Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
DOKSASIN 4 MG
DOKSASIN 8 MG
Preparatning savdo nomi: Doksasin 4 mg, 8 mg
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): doksazozin
Dori shakli: ta‘siri uzaytirilgan tabletka
Tarkibi:
Ta‘siri uzaytirilgan bir tabletka 4 mg doksazozin (mezilati shaklida) saqlaydi.
Ta‘siri uzaytirilgan bir tabletka 8 mg doksazozin (mezilati shaklida) saqlaydi.
yordamchi moddalar:
Tabletka yadrosi
Polietilenoksid (molekulyar massasi 200,00)
Polietilenoksid (molekulyar massasi 900,00)
Mikrokristall sellyuloza
Povidon (K29-32)
Butilgidroksitoluol (Ye 321)
All-rac- α-Tokoferol
Suvsiz kolloid kremniy dioksidi
Natriy stearilfumarati
Tabletka qobig‘i
30% li metakril kislotasi va etilakrilat sopolimeri dispersiyasi (1:1)
Suvsiz kolloid kremniy dioksidi
Makrogol 1300-1600
Titan dioksidi (Ye 171)
Ta‘rifi:
Doksasin ta‘siri uzaytirilgan tabletka, 4 mg: dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, oq rangli, bir tomonida “DL” gravirovkasi bo‘lgan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Doksasin ta‘siri uzaytirilgan tabletka, 8 mg: dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq, oq rangli, bir tomonida “DN” gravirovkasi bo‘lgan plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi: antiadrenergik vositalar, periferik ta‘sirga ega alfa-adrenoreseptorlar antagonistlari
ATX kodi: S02SA04
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamikasi
Doksazozin postsinaptik alfa-1 reseptorlarni selektiv va raqobatli bloklashi tufayli qon tomirlarni kengaytiruvchi ta‘sirga ega xinazolinning hosilasi hisoblanadi.
Kuniga bir marta qo‘llanilganida arterial bosimni klinik ahamiyatli darajada pasayishi kun davomida va qabul qilgandan keyin 24 soat davomida kuzatiladi. Tabletka shaklidagi an‘anaviy doksazozin bilan uzoq vaqt davolaganda ko‘nikish kuzatilmaydi. Samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashda plazmada renin faolligini oshishi va taxikardiya kam hollarda kuzatiladi.
Doksazozin qonda lipidlarning darajasiga ijobiy samara ko‘rsatadi, bunda YUZLP xolesterin va umumiy xolesterin o‘rtasidagi nisbatni o‘rtacha oshishi (taxminan dastlabki darajadan 4-13% ga) kuzatiladi. Ushbu kuzatuvning klinik ahamiyatini yana o‘rganish kerak.
Doksazozin insulinga sezgirligi bo‘lgan pasientlarda insulinga sezgirlikni oshiradi. Tabletka shaklidagi an‘anaviy doksazozin bilan davolash chap qorincha gipertrofiyasini regressiyasiga olib kelishi namoyish qilingan. O‘lim va kasallanishga ta‘siri bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Arterial gipertenziya:
Dozaning samaradorligi bo‘yicha o‘tkazilgan ikkita tadqiqotlarda (bunda jami 630 nafar pasientlar doksazozin qabul qilgan) 1 mg, 2 mg yoki 4 mg dozada an‘anviy tabletkalarni qabul qilgan pasientlarda 4 mg dan ta‘siri uzaytirilgan tabletka shaklidagi doksazozin bilan davolanganda arterial bosimni ekvivalent yaxshi nazoratiga erishilishi ko‘rsatilgan.
