×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

DERMOVEYT 25,0 maz

Kategoriya:
- Dermatologik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Polsha
Faol modda:
Клобетазол
Ishlab chiqaruvchi:
- Глаксо Смит Кляйн Фармасьютикалз С.А.
ATX kodi:
- D07AD
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

BEPANTEN krem 5% 30g N1 Bayer Consumer Care AG Germaniya
CHEREDI TRAVA sire N25 ZAMONA RANO Узбекистан
BEPANTEN krem 5% 100g N1 Bayer Consumer Care AG Germaniya
KETO PLYUS shampun 60ml Glenmark Pharmaceuticals Ltd Hindiston
72 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
DERMOVEYT 25,0 maz qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DERMAVAYT

DERMAVAYTUM

Preparatning savdo nomi: Dermavayt

Ta‘sir qiluvchi modda (XPN): Klobetazol propionat.

Dori shakli: Surtma

Tarkibi:

Faol modda: Klobetazol propionati – 0,05 g.

Yordamchi moddalar: propilenglikol, seksviolenat sorbitani, tibbiy vazelin.

Ta‘rifi: Oq yoki deyarli oq rangli bir xil tiniq surtma.

Farmakoterapevtik guruhi: Glyukokortikosteroid.

ATX kodi: D07AB01

Farmakologik xususiyatlari

Ta‘sir mexanizmi

Mahalliy glyukokortikosteroidlar allergik reaksiyani kechki bosqichini bostirish, jumladan semiz hujayralarning zichligini pasaytirish, xemotaksis va eozonofillarni faollashuvini pasaytirish, limfositlar, monositlar, semiz hujayralar va eozonofillar tomonidan sitokinlarni ishlab chiqarilishini kamaytirish uchun murakkab mexanizmlar orqali va araxidon kislotasining metabolizmini ingibirlash orqali yallig‘lanishga qarshi agent sifatida ta‘sir qiladi.

Farmakodinamik ta‘siri

Mahalliy glyukokortikosteroidlar yallig‘lanishga qarshi, qichishishga qarshi va qon tomirlarni toraytiruvchi hususiyatlarga ega.

Farmakokinetikasi

So‘rilishi

Mahalliy glyukokortikosteroidlar shikastlanmagan sog‘lom teri orqali tizimli ravishda so‘rilishi mumkin. Mahalliy glyukokortikosteroidlarni teri orqali o‘tish darajasi ko‘pchilik omillar, shu jumladan teri orqali transporti va epidermal to‘siqni butunligi bilan belgilanadi. Okklyuziya, terini yallig‘lanishi va/yoki terini boshqa kasalliklari ham teri orqali o‘tishini oshirishi mumkin.

Yagona tadqiqotda plazmada klobetazol propionatining o‘rtacha cho‘qqi konsentrasiyasiga (0,63 ng/ml) 30 g klobetazol propionati 0,05% surtma ko‘rinishida sog‘lom teriga takroran (birinchi applikasiyadan so‘ng 13 soatdan keyin) surtilganidan so‘ng 8 soatdan keyin erishishi aniqlangan.

Krem shaklidagi klobetazol propionatining ikkinchi dozasi (30 g) applikasiya qilinganidan so‘ng 10 soatdan keyin uning plazmadagi o‘rtacha cho‘qqi konsentrasiyasi surtma shaklida shunday ishlatilgandagiga nisbatan biroz ustun bo‘ladi.

Boshqa tadqiqotda psoriaz va ekzemasi bo‘lgan pasientlarda klobetazol propionatini 0,05% 25 g surtma holida bir marta qo‘llanganidan so‘ng 3 soatdan keyin plazmadan preparatning o‘rtacha maksimal konsentrasiyasi muvofiq ravishda 2,3 ng/ml va 4,6 ng/ml ni tashkil qilishi aniqlangan.

Taqsimlanishi

Mahalliy glyukokortikosteroidlarning tizimli ta‘sirini baholash uchun farmakodinamik yakuniy nuqtalardan foydalanish, qonda aylanib yurgan darajasi mahalliy aniqlangan darajasidan ahamiyatli pastligi sababli kerakdir.

