290 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash341 500 s`om dan
Bron qilish5 ml dan eritma qaxrabo rangli shisha ampulada (І tip) qizil xalqasi bilan;
tibbiy foydalanish yo'riqnomasi bilan plastik 5 tadan ampula plastik kontur uyali, karton qutiga joylashtirilgan.
Faol modda: temir 20 mg temir (III)-gidroksid saxaroza kompleksi ko'rinishida
Yordamchi moddalar:in'ektsiya uchun suv
Ko'p yadroli temir markazi ferritin markaziga o'xshash tuzilishga ega, bu fiziologik temir tarkibidagi oqsildir.
Majmua temirning so'rilishini nazorat qilish yo'li bilan temirning transportirovkasi va oqsillarni (transferin va ferritin) saqlash uchun ishlab chiqilgan.
Vena ichiga yuborilgandan so'ng majmuadagi ko'p yadroli temir asosan jigar, taloq va suyak iligidagi retikuloendotelial tizimgacha etib boradi. Ikkinchi bosqichda temir gemoglobin, mioglobin va boshqa temir tarkibidagi fermentlarni sintez qilish uchun ishlatiladi yoki asosan jigarda ferritin sifatida saqlanadi.
Saxaroza majmuasining 100 mg temir gidroksidining ferrokinetikasini baholash uchun,59Fe va 52Fe anemiya va surunkali buyrak etishmovchiligi bo'lgan 6 bemor orasida tekshiruv o'tkazilganda, birinchi 6-8 soatda 59Fe va 52Fe jigar, taloq va suyak iligi ichiga kirishi aniqlangan.
100 mg temir o'z ichiga olgan ster-Fe bir doza vena ichiga yuborilganda, temir CMax 10 daqiqadan so'ng kuzatildi va 538 mmol/l o'rtacha miqdoriga etdi. Markaziy kameraning tarqalish hajmi qon plazmasi hajmiga (taxminan 3 l) mos keladi.
Metabolizm
Vena ichiga yuborilgandan so'ng, murakkab temir asosan jigar, taloq va suyak iligiga etib boradi. Ikkinchi bosqichda temir gemoglobin, mioglobin va boshqa temir tarkibidagi fermentlarni sintez qilish uchun ishlatiladi yoki jigarda ferritin sifatida saqlanadi. 4 haftadan so'ng hujayralarda temirning maksimal so'rilishi 59 dan 97% gacha o'zgargan.
Chiqarilishi
In'ektsiyadan keyingi dastlabki 4 soat davomida buyraklar tomonidan temirning chiqarilishi umumiy klirensning 5% dan kamiga to'g'ri keldi. 24 soatdan keyin umumiy kontsentrasiya qon plazmasidagi temir dastlabki darajasiga (qo'llashdan oldin) tushgan.Buyraklar tomonidan saxarozaning chiqarilishi yuborilgan dozaning 75% ga teng.
Parenteral temir shakllari potentsial halokatli bo'lishi mumkin bo'lgan jiddiy anafilaktik / anafilaktoid reaktsiyalar, shu jumladan, allergik reaktsiyalarga, olib kelishi mumkin. Bunday reaktsiyalar parenteral qo'llangan temir preparatlaridan oldingi foydalanish asoratsiz bo'lgan hollarda ham xabar qilingan.
Biroq, temir dekstran yoki temir glyukonatga yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi anamnezga ega bo'lgan bemorlarda tadqiqotlar natijalari ster-Fe bilan davolash paytida hech qanday asoratlar kuzatilmagan.
Allergik reaktsiyalar uchun xavfli guruh-ma'lum allergiya (shu jumladan dori allergiyasi), og'ir astma, ekzema yoki boshqa atopik allergiya bilan og'rigan bemorlar xisoblanadi. Immun yoki yallig'lanish kasalliklari (masalan, tizimli qizil volchanka, revmatoid artrit) bo'lgan bemorlarda parenteral temir komplekslariga yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari xavfi ham mavjud.
Preparatni qo'llash bemorning ahvolini baholaydigan va darhol anafilaktik reaktsiyani va kardiopulmoner reanimasiya uchun tegishli uskunalar bilan jihozlangan xonada reanimasiya tadbirlarini o'tkazadigan malakali xodimlar tomonidan amalga oshirishi kerak.
Har bir bemor o'z vaqtida yuqori sezuvchanlik reaktsiyalar alomatlarini aniqlash uchun parenteral temir qo'shimchalar qo'llangandan so'ng kamida 30 daqiqa davomida nazorat qilinishi kerak.
Allergik reaktsiyalar yoki ko'tara olmaslik belgilari kuzatilganda preparatni qo'llash paytida davolanishni darhol to'xtatish kerak.
O'tkir anafilaktik/anafilaktoid reaktsiyalarini zudlik bilan davolash uchun
avvalo, 1: 1000 adrenalin eritmasidan foydalanishni tavsiya etamiz.
Antigistamin va/yoki kortikosteroidlarni qo'shimcha davolash kerak bo'lganda tayinlanishi kerak.
