×
×
  • DOKSISIKLIN kapsulalar  100mg N10

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

DOKSISIKLIN kapsulalar 100mg N10

Kategoriya:
- Antibiotiklar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Belarusiya
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
ATX kodi:
- J01AA02
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 20 ta dorixonasida topildi

O'xshash dorilar

AMIKOR eritma 2ml 100mg/2ml N1 Coral Laboratories Ltd Hindiston
LEVORIL tabletkalari 250mg N10 Alchemy Medicine Private Limited Индия
METRONIDAZOL tabletkalari 250mg N10 Remedy, СП ООО Узбекско-Британское O'zbekiston
2 000 s`om dan
ZETROL kapsulalar 500mg N3 Novugen Pharma, ИП ООО O'zbekiston
21 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
DOKSISIKLIN kapsulalar 100mg N10 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

ILOVA-VARAQA

(pasient uchun ma‘lumot)

DOKSISIKLIN

Preparatning savdo nomi: Doksisiklin

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): doksisiklin (doxycycline)

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: doksisiklin (doksisiklin giklati ko‘rinishida) – 100 mg;

yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, magniy stearati.

Kapsulaning tarkibi: jelatin, metilparagidroksibenzoat Ye218, propilparagidroksi-benzoat Ye216, titan dioksidi Ye171, sariq xinolin Ye104, sariq quyosh shafaxi Ye110.

Ta‘rifi: silindrik shaklli, qirralari yarim sferik, sariq rangli qattiq jelatin kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Tizimli qo‘llash uchun antibakterial vosita. Tetrasiklinlar.

ATX kodi: J01AA02

Qo‘llanilishi

Doksisiklinga sezuvchan qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan infeksion kasalliklar. Dori vositasiga rezistentlikni rivojlanishini oldini olish va samaradorligini tutib turish uchun faqat doksisiklinga sezuvchanligi isbotlangan (yoki taxmin qilingan) qo‘zg‘atuvchilar chaqirgan infeksiyalarni davolash uchun qo‘llash lozim. Ajratib olingan qo‘zg‘atuvchi va uni antibiotiklarga nisbatan sezuvchanligini borligi to‘g‘risida ma‘lumot bo‘lganida shifokor optimal antibiotikni tanlash uchun undan qo‘llanadi, bunday bo‘lmaganda antibakterial vositani empirik tanlovi mahalliy epidemiologik ma‘lumotlarga va sezuvchanlik to‘g‘risidagi ma‘lumotlarga asosan amalga oshiriladi.

Doksisiklinni quyidagi infeksiyalarni davolash uchun qo‘llaniladi:

  • Qoyali tog‘lar dog‘li isitmasi, toshmali tif va tifni boshqa turlari, Q-isitmasi, Kyu-garden dog‘li isitmasi, rikketsiyalar chaqirgan kana isitmasi;
  • Mycoplasma pneumoniae chaqirgan nafas yo‘llarining infeksiyalari;
  • Shlamydia trachomatis chaqirgan venerik limfogranulyoma;
  • Chlamydophila psittaci chaqirgan psittakoz (ornitoz);
  • Shlamydia trachomatis chaqirgan traxoma, infeksion agent har doim bartaraf qilinsa ham, bu esa immunofluoressent tekshirishlarda tasdiqlanadi;
  • Shlamydia trachomatis chaqirgan kon‘yunktivit;
  • Shlamydia trachomatis chaqirgan kattalardagi asoratlanmagan uretrit, servikal kanal infeksiyalari yoki rektal infeksiyalar;
  • Ureplasma urealyticum chaqirgan nogonokokk uretrit;
  • Borrelia recurrentis chaqirgan qaytuvchan tif;

Doksisiklinni shuningdek quyidagi grammanfiy mikroorganizmlar chaqirgan infeksiyalarni davolash uchun ham qo‘llanadi:

  • Haemophilus ducreyi chaqirgan yumshoq shankr;
  • Yersinia pestis chaqirgan o‘lat;
  • Francisella tularensis chaqirgan tulyaremiya;
  • Vibrio cholerae chaqirgan vabo;
  • Campylobacter fetus chaqirgan kampilobakterioz;
  • Brucella bakteriyasi turlari chaqirgan brusellyoz (streptomisin bilan birga);
  • Bartonella bacilliformis chaqirgan bartonellyoz;
  • Klebsiella granulomatis bakteriyalari chaqirgan chov granulyomasi.

