Yaroqlilik muddati (oy) | 24 |
Faol modda: dekametoksin suvsizga qayta hisoblanganda – 0.2 mg;
Yordamchi moddalar: natriy xloridi, 1 ml gacha in'ektsiya uchun suv.
Сhiqarilish shakli
Sirtga va bo'shliq ichiga qo'llash uchun eritma 100 ml, 250 ml, 500 ml dan tibbiy polipropilen flakonlarda.
Sirtga va ingalyatsiya uchun qo'llash uchun eritma 2 ml va 5 ml dan preparat polietilen yoki polipropilendan tayyorlangan konteynerlarda. Konteynerlar qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga karton qutiga joylashtirilgan.
Endobronxial yuborilganda to'sh orqasida achishish xissi paydo bo'lishi mumkin, bu muolaja tugagandan 20-30 minutdan so'ng o'tib ketadi.
Patsientlar maxsus guruhlarida qo'llanishi.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo'llanishi.
Homiladorlik va emizish davrida qo'llash bo'yicha ogohlantirishlar yo'q. Agar ona uchun potentsial foyda homila uchun potentsial xavfdan ustun bo'lganida, homiladorlik davrida preparatni qo'llash mumkin.
Ko'krak sutiga o'tish to'g'risida ma'lumotlar yo'q.
Avtotransportni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri haqida hech qanday ogohlantirish yo'q.
O'pka abssessi, bronxoektatik kasallik, yiringlash bilan asortalangan o'pka kistali gipoplaziyasi, avj olish bosqichdagi surunkali bronxit, surunkali tonzillit, angina, stafilokokk va difteriya tayoqchalari tashuvchisi, yarali kolit, paraproktitda ko'llash tavsiya qilininadi.
Qorin bo'shlig'ining jarrohlik infektsion-yallig'lanish kasalliklarida (turli etiologiyali peritonit) va pul'monologiyada Dekatos preparati qorin va plevra bo'shlig'ini yuvish uchun qo'llanadi.
Urologiyada Dekatos preparati uretritda (uretraga instillyatsiya uchun), balannapostitda (vannochkalar uchun), prostatitda (kichik huqnalar uchun), tsistitda (qovukka instillyatsiya uchun), operatsiyadan keyingi davrda qovuqni yuvish uchun qo'llanadi.
Ginekologik amaliyotda Dentos preparati - qin shilliq qavatining kandidozini, mikrob etiologiyali jinsiy a'zolarining yallig'lanish kasalliklari, tug'ruq yo'llarini tug'ruqdan oldingi sanatsiyasi, tug'ruqdan keyingi endometritni davolash uchun qo'llanadi.
Dekatos preparati bemorlarni tekshirish va tibbiy muolajalar va kichik jarrohlik aralashuvlarni amalga oshirishda tibbiy xodimlarning qo'llari terisini va rezina qo'lqoplarini dezinfeksiya qilish uchun, tibbiy asboblarni va metall, rezina, polimer materiallar va shishadan tayyorlangan diagnostika uskunalarini sterilizatsiya qilishda qo'llanadi.
Farmakodinamik o'zaro ta'sir: dekametoksin antibiotiklarga chidamli mikroorganizmlarning sezgirligini oshiradi.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
O'ramda ko'rsatilgan yaroqlilik muddati o'tgach qo'llanilmasin.
Proktit i yarali kolitni davolash uchun iliq eritmani o'tkir yallig'lanish belgilari butunlay yo'qolguncha kuniga 50-100 ml dan 2 marta huqnalar shaklida yuboriladi. Surunkali paraproktitdagi oqmalarni kuniga 3-4 kun davomida Dekatos preparati bilan yuviladi.
Kattalarda qovuqni yuvish uchun dekametoksin eritmasini dastlab 500-600 ml dozadagi tozalangan suv bilan 1: 7 nisbatda (davolash kursi uchun 7-20 yuvish) suyultirilgandan so'ng ishlatiladi.