“Yurak xurujini oldini olish maqsadida gipotenziv va gipolipidemik davolashning tekshirishlari” (ALLHAT tadqiqoti) tadqiqotining oraliq tahlil natijalari doksazozin bilan davolanayotgan arterial gipertenziyasi va yurak ishemik kasalligini rivojlanish xavfining kamida yana bitta klinik omili bo‘lgan pasientlar xlortalidon bilan davolangan pasientlarga nisbatan surunkali yurak yetishmovchiligini rivojlanishini ikki marta yuqori xavfiga ega ekanliklarini ko‘rsatdi. Shuningdek ular yurak-qon tomir tizimi kasalliklari tomonidan klinik jihatdan ahamiyatli buzilishlar rivojlanishini 25% yuqori xavfiga ega bo‘lganlar. Bunday natijalarni olinganligi tufayli ALLHAT tadqiqotida doksazozin guruhini ishtirok etishi to‘xtatilgan. O‘lim ko‘rsatkichi bo‘yicha farqlar kuzatilmagan.
Bu natijalarni turli sabablar, shu jumladan sistolik arterial bosimga ta‘siri va davolashdan oldin doksazozin qabul qilayotgan guruhda diuretiklarni bekor qilishga ko‘ra talqin qilish qiyin. Ushbu natijalar xali to‘liq baholanmagan.
Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi
Doksazozin fenilefrini tomonidan prostata bezini qisqarishini induksiya qilinishi ingibisiya qilishi ko‘rsatilgan. Prostata bezining silliq mushagida, uretraning proksimal qismida va qovuqning asosida alfa-1 adrenoreseptorlarning yuqori darajasi aniqlangan. Ular uretraning prostata bezi qismi silliq mushagining tonusini belgilaydi. Doksazazin tomonidan alfa-1 adrenoreseptorlarni bloklanishi uretraning prostata bezi qismi silliq mushagining tonusini pasaytiradi, bu siydikni chiqarilishiga yordam beradi. Bu prostata bezining xavfsiz giperpalaziyasini davolaganda doksazozinni klinik qo‘llash uchun farmakologik asos hisoblanadi.
Samaradorlik va xavfsizlik bo‘yicha tadqiqotlar (bunda jami 1317 nafar pasientlar doksazozin bilan davolangan) faqat I-PSS shkalasi bo‘yicha dastlabki ballar yig‘indisi >12 va siyishning maksimal tezligi <15 ml/sekund bo‘lgan pasientlar ishtirokida o‘tkazilgan. Bu tadqiqotlarning natijalari 1 mg, 2 mg yoki 4 mg dozada doksazozinning an‘anaviy tabletkalarini qo‘llaganda yaxshi nazoratga erishgan pasientlar 4 mg dan ta‘siri uzaytirilgan tabletka shaklidagi doksazozinni qo‘llaganda ekvivalent yaxshi nazoratga erishganliklarini ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Doksasin terapevtik dozalarda peroral qo‘llanilganidan keyin yaxshi so‘riladi, bunda qondagi cho‘qqi darajasiga qabul qilgandan 8-9 soatdan keyin erishiladi. Plazmadagi cho‘qqi darajasi darhol ajralib chiqadigan tabletka shaklidagi doksazozinning xuddi shu dozasi qo‘llanilgandagi darajasining taxminan uchdan bir qismini tashkil etadi. Lekin minimal darajalar qo‘llanilgandan 24 soat keyin bir xil bo‘ladi.
Doksasinning cho‘qqi va minimal konsentrasiyalari orasidagi nisbat darhol ajralib chiqadigan tabletka shaklidagi doksazozin uchun xarakterli bo‘lgan nisbatning yarmidan kamroqni tashkil etadi.
Doksasin preparatidagi doksazozininng muvozanat holatida nisbiy biokiraolishligi darhol ajralib chiqadigan dori shakliga nisbatan 4 mg dozada 54% va 8 mg dozada 59% ni tashkil qiladi.
Keksa yoshdagi pasientlarda Doksasinni qo‘llashning farmakokinetik tadqiqotlari yoshroq pasientlar bilan solishtirganda hamiyatli darajadagi farqlarni aniqlamagan.
Biotransformasiyasi/chiqarilishi
Plazmadan chiqarilishi ikki fazali hisoblanadi, bunda yakuniy yarim chiqarilish davri 22 soatni tashkil qiladi, bu kuniga bir marta qo‘llash uchun asos hisoblanadi.
Doksazozin jadal metabolizmga uchraydi, bunda dori preparatining <5% o‘zgarmagan ko‘rinishda chiqariladi.
