×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

DIPROSPAN suspenziya 1ml N5

Kategoriya:
- Gormonal vositalar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Belgiya
Faol modda:
бетаметазона динатрия фосфат, бетаметазона дипропионат
Qadoqda soni:
- 5
Ishlab chiqaruvchi:
- Schering-Plough Сentral East AG, Швейцария произведено: Schering-Plough Labo N.V.
ATX kodi:
- H02AВ01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 16 ta dorixonasida topildi

ico 112 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

ico 495 000 s`om dan + yetkazish

Buyurtma berish

ico 112 000 s`om dan

Bron qilish

O'xshash dorilar

DEZAMINOOKSITOSIN tabletkalari 50me N10 Гриндекс, АО Latviya
95 000 s`om dan
DEKSAMETAZON eritma 1ml 4mg/ml N25 Agio Pharmaceutical Limited Hindiston
23 500 s`om dan
PREDNIZOLON tabletkalari 5mg N40 Radiks, ЧНПП O'zbekiston
18 600 s`om dan
AKTID inyeksiya uchun eritma 100mkg N1 Samarth Life Sciences Pvt. Ltd Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
DIPROSPAN suspenziya 1ml N5 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

DIPROSPAN®

DIPROSPAN®

 

Preparatning savdo nomi: Diprospan®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): betametazon (betamethasone)

Dori shakli: in‘eksiya uchun suspenziya.

Tarkibi:

1 ml suspenziya quyidagilarni saqlaydi:

faol moddalar: 6,43 mg betametazon dipropionati (5 mg betametazonga ekvivalent) va
2,63 mg betametazon natriy fosfati (2 mg betametazonga ekvivalent) saqlaydi;

yordamchi moddalar: dinatriy gidrofosfat digidrati, natriy xloridi, dinatriy edetati, polisorbat 80, benzil spirti, metilparagidroksibenzoat (Ye218), propilparagidroksibenzoat (Ye 216), natriy karboksimetilsellyuloza, makrogol 4000, xlorid kislotasi, in‘eksiya uchun suv.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz, biroz qovushqoq, yengil suspenziyalanuvchi oq yoki deyarli oq zarrachalar saqlovchi, yot aralashmalari bo‘lmagan suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: tizimli qo‘llash uchun kortikosteroidlar.

ATX kodi: N02AV01.

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

Betametazon sintetik glyukokortikoiddir (9 alfa-ftor-16 beta-metilprednizolon). Betametazon kuchli yallig‘lanishga qarshi, allergiyaga qarshi va immunodepressiv ta‘sir ko‘rsatadi.

Betametazon klinik ahamiyatli mineralokortikoid ta‘sir ko‘rsatmaydi.

Glyukokortikoidlar xujayralar membranasi orqali kiradi va sitoplazmaning spesifik reseptorlari bilan komplekslar shakllantiradi. Bu komplekslar keyinchalik xujayra yadorsiga kiradi, DNK (xromatin)ga birikadi va informasion RNK ni, shuningdek turli fermentlar oqsillarining sintezini rag‘batlantiradi. Bular natijada glyukokortikoidlar tizimli qo‘llanganida kuzatiladigan samaralarga javob beradi. Immun va yallig‘lanish jarayonlariga ta‘sir qilishdan tashqari, glyukokortikoidlar shuningdek uglevodlar, oqsillar va yog‘larning metabolizmiga ham ta‘sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, glyukokortikoidlar yurak-qontomir tizimiga, skelet mushaklariga va markaziy nerv tizimiga ta‘sir qiladi.

Yallig‘lanish va immun jarayonlariga ta‘siri. Glyukokortikoidlarning yallig‘lanishga qarshi, immunodepressiv va allergiyaga qarshi xususiyatlari, davolash amaliyotida ishlatilganida muhim ahamiyatga ega. Bunday xususiyatlarining asosiy natijalari quyidagilar: yallig‘lanish jarayoni o‘chog‘ida immunofaol xujayralar miqdorini pasayishi, vazodilatasiyani kamayishi, lizosomal membranani barqarorlanishi, fagositozni bostirilishi, prostaglandinlar va unga yaqin moddalarning ishlab chiqarilishini kamayishi.

Preparatning yallig‘lanishga qarshi ta‘siri gidrokortizonga qaraganda taxminan 25 marta va prednizolonga qaraganda 8-10 marta yuqori (og‘irlik nisbatida).

Uglevodlar va oqsillar metabolizmiga ta‘siri. Glyukokortikoidlar oqsillar metabolizmini rag‘batlantiradi. Jigarda glyukoneogenez jarayoni orqali ozod bo‘lgan aminokislotalar glyukoza va glikogenga aylanadi. Periferik to‘qimalarda glyukozani so‘rilishi pasayadi, bu, ayniqsa diabetga moyilligi bo‘lgan pasientlarda giperglikemiya va glyukozuriyaga olib keladi.

Lipidlar metabolizmiga ta‘siri. Glyukokortikoidlar lipolitik ta‘sirga ega. Lipoliz oyoq-qo‘llar darajasida juda yaqqol ifodalangan. Bundan tashqari, glyukokortikoidlar hammadan ko‘proq tana, bo‘yin va bosh sohalarida namoyon bo‘ladigan lipogenezga ta‘sir qiladi. Bu samaralari birgalikda lipid qatlamlarini qayta taqsimlanishiga olib keladi.

Glyukokortikoidlarning maksimal farmakologik faolligi, qon zardobidagi preparatning maksimal konsentrasiyasiga eritishiga qaraganda kechroq namoyon bo‘ladi, bu preparatning samaralarini katta qismi bevosita dorining ta‘siri bilan emas, balki fermentlar faolligini o‘zgarishiga asoslanganligini ko‘rsatadi.

Farmakokinetikasi

Betametazon natriy fosfati va betametazon dipropionati terapevtik ta‘sirini tez boshlanishi, shuningdek boshqa mahalliy va umumiy farmakologik ta‘sirlarini ta‘minlab, in‘eksiya joyidan so‘riladi.

