×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

DILTIAZEM RETARD 0,18 kapsulalar N30

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ruminiya
Faol modda:
Дилтиазем
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
- К.О.Ромфарм Компани С.Р.Л.
ATX kodi:
- C08DB01 Дилтиазем
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
53 800 s`om dan
BIDOP tabletkalari 2,5mg N28 Gedeon Richter PLC Vengriya
22 000 s`om dan
SISTON tabletkalari N100 Himalaya Globala Holdings Ltd, Каймановы острова произведено: The Himalaya Drug Company Hindiston
81 800 s`om dan
ATENOLOL tabletkalari 100mg N30 Синтез, ОАО Rossiya
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
DILTIAZEM RETARD 0,18 kapsulalar N30 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DILTIAZEM LANNAXER

DILTIAZEM LANNAHER

 

Preparatning savdo nomi: Diltiazem Lannaxer

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): diltiazem

Dori shakli: plyonka qobiq bilan qoplangan, ta‘siri uzaytirilgan tabletkalar

Tarkibi:

Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: 0,09 g (90 mg) yoki 0,18 g (180 mg) diltiazem gidroxloridi,

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, poliakrilat dispersiyasi 30%, metakril kislotasi va etakrilatning (1:1) sopolimeri, ammoniy metakrilatning sopolimeri, gipromelloza 5 mPa*s, magniy stearati, makrogol 6000, titan dioksidi (171), talk.

Ta‘rifi: dumaloq shaklli, ikki yoqlama qavariq, oq rangli plyonka qobiq bilan qoplangan, uzun bo‘lmagan riskali tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: antigipertenziv vosita

ATX kodi: C08DB01

 

Farmakologik hususiyatlari

Diltiazem benzotiazepinlar hosilasidir; antiaritmik, antianginal va gipotenziv faollikka ega. kalsiy kanallarining “sekin” blokatori (SKKB) kardimiositlar va silliq mushak hujayralarida kalsiy ionlarining hujayra ichi tarkibini kamaytiradi, koronar va periferik arteriya va arteriolalarni kengaytiradi, umumiy periferik tomirlar qarshiligini (UPTQ), silliq mushaklar tonusini pasaytiradi, koronar, bosh miya va buyrak qon oqimini tezlashtiradi, yurak qisqarishlari sonini kamaytiradi (YUQS). Aritmiyaga qarshi ta‘siri ionlangan kalsiyni yurak to‘qimalarida tashilishini bostirilishi bilan bog‘liq, bu samarali refrakter davrini oshishiga va atrioventrikulyar (AV) tugunida o‘tkazilish vaqtini uzayishiga (sinus tugunini zaifligi sindromi bo‘lgan bemorlarda, keksa yoshdagi pasientlarda, ularda klinik ahamiyatga ega kalsiy kanallarining blokadasi sinus tugunida impulsning generasiyasiga to‘sqinlik qilishi va sinoatreal (SA) blokadani chaqirishi mumkin). Normal bo‘lmacha ta‘sir potensiali yoki qorinchalarni ichi o‘tkazuvchanligi o‘zgarmaydi (normal sinus ritmiga odatda ta‘sir qilmaydi), ammo bo‘lmachalarning qisqarishlarini amplitudasi pasayganida depolyarizasiya va o‘tkazilish tezligi kamayadi.

Antiretrograd samarali refraktor davri qo‘shimcha o‘tkazuvchanlikni aylanib o‘tuvchi tutamlarida qisqarilishi mumkin. Antianginal ta‘siri periferik tomirlarning kengayishi va tizimli arterial bosimni pasayishi (yuklamadan keyin) bilan bog‘liq, bu miokard devorining kuchlanishini va uning kislorodga talabini kamayishiga olib keladi.

Manfiy inotrop samarani paydo bo‘lishiga olib kelmaydigan konsentrasiyalarda, koronar qon tomirlarining silliq mushaklarining relaksasiyasini yirik va hamda mayda arteriyalarning dilatasiyasini chaqiradi.

Gipotenziv ta‘siri rezistiv tomirlarning dilatasiyasi va UPTQ pasayishi bilan bog‘liq.