Metabolizmi

Teri orqali so‘rilganidan so‘ng mahalliy glyukokortikosteroidlar, eng avvalo, asosan jigarda metabolizmga uchraydigan aynan tizimli qo‘llanadigan glyukokortikosteroidlar o‘tadigan metabolik yo‘llardan o‘tadilar.

Chiqarilishi

Mahalliy glyukokortikosteroidlar buyraklar orqali chiqariladi. Bundan tashqari, ba‘zi glyukokortikosteroidlar va ularning metabolitlari, shuningdek safro bilan chiqariladilar.

Xavfsizligi bo‘yicha klinika oldi ma‘lumotlari

Fertillik

Fertillikka ta‘siri bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarda, klobetazol propionati kalamushlarga sutkada tana vazniga 6,25 mkg dan 50 mkg gacha bo‘lgan dozalarda teri ostiga yuborilganida kalamushlarni juftlashishiga ta‘sir ko‘rsatmagan, fertillik faqatgina sutkada tana vazniga 50 mkg dozada yuborilganida pasaygan.

Homiladorlik

Homiladorlik vaqtida klobetazol propionatini sichqonlarga (sutkada ≥100 mkg/kg), kalamushlarga (sutkada 400 mkg/kg) yoki quyonlarga (sutkada 1 dan 10 mkg gacha) teri ostiga yuborish homilani rivojlanish nuqsonlariga, jumladan “bo‘ri tanglay” ga olib kelgan. Kalamushlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarda preparat sutkada ≥100 mkg/kg dozada yuborilganida F1 avlodida rivojlanishni kechikishi va sutkada 400 mkg/kg dozada yuborilganida yashab qolishni pasayishi kuzatilgan. F1 va F2 avlodlarni reproduktiv faoliyatida davolash bilan bog‘liq bo‘lgan hech qanday samaralar aniqlanmagan.

Qo‘llanilishi

Dermavayt glyukokortikosteroidlar bilan davolashga sezgir bo‘lgan dermatozlarda yallig‘lanish ko‘rinishlari va qichishishlarni yengillatish uchun 1 yoshdan oshgan bolalar, keksa yoshdagi odamlar va kattalarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan yuqori faol mahalliy glyukokortikosteroid hisoblanadi.

Xususan:

– psoriaz (tarqoq tugunli psoriazdan tashqari)

– ekzema (turli shakllari)

– qizil yassi temiratki

– diskoid qizil yugurik

– faolligi kamroq bo‘lgan glyukokortikosteroidlar bilan davolashga chidamli bo‘lgan teri kasallilklari.

Qo‘llash usuli va dozalari:

Surtma

Surtma quruq, lixinifisiyalangan yoki qipiqlanadigan shikastlanishlarga to‘g‘ri keladi.

Kattalar, keksa yoshdagilar va 1 yoshdan oshgan bolalar

Preparatni kerakli miqdori terining shikastlangan sohalariga holati yaxshilangunicha ko‘pi bilan 4 hafta davomida kuniga 1 yoki 2 marta yupqa qavat qilib qo‘yiladi va ehtiyotkorlik bilan surtiladi. So‘ngra qo‘llash tez-tezligini qayta ko‘rib chiqish yoki kuchsizroq preparat bilan davolashga o‘tish kerak. Emolentani ishlatishdan oldin preparat har safar qo‘llanganidan so‘ng so‘rilishi uchun yetarlicha vaqt kerak.

Kasallikni zo‘rayishlarida Dermavayt preparati bilan qisqa muddatli takroriy davolash kurslarini o‘tkazish mumkin.

Terini turg‘unroq shikastlanishlarida, ayniqsa, giperkeratozlarda zarurat bo‘lganida Dermavaytning ta‘sirini surtmani polietilen plyonkani ishlov berilgan yuzasiga qo‘yish yo‘li bilan kuchaytirish mumkin.

Ijobiy natija olish uchun germetik bog‘lam odatda butun tun davomiga qo‘yiladi. Erishilgan samara teriga preparatni bog‘lamsiz oddiy usul bilan qo‘yish orqali tutib turiladi.