Doksisiklinga chidamli mikroorganizmlarning ko‘pchilik shtammlari to‘g‘risida ma‘lumotlarni borligi tufayli, ekma ekish va antibiotiklarga nisbatan sezuvchanlikni aniqlash tavsiya qilinadi.

Agar bakteriologik tekshirishlar quyidagi grammanfiy mikroorganizmlarga: preparatga nisbatan sezuvchanligini tasdiqlagan bo‘lsa, preparatni Escherichia coli; Enterobacter aerogenes; Shigella species; Acinetobacter species; Haemophilus influenzae chaqirgan nafas yo‘llarining infeksiyalarini va Klebsiella species chaqirgan siydik chiqarish yo‘llarining infeksiyalarini davolash.

Doksisiklinni agar bakteriologik tekshirishlar quyida kelitirilgan grammusbat mikroorganizmlarni preparatga nisbatan sezuvchanligini borligini ko‘rsatsa, ular chaqirgan infeksiyalarni davolash uchun ko‘rsatilgan:

  • pnevmokokklar (Streptococcus pneumonia) chaqirgan yuqori nafas yo‘llarining infeksiyalari;
  • Bacillus anthacis chaqirgan, shu jumladan kuydirgining o‘pka shakli (to‘qnashuvdan keyin) Bacillus anthacis ni havo-tomchi ekspozisiyasidan keyin kasallanishni yoki kasallanishni kuchayishini kamaytirish uchun qo‘llanadi.

Penisillinni qo‘llanishi mumkin bo‘lmaganda, doksisiklin quyidagi infeksiyalarni davolashda muqobil preparat hisoblanadi:

  • Neisseria gonorrhoeae chaqirgan asoratlanmagan gonoreya;
  • Treponema pallidum chaqirgan sifilis;
  • Treponema pallidum, pertenue turi chaqirgan frambeziya;
  • Listeria monocytogenes bilan bog‘liq listerioz;
  • Fusobacterium fusiforme chaqirgan Vinsenta infeksiyasi;
  • Actinomyces israelii chaqirgan aktinomikoz;
  • Clostridium spesies chaqirgan infeksiyalar.

Doksisiklin o‘tkir ichak amebiozi, akneni og‘ir shaklini davolashda qo‘shimcha preparat sifatida foydali. Plasmodium falciparum chaqirgan bezgakni, uning xloroxinga va/yoki pirimetamin-sulfadoksinga rezistent shtammlari uchraydigan tumanlarda qisqa muddat davomida (< 4 oy) profilaktika qilish uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Dori vositasini qo‘llashdan avval albatta davolovchi shifokor bilan maslahatlashish lozim.

Dori vositasini ichga ovqatlanish vaqtida yoki undan keyin 1 stakan suv bilan birga ichgan holda qo‘llanadi. Qizilo‘ngachni ta‘sirlanish va yaralanish xavfini kamaytirish uchun kapsulalarni o‘tirgan yoki tik turgan holatda va uyqudan ancha oldin, qo‘llanadi. Agar me‘dada ta‘sirlanish belgilari kuzatilsa, doksisiklinni ovqat yoki sut bilan birga qo‘llash tavsiya qilinadi. Kattalar va 12 yoshdan katta tana vazni 45 kg dan ko‘p bo‘lgan bolalar uchun o‘tkir infeksiyalarni davolash uchun odatdagi doza birinchi kuni      200 mg (2 kapsula) ni 1 yoki 2 qabulga, ikkinchi kundan – 100 mg (1 kapsula) ni kuniga         1 martani tashkil qiladi. Og‘ir infeksiyalarda maksimal sutkalik doza sutkada 200 mg dan 1-2 qabulni (ayniqsa siydik-chiqarish yo‘llarining surunkali infeksiyalarida) tashkil qiladi. Davolanish davomiyligi infeksiyani turiga bog‘liq va u odatda                5-10 kunni tashkil qiladi. Laym kasalligida davolash 3-4 haftani, brusellyozda –         1,5-6 oyni tashkil qiladi. Davolashni kasallik simptomlari yo‘qolgandan keyin kamida 24-48 soat davomida davom ettirish kerak.