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda doksazozinni qo‘llashning farmakokinetik tadqiqotlari ham buyrak faoliyati normal bo‘lgan pasientlar bilan solishtirganda ahamiyatli darajadagi farqlarni aniqlamagan.
Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash va jigarda metabolizmiga ta‘sir qiluvchi dori preparatlarining (masalan, simetidin) samaralari bo‘yicha ma‘lumotlar soni cheklangan. O‘rtacha darajadagi jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan 12 sub‘ekt ishtirokida o‘tkazilgan klinik tadqiqotlar jarayonida doksazozinni bir marta qo‘llash AUC ni 43% ga oshishiga va taxminiy peroral klirensni 40% ga pasayishiga olib kelgan.
Doksazozinning taxminan 98% plazma oqsillari bilan bog‘lanadi.
Doksazozinning metabolizmining asosiy yo‘li O-metil guruhini ajralib chiqishi va gidroksi guruhini qo‘shilishi hisoblanadi.
Xavfsizligi bo‘yicha klinika oldi ma‘lumotlari
Hayvonlardagi farmakologik xavfsizligi, ko‘p martalik dozalar toksikligi, genotoksikligi va kanserogenligi bo‘yicha o‘tkazilgan an‘anaviy klinika oldi tadqiqotlari odam uchun alohida xavfni aniqlamagan.
Kanserogenlik
Maksimal o‘zlashtiraolinadigan dozagacha doksazozinni uzoq vaqt (24 oy davomida) qo‘llash kalamushlarda o‘smalar rivojlanishi tez-tezligini oshishini chaqirmagan. Ushbu tadqiqot jarayonida baholangan dozalardan maksimal dozasi qo‘llanilganda AUC ko‘rsatkichi (tizimli ta‘sir ko‘rsatkichi) odamdagi AUC ko‘rsatkichidan taxminan 8 marta yuqori bo‘lgan. Sichqonlarda ham kanserogen faollik yo‘qligi namoyish qilingan.
Mutagenlik
In vitro va in vivo sharoitlarda o‘tkazilgan mutagenlik bo‘yicha tadqiqotlar genotoksik potensialini aniqlamagan.
Reproduktiv toksiklik
Tadqiqotlarda sutkada 20 mg/kg dozada (lekin sutkada 5 yoki 10 mg/kg dozada emas) doksazozinni peroral qabul qilgan erkak kalamushlarda fertillikni pasayishi aniqlangan, bunda AUC sutkada 12 mg dozada qo‘llanilganda odamdagi AUC dan taxminan 4 marta yuqori bo‘lgan. Ushbu samara dori preparatini qo‘llash to‘xtatilganidan ikki xaftadan keyin o‘tib ketgan.
Doksazozin kalamushlarda va quyonlarda teratogen potensialga ega bo‘lmagan.
Qo‘llanilishi
Gipertoniya kasalligi
Doksasin arterial gipertenziyani davolash uchun mo‘ljallangan va ko‘pgina pasientlarda arterial bosimni nazorat qilish uchun monoterapiya sifatida qo‘llanishi mumkin. Monoterapiya fonida arterial bosim nazorati yetrali bo‘lmagan pasientlarda Doksasin tiazid diuretiklar, beta-adrenoreseptorlar blokatorlari, kalsiy antagonistlari yoki angiotenzinga aylantiruvchi ferment ingibitorlari bilan majmuada qo‘llanishi mumkin.
Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi
Doksasin siyishni buzilishi va prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi (PBXG) bilan bog‘liq simptomlarni davolash uchun mo‘ljallangan.