Betametazon natriy fosfati suvda tez eriydi va organizmda betametazongacha (biologik faol glyukokortikoid) metabolizmga uchraydi. 2,63 mg betametazon natriy fosfati 2 mg betametazonga ekvivalent.

Betametazon dipropionatini ishlatish preparatni davomli ta‘siriga erishish imkoniyatini beradi. Bu modda depodan iborat bo‘lib deyarli erimaydi, shunday qilib, so‘rilishi asta-sekin yuz beradi, simptomlarni yengillashishi esa uzoqroq davom etadi.

Qonning ko‘rsatkichlari Mushak ichiga in‘eksiya
  Betametazon natriy fosfati Betametazon dipropionati
Qon plazmasidagi maksimal konsentrasiyasi Qabul qilgandan keyin

1 soat

Asta-sekin so‘riladi
Bir dozadan keyin qon plazmasidan yarim chiqarilish davri 3-5 soat Progressiv metabolizmga uchrashi
Organizmdan chiqarilishi 24 soat 10 kundan ko‘proq
Yarim chiqarilishini biologik davri 36-54 soat  

Betametazon jigarda metabolizmga uchraydi. Asosan albuminlar bilan bog‘lanadi. Jigar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda betametazonning metabolizmi davomliroq yoki sekinlashgan bo‘ladi.

Qo‘llanilishi

Kortikosteroid davolash yordamchi hisoblanadi va asosiy davolashning o‘rnini bosmaydi.

Mushak ichiga yuborish

Diprospan® turli revmatologik, dermatologik, allergik kasalliklarni, odatda kortikosteroidlar bilan davolashga javob kuzatiladigan kollagenli va boshqa kasalliklarni davolash uchun ko‘rsatilgan.

Bo‘g‘im ichiga va periartikulyar yuborish, shuningdek bevosita yumshoq to‘qimalarga yuborish

Osteoartritda, revmatoid artritda yordamchi qisqa muddatli davolash sifatida (kasallikni o‘tkir shaklida yoki zo‘rayishida) qo‘llanadi.

Teri ichiga yuborish.

Dermatologik kasalliklarda qo‘llanadi.

Oyoq panjasi to‘qimalariga mahalliy yuborish.

Qattiq qadoq, shpor, oyoq panjasining katta barmog‘ini xarakatini qiyinligi yoki oyoq panjasining katta barmog‘ini deformasiyasidagi bursitda, sinovial kistada, mortonov metatarzal nevralgiyada, tendosinovitda, kubsimon suyakning periostitida yordamchi qisqa muddatli davolash sifatida (kasallikni o‘tkir shaklida yoki zo‘rayishida) qo‘llanadi.

Allergik holatlar

Bronxial astma, astmatik status, mavsumiy yoki yil davomidagi allergik sinusit, allergik bronxitning og‘ir shakli, kontakt dermatit, atopik dermatit, pichan isitmasi, angionevrotik shish, zardob kasalligi, dori preparatlari yoki hashoratlarni chaqishiga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari.

Revmatik kasalliklar

Osteoartrit, revmatoid artrit, bursit, lyumbago, ishias, koksidiniya, o‘tkir podagrik artrit, qiyshiq bo‘yin, gialinoz kista, ankilozlovchi spondiloartrit, radikulit, ekzostoz, fassiit.

Dermatologik kasalliklar

Atopik dermatit (tangasimon ekzema), neyrodermit (chegaralangan neyrodermit), kontakt dermatit, yaqqol quyoshli dermatit, eshakemi, gipertrofik qizil yassi temiratki, lipoidli diabetik nekrobioz, o‘choqli alopesiya, diskoid qizil yugurik, psoriaz, keloid chandiqlar, xaqiqiy pufakcha, gerpetiform dermatit, kistoz xusnbuzar.

Kollagen kasalliklar

Tarqallangan tizimli qizil yugurik, tugunli periartrit, sklerodermiya va dermatomiozitning ayrim turlarini zo‘rayishi yoki samarani bir maromda ushlab turuvchi davolash sifatida.

Onkologik kasalliklar

Kattalardagi leykoz va limfomani, shuningdek bolalardagi o‘tkir leykozni palliativ davolash sifatida.

Boshqa holatlar

Adrenogenital sindrom, gemorragik rektokolit, Kron kasalligi, spru, glyukokortikoidlar bilan davolash zarur bo‘lgan qonning patologik o‘zgarishlari, nefrit, nefrotik sindrom.

Buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining birlamchi yoki ikkilamchi yetishmovchiligi bo‘lganida, Diprospan® bilan davolashni o‘tkazish mumkin, lekin, zarurati bo‘lganida, bir vaqtda mineralokortikoidlarni qo‘llash kerak.

Qo‘llash usuli va dozalari

Qo‘llash oldidan eritmani chayqatish kerak.

PASIENTNING EHTIYOJI, KASALLIKNING TURI, UNING OG‘IRLIGI VA PASIENT ORGANIZMINING REAKSIYASIGA QARAB, DOZA SHAXSIY RAVISHDA TANLANADI.

Doza minimal, qabul qilish davri esa – maksimal qisqa bo‘lishi kerak.

Dastlabki dozani qoniqarli klinik samara olingunicha tanlash kerak. Agar yetarlicha vaqt davrida qoniqarli klinik samaraga erishilmasa, Diprospan® preparatining dozasini asta-sekin pasaytirib, davolashni to‘xtatish va boshqa to‘g‘ri keluvchi davolashga o‘tish kerak.

Qoniqarli samarada adekvat klinik samarani ta‘minlovchi minimal dozaga erishilmagunicha boshlang‘ich dozani asta-sekin pasaytirib (vaqtni yo‘l qo‘yilgan intervallari orqali), optimal dozani aniqlash kerak.

Diprospan®ni vena ichiga va teri ostiga yuborish mumkin emas.

