oylik davrda sperma yoki jinsiy

gormonlarning parametrlariga ta‘sir qilmagan.

Transport vositalari va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Nojo‘ya reaksiyalarni rivojlanishi mumkinligi tufayli transport vositalarini boshqarishda va diqqatni yuqori jamlashni va psixomotor reaksiyalarning tezligini talab qiluvchi potensial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Klinik tekshirishlarning birinchi fazasi vaqtida bir martalik peroral doza – 2,5 mg va bir martalik doza – 5,0 mg (tavsiya qilinganidan 10 marta katta) qabul qilinganidan keyin ko‘proq quyidagi simptomlar kuzatilgan: bosh og‘rig‘i, me‘da-ichak yo‘llarining ishini buzilishlari, taxikardiya, bosh aylanishi, ongni xiralashishi, terlash va arterial gipotenziya.

Doza oshirib yuborilgan hollarda tegishli simptomatik davolashni o‘tkazish tavsiya qilinadi. Roflumilast plazma oqsillari bilan ahamiyatli darajada bog‘lanishi tufayli, gemodializ uning chiqarilishini samarali usuli hisoblanmaydi. Roflumilastni peritoneal dializda chiqarilishi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Chiqarilish shakli

Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 0,5 mg.

10 tabletkadan blisterda (PVX/PVDX/alyuminiy). 1, 3 yoki 9 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

 

Saqlash sharoiti

30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha beriladi.

 

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

DAKSAS 0,0005 tabletkalari N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
DAKSAS 0,0005 tabletkalari N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
DAKSAS 0,0005 tabletkalari N30 dori vositasi Такеда ГмбХ tomonidan Germaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
DAKSAS 0,0005 tabletkalari N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
DAKSAS 0,0005 tabletkalari N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
KSIMELIN EKO sprey 10ml 35MKG
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9