Parenteral yuborish uchun jigar funktsiyasini temir preparatlari buzilgan bemorlar
kiritilishini foyda / xavf nisbati puxta baholash so'ng qo'llanilishi kerak.
Jigar funktsiyasi buzilgan bemorlarga temirni parenteral yuborish temirga to'yintirish qo'zg'atuvchi omil bo'lishiga yo'l qo'ymaslik kerak. Temirga to'yinganlikni monitoring nazoratiga olish tavsiya etiladi.
Parenteral yuborish uchun temir preparatlari o'tkir yoki surunkali infektsiyada ehtiyotkorlik bilan ishlatilishi kerak. Bakteremiya bilan og'rigan bemorlarda preparatni qo'llashni to'xtatish tavsiya etiladi. Surunkali infektsiyali bemorlarda foyda / xavf nisbati baholanishi kerak.
PReparatni qo'llash paytida paravenoz ketishidan qochishga alohida e'tibor qaratish kerak. Preparatning paravenoz ketishi bu joyda og'riq, yallig'lanish va jigarrang teri rangiga olib kelishi mumkin.
Ampulalarni ishlatishdan oldin ular cho'kma va shikastlanish yo'qligiga e'tibor qaratish zarur. Faqat cho'kma bo'lmagan ampulalardan foydalanish va eritma gomogen bo'lishi kerak.
Ster-Fe steril 0,9% natriy xlorid eritmasidan boshqa dori vositalari bilan aralashmasligi kerak. Suyultirilgan eritma shaffof va jigarrang bo'lishi kerak.
Har bir ampula faqat bir marta foydalanish uchun mo'ljallangan.
Birinchi foydalanishdan keyin ampulada qolgan preparat mahalliy talablarga muvofiq yo'q qilinishi kerak.
Xomiladorlik va laktasiya davrida qo'llanilishi
Homiladorlik
Homilador ayollarda temir saxaroza majmuasidan xomiladorlikning I uchoyligida foydalanish bo'yicha ma'lumotlar yo'q. Homilador ayollarda parenteral shaklda homiladorlikning II va III uchoyligida temirdan foydalanish bo'yicha ma'lumotlar (natijalar 303 Homiladorlar hisobotidan olingan) ona va bola salomatligiga nojo'ya ta'sirlar yo'qligini ko'rsatdi.
Homiladorlik paytida preparatni ishlatishdan oldin xavf / foyda nisbati baholanishi kerak.
Ko'p hollarda, temir tanqisligi anemiyasini davolash uchun peroral temir qo'shimchalar homiladorlikning I uch oyligida ishlatiladi. Homiladorlikning ІІ va ІІІ uchoyligida Ster-Fe in'ektsion eritmadan faqat ona va homila uchun kutilayotgan foyda potentsial xavfdan yuqori bo'lganda foydalanish mumkin.
Hayvonlarda terapevtik dozalarni qo'llashni o'rganishda to'g'ridan-to'g'ri yoki reproduktiv toksiklikka nisbatan bilvosita salbiy ta'sirlar ta'sir topilmadi.
Laktasiya
Temir saxaroza yuborilgandan so'ng ona sutiga temirning kirib kelishi haqidagi ma'lumotlar cheklangan. Klinik tekshiruvlar davomida saxaroza majmuasi shaklida 100 mg temir moddasi 10 nafar sog'lom emizikli ayolda o'tkazilgan. To'rt kunlik davolanishdan so'ng, ona sutidagi temir miqdori ko'tarilmadi va nazorat guruhida (n = 5) farq qilmadi. Ona sutidan kelayotgan temirning yangi tug'ilgan / go'dakka ta'sirini istisno qilib bo'lmaydi, shuning uchun xavf/foyda nisbatini baholash kerak.
Metabollashtirilmagan temir saxaratning ona sutiga kirishi extimoli kam.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyati.
Agar siz preparatni qabul qilgandan keyin bosh aylanishi, ong chalkashishi yoki zaiflik kabi alomatlarni boshdan kechirsangiz, alomatlar yo'qolgunga qadar transport vositalarini haydash yoki mexanizm bilan ishlashdan qochishingiz kerak.
- temir etishmasligini tez bartaraf etish uchun;
- og'iz temir preparatlarini muntazam qabul qilishni ko'tara olmaydigan yoki rioya qilmaydigan bemorlar;
- ovqat hazm qilish traktining faol yallig'lanish kasalliklarida peroral temir preparatlari samarasiz bo'lganda;
- surunkali buyrak kasalliklarida, og'iz temir preparatlari kam samarali bo'lganda.
*temir preparatlarining boshqa parenteral shakllariga ma'lum og'ir o'ta sezuvchanlik holatlarida;
* temir tanqisligi bilan bog'liq bo'lmagan anemiya;
* organizmni temir bilan uta tuyinganligida qo'llash mumkin emas.
Shuning uchun peroral temir preparatlari bilan davolashni ster-Fe preparatini oxirgi marta yuborishdan 5 kundan keyin boshlash kerak.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlang.
Yaroqlik muddati
2 yil.
Amal qilish muddati tugaganidan keyin foydalanmang.