2-4 hafta davomida holatini aniq yaxshilanishi kuzatilmasa yoki holati yomonlashganida tashxisini va davolashni qayta ko‘rib chiqish kerak.

Davolashni 4 haftadan ortiq davom ettirish mumkin emas. Davolashni davom ettirish zarurati bo‘lganida faolligi kamroq preparatlar bilan davolashga o‘tish kerak.

Maksimal haftalik dozasi haftasiga 50 g dan oshmasligi kerak.

Atopik dermatit (ekzema)

Nazorat qilish darajasiga erishilganida Dermavayt preparati surtma bilan davolashni asta-sekin to‘xtatish va emolentlar bilan tutib turuvchi davolashga o‘tish kerak.

Dermavayt bilan davolash to‘satdan to‘xtatilganida ilgari mavjud bo‘lgan dermatozlarning simptomlari qaytadan rivojlanishi mumkin.

Turg‘un dermatozlar

Kasallik tez-tez qaytalanadigan pasientlar

Kasallikni o‘tkir huruji preparat bilan davomli davolash kurslari bilan samarali davolangandan so‘ng, qaytalanishlar tez-tezligini kamaytirish maqsadida, Dermavayt intermittirlovchi tartibda (kuniga 1 marta, bog‘lov qo‘yilmasdan haftada 2 marta) buyurilishi mumkin.

Preparatni terini ilgari shikastlangan barcha sohalariga yoki terini residiv rivojlanishi mumkin bo‘lgan sohalariga qo‘yish kerak. Bu tartib emolentlarni har kuni qabul qilish bilan birga qo‘llanishi kerak.

Pasientning holati, hamda davomli davolash kursidan kutiladigan potensial foyda va havf muntazam ravishda baholanishi kerak.

Bolalar

Bir yoshgacha bo‘lgan bolalarga Dermavayt preparatini qo‘llash mumkin emas.

Bolalar mahalliy kortikosteroidlarni qabul qilish oqibatida mahalliy va tizimli nojo‘ya reaksiyalarni rivojlanishiga ko‘proq moyildirlar. Umuman olganda, katta yoshdagi pasientlarga nisbatan bolalarda qisqaroq davolash kurslari va faolligi kamroq preparatlar bilan davolash talab qilinadi. Dermavayt qo‘llashda ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak. Preparatni minimal samarali miqdorda surtish kerak.

Keksa yoshdagi odamlar

Klinik tadqiqotlarda keksa yoshdagi pasientlar va yosh pasientlar o‘rtasida kuzatiladigan javob reaksiyalarida farqlar aniqlanmagan. Keksa yoshdagi pasientlarda jigar va buyraklar faoliyatini pasayishi ko‘proq uchraganligi sababli, preparat tizimli so‘rilganida eliminasiya sekinlashishi mumkin. Shuning uchun qisqa muddat davomida klinik samaraga erishish uchun preparatni minimal miqdorini ishlatish kerak.

Buyraklar/jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar

Preparat tizimli so‘rilganida (tananing katta yuzasiga uzoq vaqt davomida surtilganida) metabolizm va eliminasiya jarayonlari sekinlashishi mumkin, shuning uchun tizimli toksikligi havfi oshadi. Shuning uchun, qisqa muddat davomida klinik samaraga erishish uchun preparatni minimal miqdorini ishlatish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Quyidagi uchrash tez-tezligidan foydalanilgan:

Juda tez-tez (≥ 1/10);

Tez-tez (≥ 1/100, < 1/10);

Ba‘zan (≥ 1/1000, < 1/100);

Kam (≥ 1/10000, < 1/1000);

Juda kam (< 1/10000), shu jumladan yagona hollar.