Streptokokkli infeksiya hollarida davolanish davomiyligi revmatizm yoki glomerulonefritni profilaktika qilish uchun kamida 10 kun bo‘lishi kerak.

Kattalarda asoratlanmagan gonokokkli infeksiyada (erkaklarda anorektal infeksiyadan tashqari): 100 mg dan kuniga 2 marta 7 kun davomida qo‘llanadi. Muqobil variant sifatida: boshlang‘ich doza 300 mg, bir soatdan keyin qayta doza 300 mg ni tashkil qiladi.

Kattalarda C. trachomatis chaqirgan asoratlanmagan uretritda, endoservisitda yoki to‘g‘ri ichakning infeksiyasida: 100 mg dan kuniga 2 marta 7 kun davomida qo‘llanadi.

  1. trachomatis yoki U. urealyticum chaqirgan nogonokokkli uretritda: 100 mg dan kuniga 2 marta 7 kun davomida buyuriladi.

Erta sifilis: 100 mg dan kuniga 2 marta 2 hafta davomida (penisillinlarga allergiyasi bo‘lgan homilador bo‘lmagan pasientlar uchun) qo‘llanadi.

Bir yildan ko‘p muddat davom etayotgan sifilisda: 100 mg dan kuniga 2 marta 4 hafta davomida (penisillinlarga allergiyasi bo‘lgan homilador bo‘lmagan pasientlar uchun) buyuriladi.

  1. gonorrhoeae yoki C. trachomatis chaqirgan o‘tkir epididimoorxit: 100 mg dan kuniga
    2 marta kamida 10 kun davomida qo‘llanadi.

Xusnbuzar toshmasini davolashda: sutkada 50 mg dan 6-12 hafta davomida buyuriladi.

Xlorxinga rezistent P. falciparum chaqirgan bezgakni davolash: sutkada 200 mg dan kamida 7 kun davomida qo‘llanadi. Infeksiyani potensial og‘irligini hisobga olib, doksisiklin bilan bir vaqtda tez ta‘sir qiluvchi shizontisid dori vositalarini: masalan, xininni qo‘llash lozim, ularni tavsiya qiladigan dozalari turli hududlarda farq qiladi.

Bezgakni profilaktika qilish: kattalarda sutkada 100 mg, 12 yoshdan katta bolalarda preparatni 2 mg/kg dozada sutkada 1 martadan buyuriladi; dozani kattalardagi dozagacha yetkazish mumkin. Profilaktika qilishni bezgak uchraydigan hududga safar qilishdan 1-2 kun oldin boshlash mumkin. Uni hamma safar davrida davom ettirish mumkin.

Yapon daryo isitmasini profilaktika qilish: 200 mg dan ichga buyuriladi.

Kattalarda sayohatchilar diareyasini profilaktika qilish: kattalarda safarni birinchi kuni 200 mg (bir marta yoki 100 mg dan har 12 soatda), keyin esa sutkada 100 mg dan hududda bo‘lishning hamma davri davomida qo‘llanadi. Dori vositasini profilaktik 21 kundan ko‘p qo‘llanganligi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Leptospirozni profilaktika qilish: 200 mg dan ichga haftada 1 marta hududda bo‘lganda butun davr davomida va safar oxirida 200 mg qo‘llanadi. Dori vositasini profilaktik 21 kundan ko‘p qo‘llanganligi to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Kuydirgining o‘pka shakli (ekspozisiyadan keyin): kattalarga 100 mg dan ichga sutkada 2 marta 60 kun davomida: tana vazni 45 kg dan kam bo‘lgan bolalarga ichga 2,2 mg/kg dan sutkada 2 marta 60 kun davomida buyuriladi. Tana vazni 45 kg dan katta bo‘lgan bolalarga kattalar uchun odatdagi dozada qo‘llanadi.