Arterial bosimning (AB) pasayish darajasi uning dastlabki darajasi bilan to‘g‘ri keladi, (“normatonik”larda AB minimal ta‘siri aniqlanadi). AB ni vertikal xolatda ham, gorizontal xolatda ham pasaytiradi. Kam hollarda postural arterial  gipotenziyani va reflektor taxikardiyani chaqiradi. Yuklamada maksimal YUQT o‘zgartirmaydi yoki ahamiyatsiz pasaytiradi. Uzoq muddatli davolash giperkatexolaminemiyaga, renin-angiotenzin-aldosteron tizimi faolligini oshishiga olib kelmaydi. Angiotenzin II ning buyrak va periferik samarasini kamaytiradi. Arterial gipertenziyada, yurak ishemik kasalligida, gipertrofik kardiomiopatiyada miokardning diastolik bo‘shashishini yaxshilaydi, trombositlar agregasiyasini kamaytiradi. Me‘da-ichak yo‘llarining (MIY) silliq mushaklariga minimal ta‘sirga ega. Uzoq muddatli davolash davomida (8 oy) tolerantlik rivojlanmaydi. Qonning lipid profiliga ta‘sir qilmaydi. Arterial gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarda chap qorincha gipertrofiyasining regressiyasini chaqirish qobiliyatiga ega.

Gipotenziv samaraning maksimal yaqqolligiga 2 hafta davomida erishiladi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilingandan keyin MIY da tez va deyarli to‘liq so‘riladi, qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi 80% ni tashkil qiladi. Jigar orqali «birinchi o‘tishida» biotransformasiyaga uchraydi, biokiraolishligi 40% ni tashkil qiladi. Bir qancha oraliq almashinuv hosilalarini hosil bo‘lishi bilan jigarda metabolizmga uchraydi, ulardan ko‘pchiligi organizmdan safro (65%) orqali, kamroq darajada buyrak (35%) orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 4-10 soatni tashkil qiladi.

Uzoq muddat qo‘llanganida diltiazemning farmakokinetikasi o‘zgarmaydi. Preparat organizmda to‘planmaydi va o‘zining metabolizmini induksiya qilmaydi. Stenokardiyali va buyrak funksiyasini buzilishlari bo‘lgan bemorlarda diltiazemning farmakokinetikasi o‘zgarmaydi. Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda biokiraolishligi oshadi va yarim chiqarilish davri uzayadi. Keksalik yoshida ham diltiazemning klirensi pasayishi mumkin. Gemodializda va peritoneal dializda chiqarilmayi.

Qo‘llanilishi

–  Arterial gipertenziya

–  Stenokardiya xurujlarini oldini olish (shu jumladan, Prinsmetal stenokardiyalari).

– Qorincha ustki aritmiyalar xurujlarini oldini olishda (paroksizmal taxikardiya, bo‘lmachalarning lipillashi yoki qaltirashi, ekstrasistoliya) qo‘llaniladi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Tabletkalarni ichga, ovqatdan oldin, chaynamasdan, oz miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish lozim. Dozalash tartibi individual ravishda belgilanadi.

Odatda 180-360 mg sutkalik doza 2 qabulga bo‘lib buyuriladi. Uzoq muddat samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashga o‘tishda preparatning dozasi sutkada ertalab bir marta 180 mg gacha kamaytirilishi mumkin. Maksimal sutkalik doza 360 mg ni tashkil qiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Yurak-qon tomir tizimi tomonidan: bradikardiya, qorinchalar ekstrasistoliyasi, surunkali yurak yetishmovchiligi, hatto asistoliyagacha bo‘lgan sinoaurikulyar blokada, AB ni yaqqol pasayishi, hushdan ketish, terini qizarishi, kam hollarda – stenokardiya, aritmiya (shu jumladan qorinchalarni xilpillashi va lipillashi), taxikardiya, hansirash, periferik shishlar. Yuqori dozalarda qo‘llanganida – stenokardiya, bradikardiya, atrioventrikulyar blokada.

Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan: og‘izni qurishi, ishtahani oshishi, qusish, ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, diareya, gipertrofik gingivit, qabziyat, giperkreatininemiya, qorinda og‘riq, jigar funksiyasini buzilishi, ichak tutilishi.

Markaziy nerv tizimi va sezgi a‘zolari tomonidan: bosh og‘rig‘i, umumiy holsizlik, asteniya, yuqori toliqish, havotirlik, bosh aylanishi,  uyquchanlik, uyqusizlik, depressiya, patologik qo‘rquv xolati, ekstropiramid buzilishlar, parkinsonizm (ataksiya, “niqobsimon” yuz, “chayqalib” yurish, oyoq va qo‘llarning harakatlarini qiyinlashishi, qo‘l kaftlarini va barmoqlarini qaltirashi, yutishni qiyinlashishi).

Yuqori dozalarda qo‘llanganida – paresteziyalar, ko‘rishni buzilishi (tranzitor ko‘rlik).

Allergik reaksiyalar: yorug‘likka yuqori sezuvchanlik, qichishish, teri toshmasi, yuz terisining giperemiyasi, Stivens-Djonson sindromi. Juda kam hollarda – ko‘p shaklli eritema, eksfoliativ dermatit.

Boshqalar: preparatni qabul qilish juda kam hollarda – qon zardobida «jigar» fermentlarining konsentrasiyasini oshishiga, periferik shishga olib keladi.

Yuqori dozalarda qo‘llanganida – o‘pka shishi (nafasni qiyinlashishi, yo‘tal, stridoroz nafas); kam hollarda – trombositopeniya, agranulositoz, galoktereya, tana vaznini oshishi.

Preparat keskin bekor qilinganida yondosh taxikardiya, arterial gipertenziya va stenokardiyaning kechishini yomonlashishi bilan «bekor qilish» sindromi rivojlanishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

-Preparatga va benzotiazipinning boshqa hosilalariga yuqori sezuvchanlik,

– sinoaurikulyar blokada, II va III darajali sinoatrial va atrioventrikulyar blokada (kardiostimulyatorli pasientlardan tashqari)

– yaqqol bradikardiya, sinus tugunining kuchsizligi sindromi ritmning sun‘iy boshqaruvchisini qo‘llashsiz

– kardiogen shok

– Volf-Parkinson-Uayt sindromi, Laun-Ganong-Levin sindromi bo‘lmachalarni qaltirashi va fibrillyasiyasi bilan birga (kardiostimulyatorli bemorlardan tashqari)

– yaqqol arterial gipotenziya (sistolik AB 90 mm sim.ust. dan kam)

– o‘tkir yurak yetishmovchigi

– surunkali yurak yetishmovchiligi (dekompensasiya bosqichidagi)

– chap qorincha yetishmovchiligining belgilari  bilan kechuvchi miokard infarkti

– keng kompleksli QRS  qorinchalar taxikardiyasi

– homiladorlik, laktasiya davri

– 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan) qo‘llash mumkin emas.

Buyrak va jigar funksiyasini yaqqol buzilishlari, o‘tkir porfiriyasi, aorta og‘zini og‘ir stenozi, yengil va o‘rtacha darajali arterial gipotenziyali, I darajali atrioventrikulyar blokadali bemorlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Diltiazem  Lannaxer preparati antigipertenziv vositalar bilan birga qo‘llanganida gipotenziv ta‘siri kuchayadi.

Diltiazem va digoksin bir vaqtda qo‘llanganida qonda digoksinning konsentrasiyasi oshishi mumkin.

Diltiazem Lannaxer preparati antiaritmik vositalar, beta-adrenoblokatorlar, yurak glikozidlari bilan bir vaqtda qo‘llanganida bradikardiya rivojlanishi, atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni buzilishi, yurak yetishmovchiligining belgilari paydo bo‘lishi mumkin.

Adenozin bilan bir vaqtda qo‘llanganida, uzoq davom etuvchi bradikardiyani rivojlanish xavfi yuqori.

Salisilatlar qo‘shimcha tarzda trombositlar agregasiyasi qobiliyatini susaytiradi.