Doksasin arterial bosimi oshgan ham, arterial bosim normal bo‘lgan ham PBXG bo‘lgan pasientlarda qo‘llanishi mumkin. Arterial normotenziya va PBXG bo‘lgan pasientlarda arterial bosimni o‘zgarishi klinik ahamiyatli darajada bo‘lmasada, arterial gipertenziyasi va PBXG bo‘lgan pasientlar ikkita holatga egalar, ular doksazozin bilan monoterapiya ko‘rinishida samarali davolanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Arterial gipertenziya va prostata bezining xavfsiz giperplaziyasi
Doksazozinning boshlang‘ich dozasi kuniga bir marta 4 mg ni tashkil qiladi. Kuniga bir marta 4 mg dozada Doksasin yengil va o‘rtacha og‘irlik darajasidagi arterial gipertenziyani 50% dan ko‘proq pasientlarda nazoratni ta‘minlaydi. Doksasinning optimal samarasiga erishish uchun 4 xafta talab etilishi mumkin. Zarurati bo‘lganida bu davrdan keyin pasientning davolashga javobiga muvofiq dozani kuniga bir marta 8 mg gacha oshirish mumkin.
Doksazozinning maksimal tavsiya etiladigan dozasi kuniga bir marta 8 mg ni tashkil qiladi.
Doksasinni ovqat bilan ham, usiz ham qabul qilish mumkin.
Tabletkalarni butunligicha, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish kerak.
Tabletkalarni chaynash, bo‘lish yoki maydalash mumkin emas (4.4 bo‘limga qarang).
Bolalar
18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda Doksasinni qo‘llashning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Keksa yoshdagi pasientlar
Kattalar uchun odatdagi doza buyuriladi.
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar
Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda Doksasinning farmakokinetikasida o‘zgarishlar kuzatilmaganligi tufayli, kattalar uchun odatdagi dozani qo‘llash tavsiya etiladi. Doksasni dializ yo‘li bilan chiqarilmaydi.
Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlar
Jigarda to‘liq metabolizmga uchraydigan har qanday preparatlarni qo‘llagandagi kabi Doksasinni jigar faoliyatini buzilishi belgilari bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak (4.4 va 5.2 bo‘limlarga qarang).
Nojo‘ya ta‘sirlari
Klinik tadqiqotlar jarayonida Doksasinni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan eng ko‘p uchragan reaksiyalar ortostatik (kam hollarda hushdan ketish bilan kechuvchi) yoki nospesifik bo‘lgan.
Doksazozin bilan davolash vaqtida kuyidagi tez-tezlikda uchraydigan quyidagi noxush samaralar kuzatilgan:
Juda tez-tez ≥1/10
Tez-tez ≥1/100 dan <1/10 gacha
Tez-tez emas ≥1/1000 dan <1/100 gacha
Kam hollarda ≥1/10000 dan <1/1000 gacha
Juda kam hollarda <1/10000
Tez-tezligi noma‘lum mavjud ma‘lumotlar asosida aniqlab bo‘lmaydi
Tizim-a‘zolar sinfi |
Tez-tez (≥1/100 dan <1/10 gacha)
|
Tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha)
|
Juda kam hollarda (<1/10000)
|
Tez-tezligi noma‘lum |
Infeksiyalar va invaziyalar | Nafas yo‘llari infeksiyalari, siydik chiqarish yo‘llari infeksiyalari | |||
Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar | Leykopeniya, trombositopeniya | |||
Immun tizimi tomonidan buzilishlar | Doriga allergik reaksiya | |||
Metabolizm va oziqlanishni buzilishlari | Anoreksiya, podagra, ishtahani oshishi | |||
Ruhiy buzilishlar | Xavotirlik, depressiya, uyqusizlik | Tajavvuzkorlik, asabiylik | ||
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar | Bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, uyquchanlik | Bosh miyada qon aylanishini o‘tkir buzilishi, gipesteziya, hushdan ketish, tremor | Ortostatik bosh aylanishi, paresteziya | |
Ko‘rish a‘zosi tomonidan buzilishlar | Ko‘rishni noaniqligi | Intraoperasion rangdor pardani bo‘shashish sindromi (4.4 bo‘limga qarang) | ||
Eshitish a‘zosi va vestibulyar apparat tomonidan buzilishlar | Vertigo | Quloqda shovqin | ||