Og'iz shilliq qavatining shikastlanishi 25-50 ml dan 10-15 minut davomida applikatsiya yoki chayish (100-150 ml) yo'li bilan davolanadi.
Avj olish bosqichdagi I-II darajali parodontozning distrofik-yallig'lanish shaklini milklarning patologik cho'ntakchalarini iliq eritmada irrigatsiya yo'li bilan (50-70 ml) yoki yallig'lanish belgilarini yopishda milklarga applikatsiyalar qo'yish yo'li bilan davolanadi.
Og'iz shilliq qavatining kandidozi, yarali-nekrotik gingivit bo'lgan bemorlarga 5-10 kun davomida sutkada 4 marta og'izni chayish (100-150 ml) buyuriladi.
Bodomsimon bezlar kandidozini, surunkali tonzilitni davolash, bodomsimon bezlar lakunasini yuvish orqali amalga oshiriladi (har bir yuvishga 50-75 ml). Stafilokokk, difteriya tayoqchalarini tashuvchilarni sanatsiya qilish bezni eritma bilan chayish, lakunalarni yuvish, burun-xalqumni, bodomsimon bezlarni chayish orqali amalga oshiriladi. Lakunalar kuniga 3-5 marta yuviladi.
Kattalarda o'pka abssessi, bronxoektatik kasallik, yiringlash bilan asoratlangan o'pka kistali gipoplaziyasi, zo'rayish davridagi surunkali bronxitda Dekatos preparati endobronxial yo'l bilan yuboriladi:
• mikrotraxeostoma orqadi 25-50 ml dan kuniga 1-2 marta;
• transnazal kateter orqali 5-10 ml dan kuniga 1 marta;
• ul'tratovush ingalyatsiya usuli orqali 5-10 ml dan kuniga 1-2 marta;
• 100 ml hajmida traxeobronxial daraxtning lavaji yordamida.
Davolash davomiyligi - 2-4 hafta.
Qorin va plevra bo'shliqlarining yiringli-yallig'lanish kasalliklarini davolashda shikastlangan soha chekkalariga kamida 10 minut ta'sir qilgan holda Dekatos bilan to'ldiriladi. Zarur bo'lganda, shuningdek "mahkam" tikilganda (drenajsiz), operatsion bo'shliqqa eritmani keyinchalik olib tashlash bilan, toza yuvindi suv chiqqungacha qayta-qayta to'ldiriladi. Bo'shliqni oqimli - yuviluvchi drenajlash drenajlar yoki punktsiya usuli yordamida amalga oshiriladi.
Qin shilliq qavatining mikrob va zamburug'li trixomonadali zararlanishini davolash uchun Dekatos preparatni purkash ko'rinishida (38°C gacha isitilgan 50-100 ml preparatni kuniga 3 marta) ishlatiladi. Xuddi shu tarzda, bir marta tug'riq yo'llarini tug'ishdan oldingi sanatsiyasi amalga oshiriladi.
Tug'ruqdan keyingi endometritni davolash bachadon bo'shlig'ini iliq preparat(150-200 ml) bilan kuniga 2 marta yuvish orqali amalga oshiriladi.
Qo'l terisi va rezina qo'lqopni dezinfektsiya qilish oldindan yuvilgan yuzaga 5-10 ml preparatni 5 minut davomida surkash qilish orqali amalga oshiriladi.
Tozalangan tibbiy asboblar, labchalar, naychalar va jihozlar 30 minut davomida eritmaga botirish yo'li bilan dezinfektsiya qilinadi.
Bolalar
Xuruj bosqichidagi surunkali bronxiti bo'lgan 12 yoshdan katta bolalarni davolash uchun, kuniga 5-10 ml 1-2 marta ultratovush ingalatsiyasi usulidan qo'llanadi.
Boshqa ko'rsatmalarda 18 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo'llash tajribasi yo'q.