Deksmedetomidinning farmakokinetikasi sog'lom ko'ngillilarda qisqa muddatli vena ichiga yuborilganda va jadal davolash bo'limidagi patsiyentlarda preparatni uzoq vaqt davomida infuzion tarzda yuborilganda o'rganilgan.
Taqsimlanishi
Deksmedetomidin ikki kamerali taqsimlanish modeli orqali taqsimlanadi. Sog'lom ko'ngillilarda u tez taqsimlanish fazasiga uchraydi, yarim taqsimlanish davri (T1/2α) taxminan 6 minutga teng. Yakuniy yarim chiqarilish davri taxminan 1,9–2,5 soatga (minimal qiymati — 1,35 soat, maksimal qiymati — 3,68 soat) teng va statsionar taqsimlanish hajmining o'rtacha qiymati (Vss) taxminan 1,16–2,16 l/kg (90–151 l) ga teng. Qon plazmasidan klirensining o'rtacha qiymati (Cl) — 0,46–0,73 l/soat/kg (35,7–51,1 l/soat) n tashkil etadi. Ko'rsatilgan qiymatlar Vss va Cl bilan bog'liq o'rtacha tana vazni 69 kg ga teng bo'lgan. Deksmedetomidinning farmakokinetikasi jadal terapiya bo'limidagi patsiyentlarda qon plazmasida preparatning > 24 soatlik infuziyasidan so'ng bir xil bo'lgan. Hisoblab chiqilgan farmakokinetik parametrlar: T1/2 taxminan 1,5 soatga teng, Vss — taxminan 93 l ga va Cl — taxminan 43 l/soat ga teng. 0,2 dan 1,4 mkg/kg/soat gacha dozalar diapazonida deksmedetomidinning farmakokinetikasi to'g'ri praportsional, u 14 kungacha davom etgan davolanishda to'planmaydi. Deksmedetomidinning qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanishi — 94 % ni tashkil etadi. Qon plazmasi oqsillari bilan bog'lanish darajasi 0,85 dan 85 ng/ml gacha kontsentratsiyalar diapazonida o'zgarmas bo'lgan. Deksmedetomidin, ham odamning zardob alьbumini, ham α1-nordon glikoprotein bilan bog'lanadi, zardob alьbumini deksmedetomidin qon plazmasida bog'lanadigan asosiy oqsil hisoblanadi.
Metabolizmi va chiqarilishi
Deksmedetomidin jigarda to'liq metabolizmga uchraydi. Boshlang'ich metabolizmi uchta metabolik yo'l: to'g'ridan-to'g'ri N-glyukuronizatsiya, to'g'ridan-to'g'ri N-metil guruhini birikishi va sitoxrom R450 yordamida oksidlanish yo'l bo'yicha kechadi. Deksmedetomidinning qon oqimidagi asosiy metabolitlari ikkita izomer N-glyukuronid hisoblanadi. Metabolit H-l (N-metil-Z-gidroksimetildeksmedetomidina O-glyukuronid) ham deksmedetomidin biotransformatsiyasining asosiy qonda aylanib yuruvchi mahsuloti hisoblanadi. Sitoxrom R450 qonda aylanib yuruvchi ikkita ikkinchi darajali metabolitlarni: deksmedetomidinning 3-metil guruhida gidroksillanish yo'li bilan hosil bo'ladigan 3-gidroksimetildeksmedetomidin va imidazol xalqani oksidlanishi hisobiga hosil bo'luvchi N-3 metabolitni hosil bo'lishini katalizlaydi. Mavjud ma'lumotlarga muvofiq, oksidlangan metabolitlarni hosil bo'lishi sitoxrom R450 ning qator izofermentlari (CYP2A6, CYP1A2, CYP2E1, CYP2D6 va CYP2C19) ishtirokida yuz beradi. Bu metabolitlar ahamiyatli farmakologik faollikka ega emas.
