QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
DIBIKOR
DIBIKOR
Preparatning savdo nomi: Dibikor
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): taurin
Dori shakli: tabletkalar
Tarkibi:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: taurin 250 mg;
yordamchi moddalar: 23 mg mikrokristall sellyuloza, 18 mg kartoshka kraxmali, 6 mg jelatin, 0,3 mg kolloid kremniy dioksidi (aerosil), 2,7 mg kalsiy stearati.
Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli, dumaloq shaklli, yassisilindrik, riska va faskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: metabolik vositalar.
ATX kodi: S01YeV.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Taurin oltingugurt saqlovchi aminokislotalar: sistein, sisteamin, metionin almashinuvining tabiiy mahsulotidir. Taurin osmoregulyator va membranoprotektorlik xususiyatlarga ega, hujayralarning membranalarini fosfolipid tarkibiga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi, hujayralarda kalsiy va kaliy ionlarining almashinuvini me‘yorlashtiradi. Taurinda tormozlovchi neyromediatorning xususiyatlari aniqlangan, u stressga qarshi ta‘sirga ega, GAMK, adrenalin, prolaktin va boshqa gormonlarning ajralib chiqishini yo‘lga solishi, shuningdek ularga bo‘lgan javobni boshqarishi mumkin. Mitoxondriyalarda xujayralar nafasi kimyoviy zanjiridagi oqsil sintezida ishtirok etib, taurin oksidlanish jarayonlarini boshqaradi va antioksidantlik xususiyatlarini namoyon etadi, turli ksenobiotiklarning metabolizmida ishtirok etuvchi sitoxromlar kabi fermentlarga ta‘sir etadi.
Dibikor yurakda, jigarda va boshqa a‘zolar va to‘qimalarda metabolik jarayonlarni yaxshilaydi. Jigarning surunkali diffuz kasalliklarida Dibikor qon oqimini oshiradi va sitolizning yaqqolligini kamaytiradi. Yurak-qon tomir yetishmovchiligida (YUQTE) Dibikor preparati bilan davolash katta va kichik qon aylanish doirasida dimlanish ko‘rinishlarini kamayishiga olib keladi: yurak ichidagi diastolik bosim pasayadi, miokardning qisqaruvchanligi (qisqarish va bo‘shashishning maksimal tezligi, qisqaruvchanlik va relaksasiyaning indekslari) oshadi. Preparat arterial gipertenziyasi bo‘lgan pasientlarda arterial bosim (AB) ni o‘rtacha pasaytiradi va past AB yurak-qon tomir yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda uning darajasiga deyarli ta‘sir qilmaydi. Dibikor yurak glikozidlari va «sekin» kalsiy kanallari blokatorlarining dozasi oshirib yuborilganida paydo bo‘ladigan nojo‘ya ta‘sirlarni kamaytiradi; zamburug‘larga qarshi preparatlarning gepatotoksikligini kasaytiradi. Og‘ir jismoniy yuklamalarda ish qobiliyatini oshiradi.
Qandli diabetda Dibikor qabul qilish boshlanganidan so‘ng taxminan 2 haftadan keyin qonda qandning miqdori kamayadi. Shuningdek trigliseridlarning konsentrasiyasini ahamiyatli, kamroq darajada – xolesterin konsentrasiyasini kamayishi, plazma lipidlarining aterogenligini kamayishi kuzatilgan. Preparat uzoq vaqt qo‘llanganida (taxminan 6 oy) ko‘zning mikrosirkulyar qon oqimini yaxshilanishi qayd etilgan.
Farmakokinetikasi
500 mg preparat bir marta qabul qilinganidan so‘ng ta‘sir qiluvchi modda taurin qonda 15-20 minutdan keyin aniqlanadi, 1,5-2,0 soatdan keyin maksimumiga yetadi. Preparat bir sutkadan so‘ng to‘liq chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Yurak yetishmovchiligida preparat ichga 250-500 mg (1-2 tabletka) dan kuniga 2 marta, ovqatdan 20 minut oldin qabul qilinadi, davolash kursi – 30 kun. Doza sutkada 2-3 (8-12 tabletka) gacha oshirilishi yoki bir qabulga 125 mg gacha (1/2 tabletka) gacha kamaytirilishi mumkin.
Yurak glikozidlari intoksikasiyasida – sutkada kamida 750 mg (3 tabletka).
1 tip qandli diabetda – 500 mg (2 tabletka) dan kuniga 2 marta insulinoterapiya bilan birga 3-6 oy davomida.
2 tip qandli diabetda – monoterapiya sifatida yoki tabletka shaklidagi boshqa qandni pasaytiruvchi vositalar bilan birga 500 mg (2 tabletka) dan kuniga 2 marta.
2 tip qandli diabetda, shu jumladan o‘rtacha giperxolesterinemiya bilan – 500 mg (2 tabletka) dan kuniga 2 marta, kursning davomiyligi – shifokor tavsiyasi bo‘yicha.
Gepatoprotektor sifatida – zamburug‘larga qarshi preparatni qabul qilish kursi davomida 500 mg (2 tabletka) dan sutkada 2 marta.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Preparatning komponentlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga yuqori sezuvchanlik. 18 yoshgacha bo‘lganlar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan).
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Dibikor boshqa dori vositalari bilan qo‘llanishi mumkin; yurak glikozidlarining inotrop samarasini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Dibikorni qabul qilish fonida, pasientlarning yurak glikozidlariga sezuvchanligiga qarab, yurak glikozidlarining dozasini ba‘zida 2 marta kamaytirish kerak. Bu qoida «sekin» kalsiy kanallarining blokatorlariga ham taalluqlidir.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Ma‘lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 250 mg dan. 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 6 kontur uyali o‘ramdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.