Yurak tomonidan buzilishlar | Yurak urishini his qilish, taxikardiya | Stenokardiya, miokard infarkti | Bradikardiya, yurak aritmiyalari | |
Qon tomir tomonidan buzilishlar | Arterial gipotenziya, ortostatik arterial gipotenziya | Giperemiya | ||
Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a‘zolari tomonidan buzilishlar | Bronxit, yo‘tal, hansirash, rinit | Burundan qon ketishi | Bronxospazm | |
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar | Qorinda og‘riq, dispepsiya, og‘izni qurishi, ko‘ngil aynishi | Qabziyat, diareya, meteorizm, qusish, gastroenterit | ||
Gepatobiliar tizim tomonidan buzilishlar | Jigar sinamalari natijalarini patologik o‘zgarishlari | Xolestaz, gepatit, sariqlik | ||
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan buzilishlar | Qichishish | Teri toshmasi | Alopesiya, purpura, eshakemi | |
Tayanch-harakat apparati tizimi va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar | Belda og‘riq, mialgiya | Artralgiya | Mushak tirishishlari, mushak kuchsizligi | |
Siydik chiqarish tizimi tomonidan buzilishlar | Sistit, siydikni tutib turolmaslik | Dizuriya, gematuriya, tez-tez siyish | Siyishni buzilishi, nikturiya, poliuriya, diurezni kuchayishi | |
Reproduktiv tizimi va sut bezlari tomonidan buzilishlar | Impotensiya | Ginekomastiya, priapizm | Retrograd eyakulyasiya | |
Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi buzilishlar | Asteniya, ko‘krakda og‘riq, grippsimon simptomlar, periferik shish | Og‘riq, yuzni shishi | Toliqish, lohaslik | |
Tekshirishlar | Tana vaznini oshishi |
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Doksasinni quyidagi holatlarda qo‘llash mumkin emas:
Avj oluvchi buyrak yetishmovchiligi bilan kechuvchi va kechmaydigan qovuqni to‘lib ketishi yoki anuriyasi bo‘lgan pasientlarda Doksasinni monoterapiya sifatida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Fosfodiesteraza-5 ingibitorlari (masalan, sildenafil, tadalafil, vardenafil)
Doksazozinni FDE-5 ingibitorlari bilan birga qo‘llash ayrim pasientlarda simptomatik arterial gipotenziyani chaqirishi mumkin (4.4. “Qo‘llashdagi maxsus ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari” bo‘limiga qarang). Doksazozinning ta‘siri uzaytirilgan dori shakllarini qo‘llash bilan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Doksazozin plazma oqsillari bilan yuqori darajada (98%) bog‘lanadi. Odam plazmasini qo‘llash bilan in vitro sharoitda o‘tkazilgan tadqiqotlar doksazozin tekshirilgan dori preparatlarining (digoksin, fenitoin, varfarin yoki indometasin) plazma oqsillari bilan bog‘lanishiga ta‘sir qilmasligini ko‘rsatdi. Klinikada an‘anaviy doksazozin tiazid diuretiklar, furosemid, beta-blokatorlar, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, antibiotiklar, peroral gipoglikemik preparatlar, siydik kislotasini chiqarilishiga olib keluvchi vositalar va antikoagulyantlar bilan birga hech qanday noxush dorilarning o‘zaro ta‘sirisiz qo‘llanilgan. Lekin dorilarning o‘zaro ta‘sirini tekshirish bo‘yicha rasmiy ma‘lumotlar yo‘q.
Doksazozin boshqa alfa-blokatorlar va boshqa gipotenziv vositalarning gipotenziv faolligini kuchaytiradi.
Erkak jinsiga mansub 22 nafar sog‘lom ko‘ngillilar ishtirokida o‘tkazilgan ochiq randomizasiya qilingan plasebo-nazoratlangan klinik tadqiqotlar jarayonida doksazozinning 1 mg bir martalik dozasini simetidin (400 mg kuniga ikki marta) bilan to‘rt kunlik davolash sxemasi bo‘yicha 1 kuni qabul qilish doksazozinning o‘rtacha AUC ni 10% ga oshishiga olib kelgan, bunda doksazozinning o‘rtacha Smax va o‘rtacha yarim chiqarilish davrini statistik ishonchli o‘zgarishlari kuzatilmagan.