Radioaktiv izotop bilan nishonlangan deksmedetomidinni vena ichiga yuborilgandan keyin 9 kundan so'ng radiaktiv moddaning taxminan 95% siydikda va 4% axlatda aniqlangan. Siydikdagi asosiy metabolitlari – yuborilgan dozaning 34% ni tashkil etuvchi ikkita izomer N-glyukuronidi va yuborilgan dozaning 14,51 % ni tashkil etuvchi N-metil-Z-gidroksimetildeksmedetomidina O-glyukuronid hisoblanadi. Metabolitlar deksmedetomidin-karbon kislotasi, 3-gidroksimetildeksmedetomidin va uning O-glyukuronidi yuborilgan dozaning 1,11–7,66 % ni tashkil etadi. O'zgarmagan deksmedetomidinning 1% dan kamrog'i siydikda aniqlanadi. Siydikdagi metabolitlarning taxminan 28% aniqlanmagan ikkinchi darajali metabolitlar hisoblanadi.
Maxsus patsiyentlar guruhi
Preparatning farmakokinetikasida yoshga va jinsga bog'liq sezilarli farqlar yo'q.
Sog'lom ko'ngillilarga nisbatan, jigar yetishmovchiligi bo'lgan shaxslarda deksmedetomidinni plazma oqsillari bilan bog'lanish darajasi pasayadi. Deksmedetomidinning bog'lanmagan fraktsiyasining o'rtacha ulushi sog'lom ko'ngillilarda 8,5 % dan, og'ir jigar yetishmovchiligi bo'lgan shaxslarda 17,9 % gacha o'zgarib turgan. Turli og'irlik darajasidagi jigar yetishmovchiligi (Chayld-Pьyu shkalasi bo'yicha A, V va S sinflari) bo'lgan patsiyentlarda deksmedetomidinning buyrak klirensi pasaygan va qon plazmasidan yarim chiqarilish davri - T1/2 uzaygan. Sog'lom ko'ngillilarda kuzatilgan ko'rsatkichlarga nisbatan, yengil, o'rtacha va og'ir darajadagi jigar yetishmovchiligi bo'lgan shaxslarda qon plazmasidan bog'lanmagan deksmedetomidinning klirensini o'rtacha qiymatlari muvofiq ravishda 59, 51 va 32 % ni tashkil etgan. Yengil, o'rtacha va og'ir darajadagi jigar yetishmovchiligi bo'lgan shaxslarda o'rtacha T1/2 muvofiq ravishda 3,9; 5,4 va 7,4 soatga uzaygan. Deksmedetomidinning dozasini tanlash sedativ samaraning darajasiga qarab amalga oshirilishiga qaramay, jigar yetishmovchiligi bo'lgan patsiyentlarda, buzilish darajasiga yoki klinik javobga qarab, preparatning boshlang'ich yoki samarani bir maromda tutib turuvchi dozasini pasaytirish imkoniyatini ko'rib chiqish kerak.
Sog'lom ko'ngillilarga nisbatan, og'ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi (kreatinin klirensi <30 ml/minut) bo'lgan patsiyentlarda deksmedetomidinning farmakokinetikasi o'zgarmaydi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda (homiladorlikning 28-44-chi haftasida tug'ilgan chaqaloqlarda) va 17 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlarda olingan ma'lumotlar cheklangan. Deksmedetomidinning yarim chiqarilish davri 1 oylikdan 17 yoshgacha bo'lgan bolalar va o'smirlarda katta patsiyentlarda kuzatilganiga muvofiq kelgan, lekin yangi tug'ilgan chaqaloqlarda (1 oylikkacha) ancha uzoq davr kuzatiladi. 1 oylikdan 6 yoshgacha bo'lgan yosh guruhida tana vazni bo'yicha muvofiqlashtirilgan qon plazmasidan klirensi yuqoriroq bo'lgan, lekin kattaroq yoshdagi bolalar va o'smirlarda pasaygan. Yangi tug'ilgan (1 oylikkacha bo'lgan) chaqaloqlarda tana vazni bo'yicha muvofiqlashtirilgan qon plazmasidan klirensi xali yetuklik darajasiga yetmaganligi tufayli, kattaroq yoshdagi guruhlardagiga nisbatan pastroq (0,9 l/soat/kg) bo'lgan. Mavjud ma'lumotlar quyidagi jadvalda keltirilgan:
