×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

D XIT krem 67g

Kategoriya:
- Qo'shma va mushak og'rig'i
Ishlab chiqarilish joyi:
- Buyuk Britaniya
Ishlab chiqaruvchi:
- The Mentholatum Company Limited
ATX kodi:
- M02AC
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

VOLTAREN EMUL gel 20g 1% ГСК Консьюмер Хелскер С.А. Shveytsariya
30 000 s`om dan
PENTALGIN tabletkalari N24 ОАО «Фармстандарт-Лексредства» Rossiya
30 000 s`om dan
TERAFLEKS kapsulalar N120 Bayer Consumer Care AG Germaniya
362 900 s`om dan
7 800 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
D XIT krem 67g qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DIP XIT

DEEP HEET

 

Preparatning savdo nomi: DIP XIT

Dori shakli: sirtga qo‘llash uchun krem

Tarkibi:

1,0 g krem quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar:

Metilsalisilat                                          128,0 mg

Mentol (rasemik)                                        59,1 mg

Evkalipt barglari moyi                           19,7 mg

Terpentin moyi                                          14,7 mg

Yordamchi moddalar:

Tozalangan suv                                             552,5 mg

Setostearil spirti                                    180,0 mg

Natriy setostearilsulfati                    20,0 mg

Suyuq parafin                                             10,0 mg

Propilenglikol                                       10,0 mg

Lanolin                                                       5,0 mg

Dovisil 200                                                            1,0 mg

Ta‘rifi: oq rangli mentol va metilsalisilat hidli krem.

Farmakoterapevtik guruhi: Mushak va bo‘g‘im og‘riqlarida mahalliy qo‘llash uchun dori vositasi. Salisil kislotasining hosilasini saqlovchi dori vositasi.

ATX kodi: M02AS.

Farmakologik xususiyatlari

Metilsalisilat salisil kislotasining hosilasi bo‘lib, og‘riqni yengillashtirish uchun qo‘llaniladi.

Terpentin moyi va evkalipt moyi ta‘sirlovchi vosita sifatida ta‘sir ko‘rsatadi.

Mentol mahalliy qo‘llanganda og‘riq qoldiruvchi samarani rivojlanishiga yordam beradi.

Dori vositasi mahalliy qo‘llash uchun mo‘ljallangan, farmakokinetik tekshiruvlari o‘tkazilmagan.

 

Qo‘llanilishi

Mushaklardagi og‘riqlarni va mushak zo‘riqishini, shu jumladan lyumbago, ishias, fibroz yallig‘lanish, lat yeyishlar va paylarni cho‘zilishidan keyingi og‘riqlar (shu jumladan, sportda olingan yengil jarohatlar) ni simptomatik davolash uchun qo‘llaniladi. Revmatizmda og‘riq sindromini majmuaviy davolashda qo‘llaniladi.

 

Qo‘llash usuli va dozalari

Faqat sirtga qo‘llash uchun buyuriladi.

18 yoshdan oshgan kattalar uchun buyuriladi.

Kremni shikastlangan joy yoki og‘riqli sohaga kuniga 2-3 marta surtish va yengil ishqalash tavsiya qilinadi.

Davolash davomiyligi shifokor tomonidan belgilanadi va kasallikni kechishi va og‘irligiga bog‘liq bo‘ladi.

Jismoniy mashqlardan oldin va keyin ishlatilishi mumkin.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Teri tomonidan allergik reaksiyalar: qizarish, qizish hissi, toshma bo‘lishi mumkin.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda, homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Asetilsalisil kislotasi, ibuprofen yoki nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarga yuqori sezuvchanlikda, ayniqsa anamnezda bronxial astma bo‘lganida qo‘llash mumkin emas. 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanmasin. Teri qoplamlarining butunligini buzilishida qo‘llash mumkin emas.

 

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Metilsalisilat so‘rilganida antikoagulyantlar, metotreksatning samarasini kuchaytiradi, buni preparat katta dozada uzoq vaqt ishlatilganida hisobga olish kerak. Kumarin turi antikoagulyant vositalarini qabul qilayotgan va DIP XIT kremini qo‘llayotgan pasientlar tibbiy kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak. DIP XIT preparatini qo‘llashdan oldin qandaydir boshqa preparatlarni qo‘llayotgan bo‘lsangiz, shifokor bilan maslahatlashish kerak.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Faqat sirtga qo‘llash uchun buyuriladi. Kremni lablar, burun yo‘llari, ko‘z atrofi sohalari, jinsiy a‘zolar va anal teshigi, shuningdek shikastlangan yoki ta‘sirlangan teriga surtish mumkin emas. Krem yuqorida ko‘rsatilgan sohalarga tushgan hollarda preparatni ko‘p miqdordagi toza suv bilan darhol yuvish kerak.

Kremni ko‘zga va nafas yo‘llariga tushishidan saqlanish kerak. DIP XIT preparati ko‘zning shilliq qavatiga tushganida, ko‘zni suv bilan yuvish kerak.

Preparat bexosdan yutib yuborilganida, shifokorga yoki yaqinroqdagi shoshilinch yordam punktiga murojaat qilish kerak.

DIP XIT preparati qo‘llanganidan so‘ng, agar qo‘llar davolanayotgan ob‘ekt hisoblanmasa, ularni yuvish kerak.

Qo‘llashdan oldin kremni terining katta bo‘lmagan sohasida sinab ko‘ring.

Ba‘zi pasientlar diskomfort his etishlari mumkin, ayniqsa terining individual yuqori sezuvchanligida, kremni issiq havoda yoki vanna qabul qilib bo‘lish bilanoq qo‘llanganda.

Terida ta‘sirlanish yoki boshqa nojo‘ya reaksiyalar paydo bo‘lgan hollarda kremni qo‘llashni darhol to‘xtatish kerak.

Krem propilenglikol saqlaydi, bu terini ta‘sirlanishini chaqirishi mumkin.

Krem lanolin va setostearil spirtini saqlaydi, bu terining mahalliy reaksiyalarini (masalan, kontaktli dermatitni) rivojlanishini chaqirishi mumkin.

Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri

Ma‘lumot yo‘q.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

 

Dozani oshirib yuborilishi

Ta‘riflanmagan. Mahalliy qo‘llanganida dozani oshirib yuborilishi ehtimoli kam. Terining katta sohalariga qo‘yilganida yoki preparatning katta miqdori bexosdan yutib yuborilganida dozani oshirib yuborilishini rivojlanishini istisno qilib bo‘lmaydi. Bunday hollarda simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.

 

Chiqarilish shakli

Sirtga qo‘llash uchun krem. 15 g, 67 g dan alyumin tubalarda. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Shifokor reseptisiz.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

D XIT krem 67g dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
D XIT krem 67g dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
D XIT krem 67g dori vositasi The Mentholatum Company Limited tomonidan Buyuk Britaniya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
D XIT krem 67g dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
D XIT krem 67g dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Ishlab chiqaruvchining dorilari
DIP RILIF gel 50g
DIP RILIF gel 15g
DIP RILIF gel 100g
DIP XIT krem 15g
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9