Simetidin qo‘llanganda doksazozinning o‘rtacha AUC ni 10% ga oshishi plasebo qo‘llanilganda doksazozinning o‘rtacha AUC ni sub‘ektlar orasida o‘zgaruvchanligi (27%) chegarasida bo‘ladi.
Nomutanosiblik
Qo‘llab bo‘lmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Pasient uchun ma‘lumot
Doksasin tabletkalarini butunligicha yutish kerakligi haqida pasientlarni ogohlantirish kerak. Pasientlar ularni chaynamasliklari, bo‘lmasliklari yoki maydalamasliklari kerak. Doksasinni faol birikma uzoq vaqt davomida dori moddasini ajralib chiqishini nazorat qilish uchun maxsus mo‘ljallangan inert, so‘rilmaydigan qobiq o‘rab olingan. Me‘da-ichak yo‘llaridan o‘tganidan keyin tabletkaning bo‘sh qobig‘i organizmdan chiqariladi. Agar axlat massalarida ko‘rinishi bo‘yicha tabletkaga o‘xshash qobiqning qoldiqlari behosdan aniqlansa, pasientlarni xavotirlanmasliklari haqida ogohlantirish kerak.
Me‘da-ichak yo‘llaridan patologik tez o‘tishi (masalan, jarroxlik rezeksiyasidan keyin) so‘rilishni to‘liq bo‘lmasligining sababchisi bo‘lishi mumkin. Doksazozanning yarim chiqarilish davri uzoqligini tufayli, bu ko‘rinishning klinik ahamiyati noma‘lum.
Ortostatik arterial gipotenziya/ hushdan ketish
Davolashni boshlash
Doksazozinning alfa-bloklovchi xususiyatlari tufayli, pasientlarda bosh aylanishi va holsizlik, kam hollarda hushdan ketish ko‘rinishida ortostatik arterial gipotenziya kuzatilishi mumkin, ayniqsa davolashni boshida. Shuning uchun davolashni boshlash vaqtida ortostatik samaralarni minimumga yetkazish uchun arterial bosimning monitoringini olib borish maqsadga muvofiq.
Alfa-blokator bilan davolashni boshida pasientlarga ortostatik arterial gipotenziya natijasi bo‘lgan simptomlardan qanday saqlanish va ular rivojlanganda qanday choralar ko‘rish kerakligini tavsiya etish kerak. Pasientlar ehtiyotkorlikka rioya qilishlari va Doksasin bilan davolashni boshlash vaqtida bosh aylanishi yoki holsizlik oqibatida jarohat olishlari mumkin bo‘lgan holatlardan saqlanishlari kerak.
Yurak tomonidan o‘tkir buzilishlari bo‘lgan pasienlarda qo‘llanishi
Har qanday qon tomirlarni kengaytiruvchi gipotenziv vositani qo‘llagandagi kabi, yurak tomonidan o‘tkir buzilishlari bo‘lgan pasientlarda doksazozinni qo‘llaganda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi:
Jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanishi
Jigarda to‘liq metabolizmga uchraydigan har qanday preparatlarni qo‘llagandagi kabi Doksasinni jigar faoliyatini buzilishi belgilari bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak. Og‘ir darajadagi jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llashning klinik tajribasi yo‘qligi tufayli, ushbu preparatni bunday pasientlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
FDE-5 ingibitorlari bilan birga qo‘llanishi
Doksazozinni fosfodiesteraza-5 ingibitorlari (masalan, sildenafil, tadalafil va vardenafil) bilan birga qo‘llash ehtiyotkorlikni talab etadi, chunki ikkala preparat qon tomirlarni kengaytiruvchi ta‘sirga ega va ayrim pasientlarda simptomatik arterial gipotenziyani chaqirishi mumkin. Ortostatik arterial gipotenziya rivojlanishi xavfini kamaytirish uchun faqat pasient alfa-blokator bilan davolash fonida barqaror gemodinamikaga ega bo‘lgan hollardagina fosfodiesteraza-5 ingibitori bilan davolashni boshlash kerak. Bundan tashqari, fosfodiesteraza-5 ingibitori bilan davolashni iloji boricha eng past dozadan boshlash va doksazozinni qabul qilgandan keyin 6 soatlik intervalga rioya qilish kerak. Doksazozinning ta‘siri uzaytirilgan dori shakllarini qo‘llash bilan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Kataraktani bartaraf etish bo‘yicha operasiya o‘tkazilgan pasientlarda qo‘llanishi