Postmarketing ma‘lumotlar

Infeksiyalar va invaziyalar

Juda kam: opportunistik infeksiyalar

Immun tizimi tomonidan

Juda kam: mahalliy o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari

Endokrin tizimi tomonidan

Juda kam: gipotalamo-gipofizar buyrak usti bezlari (NRA) tizimini bostirilishi, Kushing sindromini belgilari (masalan, oysimon yuz, markaziy semirish), bolalarda tana vaznini oshishini kechikishi/o‘sishni sekinlashishi, osteoporoz, glaukoma, giperglikemiya/glyukozuriya, katarakta, arterial gipertenziya, tana vaznini oshishi/semirish, endogen kortizol miqdorini pasayishi, alopesiya, sochlarni sinuvchanligi.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan

Tez-tez: qichishish, achishish

Ba‘zan: teri atrofiyasi, striyalar, teleangiektaziyalar.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Quyidagi holatlarda Dermavayt preparatini qo‘llash mumkin emas:

– terini davolanmagan infeksiyalari;

– rozasea (pushti rang husnbuzar);

– vulgar husnbuzar;

– yallig‘lanishsiz qichishish;

– perianal va genital qichishish;

– og‘iz atrofi dermatiti.

Bir yoshdan kichik bo‘lgan bolalarda dermatozlarda, jumladan dermatitlarda Dermavayt preparatini qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

CYP3A4 ni ingibirlashi mumkin bo‘lgan preparatlar (masalan, ritonavir va itrakonazol) bilan bir vaqtda qabul qilish glyukokortikosteroidlarning metabolizmini ingibirlaydi, bu tizimli ta‘sirini oshishiga olib keladi. O‘zaro ta‘sir qilish darajasi glyukokortikosteroidlarni dozasi va yuborilish usuliga va CYP3A4 ingibitorini faolligiga bog‘liq.

Boshqa preparatlar bilan mutanosibligi. Ma‘lumotlar yo‘q.

Maxsus ko‘rsatmalar

Dermavayt preparatini anamnezida mahalliy glyukokortikosteroidlarga yoki preparatning har qanday yordamchi moddalariga o‘ta yuqori sezuvchanligi bo‘lgan pasientlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Mahalliy o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari davolanishdagi shartli simptomlarni eslatishi mumkin.

Tizimli samaralarni oshishini xavf omillari:

  • Mahalliy kortikosteroidlarni dori shakli va samaradorligi
  • Ta‘sirini davomiyligi
  • Terini katta yuzasiga qo‘llanishi
  • Terini yopiq sohalariga qo‘llanishi (masalan, qizargan sohalariga yoki okklyuzion bog‘lovlar ostiga), (emizikli bolalarda tagliklari okklyuzion bog‘lovlar sifatida ta‘sir qilishi mumkin)
  • Shox pardaning gidratasiyasini oshishi
  • Yuz kabi terining nozik sohalariga qo‘llanishi
  • Terining shikastlangan sohalariga yoki terini himoya faoliyati susaygan sohalariga qo‘llanishi
  • Kattalarga nisbatan bolalar va go‘daklarda mahalliy glyukokortikosteroidlarni katta miqdori proporsional ravishda so‘rilishi mumkin, va demak, tizimli nojo‘ya samaralarni rivojlanishiga beriluvchan bo‘ladilar. Bu bolalarda terining himoya faoliyatini yetarli darajada rivojlanmaganligi va teri yuzasi maydonini tana vazniga nisbati kattalarga nisbatan kattaroq bo‘lishi bilan bog‘liq.

Bolalar

Go‘daklarda va 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda, imkon boricha, mahalliy glyukokortikosteroidlar bilan uzoq muddat uzluksiz davolashdan saqlanish kerak, chunki bu buyrak usti bezlari faoliyatini susayishiga olib kelishi mumkin. Bolalar mahalliy glyukokortikosteroidlarni qo‘llash fonida atrofik o‘zgarishlarni rivojlanishiga ko‘proq beriluvchan bo‘ladilar. Bolalarda Dermavayt preparatini qo‘llash zarurati bo‘lganida bir necha kun davomida qabul qilishni cheklash kerak, shuningdek haftada kamida bir marta shifokorning kuzatuvi talab iqlinadi.

