×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Dupliks®N tabletkalari 32mg/25 mg N30

Kategoriya:
- Dori vositalari
Ishlab chiqarilish joyi:
- Avstriya
Faol modda:
Гидрохлоротиазид, Кандесартан
Qadoqda soni:
- 30
Ishlab chiqaruvchi:
Vakil:
- Sandoz Pharmaceuticals d.d.
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan

O'xshash dorilar

ALFAVIT NASH MALISh sashe 3,0g N45 ООО ВНЕШТОРГ ФАРМА, Россия Rossiya
FEROGLOBIN inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/ml N5 Syren Healthcare, Индия произведено: Sakar Healthcare Ltd Hindiston
BROVENSIN sirop 100ml World Medicine Ltd Buyuk Britaniya
37 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
CHIQARILISH SHAKLI
Alyuminiydan tayyorlangan namyutgichli blister.
30 (3x10) tabletkadan o‘ramda tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga joylashtirilgan.


Tabletkalar

Faol moddalar: kandesartan sileksetil va gidroxlorotiazidi.

Bitta 16 mg/12,5 mg tabletka tarkibida 16 mg kandesartan sileksetil va 12,5 mg gidroxlorotiazidi mavjud.

Bitta 32 mg/12,5 mg tabletka tarkibida 32 mg kandesartan sileksetil va 12,5 mg gidroxlorotiazidi mavjud.

Bitta 32 mg/25 mg tabletka tarkibida 32 mg kandesartan sileksetil va 25 mg gidroxlorotiazidi mavjud.

Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, makkajo‘xori kraxmali, povidon K30, karragenan (E407), kroskarmelloza natriy, magniy stearati, temir oksidi (E172) va titan dioksidi (E171) 32 mg/25 mg tabletkalar uchun qo‘shimcha.

Kandesartan sileksetil me’da-ichak yo‘lidan so‘rilishi vaqtida kandesartan faol moddasiga aylanadi. Kandesartan II angiotenzin AT1 retseptorlarining selektiv antagonisti hisoblanadi.

Gidroxlorotiazid tiazid diuretik hisoblanadi. U siydik bilan ayrim tuzlar (masalan, natriy) va suv ajralib chiqishiga yordam beradi.
Kandesartan va gidroxlorotiazid bir-birining antigipertenziv ta’sirini to‘ldiradi.
Kandesartan sileksetil/gidroxlorotiazidning bir martali dozasi qabul qilingandan so‘ng antigipertenziv ta’sir, odatda, 2 soat mobaynida boshlanadi. Dori vositasi doimiy qo‘llanganda eng ko‘p antigipertenziv ta’sirga to‘rt hafta mobaynida erishiladi va butun uzoq muddatli davolanish mobaynida saqlanib qoladi.
Kandesartan sileksetilning gidroxlorotiazid bilan birga qo‘llanishi ularning farmakokinetikasiga klinik ahamiyatli ta’sir ko‘rsatmaydi.

So‘rilishi va taqsimlanishi

Kandesartan sileksetil

Tabletka shaklidagi kandesartanning mutlaq biokiraolishligi – 14%. Plazma qonida o‘rtacha maksimal konsentratsiya (Cmax)ga tabletka ichga qabul qilingandan so‘ng 3-4 soat mobaynida erishiladi. Kandesartanning zardob konsentratsiyalari terapevtik diapazon doirasida dori vositasi dozalari oshirilishi bilan to‘g‘ri chiziqli oshib boradi. Qon plazmasi oqsillari bilan 99%dan ko‘proq bog‘lanadi. Ehtimoliy taqsimlanish hajmi – 0,1 l/kg.

Gidroxlorotiazid

Mutlaq biokiraolishligi – taxminan 70%. Yurak yetishmovchiligiga va yaqqol shishishlarga ega patsiyentlarda biokiraolishligi pasayishi mumkin. Qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanish – taxminan 60%. Ehtimoliy taqsimlanish hajmi – taxminan 0,8 l/kg.

Biotransformatsiya va ajralib chiqishi

Kandesartan sileksetil

Asosan, siydik va safro bilan o‘zgarmagan ko‘rinishda ajralib chiqadi, faqat kam darajada jigarda metabolizmga uchraydi (CYP2C9). Yakuniy yarim chiqarilish davri – taxminan 9 soat. Ko‘p marta qo‘llanganda organizmda to‘planib qolmaydi.