Tamsulozin qo‘llayotgan yoki avval qo‘llagan ayrim pasientlarda kataraktani bartaraf etish bo‘yicha operasiya vaqtida “intraoperasion rangdor pardani bo‘shashish sindromi” (IRPBS, tor qorachiq sindromining turi) kuzatilgan. Shuningdek, boshqa alfa-1 blokatorlarni qo‘llaganda ham alohida xabarlar olingan, shuning uchun sinfga xos samarani mavjudligini inkor etib bo‘lmaydi. IRPBS kataraktani bartaraf etish bo‘yicha operasiya vaqtida muolajalardan asoratlarni rivojlanish tez-tezligini oshishiga olib kelishi mumkinligi tufayli, operasiyadan oldin jarrox-oftalmologni alfa-1 blokatorlarni qabul qilayotganlik yoki avval qabul qilganlik haqida ogohlantirish kerak.
Fertillikka ta‘siri, homiladorlik va emizish vaqtida qo‘llanishi
Arterial gipertenziyani davolaganda:
Homiladorlik vaqtida qo‘llanishi
Homilador ayollarda adekvat va yaxshi nazoratlangan klinik tadqiqotlar o‘tkazilmaganligi tufayli, Doksasinni homiladorlik vaqtida qo‘llashning xavfsizligi aniqlanmagan. Shunday qilib, homiladorlik vaqtida Doksasinni faqat, shifokor fikricha davolashdan potensial foyda, bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfdan yuqori bo‘lgan hollardagina qo‘llash mumkin.
Hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar vaqtida hech qanday teratogen samaralar aniqlanmaganligiga qaramay, hayvonlarda haddan tashqari yuqori dozalari qo‘llanilganida homilani yashab qolishini kamayishi aniqlangan. Bu dozalar odam uchun maksimal dozadan taxminan 300 marta yuqori bo‘lgan.
Laktasiya davrida qo‘llanishi
Doksasinni laktasiya davrida qo‘llash mumkin emas, chunki hayvonlarda o‘tkazilgan tadqiqotlar doksazozin emizikli kalamushlarning sutida to‘planishi ko‘rsatdi, ushbu dori preparati odam ko‘krak suti bilan ajralishi haqidagi ma‘lumot esa mavjud emas.
Emizish davrida qo‘llanishi
Doksazozinni qo‘llash zarurati bo‘lganida ayollar emizishni to‘xtatishlari kerak.
Prostata bezining xavfsiz giperplaziyasini davolaganda:
Ushbu bo‘limni qo‘llab bo‘lmaydi.
Fertillik
Doksazozinni erkaklarning fertilligiga biron-bir ta‘siri haqida ma‘lumotlar mavjud emas (5.3 bo‘limga qarang).
Transport vositalarini boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Transport vositalarini boshqarish yoki boshqa mexniazmlar bilan ishlash qobiliyati buzilishi mumkin, ayniqsa davolashning boshida.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Agar dozani oshirib yuborilgan holat arterial gipotenziyaga olib kelgan bo‘lsa, pasientni darhol boshini pastga qaratgan holatda chalqancha yotqizish kerak. Ayrim hollarda zarurati bo‘lganida boshqa tutib turuvchi choralarni ko‘rish kerak.
Doksazozin plazma oqsillari bilan yuqori darajada bog‘langanligi tufayli, dializ ko‘rsatilmagan.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Chiqarilish shakli
28 va 98 tabletkadan alyuminiy va PVX/PVDX blister o‘ramlarda.
Sotuvda o‘ramlarning barcha turlari bo‘lmasligi mumkin.
Dori preparati bilan muomala qilganda yoki uni utilizasiya qilganda alohida ehtiyotkorlik choralari
Maxsus talablar mavjud emas.