Tizimli qo‘llash

Tizimli davolashda ko‘pchilik hollarda preparatning boshlang‘ich dozasi 1-2 ml ni tashkil qiladi. Zarurati bo‘lganida yuborish takrorlanadi. Preparat dumbaga chuqur mushak ichiga yuboriladi. Doza va preparatni qo‘llashni tez-tezligi pasientning holatiga og‘irligi va terapevtik samaraga bog‘liq. Jiddiy kasalliklarda, shoshilinch davolash zarurligida, masalan, tizimli qizil yugirik yoki astmatik statusda, preparatning boshlang‘ich dozasi 2 ml ni tashkil qilishi mumkin.

Turli dermatologik kasalliklarda yaxshi javobga, odatda 1 ml Diprospan® preparati mushak ichiga yuborilganidan keyin erishiladi; preparatni yuborishni terapevtik samaraga qarab takrorlash mumkin.

Nafas yo‘llarining kasalliklarida simptomlarni yaxshilanishiga Diprospan® preparati mushak ichiga yuborilganidan keyin bir necha soat o‘tgach erishiladi. Bronxial astma, pichan isitmasi, allergik bronxit va allergik rinitda samarali nazoratga 1-2 ml preparat yuborilganidan keyin erishiladi. O‘tkir yoki surunkali bursitda samarali natijalarga Diprospan® preparatini 1-2 ml mushak ichiga in‘eksiyasidan keyin erishiladi; zarurati bo‘lganida preparatni yuborishni takrorlash mumkin.

Mahalliy qo‘llash

Mahalliy og‘riqni qoldiruvchi preparatni bir vaqtda faqat yakka xollarda qo‘llash kerak bo‘ladi (in‘eksiya deyarli og‘riqsiz). Agar mahalliy og‘riqni qoldiruvchi preparatni bir vaqtda qo‘llash yaxshiroq bo‘lsa, unda paraben saqlamaydigan dori shakllarini ishlatib Diprospan®ni lidokain gidroxloridining 1% yoki 2% li eritmasi bilan, prokain gidroxloridi bilan yoki shunga o‘xshash mahalliy og‘riqsizlantiruvchilar bilan aralashtirish mumkin (bir shprisda, flakonda emas). Metilparaben, propilparaben, fenol va boshqa shunga o‘xshash moddalarni saqlovchi og‘riqni qoldiruvchilarni qo‘llash ruxsat etilmaydi. Oldin flakondan Diprospan® preparatining kerakli dozasini shprisga olish; keyin shu shprisga mahalliy og‘riqni qoldiruvchining kerakli miqdorini olish va qisqa vaqt davomida silkitish kerak.

O‘tkir bursitlarda (subdeltasimon, subakromial va prepatellyar) 1-2 ml Diprospan® preparatini bevosita sinovial xaltaga yuborish, bir necha soatga og‘riqni yengillashtirishi va xarakatchanlikni to‘liq tiklashi mumkin.

Surunkali bursitda. Shoshilinch davolashdan keyin yaxshi samara olinganida, preparatning dozasini pasaytirish mumkin.

Tendinit, tendosinoviit va peritendinitda. Kasallikning o‘tkir bosqichida preparatning bir in‘eksiyasi bemorning holatini yaxshilash uchun yetarli bo‘lishi mumkin, surunkali – pasientning xolatiga qarab preparatni takroriy yuborish talab qilinishi mumkin.

Revmatoid artrit va osteoartritda. Preparatni 0,5-2 ml dozada bo‘g‘im ichiga yuborish, odatda, yuborilganidan keyin 2-4 soat davomida og‘riqni, bo‘g‘imlarning og‘riqliligi va qiyin xarakatlanishini kamaytiradi. Preparatning terapevtik ta‘sirini davomiyligi bu ikki kasallikda ahamiyatli farq qiladi va 4 va ko‘proq xaftani tashkil qilishi mumkin. Diprospan® preparatini bo‘g‘im ichiga yuborish bo‘g‘imlar tomonidan ham, bo‘g‘imoldi to‘qimalar tomonidan ham yaxshi o‘zlashtiriladi.

Preparatning tavsiya etilgan dozalari:

  • katta bo‘g‘imlarga (masalan, tizza, chanoq-son) yuborilganida: 1-2 ml;
  • o‘rtacha bo‘g‘imlarga (masalan, tirsak) yuborilganida: 0,5-1 ml;
  • mayda bo‘g‘imlarga (masalan, qo‘l kafti bo‘g‘imlariga) yuborilganida: 0,25-0,5 ml.

Teri kasalliklarida. Dermatologik kasalliklarda Diprospan® preparatini bevosita shikastlanish o‘chog‘iga yuborish samarali. Preparat bevosita qo‘llanmaydigan shikastlanishning ayrim sohalariga nisbatan preparatning ijobiy samarasi, preparatni katta bo‘lmagan tizimli samarasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Doza 0,2 ml/sm2 ni tashkil qiladi. Preparat diametri 26 G ignali tuberkulin shprisi yordamida teri ichiga (teri ostiga emas) yuboriladi. Barcha shikastlangan soxalarga yuborilgan preparatning umumiy miqdori 1 ml dan oshmasligi kerak.

Glyukokortikoidli davolashga sezuvchan bo‘lgan oyoq kaftining kasalliklari. Qadoq fonidagi bursitda har biri 0,25 ml dan preparatni ikki ketma-ket in‘eksiyalarini qo‘llash samarali bo‘lishi mumkin. Oyoq kaftining katta barmog‘ini qiyin harakatchanligi (Hallux Rigidus), oyoq kaftining beshinchi barmog‘ini virusli deformasiyasi kabi boshqa kasalliklarida, shuningdek o‘tkir podagrik artritda, yaxshilanish juda tez yuz berishi mumkin. Uzunligi 1,9 sm 26 G ignali tuberkulin shprisi oyoq kaftiga qilinadigan ko‘pchilik in‘eksiyalar uchun to‘g‘ri keladi.