Kelib chiqishi kana va bitdan bo‘lgan qaytuvchan tifida doksisiklinni muvaffaqiyat bilan bir marta 100 mg yoki 200 mg dozada infeksiyani og‘irligiga ko‘ra qo‘llanadi. Kelib chiqishi kanadan bo‘lgan qaytuvchan tifni doimiy davom etuvchi yoki qaytalanish xavfini kamaytirish maqsadida doksisiklinni 100 mg dan har 12 soatda 7 kun davomida qo‘llash tavsiya qilinadi.

Keksa pasientlar: dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Jigar funksiyasini buzilishi: doksisiklinni jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga yoki potensial gepatotoksik dori vositalarini qabul qilayotgan shaxslarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Buyrak funksiyasini buzilishi: o‘tkazilgan tekshirishlar doksisiklinlarni buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan bemorlarda odatdagi tavsiya qilinadigan dozalarda qo‘llanganda antibiotikni haddan ziyod to‘planishiga olib kelmasligini ko‘rsatgan. Buyrak yetishmovchiligida dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Agar preparat shifokor buyurgan vaqtda aniq qabul qilinmagan bo‘lsa, uni iloji boricha tezroq qabul qilish kerak (agar preparatni navbatdagi qabul vaqtigacha uzoq vaqt bo‘lsa) yoki preparatni muntazam qabul qilishni davom ettirish kerak. O‘tkazib yuborilganni to‘ldirish maqsadida ikki barobar dozani qabul qilish kerak emas.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Doksisiklinni qilgan pasientlarda quyidagi nojo‘ya reaksiyalar kuzatilgan:

  • nerv tizimi tomonidan: bosh og‘rig‘i, xavfsiz bosh miya ichki gipertenziyasi (simptomlar ko‘rish noaniqligini, skotoma va diplopiyani o‘z ichiga oladi; ko‘rishni doimiy yo‘qotish hollari qayd etilgan);
  • eshitish a‘zolari tomonidan: quloqlarni (shovqin) shang‘illashi;
  • yurak-qon tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, shishlar, perikardit, gipotenziya;
  • ovqat hazm kilish tizimi tomonidan: ko‘ngil aynishi, qusish, qabziyat va diareya, qorinda og‘riq, glossit, disfagiya, ezofagit (shu jumladan eroziv), gastrit, me‘da va o‘n ikki barmoq ichakni yaralanishi, dispepsiya, enterokolit (rezistent stafilokokk shtammlarini proliferasiyasi hisobiga), soxtamembranoz kolit, pankreatit, qizilo‘ngachni yarasi;
  • moddalar almashinuvini buzilishi: anoreksiya;
  • immun tizimi tomonidan: allergik reaksiyalar, shu jumladan anafilaktik shok, anafilaksiya, anafilaktoid reaksiyalar, angionevrotik shish, hansirash, tizimli qizil yugurikni zo‘rayishi, zardob kasalligi, periferik shishlar, eshakemi;
  • teri tomonidan: makulopapulyoz toshma, terini qichishishi, terini qizarishi, fotoonixolizis, eksfoliativ dermatit, ko‘pshaklli eritema, Stivens-Djonson sindromi, DRESS-sindromi, toksik epidermal nekroliz, fotosensibilizasiya;
  • qon yaratish a‘zolari tomonidan: gemolitik anemiya, trombositopeniya, neyropeniya, eozinofiliya, porfiriya;
  • buyrak funksiyasini buzilishi: qon zardobida mochevina konsentrasiyasini oshishi;
  • skelet-mushak apparati: artralgiya, mialgiya;
  • gepatobiliar tizimi tomonidan: sariqlik, gepatit, gepatotoksiklik (jigar funksial holati ko‘rsatkichlarini tranzitor oshishi), jigar yetishmovchiligi (yakka hollarda);
  • boshqalar: superinfeksiya, tish emalini rangini turg‘un o‘zgarishi, anogenital sohada yallig‘lanish, kandidoz (vaginit, glossit, stomatit, proktit), disbakterioz, quyilishlar, qalqonsimon bezi funksiyasini buzilishisiz bo‘lgan qalqonsimon bezi to‘qimasini rangini mikroskopik o‘zgarishi.