|
|
Ўртача қиймати (95 % ИИ) |
|
Ёш |
N |
Cl (л/соат/кг) |
t1/2 (соат) |
1 ойликкача |
28 |
0,93 |
4,47 |
|
|
(0,76; 1,14) |
(3,81; 5,25) |
1 дан <6 ойликкача |
14 |
1,21 |
2,05 |
|
|
(0,99; 1,48) |
(1,59; 2,65) |
6 дан <12 ойликкача |
15 |
1,11 |
2,01 |
|
|
(0,94; 1,31) |
(1,81; 2,22) |
12 дан <24 ойликкача |
13 |
1,06 |
1,97 |
|
|
(0,87; 1,29) |
(1,62; 2,39) |
2 ёшдан <6 ёшгача |
26 |
1,11 |
1,75 |
|
|
(1,00; 1,23) |
(1,57; 1,96) |
6 ёшдан <17 ёшгача |
28 |
0,80 |
2,03 |
|
|
(0,69; 0,92) |
(1,78; 2,31) |
Xavfsizlik bo'yicha klinika oldi ma'lumotlari
Bir marta va ko'p marta yuborilgandagi farmakologik xavfsizlikni, toksiklikni, shuningdek genotoksiklikni o'rganish yuzasidan umum qabul qilingan tadqiqotlarga asoslangan klinika oldi tadqiqotlaridan kelib chiqib, ushbu dori vositasi odam uchun xavf tug'dirmaydi degan xulosaga kelish mumkin.
Reproduktiv toksiklikni o'rganish yuzasidan kalamushlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda deksmedetomidin erkak va urg'ochilardagi fertillikka ta'sir ko'rsatmagan, shuningdek quyonlar va kalamushlarda teratogen samaralar ham aniqlanmagan. Quyonlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda preparatning sutkada 96 mkg/kg li maksimal dozasini vena ichiga yuborilishi natijasidagi ekspozitsiya, odamda terapevtik doza yuborilgandagi ekspozitsiya bilan bir xil bo'lgan. Kalamushlarda o'tkazilgan tadqiqotlarda sutkada 200 mkg/kg li maksimal dozani teri ostiga yuborilishi homila o'limini oshishini va homila vaznini kamayishini chaqirgan. Aftidan, bu urg'ochi hayvondagi toksiklik bilan bog'liq bo'lgan. Homilaning tana vaznini kamayishi kalamushlarda, sutkada 18 mkg/kg dozada qo'llab fertillik o'rganilganda aniqlangan, sutkada 54 mkg/kg dozani qo'llanilishi ossifikatsiyani kechikishi bilan kechgan. Kalamushlarda erishilgan ekspozitsiya darajasi, odamda terapevtik doza yuborilganidagiga qaraganda pastroq bo'lgan.
Xavfsizlik profilining xulosasi
1-Ko'rsatma: jadal terapiya bo'limida davolanayotgan katta patsiyentlarda sedatsiya
Jadal terapiya bo'limida davolanayotgan patsiyentlarda deksmedetomidin qo'llanganda eng ko'p xabar berilgan noxush reaktsiyalar, taxminan muvofiq ravishda 25, 15 va 13 % patsiyentlarda yuz beruvchi arterial bosimni pasayishi yoki oshishi va bradikardiya hisoblanadi.
Arterial bosimni pasayishi va bradikardiya ham jadal terapiya bo'limidagi randomizatsiyalangan muvofiq ravishda 1,7 va 0,9 % patsiyentlarda yuz beruvchi deksmedetomidinni qo'llanilishi bilan bog'liq bo'lgan eng ko'p uchraydigan jiddiy noxush reaktsiyalar hisoblangan.