Tavsiya etilgan dozalar (yuborishlar orasidagi tahminan 1 hafta intervallar bilan) tashkil qiladi:

Bursitda:

– qattiq qadoq fonida                                                                               0,25-0,5 ml

– shporda                                                                                                      0,5 ml

– oyoq kaftinig katta barmog‘ini qiyin xarakatchanligida                  0,5 ml

– oyoq kaftinig beshinchi barmog‘ini varusli deformasiyasida                       0,5 ml

Sinovial kistada                                                                                      0,25-0,5 ml

Morton metatarzal nevralgiyada                                                              0,25-0,5 ml

Tendosinoviitda                                                                                       0,5 ml

Kubsimon suyakning periostitida                                                                      0,5 ml

O‘tkir podagrik artritda                                                                          0,5-1 ml.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Diprospan® preparatini qo‘llashda kuzatiladigan nojo‘ya reaksiyalar, boshqa kortikosteroidlarni qo‘llashdagi reaksiyalar kabi, doza va preparatni qo‘llashning davomiyligiga bog‘liq.

Suv-elektrolit muvozanatini buzilishlari: natriyni tutilishi, kaliyni yo‘qotilishi, gipokaliemik alkaloz, suyuqlikni tutilishi, moyilligi bo‘lgan pasientlarda dimlangan yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya.

Skelet-mushak tizimi tomonidan buzilishlar: mushak kuchsizligi, mushak massasini yo‘qotilishi, miasteniyada simptomlarni yomonlashishi, osteoporoz, ba‘zida suyaklardagi kuchli og‘riqlar va spontan sinishlar bilan (umurtqa pog‘onasini kompression sinishlari), suyakni aseptik nekrozi (son va yelka suyagining boshchasini), paylarni uzilishi, steroid miopatiya, patologik sinishlar, bo‘g‘imlarni beqarorligi.

Teri tomonidan buzilishlar: terini atrofiyasi, jaroxatlarni sekin bitishi, terini nozikligi va yupqalashishi, petexiyalar, ekximoz, allergik dermatit, angionevrotik shish, yuzni eritemasi, ko‘p terlash, eshakemi.

MIY tomonidan buzilishlar: perforasiya va qon ketishi ehtimoli bilan me‘da yarasi, pankreatit, meteorizm, ichak perforasiyasi, yarali ezofagit, ko‘ngil aynishi, qusish.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar: tirishishlar, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, bosh miya ichki bosimini oshishi (miyani soxta o‘smasi).

Ruxiyat tomonidan buzilishlar: eyforiya, kayfiyatni o‘zgarishi, shaxsiyatni o‘zgarishi va og‘ir depressiya, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik, uyqusizlik, psixotik reaksiyalar, ayniqsa anamnezida psixiatrik buzilishlari bo‘lgan pasientlarda, depressiya.

Ko‘rish a‘zolari tomonidan buzilishlar: ko‘z ichki bosimini oshishi, glaukoma, orqa subkapsulyar katarakta, ekzoftalm.

Endokrin tizimi tomonidan buzilishlar: Kushing sindromini klinik simptomatikasi, xayz ko‘rish siklini buzilishi, qandli diabeti bo‘lgan bemorlarda insulinga yoki peroral gipoglikemik vositalarga extiyojni oshishi, homilani rivojlanishi yoki bolaning o‘sishini kechikishi, uglevodlarga tolerantlikni buzilishi, yashirin qandli diabetni namoyon bo‘lishi, gipofiz va buyrak usti bezlari po‘stlog‘i faoliyatini ikkilamchi yetishmovchiligi, bu ayniqsa stress (jarohat, jarrohlik aralashuvi yoki kasallik) holida nohush hisoblanadi.

Metabolik buzilishlar: oqsilni parchalanishi oqibatida salbiy azot muvozanati, lipomatoz, tana vaznini oshishi.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar: kortikosteroidlar teri testlarini susayishiga yordam berishlari, infeksiya simptomlarini niqoblashlari va yashirin infeksiyani faollashtirishlari, shuningdek infeksiyani qo‘zg‘atuvchilariga, xususan mikobakteriyalarga (tuberkulyozda), Candida albicans va viruslarga chidamlikni pasaytirishlari mumkin.

Boshqa reaksiyalar: anafilaktik yoki allergik reaksiyalar, gipotenziv yoki shokli reaksiyalar.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar: preparatni bo‘yin yoki bosh soxasiga yuborish bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘rlikni kam hollari, giperpigmentasiya yoki gipopigmentasiya, teri osti va teri atrofiyasi, aseptik abssess, in‘eksiyadan keyingi zo‘rayishlar (bo‘g‘im ichiga yuborilganidan keyin), Sharko artropatiyasi.

Preparat bo‘g‘im ichiga qayta yuborilganidan keyin bo‘g‘imlarni shikastlanishi paydo bo‘lishi mumkin. Zararlanish xavfi mavjud.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Ta‘sir etuvchi yoki yordamchi moddalardan birontasiga yoki kortikosteroidlarga yuqori sezuvchanlik.

Tizimli zamburug‘li infeksiyalar.

Idiopatik trombositopenik purpurasi bo‘lgan pasientlarga mushak ichiga yuborish mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Preparatlar bilan o‘zaro ta‘siri

Fenobarbital, rifampisin, fenitoin yoki efedrin bilan bir vaqtda qo‘llash, kortikosteroidlarning metabolizmini kuchaytirishi va buning oqibati sifatida terapevtik samarasini pasaytirishi mumkin.

Kortikosteroidli davolanayotgan pasientlarda, davolashni quyidagi turlarini qo‘llash mumkin emas:

  • chechakka qarshi emlash,
  • immunizasiyaning boshqa turlari (ayniqsa yuqori dozalarda), nevrologik asoratlarning xavfi va kuchsiz immun javob tufayli (antitelalarni yetarli chiqmasligi).

Lekin o‘rinbosar davolash sifatida kortikosteroidlarni qo‘llayotgan pasientlarda, immunizasiyani o‘tkazish mumkin (masalan, Addison kasalligida).