Okklyuziyalarda infeksiyani rivojlanish havfi

Okklyuzion bog‘lovlarni qo‘yishda yuzaga keladigan iliq, nam sharoitlar bakterial infeksiyani rivojlanishiga zamin yaratadi, shuning uchun yangi bog‘lovni qo‘yishdan oldin albatta terini tozalash kerak.

Psoriazda qo‘llanishi

Psoriaz bo‘lgan pasientlarda mahalliy glyukokortikosteroidlarni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki terining himoya faoliyatini buzilishi tufayli residivlar, preparatga rezistentlik, kasallikni tarqoq pustulez shakli, mahalliy yoki tizimli toksik reaksiyalarni rivojlanish havfi kuzatilgan.

Davolanish davrida bunday pasientlar doimo davolovchi shifokor nazoratida bo‘lishlari kerak.

Yondosh infeksiyalar

Ikkilamchi infeksiya qo‘shilganida tegishli antibakterial davolash o‘tkazish kerak. Tarqoq infeksiyani har qanday belgilarida mahalliy glyukokortikosteroidlar bilan davolashni to‘xtatish va tegishli antibakterial preparatlar bilan davolash kerak.

Oyoqlarni surunkali yarasi

Mahalliy glyukokortikosteroidlar ba‘zan oyoqlarni surunkali yarasi atrofidagi dermatitni davolash uchun ishlatiladi. Biroq, bunday qo‘llash mahalliy o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalarining rivojlanish foizini yuqoriroq bo‘lishi va mahalliy infeksiyani rivojlanish havfini oshishi bilan bog‘liq.

Yuzga qo‘llanishi

Preparat yuzga qo‘llanmagani ma‘qul, chunki bu sohani atrofik o‘zgarishlarga beriluvchanligi yuqoriroqdir. Preparat yuzga qo‘llanganida davolanish bir necha kun bilan cheklanishi kerak.

Qovoqlarga qo‘llanishi

Dermavayt preparatini qovoqlarning terisiga surtish zarurati bo‘lganida, preparatni ko‘zlarga tushishidan saqlanish kerak, chunki ba‘zi hollarda bu glaukoma va kataraktani rivojlanishini qo‘zg‘atishi mumkin.

Homiladorlik va laktasiya davrida qo‘llanilishi

Fertillik

Odamlarda mahalliy glyukokortikosteroidlarni fertillikka ta‘sirini baholash bo‘yicha ma‘lumotlar yo‘q. Kalamushlarning terisi ostiga yuborilgan klobetazol ularni juftlashishiga ta‘sir qilmagan, biroq preparat eng yuqori dozalarda qo‘llanganida fertillik pasaygan.

Homiladorlik

Dermavayt preparatini homilador ayollarda qo‘llash bo‘yicha ma‘lumotlar cheklangan.

Homilador hayvonlarda mahalliy glyukokortikosteroidlarni qo‘llash homilada rivojlanish nuqsonlarini chaqirishi mumkin. Odam uchun bu ko‘rinishni klinik ahamiyati aniqlanmagan. Homiladorlik vaqtida Dermavayt preparatini, faqat ona uchun kutilgan foyda homila uchun havfdan ustun bo‘lgan holda qo‘llash kerak. Preparatni minimal dozada va minimal davolash davomiyligida buyurish kerak.

Laktasiya

Dermavayt preparatini laktasiya davrida qo‘llash havfsizligi aniqlanmagan.

Mahalliy glyukokortikosteroidlarni qo‘llanishi ona sutidagi miqdorini aniqlash uchun yetarli bo‘lgan tizimli so‘rilishi mumkinligi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q. Laktasiya davrida Dermavayt preparatini faqat ona uchun kutilgan foyda bola uchun havfdan ustun bo‘lgan holda qo‘llash kerak.

Agar Dermavayt preparati laktasiya davrida ishlatilsa, preparatni og‘iz sohasiga bexosdan tushishidan saqlanish uchun, ko‘krak sohasiga qo‘llash mumkin emas.

Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri:

Dermavayt preparatini transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sirini o‘rganish uchun biron bir tadqiqot o‘tkazilmagan. Dermavaytni havfsizlik darajasiga muvofiq, transport vositalari va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga salbiy ta‘sir qilish ehtimoli yo‘q.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: Dermavayt mahalliy qo‘llanganida tizimli samaralarni rivojlanishi uchun yetarli bo‘lgan miqdorlarda so‘riladi. Dozani o‘tkir oshirib yuborilish ehtimoli kam, biroq, dozasi surunkali oshirib yuborilganida yoki noto‘g‘ri qo‘llanganida giperkortisizmning belgilari rivojlanishi mumkin (“Nojo‘ya samaralari”ga qarang).

Davolash: Dozasi oshirib yuborilgan holda, glyukokortikosteroid yetishmovchilikni rivojlanish havfi borligi sababli Dermavayt preparatini qo‘llash tez-tezligini kamaytirish yoki faolligi kamroq glyukokortikosteroidga o‘zgartirish yo‘li bilan asta-sekin bekor qilish kerak.

Chiqarilish shakli

Surtma 0,05% 20 g, 25 g yoki 30 g dan tubalarda.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15oS dan 25oS gacha bo‘lgan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

2 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

DERMOVEYT 25,0 maz dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
DERMOVEYT 25,0 maz dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
DERMOVEYT 25,0 maz dori vositasi Глаксо Смит Кляйн Фармасьютикалз С.А. tomonidan Polsha mamlakatida ishlab chiqarilgan.
DERMOVEYT 25,0 maz dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
DERMOVEYT 25,0 maz dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
KURAZOL krem 30g 0,05%
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
KURAZOL krem 30g 0,05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Клобетазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Curex Pharma Pvt. Ltd, Индия произведено: Gujarat Pharmalab Pvt. Ltd
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
DERILAYF krem 50g 0,05% N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Клобетазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Narh: 68 990 so'mdan Batafsil
KLOVEYT krem 25g 0,05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Клобетазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант, OOO, Россия произведено: Pharmaceutical Works Jelfa S.A.
Narh: 42 000 so'mdan Batafsil
KLOVEYT maz 25g 0,05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Клобетазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант, OOO, Россия произведено: Pharmaceutical Works Jelfa S.A.
Narh: 52 000 so'mdan Batafsil
DERMOVEYT krem 25g 0,05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Клобетазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Export Limited., Великобритания произведено: GlaxoSmithKline Pharmaceuticals S.A.
Narh: 62 000 so'mdan Batafsil
AKSEL KLOBETAZOL maz 15g 0,05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malayziya
  • Faol modda: Клобетазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kotra Pharma (M) Sdn. Bhd.
AKSEL KLOBETAZOL krem 15g 0,05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Malayziya
  • Faol modda: Клобетазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kotra Pharma (M) Sdn. Bhd.
DERILAYF krem 0,5g 0,05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Клобетазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S., Турция произведено: Zentiva Saglik Urunleri Sanayi ve Ticaret A.S.
Ishlab chiqaruvchining dorilari
LAMIKTAL 0,005 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Lamotridjin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Глаксо Смит Кляйн Фармасьютикалз С.А.
LAMIKTAL 0,1 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Lamotridjin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Глаксо Смит Кляйн Фармасьютикалз С.А.
LAMIKTAL 0,025 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Lamotridjin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Глаксо Смит Кляйн Фармасьютикалз С.А.
LAMIKTAL 0,05 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Lamotridjin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Глаксо Смит Кляйн Фармасьютикалз С.А.
LAMIKTAL chaynaladigan tabletkalar 2mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Lamotridjin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Глаксо Смит Кляйн Фармасьютикалз С.А.
Другие формы препарата
DERMOVEYT krem 25g 0,05%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Клобетазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GlaxoSmithKline Export Limited., Великобритания произведено: GlaxoSmithKline Pharmaceuticals S.A.
DERMOVEYT 25,0 krem 0,5mg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Polsha
  • Faol modda: Клобетазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Глаксо Смит Кляйн Фармасьютикалз С.А.
Dermovayt
  • Ishlab chiqarilish joyi: O'zbekiston
  • Faol modda: Клобетазол ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi:
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9