Sanab o‘tilgan nojo‘ya reaksiyalar, shuningdek ilova-varaqada ko‘rsatilmagan reaksiyalar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qilish kerak.

 

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Doksisiklinga va boshqa tetrasiklinlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik;
  • preparatning yordamchi komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
  • 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
  • homiladorlik va emizish davri;
  • leykopeniya;
  • porfiriya;
  • jigar va buyrak funksiyasini og‘ir buzilishlarida qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Agar Siz bironta boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz, albatta shifokorni xabardor qiling, agar mustaqil davolansangiz-dori vositasini qo‘llash mumkinligi bo‘yicha shifokor bilan maslaxatlashing.

Doksisiklinni alyuminiy, kalsiy, magniy saqlagan antasidlar va boshqa tarkibiga bu kationlar kirgan preparatlar, shuningdek rux, temir yoki vismut tuzlari bilan bir vaqtda qabul qilganda uni so‘rilishi buzilishi mumkin. Bu dori vositalarini maksimal mumkin bo‘lgan vaqt oralig‘ida bo‘lib qabul qilish kerak. Doksisiklin ichak florasini bostirilishi va K vitamini sintezini pasayishi hisobiga bilvosita antikoagulyantlar ta‘sirini kuchaytiradi. Tetrasiklinlar plazma protrombin faolligini pasaytiradi, birga qo‘llanadigan antikoagulyantlarni dozasini ham kamaytirish talab qilinishi mumkin.

Doksisiklin estrogen saqlagan oral kontraseptivlar samaradorligini kamaytiradi va “shiddatli qon ketishi”ni rivojlanish tezligini oshiradi. Jigar mikrosomal fermentlarini induksiya qiladigan dori vositalari (barbituratlar, fenitoin, karbamazepin, rifampisin) doksisiklinni metabolizmini kuchaytiradi va uni qonda konsentrasiyasini kamaytiradi. Doksisiklinni sutkalik dozasini oshirish talab qilinishi mumkin. Penisillinlar va doksisiklin bir-birini mikroblarga qarshi ta‘sirini susaytiradi. Shuning uchun bu antibiotiklarni birga qo‘llashdan saqlanish lozim.

Kolestiramin va kolestipol doksisiklinni ichakda so‘rilishini kamaytiradi. Retinoid izotretinoin doksisiklinni neyrotoksik ta‘sirini kuchaytiradi va bosh miya ichki gipertenziyasini rivojlanish ehtimolini oshiradi. Doksisiklin siklosporinni plazmadagi konsentrasiyasini oshirishi mumkin. Bu dori vositalarini birga buyurishni faqat shifokorni nazorati ostida amalga oshirish kerak.

Tetrasiklinlarni va metoksifluranni (ingalyasion narkoz uchun vosita) birga qo‘llash og‘ir buyrak yetishmovchiligini (shu jumladan letal yakunlar) rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Sut doksisiklinni so‘rilish darajasi va tezligini kamaytiradi.

Alkogolni muntazam iste‘mol qilish doksisiklinni yarim chiqarilish davrini kamaytiradi va uni chiqarilishini tezlashtiradi.

 

Maxsus ko‘rsatmalar

Dori preparatini tarkibiga sariq xinolin Ye104 va sariq quyosh shafag‘i Ye110 bo‘yovchilari, paraben (metilparagidrosibenzoat Ye218 va propilparagidrosibenzoat Ye216) kiradi, ular allergik reaksiyalarni chaqirishi mumkin.

Dori preparati laktoza saqlaydi, shuning uchun nasliy galaktozani o‘zlashtiraolmaslik, glyukoza-galaktoza malabsorbsiya sindromi va Lapp laktaza tanqisligi bo‘lgan pasientlarga bu dori vositasini qo‘llash mumkin emas.