2-Ko'rsatma: ambulator aralashuvlarda sedatsiya/es-xushi saqlangan holda sedatsiya
Ambulator aralashuvlarda deksmedetomidin qo'llanganida eng ko'p xabar berilgan noxush reaktsiyalar quyidagilar bo'lgan:
Arterial bosimni pasayishi (54 % deksmedetomidin qabul qilgan guruhdagi patsiyentlarda va 30 % platsebo guruhida)
Nafasni susayishi (37 % deksmedetomidin qabul qilgan guruhdagi patsiyentlarda va 32 % platsebo guruhida)
Bradikardiya (14 % deksmedetomidin qabul qilgan guruhdagi patsiyentlarda va 4 % v platsebo guruhida)
Noxush reaktsiyalarning jadval ko'rinishidagi ro'yxati
1-Jadvalda sanab o'tilgan noxush reaktsiyalar to'g'risidagi ma'lumotlar, jadal terapiya bo'limidagi randomizatsiya qilingan 3137 nafar patsiyent (1879 nafari deksmedetomidin qabul qilgan, 864 — qiyosiy terapiya va 394 — nafari platsebo qabul qilgan) ishtirok etgan klinik tadqiqotlarning umumlashtirilgan ma'lumotlaridan, shuningdek randomizatsiya qilingan 431 nafar patsiyent (381 nafari deksmedetomidin qabul qilgan, 113 — platsebo) ishtirokidagi uncha katta bo'lmagan aralashuvlarda yengil va o'rtacha sedatsiyani o'rganish yuzasidan klinik tadqiqotlarning umumlashtirilgan ma'lumotlaridan olingan.
Noxush reaktsiyalar quyidagi gradatsiyani ishlatish bilan uchrash tezligi bo'yicha quyilagicha guruhlangan: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 dan < 1/10 gacha), tez-tez emas (≥ 1/1000 dan < 1/100 gacha), kam hollarda (≥ 1/10000 dan < 1/1000 gacha), juda kam hollarda (< 1/10000).
1. Jadval: Noxush reaktsiyalarp (1-ko'rsatma va 2-ko'rsatma)
Аъзолар тизими синфи MedDRA (АТС) |
Жуда тез-тез |
Тез-тез |
Тез-тез эмас |
Кам ҳолларда |
Моддалар алмашинуви ва овқатланиш томонидан бузилишлар |
|
Гипергликемия, гипогликемия |
Метаболик ацидоз, гипоальбуминемия |
|
Руҳиятни бузилиши |
|
Хавотирлик |
Галлюцинациялар |
|
Юрак томонидан бузилишлар |
Брадикардия |
Ишемия ёки миокард инфаркти, тахикардия |
I даражали атриовентрикуляр блокада, юракдан отилиб чиқувчи қон ҳажмини камайиши |
|
Қон томирлари томонидан бузилишлар |
Артериал гипотензия, артериал гипертензия |
|
|
|
Нафас тизими, кўкрак қафаси ва кўкс оралиғи аъзолари томонидан бузилишлар |
Нафасни сусайиши |
|
Ҳансираш, апноэ |
|
Меъда-ичак йўллари томонидан бузилишлар |
|
Кўнгил айниши, қусиш, оғизни қуриши |
Қоринни дам бўлиши |
|
Умумий бузилишлар ва юбориш жойидаги бузилишлар |
|
Бекор қилиш синдроми, гипертермия |
Дори воситасининг самарсизлиги, чанқоқ |
|
Ayrim noxush reaktsiyalarning ta'rifi
Klinik ahamiyatli bo'lgan arterial bosimni pasayishi va bradikardiya bartaraf etilishi lozim.
Jadal terapiya bo'limida bo'lmagan, deksmedetomidin qabul qilgan nisbatan sog'lom shaxslarda bradikardiya ba'zida sinus tugunini to'xtab qolishiga olib kelgan. Simptomlar oyoqlar ko'tarilganda va atropin va glikopirroniy bromidi kabi
m-xolinoblokatorlar yuborilganda bartaraf bo'lgan. Ayrim hollarda oldin bradikardiyasi bo'lgan patsiyentlarda u asistoliya epizodlarigacha avj olgan.
Arterial bosimni oshishi yuklama dozani yuborilishi bilan bog'liq bo'lgan. Ushbu reaktsiyani, yuklama dozani yuborishdan saqlanib yoki infuziya tezligini yoki yuklama dozani paaytirib, oldini olish mumkin.
Bolalar va o'smirlar
1 oylikdan katta bolalarni, asosan operatsiyadan keyin 24 soatgacha vaqt davomida jadal terapiya bo'limidagi bolalarni davolashni baholash o'tkazilgan; kattalardagi profilь bilan bir xil xavfsizlik profili namoyish etilgan. Yangi tug'ilgan (homiladorlikning 28-44 haftasida tug'ilgan) chaqaloqlarda qo'llanilishi bo'yicha ma'lumotlar cheklangan va faqat ≤0,2 mkg/kg/soat samarani bir maromda tutib turuvchi doza uchun mavjud xolos. Adabiyotlarda yangi tug'ilgan chaqaloqlarda gipotermik bradikardiyaning yagona bir holati ta'riflangan.