Diuretiklar, masalan, tiazidlar bilan bir vaqtda qo‘llash, glyukozani o‘zlashtiraolmaslik xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.

Kortikosteroidlar va estrogenlar bilan bir vaqtda davolanayotgan pasientlarning xolatini kuzatish kerak, chunki kortikosteroidlarning samaralari kuchayishi mumkin.

Kortikosteroidlar va yurak glyukozidlarini bir vaqtda qo‘llash, gipokaliemiya oqibatida aritmiya yoki digitalisli intoksikasiya paydo bo‘lishi xavfini oshirishi mumkin. Yurak glikozidlarini qabul qilayotgan pasientlar ko‘pincha bir vaqtda organizmda kaliyning chiqarilishiga yordam beruvchi diuretiklarni qo‘llaydilar. Bunday xollarda pasientga kaliy saqlovchi preparatlarni buyurish kerak. Kortikosteroidlar amfoterisin V ni qo‘llash chaqirgan qaliyning chiqarilishini kuchaytirishlari mumkin. Preparatlarning bunday majmualaridan birini qabul qilayotgan barcha pasientlarda, zardob elektrolitlarining darajasini, xususan qon zardobida kaliyning darajasini diqqat bilan nazorat qilish kerak.

Kortikosteroidlar va kumarin qatori antikoagulyantlarni bir vaqtda qo‘llash, antikoagulyantlarning samaralarini kuchaytirishi yoki susaytirishi mumkin, bu dozaga tuzatish  kiritishni talab qiladi. Antikoagulyantlar va glyukokortikosteroidlar bilan bir vaqtda davolanayotgan pasientlarga nisbatan, kortikosteroidlar tomonidan chaqirilgan me‘da-ichak yo‘llarining yaralarini rivojlanishi mumkinligi xaqida, shuningdek ichki qon ketishi xavfini yodda tutish kerak.

Kortikosteroidlar qon plazmasida salisilatlarning konsentrasiyasini pasaytirishi mumkin. Kortikosteroidlarning dozalari pasaytirilganida yoki davolash to‘xtatilganida, salisil kislotasi bilan zaxarlanish ehtimoliga nisbatan tekshirish o‘tkazish kerak. Glyukokortikoidlar va salisilatlarni qo‘shilishi me‘da-ichak yo‘llarida yarali jarayonlarning tez-tezligi va og‘irligini oshirishi mumkin.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar yoki etanol bilan bir vaqtda qo‘llashda, me‘da-ichak yo‘llarining yarasini rivojlanishi yoki mavjud bo‘lgan yaraning zo‘rayishi xavfini oshishi mumkin.

Qandli diabeti bo‘lgan pasientlarga ayrim hollarda peroral antidiabetik preparatlar yoki insulinning dozalarini, glyukokortikoidlarning giperglikemik samarasini hisobga olib, moslashtirish kerak bo‘lishi mumkin.

Somatotropin bilan bir vaqtda qo‘llash, bu gormonga javobni kamaytirishga olib kelishi mumkin. Somatotropin bilan davolash davrida betametazonni sutkada 1 m2 tana yuzasiga 300-450 mkg dan (0,3-0,45 mg) yuqori dozalarda qo‘llashdan saqlanish kerak.

Laboratoriya testlarini o‘tkazishdagi o‘zaro ta‘sir

Kortikosteroidlar nitroko‘k tetrazoliyning tiklanish testiga va soxta salbiy natijalar olinishiga ta‘sir qilishi mumkin.

Agar pasient kortikosteroidlar bilan davolanayotgan bo‘lsa, biologik testlarning (teri testi, qalqonsimon bezi gormonlarining darajasi va boshqalar.) natijalarini izohlashda hisobga olish kerak.

Nomutanosiblik. Mahalliy og‘riqni qoldiruvchilarni bir vaqtda qo‘llashning zarurati kam hollarda kerak bo‘lishi mumkin. Agar og‘riqni qoldiruvchi moddani bir vaqtda yuborish ma‘qul bo‘lsa, Diprospan® preparatini lidokainning 1% yoki 2% li eritmalari yoki prokain gidroxloridi yoki parabenlarni saqlamaydigan boshqa anestetiklar bilan aralashtirish (shprisda, flakonda emas) mumkin. Metilparaben, propilparaben, fenol va boshqa shunga o‘xshash moddalarni saqlovchi og‘riqni qoldiruvchilarni qo‘llashga ruxsat berilmaydi.

Maxsus ko‘rsatmalar

Diprospan® preparatini vena ichiga yoki teri ostiga yuborish mumkin emas.

Kortikosteroidlar epidural in‘eksion yuborilganida jiddiy nevrologik reaksiyalar (ba‘zida o‘limga olib keluvchi) paydo bo‘lgani xaqida xabar berilgan. Shuningdek spesifik reaksiyalar xaqida xabar berilgan, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi (lekin sanab o‘tilganlar bilan cheklanmaydi): orqa miya infarkti, paraplegiya, kvadriplegiya, po‘stloq ko‘rligi va insult. Bu jiddiy nevrologik xodisalar xaqida rentgenoskopik tekshirishlarni qo‘llash bilan ham, qo‘llashsiz ham xabar berilgan. Kortikosteroidlarni epidural yuborishning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan, shuning uchun kortikosteroidlarni bunday qo‘llash man qilingan.

Preparatni yuborish aseptik sharoitlarda o‘tkazilishi kerak.

Diprospan® betametazonning ikki efirini saqlaydi, ulardan biri (betametazon natriy fosfati) preparat yuborilgan joydan tez so‘riladi. Demak, shifokor bu eruvchi moddani tizimli ta‘sir ko‘rsatishi mumkinligini yodda tutishi kerak.