Simetidin diltiazemning jigardagi biotransformasiyasi jarayonini susaytiradi, Diltiazem Lannaxer preparatining ta‘siri davomiyligini oshirib, uning chiqarilishini sekinlashtiradi.

Diltiazem qon plazmasida teofillin va karmazepinning konsentrasiyasini oshiradi (40-70%) va nojo‘ya reaksiyalarining paydo bo‘lishi xavfini oshiradi, shu jumladan ataksiya, nistagm, diplopiya, bosh og‘rig‘i, qusish, ongni chalkashishi, shuningdek siklosporin, digoksin (50% gacha),  imipramin, litiy va midazolamning konsentrasiyasini oshiradi.

Peroral gipoglikemik vositalarining (masalan, xlorpropamid va glipizidning) ta‘sirini kuchaytiradi.

Buyrak ko‘chirib o‘tkazilgan bemorlarda diltiazem va siklosporin bir vaqtda qo‘llanganida siklosporin bilan intoksikasiya, paresteziyalar rivojlanishi mumkin. Shuning uchun, ushbu guruh pasientlarda siklosporinning plazmadagi konsentrasiyasi darajasini diqqat bilan kuzatish lozim.

Ovqat qabul qilish diltiazemni so‘rilishi va biokiraolishligini 20-30% ga oshiradi. QT intervalining uzayishini chaqiruvchi prokainamid, xinidin va boshqa dori vositalari, uning ahamiyatli uzayishi xavfini oshiradi. Propranolning biokiraolishligini oshirishi mumkin.

Ingalyasion anesteziya uchun vositalar (uglevodorod hosilalari), tiazidli diuretiklar va AB ni pasaytiruvchi boshqa dori vositalari diltiazemning gipotenziv samarasini kuchaytiradi.

Fenobarbital, diazepam, rifampisin diltiazemning konsentrasiyasin pasaytiradi.

Xinidin, valproat kislotasining qondagi konsentrasiyasini oshiradi (dozani kamaytirish talab qilinishi mumkin).

Nitratlarni (shu jumladan uzaytirilgan shakllarini) bir vaqtda buyurish mumkin.

Umumiy anestetiklarning kardiodepressiv ta‘sirini kuchaytiradi.

Litiy preparatlari diltiazemning neyrotoksik ta‘sirini kuchaytirishi mumkin (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, ataksiya, titrash va/yoki quloqlarda shovqin).

Indometasin va boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, glyukokortikosteroidlar va estrogenlar, shuningdek simpatik dori vositalar gipotenziv samarani pasaytiradi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Diltiazem miokardning o‘tkazuvchanligini pasaytiradi, shuning uchun uni I darajali AV blokadasi va bradikardiyasi bo‘lgan pasientlarga alohida ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Yurakning chap qorinchasi funksiyasini buzilishlari bo‘lgan pasientlarga ham ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.

Boshqa dori vositalarni qabul qiluvchi, xususan adrenergik reseptorlarning blokatorlarni ichga qabul qilayotgan pasientlarga diltiazem ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.

Ushbu guruh pasientlarida davolash jarayonini kardiologning sinchkov kuzatuvi ostida o‘tkazilishi lozim.

Diltiazem jigar yoki buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga extiyotkorlik bilan buyuriladi; ushbu guruh pasientlarida zarurati bo‘lganida preparatning buyurilayotgan dozalarini kamaytirish va siydikdagi mochevina miqdorini, kreatininni nazorat qilish, shuningdek jigar funksiyasini nazorat qilish lozim. Jigar funksiyasini buzilishlari bo‘lgan pasientlarda sutkalik doza 90 mg dan oshmasligi lozim va jigar funksiyasini muntazam nazorat qilish kerak. Keksa pasientlar uchun standart dozalarni moslashtirish lozim.

Diltiazem UPTQ kamaytirishi va ikkilamchi arterial gipotenziyani chaqirishi mumkinligi tufayli, xususan davolash kursining boshida, terapevtik dozalar hali aniqlanmaganida, AB ni nazorat qilish lozim.