Jigar funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanishi.

Doksisiklinni jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarga yoki potensial gepatotoksik dori vositalarini qabul qilayotgan shaxslarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim. Tetrasiklinlarni, shu jumladan doksisiklinni peroral yoki parenteral qabul qilish bilan bog‘liq jigar funksiyasini buzilishi to‘g‘risida juda kam xabar qilingan.

Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanishi. Buyrak funksiyasi normal bo‘lgan shaxslarda doksisiklinni buyraklar orqali ekskresiyasi 72 soatda taxminan 40% ni tashkil qiladi. Bu diapazon og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan shaxslarda (kreatinin klirensi (KK) minutiga 10 ml dan kam) 72 soatda 1-5% gacha pasayishi mumkin. Tadqiqotlar buyrak funksiyasi normal va buzilishi bo‘lgan shaxslarda doksisiklinni qon zardobidan yarim chiqarilish davri bo‘yicha ahamiyatli farqini aniqlamagan. Gemodializ dori vositasini qon zardobidan yarim chiqarilish davriga ta‘sir qilmaydi. Tetrasiklinlarni antianabolik ta‘siri qonda mochevinani darajasini oshishiga olib kelishi mumkin. Buyrak funksiyasini buzilishi bo‘lgan pasientlarda doksisiklin qo‘llanganda antianabolik ta‘sir namoyon bo‘lmagan. Doksisiklin bilan uzoq vaqt davolanganda buyrak funksiyasini nazorat qilish zarur.

Superinfeksiya xavfi. Boshqa antibakterial vositalarini qo‘llash hollari kabi doksisiklinni qo‘llash sezuvchan bo‘lmagan mikroorganizmlarni shu jumladan zamburug‘larni haddan ziyod o‘sishiga ham, olib kelishi mumkin. Superinfeksiya rivojlanganda doksisiklinni qo‘llashni to‘xtatish va muvofiq davolashni boshlash kerak.

Antibiotik bilan assosiasiyalangan kolit. Deyarli hamma antibakterial vositalarni, jumladan doksisiklinni ham qo‘llanganda kolitni rivojlanishi mumkinligi to‘g‘risida xabarlar qilingan. Bu asoratni og‘irligi yengildan hayot uchun xavf tug‘diradigan darajaga qadar o‘zgargan. Bu tashxisni antibakterial vositalari qo‘llanishi oqibatida yuzaga keladigan diareya bo‘yicha murojaat qilgan pasientlarda ko‘rib chiqish zarur.

Clostridium difficile bilan assosiasiyalangan diareyani (CDAD) rivojlanish hollari to‘g‘risida xabarlar bo‘lib, uning og‘irligi yengil diareyadan o‘limga olib keladigan kolitga qadar o‘zgarishi mumkin. Antibakterial vositalar bilan davolash ichakni normal florasini o‘zgartiradi, bu esa C. Difficille o‘limga olib keladi. C. Difficille A va B toksinlarni ishlab chiqaradi, ular CDAD ni rivojlanishiga yordam beradi. C. Difficille ni shtammlari sintez qiladigan gipertoksin kasallanishni va o‘limni oshishiga olib keladi, chunki bu infeksiyalar antimikrob davoga chidamli bo‘lishi mumkin.

Ezofagit. Tetrasiklinlar sinfi dori vositalarini, shu jumladan doksisiklinni kapsula yoki tabletka shaklida qabul qilgan pasientlarda ezofagit va qizilo‘ngach yarasi holatlari qayd etilgan. Bu pasientlarning ko‘pchiligi dori vositasini bevosita uyqudan oldin yoki yetarli bo‘lmagan miqdorda suyuqlik bilan qabul qilganlar.

Porfiriya. Tetrasiklinlarni qabul qilgan pasientlarda kam hollarda porfiriyani paydo bo‘lishi kuzatilgan.