Davomli qo‘llashdan keyin preparat bekor qilinganida yoki doza keskin pasaytirilganida (juda yuqori dozalar holida – qisqa davr qo‘llanganidan keyinoq), shuningdek kortikosteroidlarga extiyoj oshganidan (stress natijasida: infeksiya, jarohat, jarrohlik aralashuvlari) keyin ham buyrak usti bezlarining yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin. Shuning uchun dozani asta-sekin pasaytirish kerak. Stress vaziyatlarda ba‘zida kortikosteroidlarni qo‘llashni yana boshlash yoki ularning dozasini oshirish kerak.

Dozani pasaytirish shifokorning sinchkov kuzatuvi ostida o‘tkazilishi kerak. Bundan tashqari, ba‘zida davomli davolash  tugatilganidan keyin yoki preparatning yuqori dozalari qo‘llanganidan keyin 1 yilgacha davr davomida pasientning holatini kuzatish kerak bo‘ladi.

Buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining yetishmovchiligini simptomlari: lohaslik, mushak kuchsizligi, ruxiy buzilishlar, lanjlik, mushaklar va suyaklarda og‘riq, terini kepaklanishi, hansirash, anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, isitma, gipoglikemiya, arterial gipotenziya, degidratasiya, davolashni keskin to‘xtatish natijasida o‘lim. Buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining yetishmovchiligini davolash glyukokortikosteroidlar, mineralokortikosteroidlar, suv, natriy xloridi va glyukozani qo‘llashni o‘z ichiga oladi.

Kortikosteroidlarni yuqori dozalarda vena ichiga in‘eksiyasini tez bajarish, yurak-qontomir kollapsini chaqirishi mukin; shu sababga ko‘ra in‘eksiya 10 minut davomida o‘tkazilishi kerak.

Kortikosteroidlarni parenteral qabul qilgan pasientlarda kam hollarda anafilaktoid reaksiyalar kuzatilgan. Shuning uchun preparatni qo‘llashdan oldin muvofiq ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish kerak, ayniqsa agar pasientning anamnezida preparatning komponentlaridan biriga allergiya bo‘lsa.

Kortikosteroidlar bilan davomli davolashda, barcha afzalliklari va bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavflarni hisoblab, preparatni parenteraldan peroral qo‘llashga o‘tish masalasini ko‘rish kerak.

Bo‘g‘im ichiga in‘eksiyani bajarishda quyidagilarni bilish muxim:

  • Preparatni bunday qo‘llash usuli mahalliy va umumiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.
  • Bo‘g‘imda septik jarayonni istisno qilish uchun, bo‘g‘im ichki suyuqligini tahlili kerak.
  • Bo‘g‘im ichki infeksiyasi bo‘lganida preparatni yuborish mumkin emas.
  • Og‘riqni, shishni kuchayishi, bo‘g‘imning xarakatchanligini pasayishi, xaroratni oshishi yoki lohaslik septik artritning belgilari bo‘lishi mumkin. Agar infeksion jarayon tashxis qilingan bo‘lsa, muvofiq antibakterial davolashni o‘tkazish kerak.
  • Kortikosteroidlarni beqaror bo‘g‘imga, infeksiyalangan sohalarga yoki umurtqalararo oraliqlarga yuborish mumkin emas.
  • Osteoartritda bo‘g‘imga takroriy in‘eksiya, bo‘g‘imning yemirilishi xavfini oshirishi mumkin.
  • Kortikosteroidlarni paylarga bevosita in‘eksiyasidan saqlanish kerak, chunki bunday xolda keyingi paylarning uzilishini xavfi paydo bo‘ladi.

To‘qimalarning mahalliy atrofiyasidan saqlanish uchun kortikosteroidlarni chuqur mushak ichiga yuborish kerak.

Kortikosteroidlarni yumshoq to‘qimalarga yoki bevosita shikastlanish o‘chog‘iga yuborish, shuningdek bo‘g‘im ichiga yuborish, umumiy va maxalliy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

Alohida xavf guruhlari

Glyukokortikosteroidlarning xususiyatlarini (oqsillarni glyukozaga aylantirish) e‘tiborga olib, diabeti bo‘lgan bemorlarda betametazonni faqat qisqa vaqt davomida va faqat doimiy tibbiy nazorat ostida qo‘llash mumkin.

Gipotireozi yoki sirrozi bo‘lgan pasientlarda glyukokortikosteroidlarning samarasini kuchayishi kuzatiladi.

Diprospan® preparatini shox pardaning teshilishi xavfini hisobga olib, ko‘zlarning gerpesida qo‘llashdan saqlanish kerak.

Kortikosteroidlar asosidagi preparatlar qo‘llanganida psixotik reaksiyalar kuzatilishi mumkin. Kortikosteroidlar asosidagi preparatlar bilan davolash davomida emosional yoki psixotik beqarorlikka moyillik yomonlashishi mumkin.

Preparat quyidagilarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi: nospesifik yarali kolit, teshish xavfi, abssess yoki boshqa yiringli infeksiyalar; divertikulit; ichak anastamozi; me‘da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi; buyrak yetishmovchiligi; arterial gipertenziya; osteoporoz; og‘ir miasteniya; glaukoma; o‘tkir psixoz; virusli  va bakterial infeksiyalar; rivojlanishni kechikishi; tuberkulyoz; Kushing sindromi; diabet; yurak yetishmovchiligi; davolashga qiyin beriluvchi tutqanoq; tromboemboliya yoki tromboflebitga moyillik; xomiladorlik.

Kortikosteroid davolash davomidagi asoratlar doza va davolash davomiyligiga bog‘liqligini hisobga olib, xar bir alohida pasient uchun doza va davolash davomiyligini shaxsiy ravishda tanlashda foyda/xavf nisbatini hisobga olish kerak.

Kortikosteroidlar infeksion kasalliklarning ayrim belgilarini niqoblashi yoki ularni aniqlashni murakkablashtirishi mumkin. Preparatni qo‘llash davomida chidamlilikni pasayishi sababli, yangi infeksiyalar paydo bo‘lishi mumkin.