Ko‘p shaklli eritemaga va eksfoliativ dermatitga o‘tuvchi turg‘un teri toshmalarini paydo bo‘lish hollarida- preparatni qabul qilishni to‘xtatish lozim.

Agar davolash vaqtida pasientga umumiy anesteziya ostida jarroxlik aralashuvini o‘tkazish talab qilinsa, shifokor-anesteziologga o‘tkazilayotgan davolash haqida ma‘lumot berish lozim. Keksa yoshdagi pasientlarda diltiazemning yarim chiqarilish davri oshishi mumkin.

 

Homiladorlik va emizish davri

Homiladorlik va emizish davrida Diltiazem Lannaxerni qo‘llash mumkin emas.

Tug‘ruq yoshidagi ayollarga diltiazemni buyurishdan oldin xomiladorlikni istisno qilish lozim.

Avtotransport vositalarini va mashinalarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Diltiazem Lannaxerni qo‘llash yuqori ruhiy va jismoniy reaksiyalar tezligini talab qiluvchi (masalan, transport vositalarini va mexanizmlarini boshqarish, balandda ishlash va boshqalar) ishlarni bajarishga salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. Diltiazem Lannaxer preparatini qabul qilayotgan vaqtda spirtli ichimliklarni is‘temol qilish tavsiya etilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari: bradikardiya, AB yaqqol pasayishi, kollapsga o‘tuvchi atrioventrikulyar o‘tkazuvchanlikni buzilishi, yurak yetishmovchiligi, kardiogen shok, asistoliya.

Davolash: dozani oshirib yuborilishining ko‘rinishlarini og‘irligiga bog‘liq. Me‘dani yuvish zarur, faollashtirilgan ko‘mir buyurish lozim, keyinchalik simptomatik  davolash. O‘tkaziladi. Zarurati bo‘lganida atropin, izoproterenol, dopamin yoki dobutaminni buyurish tavsiya etiladi, shuningdek o‘tkazuvchanlikning yaqqol buzilishlarida elektrostimulyasiyani qo‘llash mumkin.

Gemodializ va peritoneal dializ samarasiz.

 

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan polivinilxlorid plyonkali va bosma laklangan alyumin folgali kontur-uyali o‘ramda.

2 (90 mg tabletkalar) yoki 3 kontur-uyali o‘ramlar (180 mg tabletkalar) davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

 

Saqlash  sharoiti

Quruq, yorug‘likdan  himoyalangan joyda 25°S yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

DILTIAZEM RETARD 0,18 kapsulalar N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
DILTIAZEM RETARD 0,18 kapsulalar N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
DILTIAZEM RETARD 0,18 kapsulalar N30 dori vositasi К.О.Ромфарм Компани С.Р.Л. tomonidan Ruminiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
DILTIAZEM RETARD 0,18 kapsulalar N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
DILTIAZEM RETARD 0,18 kapsulalar N30 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
DILTIAZEM LANNAXER tabletkalari 90mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Дилтиазем ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант, ООО, Россия произведено: Lannacher Heilmittel Ges.m.b.H.
DILTIAZEM LANNAXER 0,18 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Дилтиазем ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Г.Л.Фарма ГмбХ
Ishlab chiqaruvchining dorilari
NOOXOLIN ROMFARM inyeksiya uchun eritma 4ml 250mg/ml N3
Narh: 106 400 so'mdan Batafsil
Другие формы препарата
DILTIAZEM LANNAXER tabletkalari 90mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Дилтиазем ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Валеант, ООО, Россия произведено: Lannacher Heilmittel Ges.m.b.H.
DILTIAZEM LANNAXER 0,18 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Дилтиазем ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Г.Л.Фарма ГмбХ
DILTIAZEM 0,09 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya Respublikasi
  • Faol modda: Дилтиазем ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Алкалоид АО
DILTIAZEM LANNAXER 0,09 tabletkalari N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Avstriya
  • Faol modda: Дилтиазем ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Г.Л.Фарма ГмбХ
DILTIAZEM 0,06 tabletkalari N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Makedoniya Respublikasi
  • Faol modda: Дилтиазем ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Алкалоид АО
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9