Bosh miya ichki gipertenziyasi (BMIG, bosh miyaning soxta o‘smasi). Tetrasiklinlarni, shu jumladan doksisiklinni qabul qilgan pasientlarda BMIG hollari qayd etilgan. BMIG klinik belgilari bosh og‘rig‘ini, ko‘rishni xiralashishini, diplopiyani, ko‘rishni yo‘qolishini va ko‘ruv nervini diskini shishini (ko‘z tubini tekshirilganda) o‘z ichiga oladi. Haddan ziyod tana vazniga ega va anamnezida BMIG bo‘lgan tug‘ruq yoshidagi ayollar tetrasiklinlar bilan bog‘liq BMIG ni rivojlanishi bo‘yicha bo‘lgan xavf guruhiga kiradi. Izotretinoin va doksisiklinni bir vaqtda qo‘llashdan saqlanish lozim, chunki izotretinoinni bosh miyani shishini chaqirishi ma‘lum. Odatda BMIG davolash to‘xtatilgandan keyin yo‘q bo‘lsada, ko‘rishni doimiy yo‘qotish xavfi mavjud. Agar davolanish vaqtida ko‘rishni buzilishi yuz bersa, oftalmologni maslahati tavsiya qilinadi. Chunki bosh miyaning ichki bosimi preparat bilan davolash to‘xtatilgandan keyin bir necha hafta davomida oshgan holda qolishi mumkin. Shuning uchun holat barqarorlashgunicha pasientlarni bir necha hafta kuzatish lozim.

Tizimli qizil yugurik. Tetrasiklinlar tizimli qizil yugurik zo‘rayishini chaqirishi mumkin.

Miasteniya gravis. Tetrasiklinlar guruhi dori vositalari sust neyro-mushak blokadasini chaqirishi mumkin, shuning uchun miasteniya gravisi bo‘lgan pasientlarda doksisiklinni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.

Venerik kasalliklar. Yondosh sifilisga shubha bo‘lgan venerik kasalliklarni davolashda tegishli diagnostik muolajalar, shu jumladan qorong‘u maydonda va boshqa tahlillar qo‘llanishi kerak. Bunday holatlarda har oylik serologik testlar (kamida 4 oy) o‘tkazilishi kerak.

Metoksifluran. Doksisiklin va metoksifluranni birga qo‘llanganda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim. Metoksifluranni tetrasiklinlar bilan bir vaqtda qo‘llash fatal nefrotoksiklikka olib keladi. Doksisiklin qonda Plasmodium ning jinssiz shakli shtamlarini to‘liq bo‘lmasada, sezilarli darajada bostiradi. Doksisiklinni profilaktik qabul qilgan shaxslar baribir endemik sohadan tashqarida chivinlardan olingan infeksiyalarni tashuvchilari bo‘lishi mumkin.

Qo‘llashdagi ehtiyotkorliklar. Fotosensilibilizasiya rivojlanishi mumkinligi sababli davolanish vaqtida va undan keyin 4-5 kun davomida insolyasiyani cheklanish kerak. Qizilo‘ngachni eroziv-yarali shikastlanishini rivojlanishini oldini olish uchun doksisiklinni ko‘p miqdordagi suv bilan ichish tavsiya qilinadi (200-300 ml).

Doksisiklinni uzoq qo‘llash zarurati bo‘lganda. Vaqti-vaqtida qonni periferik ko‘rsatkichlarini, jigar va buyrak funksiyasini nazorat (5-7 kunda kamida 1 marta) qilish lozim.

Laboratoriya ko‘rsatkichlariga ta‘siri. Doksisiklin bilan davolashda siydikdagi katexolaminlar miqdorini fluoressent usuli bilan aniqlanganda soxtamusbat natijalar paydo bo‘lishi mumkin. Doksisiklinni uzoq vaqt olgan shaxslarda qalqonsimon bezining bioptati tekshirilganda, ularni jigarrangga bo‘yalishi mumkin, bu patologik holat ekanligini ko‘rsatmaydi.

Pediatriyada qo‘llanilishi. 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanmaydi, chunki doksisiklin ularda skeletni, tishlarni shakllanishini buzilishiga olib kelishi, tish emalini gipoplaziyasini va ularni sariq-kulrang-jigarranggacha qaytmas bo‘yalishni chaqirishi mumkin. 12 yoshdan katta tana vazni 45 kg gacha bo‘lgan bolalarda dori vositasini boshqa dori shaklida qo‘llash kerak.