Xar bir preparat qo'llangan vaqtida va undan keyin yuqori sezuvchanlik belgilari va simptomlarini diqqat bilan kuzatish zarur. Xar bir bemor uchun individual kumulyativ dozani xisoblash va undan oshirmaslik kerak. Bemorning tana vazni va gemoglobin darajasi (Hb) asosida dozani hisoblash zarur. Ster-Fe faqat steril 0,9% natriy xlorid eritmasida faqat qo'llashdan avval oldin suyultiriladi.
Preparat dozasi Ster-Fe (temir mg) |
Preparat dozasi Ster-Fe (ml) |
Suyultirish uchun steril 0,9 % Natriya xlorid eritmasining maksimal xajmi
|
Yuborishning minimal vaqti |
50 mg |
2,5 ml |
50 ml |
8 daqiqa |
100 mg |
5 ml |
100 ml |
15 daqiqa |
200 mg |
10 ml |
200 ml |
30 daqiqa |
Eritmaning barqarorligini ta'minlash uchun ster-Fe preparatini tavsiya etilgan miqdordan ko'proq fiziologik eritmada suyultirishga yo'l qo'yilmaydi.
Venaga oqim bilan yuborish
Ster-Fe tomir ichiga (asta-sekin) daqiqada 1 ml suyultirilmagan eritma va in'ektsiya uchun 10 ml ster-Fe (200 mg temir) dan ko'p bo'lmagan miqdorda yuborish mumkin.
Dializ tizimiga vena qismidan yuborish
Ster-Fe vena ichiga yuborish uchun bayon etilgan qoidalarga qat'iy amal qilgan holda dializ tizimining venoz bo'limiga to'g'ridan-to'g'ri yuborish mumkin.
Doza Ganzoni formulasi bo'yicha bemor organizmidagi umumiy temir tanqisligi bo'yicha alohida hisoblanadi:
Umumiy temir tanqisligi (mg) = tana vazni (kg) × (normal miqdori Hb (g/l)
- bemorning Hb miqdori (g / l)) × 0,24* + deponirlangan temir (mg).
* Tana og'irligi 35 kg dan kam bo'lgan bemorlar uchun:
normal Hb darajasi = 130 g / l,
deponirlangan temir miqdori = 15 mg / kg tana og'irligi.
* Tana og'irligi 35 kg dan ortiq bo'lgan bemorlar uchun:
normal Hb darajasi = 150 g/l,
deponirlangan temir miqdori = 500 mg.
* Koeffisienti 0,24 = 0,0034 × 0,07 × 1000 (temirning Hbda miqdori =0,34%,
Qon xajmi=7% tana vaznidan, koeffisient 1000 = tarjima "g" "mg" ga).
Yuborilishi kerak bo'lgan ster-Fening umumiy xajmi (ml da) =
Umumiy temir tanqisligi (mg)
20 mg/ml
Bemor vazni va Hb miqdoriga ko'ra yuborilishdagi kumulyativ doza:
Tana vazni (kg) |
Yuborilish kerak bo'lgan umumiy ster-Fe miqdori |
|||
Hb 60 g/l |
Hb 75 g/l |
Hb 90 g/l |
Hb 105 g/l |
|
30 kg |
47,5 ml |
42,5 ml |
37,5 ml |
32,5 ml |
35 kg |
62,5 ml |
57,5 ml |
50 ml |
45 ml |
40 kg |
67,5 ml |
60 ml |
55 ml |
47,5 ml |
45 kg |
75 ml |
65 ml |
57,5 ml |
50 ml |
50 kg |
80 ml |
70 ml |
60 ml |
52,5 ml |
55 kg |
85 ml |
75 ml |
65 ml |
55 ml |
60 kg |
90 ml |
80 ml |
67,5 ml |
57,5 ml |
65 kg |
95 ml |
82,5 ml |
72,5 ml |
60 ml |
70 kg |
100 ml |
87,5 ml |
75 ml |
62,5 ml |
75 kg |
105 ml |
92,5 ml |
80 ml |
65 ml |
80 kg |
112,5 ml |
97,5 ml |
82,5 ml |
67,5 ml |
85 kg |
117,5 ml |
102,5 ml |
85 ml |
70 ml |
90 kg |
122,5 ml |
107,5 ml |
90 ml |
72,5 ml |
Hb maqsad darajasi:
Tana vazni Hb maqsad darajasi = 130 g/l
35 kg dan kam:
Tana vazni Hb maqsad darajasi = 150 g/l
35 kg dan ko'p:
Hb (mmol) ni Hb (g / l) ga aylantirish uchun birinchi qiymatni 16 ga ko'paytiring.
Agar umumiy talab qilingan doza maksimal ruxsat etilgan bir martalik dozadan oshsa, in'ektsiya bo'lib yuborilishi kerak.
Dozasi
Kattalar: 5-10 ml ster-Fe (100-200 mg temir) haftasiga 1 dan 3 martagacha. yuborish vaqti va eritish koeffitsentini ko'rish uchun "yuborish usullari"ga qarang.
Bolalar: ster-Fe preparatining bolalarga ta'siri etarli o'rganilmagan,
shuning uchun ster-Fe bolalar uchun tavsiya etilmaydi.