Preparatni davomli qo‘llash ko‘rish nervini mumkin bo‘lgan shikastlanishi bilan orqa subkapsulyar katarakta (ayniqsa bolalarda) yoki glaukoma rivojlanishiga olib kelishi, shuningdek ko‘zlarning ikkilamchi infeksiyalarini (zamburug‘li yoki virusli) rivojlanishiga yordam berishi mumkin. Muntazam oftalmologik tekshirishlar, ayniqsa davomli davolashda (6 haftadan ko‘proq) o‘tkazish kerak.

Kortikosteroidlarning o‘rtacha va yuqori dozalarini qo‘llash arterial bosimni oshishiga, organizmda suyuqlik va natriyni tutilishiga, shuningdek kaliyning chiqarilishini kuchayishiga olib kelishi mumkin. Bunday samaralarning ehtimoli, sintetik hosilalar qo‘llanganida, ular yuqori dozalarda ishlatilgan hollardan tashqari, kamroq. Kaliy saqlovchi preparatlarni qo‘shimcha qabul qilish va osh tuzi cheklangan parhezni qo‘llash haqidagi masala ko‘rilishi mumkin. Barcha kortikosteroidlar kaliyni chiqarishini kuchaytiradilar.

Kortikosteroidli davolanayotgan pasientlarda, davolashni quyidagi turlarini qo‘llash mumkin emas:

  • chechakka qarshi emlash,
  • immunizasiyaning boshqa turlari (ayniqsa yuqori dozalarda), nevrologik asoratlarning xavfi va kuchsiz immun javob tufayli (antitelalarni yetarli chiqmasligi).

Lekin o‘rinbosar davolash sifatida kortikosteroidlarni qo‘llayotgan pasientlarda, immunizasiyani o‘tkazish mumkin (masalan, Addison kasalligida).

Immunitetni bostiruvchi dozalarda kortikosteroidlarni qabul qilayotgan pasientlar, ayniqsa bolalar, suvchechak yoki qizamig‘i bo‘lgan bemorlar bilan xar qanday muloqatdan saqlanishlari kerak.

Faol tuberkulyozda kortikosteroidlar bilan davolashni faqat fulminant yoki tarqalgan tuberkulyoz hollari bilan cheklash kerak. Bunday holda kortikosteroidlar muvofiq tuberkulyozga qarshi davolash bilan birga ishlatiladi.

Agar kortikosteroidli davolash tuberkulyozning yashirin shakli yoki tuberkulinga ijobiy reaksiyasi bo‘lgan pasientlarga buyurilsa, xolatni doimiy kuzatuvini o‘tkazish kerak, chunki kasallikni qayta faollashishi mumkin. Davomli kortikosteroidli davolashda pasientlar ximioprofilaktika olishlari kerak.

Agar ximioprofilaktika dasturida rifampisin ishlatilsa, bu preparatni kortikosteroidlarning metabolik jigar klirensini kuchaytirishini yodda tutish kerak; kortikosteroidlarning dozasiga tuzatish kiritish kerak bo‘lishi mumkin.

Kortikosteroidlar yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va bolalarning rivojlanishiga ta‘sir qilishi, shuningdek endogen kortikosteroidlarning ishlab chiqarilishini bostirishi mumkinligi tufayli, kortikosteroidlar davomli qo‘llangan holda, bolalarning o‘sishi va rivojlanishining ko‘rsatgichlarini diqqat bilan kuzatish kerak.

Ayrim hollarda kortikosteroidlar spermatozoidlarning xarakatchanligi va miqdoriga ta‘sir qilishlari mumkin.

Diprospan® benzil spirti saqlaydi, u yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda toksik va anafilaktoid reaksiyalar chaqirishi mumkin. Preparatni chala tug‘ilgan yoki muddatida tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda qo‘llash mumkin emas.

Diprospan® preparatining tarkibiga metilparagidroksibenzoat (Ye 218) va propilgidroksibenzoat (Ye 216) kiradi, ular allergik reaksiyalar (ba‘zida sekinlashgan turi), istisno hollarda – nafasni qiyinlashishini chaqirishi mumkin.

 

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlar va emizikli ayollarda glyukokortikosteroidlarni qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilganligi tufayli, glyukokortikosteroidlarni xomiladorlik va laktasiya davrida, shuningdek bola tug‘ish yoshidagi ayollarga, zarurati bo‘lgan xollardan tashqari va faqat ona, homila yoki bolaga kutilayotgan ijobiy samara va bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavflar nisbati sinchiklab baholanganidan keyingina buyurish kerak.

Agar kortikosteroidlar bilan davolash bola tug‘ish yoshida ko‘rsatilgan holda, kutilayotgan klinik samara va bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya samaralarini qiyoslash kerak (xususan o‘sishni sekinlashishi va infeksiya xavfini oshishi).

Ayrim hollarda homiladorlik davrida kortikosteroidli davolashni davom ettirish yoki xatto dozani oshirish kerak (masalan, o‘rinbosar kortikosteroidli davolash holida).

Agar  preparat tug‘ruqdan 42 soatdan ko‘proq oldin qo‘llansa, betametazonni mushak ichiga yuborish homilada dispnoe tez-tezligini ahamiyatli pasayishiga olib keladi (homiladorlikni 32-nchi xaftasigacha).

Tadqiqotlarning chop etilgan natijalari, homiladorlikni 32-nchi xaftasidan keyin kortikosteroidli davolashning maqsadga muvofiqligi munozaraliligini ko‘rsatadi. Shuning uchun shifokor homiladorlikni 32-nchi xaftasidan keyin kortikosteroidli davolashni ishlatganida ona va homila uchun foyda va bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfni baxolashi kerak.

Kortikosteroidli davolash tug‘ilgandan keyingi gialinli membranalarning kasalligini davolash uchun mo‘ljallanmagan.

Chala tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlardagi gialinli membranalarning kasalliklarini profilaktik davolash holida, preeklampsiyasi yoki eklampsiyasi, shuningdek yo‘ldoshning shikastlanishini belgilari bo‘lgan homilador ayollarda kortikosteroidlarni qo‘llashdan saqlanish kerak.