Noxush reaktsiyalar to'g'risida xabar berish
Dori vositasi ro'yxatdan o'tkazilganidan keyin noxush reaktsiyalar to'g'risidagi xabarlar katta ahamiyatga ega. U dori vositasining “foyda-xavf” nisbatini uzluksiz baholab turish imkonini beradi.
Tibbiy xodimlar noxush reaktsiyalarga bo'lgan barcha shubhalar to'g'risida sog'liqni saqlash sferasidagi nazorat bo'yicha Federal xizmat orqali xabar berishlari lozim
Трайсенгассе 5
1200 ВЕНА
АВСТРИЯ
Факс: + 43 (0) 50 555 36207
Веб-сайт: http://www.basg.gv.at/
Preparatning har bir ampulasi va in'ektsiya uchun har bir flakon faqat bitta patsiyent uchun mo'ljallangan.
Eritmani tayyorlash
Talab etilgan kontsentratsiyaga (4 mkg/ml yoki 8 mkg/mg) erishish maqsadida Deksmedetomidin EVER Farma preparatini qo'llashdan oldin glyukoza 50 mg/ml (5%) eritmasida, Ringer eritmasida, mannitol eritmasida yoki natriy xloridi 9 mg/ml (0,9%) eritmasida yoxud 4 mkg/ml, yoxud 8 mkg/ml kontsentratsiyagacha erishish uchun suyultirish mumkin. Quyida jadvalda infuziya uchun eritma tayyorlash uchun zarur bo'lgan kontsentrat va infuzion muhit (eritma) hajmi keltirilgan.
Agar talab etilgan kontsentratsiya 4 mkg/ml ni tashkil etsa:
Дексмедетомидин ЭВЕР Фарма препарати, инфузия учун эритма тайёрлаш учун концентрат ҳажми, 100 мкг/мл |
Инфузион эритманинг ҳажми |
Инфузиянинг умумий ҳажми |
2 мл |
48 мл |
50 мл |
4 мл |
96 мл |
100 мл |
10 мл |
240 мл |
250 мл |
20 мл |
480 мл |
500 мл |
Agar talab etilgan kontsentratsiya 8 mkg/ml ni tashkil etsa:
Дексмедетомидин ЭВЕР Фарма препарати, инфузия учун эритма тайёрлаш учун концентрат ҳажми, 100 мкг/мл |
Инфузион эритманинг ҳажми |
Инфузиянинг умумий ҳажми |
4 мл |
46 мл |
50 мл |
8 мл |
92 мл |
100 мл |
20 мл |
230 мл |
250 мл |
40 мл |
460 мл |
500 мл |
Tayyorlangan eritmani, uning komponentlari to'liq aralashishi uchun ehtiyotkorlik bilan chayqatish lozim.
Qo'llashdan oldin Deksmedetomidin EVER Farma preparatini yot zarrachalar borligi va rangini o'zgarishini aniqlash yuzasidan vizual tarzda tekshirish kerak.
Deksmedetomidin EVER Farma preparati quyidagi infuziya uchun eritmalar va preparatlar bilan mutanosib ekanligi namoyish etilgan:
Ringer laktat eritmasi, 50 mg/ml (5 %) glyukoza eritmasi, 9 mg/ml (0,9 %) natriy xloridi eritmasi, 200 mg/ml (20 %) mannitol eritmasi, tiopental natriy, etomidat, vekuroniy bromidi, pankuroniy bromidi, suktsinilxolin, atrakuriy besilati, mivakuriy xloridi, rokuroniy bromidi, glikopirolat bromidi, fenilefrin gidroxloridi, atropina sulьfati, dofamin, noradrenalin, dobutamin, midazolam, morfin sulьfati, fentanil sitrati va plazma o'rnini bosuvchi vositalar.
Ishlatilmagan preparat mahalliy qonunchilik talablariga muvofiq utilizatsiya qilinishi kerak.