Homiladorlik. Hayvonlardagi eksperimentlarda doksisiklinni homilada skeletni rivojlanishini kechikishini chaqirishi ko‘rsatilgan. Uni homiladorlik vaqtida qo‘llash mumkin emas.

Laktasiya davri. Doksisiklinni ko‘krak sutiga tushishi sababli davolanish vaqtida emizishni to‘xtatiladi.

Avtotransportlarni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri. Doksisiklinni avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri to‘g‘risida ma‘lumotlar yo‘q.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish hollarida dori vositasini qabul qilishni to‘xtatish va simptomatik davolashni boshlash lozim. Dializ qon zardobidan yarim chiqarilish davriga ta‘sir qilmaydi va dozani oshirib yuborilish hollarida samarasiz.

Chiqarilish shakli

10 kapsula PVX li plyonka va alyuminiy folgali kontur uyali o‘ramda. 1 yoki 2 kontur uyali o‘ramlar ilova-varaqa bilan birga karton qutiga joylanadi.

Saqlash sharoiti

Yorug‘dan va namdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.

 

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

DOKSISIKLIN kapsulalar 100mg N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
DOKSISIKLIN kapsulalar 100mg N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
DOKSISIKLIN kapsulalar 100mg N10 dori vositasi Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО tomonidan Belarusiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
DOKSISIKLIN kapsulalar 100mg N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
DOKSISIKLIN kapsulalar 100mg N10 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
FOLIEVAYA KISLOTA tabletkalari 1mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 1 500 so'mdan Batafsil
ERITROMISIN tabletkalari 250mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Eritromisin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 16 826 so'mdan Batafsil
ENALAPRIL tabletkalari 5mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Enalapril ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 2 600 so'mdan Batafsil
ENALAPRIL tabletkalari 10mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Enalapril ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
SEFOTAKSIM poroshok 1,0g N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Sefotaksim ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 2 700 so'mdan Batafsil
FUROSEMID inyeksiya uchun eritma 2ml 10mg/ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Furosemid ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 4 000 so'mdan Batafsil
FURAZOLIDON tabletkalari 50mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Furazolidon ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 400 so'mdan Batafsil
RIBOKSIN tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Inozin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 1 100 so'mdan Batafsil
LINIMENT BALZAMICHESKIY PO VISHNEVSKOMU liniment 40g
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Degot, kseroform ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 6 500 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN tabletkalari 200mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ibuprofen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 2 700 so'mdan Batafsil
IBUPROFEN tabletkalari 200mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ibuprofen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
VALERIANI EKSTRAKT tabletkalari 20mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: valeriani ekstrakt ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 4 200 so'mdan Batafsil
VALERIANI EKSTRAKT tabletkalari 20mg N25
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: valeriani ekstrakt ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 2 200 so'mdan Batafsil
BROMGEKSIN tabletkalari 8mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Bromgeksin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 900 so'mdan Batafsil
BISOPROLOL tabletkalari 10mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Bisoprolol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
BISOPROLOL tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Bisoprolol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 5 000 so'mdan Batafsil
BISOPROLOL tabletkalari 2,5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Bisoprolol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
BISAKODIL tabletkalari 5mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Bisakodil ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 3 400 so'mdan Batafsil
ATENOLOL tabletkalari 100mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Atenolol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
ATENOLOL tabletkalari 50mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Atenolol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 9 000 so'mdan Batafsil
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Propranolol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 5 600 so'mdan Batafsil
ANAPRILIN tabletkalari 40mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Propranolol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
AMBROKSOL tabletkalari 30mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Ambroksol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 3 000 so'mdan Batafsil
AZITROMISIN tabletkalari 500mg N3
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Azitromisin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Борисовский завод медицинских препаратов, ОАО
Narh: 7 700 so'mdan Batafsil
ADONIS BROM tabletkalari N30
Другие формы препарата
DOKSISIKLIN 0,1 N20
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9