Homiladorlik davrida kortikosteroidlarning ahamiyatli dozalarini qabul qilgan onalardan tug‘ilgan bolalar, buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining yetishmovchiligining belgilarini erta aniqlash uchun tibbiy kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak.

Agar ayollar bola tug‘ilgunicha betametazon qabul qilgan bo‘lsalar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda o‘sishni fetal gormonlarini, shuningdek, ehtimol, ham butunlay shakllangan, ham homila buyrak usti bezlarining fetal soxalarining kortikosteroidlarni ishlab chiqarilishini boshqaruvchi gipofizar gormonlarning ishlab chiqarilishini vaqtinchalik kechikishi kuzatilgan. Shunga qaramasdan, fetal gidrokortizonni bostirilishi tug‘ruqdan keyingi stressga gipofiz va buyrak usti bezlari tomonidan reaksiyaga ta‘sir qilmaydi. Kortikosteroidlar yo‘ldosh to‘sig‘i orqali va ona sutiga yaxshi o‘tadi.

Kortikosteroidlar yo‘ldosh orqali o‘tishi tufayli, homiladorlik davrini katta yoki biron-bir qismi davomida kortikosteroidlar bilan davolangan onalardan tug‘ilgan yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va go‘daklarning xolatini ayniqsa diqqat bilan kuzatish va garchi bunday hollar juda kam bo‘lsa ham, bo‘lishi mumkin bo‘lgan tug‘ma kataraktaga nisbatan tekshirish kerak.

Diprospan® preparati emizikli bolalarda nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkinligi tufayli, bu davolashni ona uchun muhimligiga qarab, emizishni to‘xtatish yoki preparatni qo‘llashni maqsadga muvofiqligi masalasini ko‘rish kerak.

Homiladorlik davrida kortikosteroidlar bilan davolanagan ayollar, to‘lg‘oq vaqtida va keyin, shuningdek tug‘ruq vaqtida, tug‘ruq stressi chaqirgan buyrak usti bezlarining yetishmovchiligini aniqlash uchun kuzatuv ostida bo‘lishlari kerak.

Avtotransport va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Preparatning yuqori dozalarini qabul qilishda alohida ehtiyotkorlik ko‘rsatish kerak, ular MNT tomonidan samaralar (eyforiya, uyqusizlik) rivojlanishiga yordam berishlari mumkin. Shuningdek preparat davomli qo‘llanganida ko‘rishni buzilishi mumkin.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Simptomlari. Glyukokortikosteroidlarning, shu jumladan betametazonning dozasini o‘tkir oshirib yuborilishi, pasientning xayotiga xavf tug‘dirmaydi.

Eng yuqori dozalar qo‘llangan holda, glyukokortikoidlarning dozasini oshirib yuborilishi noxush keyingi ta‘sirlarga olib kelishini ehtimoli kam (qandli diabet, glaukoma, me‘daning faol yarasi yoki agar yurak glikozidlari, kumarin qatori antikoagulyantlar yoki kaliyni chiqaruvchi diuretiklarni bir vaqtda qo‘llash kabi shartli qarshi ko‘rsatmalar bo‘lmasligi sharoitida).

Davolash. Kortikosteroidlarning metabolik ta‘siri yoki asosiy samaralari yoki yondosh kasalliklar chaqirgan asoratlarda, shuningdek boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta‘siri natijasidagi asoratlarda, muvofiq davolashni o‘tkazish kerak. Organizmga suyuqlikni adekvat tushishini ta‘minlash va organizmda natriy va kaliyning muvozanatiga alohida e‘tibor berib, qon zardobi va siydikda elektrolitlarning tarkibini nazorat qilish kerak. Bu ionlarning disbalansi aniqlanganida muvofiq davolashni o‘tkazish kerak.

Chiqarilish shakli

1 ml dan gidrolitik sinf 1 (YeF) shisha ampulalarda. Ampulaning pastki qismidan 32,5±1,0 mm balandlikda ko‘k rangli xalqa bor. 5 ampuladan tiniq PETF/PE plenka bilan yopilgan tiniq bo‘lmagan polisterol kontur uyali o‘ramda.

5 ampuladan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin, muzlatilmasin. Qo‘llash oldidan silkitilsin.

Yaroqlilik muddatii

2 yil.

Berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

DIPROSPAN suspenziya 1ml N5 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
DIPROSPAN suspenziya 1ml N5 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
DIPROSPAN suspenziya 1ml N5 dori vositasi Schering-Plough Сentral East AG, Швейцария произведено: Schering-Plough Labo N.V. tomonidan Belgiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
DIPROSPAN suspenziya 1ml N5 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
DIPROSPAN suspenziya 1ml N5 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
ELOKOM krem 15g 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belgiya
  • Faol modda: Mometazon ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Schering-Plough Сentral East AG, Швейцария произведено: Schering-Plough Labo N.V.
Narh: 48 000 so'mdan Batafsil
ELOKOM maz 15g 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belgiya
  • Faol modda: Mometazon ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Schering-Plough Сentral East AG, Швейцария произведено: Schering-Plough Labo N.V.
Narh: 68 000 so'mdan Batafsil
NAZONEKS sprey 50mkg
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belgiya
  • Faol modda: Mometazon ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Schering-Plough Сentral East AG, Швейцария произведено: Schering-Plough Labo N.V.
Narh: 78 000 so'mdan Batafsil
SELESTODERM V maz 30g 0,1%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belgiya
  • Faol modda: Betametazon ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Schering-Plough Сentral East AG, Швейцария произведено: Schering-Plough Labo N.V.
DIPROSALIK maz 30g
Narh: 78 000 so'mdan Batafsil
SELESTODERM V S GARAMISINOM maz 30g
Narh: 51 000 so'mdan Batafsil
SELESTODERM V S GARAMISINOM krem 30g
Narh: 85 000 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9