Gidroxlorotiazid

Parchalanmaydi hamda tugunsimon filtratsiya va faol kanal sekretsiyasi orqali o‘zgarmagan faol modda ko‘rinishida deyarli to‘liq ajralib chiqadi. Yakuniy yarim chiqarilish davri – taxminan 8 soat. Ichga qabul qilingan dozaning taxminan 70% 48 soat mobaynida siydik bilan ajralib chiqadi.

Aniqlangan noxush reaksiyalar yengil darajada va o‘tuvchan bo‘lgan.

Noxush reaksiyalarning rivojlanishi tez-tezligi quyidagicha belgilangan: juda tez-tez (≥ 1/10), tez-tez (≥ 1/100 va < 1/10), tez-tez emas (≥ 1/1000 va < 1/100), kam hollarda (≥ 1/10 000 va < 1/1000), juda kam xollarda (< 1/10 000), tez-tezligi noma’lum (mavjud ma’lumotlar asosida baholab bo‘lmaydi).

Quyida klinik tadqiqotlar va kandesartan sileksetilini savdoga chiqarilgandan keyin qo‘llash tajribasi ma’lumotlari bo‘yicha noxush reaksiyalar taqdim etilgan.

Infeksiyalar va invaziyalar

Tez-tez: respirator infeksiya.

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar

Juda kam hollarda: leykopeniya, neytropeniya va agranulotsitoz.

Metabolizm va oziqlanish tomonidan buzilishlar

Juda kam hollarda: giperkaliyemiya, giponatriyemiya.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez: bosh aylanishi/ vestibulyar bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i.

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan buzilishlar

Juda kam hollarda: yo‘tal.

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Juda kam hollarda: ko‘ngil aynishi.

Tez-tezligi noma’lum: diareya.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Juda kam hollarda: jigar fermentlari darajasini oshishi, jigar funksiyasini buzilishi yoki gepatit.

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan o‘zgarishlar

Juda kam hollarda: angionevrotik shish, toshma, eshakemi, qichishish.

Mushak, skelet va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar

Juda kam hollarda: belda og‘riq, artralgiya, mialgiya.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Juda kam hollarda: buyrak funksiyasini buzilishi, shu jumladan moyil patsiyentlarda og‘ir darajadagi buyrak yetishmovchiligi.


Quyida odatda 25 mg yoki undan yuqoriroq dozada gidroxlorotiazid bilan monoterapiyada rivojlangan noxush reaksiyalar keltirilgan.

Xavfsiz, xavfli va aniqlanmagan o‘smalar (shu jumladan kistalar va poliplar)

Tez-tezligi noma’lum: terining nomelanom raki (bazal-xujayrali va yassi-xujayrali).

Qon va limfatik tizim tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: leykopeniya, neytropeniya/ agranulotsitoz, trombotsitopeniya, aplastik anemiya, suyak ko‘migini susayishi, gemolitik anemiya.

Immun tizimi tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: anafilaktik reaksiyalar.

Metabolizm va oziqlanish tomonidan buzilishlar

Tez-tez: giperglikemiya, giperurikemiya, elektrolit muvozanatini buzilishi (shu jumladan giponatriyemiyu va gipokaliyemiyu).


Ruhiy buzilishlar

Kam hollarda: uyquni buzilishi, depressiya, harakat bezovtaligi.

Nerv tizimi tomonidan buzilishlar

Tez-tez: bosh aylanishi, vestibulyar bosh aylanishi.

Kam hollarda: paresteziya.

Ko‘rish a’zosi tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: ko‘rishni o‘tuvchan buzilishi.

Tez-tezligi noma’lum: o‘tkir uzoqni ko‘rolmaslik, o‘tkir yopiq burchakli glaukoma, xorioidal bo‘shliqqa suyuqlik to‘planishi.

Yurak tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: yurak aritmiyalari.

Qon-tomirlar tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: postural arterial gipotenziya.

Kam hollarda: nekrozlovchi angiit (vaskulit, teri vaskuliti).

Nafas tizimi, ko‘krak qafasi va ko‘ks oralig‘i a’zolari tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: respirator distress-sindrom (shu jumladan pnevmonit va o‘pka shishi).

Me’da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez emas: anoreksiya, ishtahani yo‘qolishi, me’dani ta’sirlanishi, diareya, qabziyat.

Kam hollarda: pankreatit.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: sariqlik (jigar ichki xolestatik sariqlik).

Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan o‘zgarishlar

Tez-tez emas: toshma, eshakemi, fotosezuvchanlik reaksiyalari.

Kam hollarda: toksik epidermal nekroliz.

Tez-tezligi noma’lum: tizimli qizil yugurik, teri qizil yugurigi.

Mushak, skelet va biriktiruvchi to‘qima tomonidan buzilishlar

Kam hollarda: mushak spazmlari.

Buyrak va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar

Tez-tez: glyukozuriya.

Kam hollarda: buyrak funksiyasini buzilishi va interstitsial nefrit.

Umumiy buzilishlar va yuborish joyidagi reaksiyalar

Tez-tez: holsizlik.

Kam hollarda: isitma.

Laborator va instrumental ma’lumotlar

Tez-tez: xolesterin va triglitseridlar miqdorini oshishi.

Kam hollarda: qonda azot mochevinasi va qon zardobida kreatinin darajasini oshishi kuzatilishi mumkin.

DORIXONALARDAN BЕRILISH TARTIBI

Retsept bo‘yicha beriladi.
TRANSPORT VOSITALARINI BOSHQARISH VA MЕXANIZMLAR BILAN ISHLASH QOBILIYATIGA TA’SIRI

Ushbu ta’sir tadqiq qilinmagan, biroq davolanish vaqtida bosh aylanishi yoki toliqish paydo bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish kerak.

Kattalarda kandesartan sileksetil yoki gidroxlorotiazid bilan monoterapiya fonida arterial qon bosim yetarlicha nazorat qilinmaydigan holatda essensial arterial gipertenziyani davolashda qo‘llaniladi.

• dori vositasining ta’sir etuvchi moddalariga, yordamchi moddalaridan istalgan biriga yoki sulfanilamidlar hosilalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik (gidroxlorotiazid sulfanilamidlar hosilalari hisoblanadi);

• homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligi;

• buyrak funksiyasini og‘ir buzilishi (kreatinin klirensi minutiga < 30 ml/1,73 m2 tana yuzasi maydoni);

• jigar funksiyasini og‘ir buzilishi va (yoki) xolestaz;

• refrakterli gipokaliyemiya va giperkalsiyemiya;

• podagra;

• qandli diabet yoki buyrak funksiyasini buzilishiga ega patsiyentlarga (tugunsimon filtratsiya tezligi minutiga< 60 ml/1,73 m2 tana yuzasi maydoni) Fironeks®N dori vositasining tarkibida aliskiren mavjud dori vositalari bilan birga qo‘llash mumkin emas.

 

Varfarin, digoksin, oral kontratseptivalar (masalan, etinilestradiol/ levonorgestrel), glibenklamid va nifedipin bilan klinik ahamiyatli farmakokinetik o‘zaro ta’sirlar aniqlanmagan.

Gidroxlorotiazid sababli kaliy tarkibi pasayishi kaliy yo‘qotilishiga va gipokaliyemiyaga olib keladigan boshqa dori vositalari (masalan, boshqa kaliyuretik diuretiklar, ichni bo‘shashtiradigan dori vositalari, amfoteritsin, karbenoksolon, G penitsillin natriy tuzi, salitsil kislotasi hosilalari, steroidlar, adrenokortikotrop gormon) tomonidan kuchaytirilishi mumkin.

Dupliks®N dori vositasining angiotenzin-aylantiruvchi ferment ingibitorlari, aliskiren, kaliy tejamli diuretiklar, kaliy qo‘shimchalari, tarkibida kaliy mavjud tuz o‘rnini bosuvchi moddalar yoki kaliy tarkibini oshirishi mumkin bo‘lgan boshqa dori vositalari (masalan, geparin natriy, kotrimoksazol, shuningdek trimetoprim/ sulfametoksazol sifatida ma’lum bo‘lgan dori vositalari) bilan birga qo‘llanishi qon zardobida kaliy darajasi oshishiga olib kelishi mumkin. Zarur hollarda, kaliy darajasi nazorat qilinadi.

Diuretiklar qo‘llanishi bilan qo‘zg‘atilgan gipokaliyemiya va gipomagniyemiya digitalis dorivor o‘simligidan tayyorlangan glikozidlar va antiaritmik dori vositalarining potensial kardiotoksinli ta’sirini rivojlantirishga moyil bo‘ladi. Dupliks®N ushbu dori vositalari, shuningdek quyida qayd etilgan “piruet” turidagi polimorf yurak qorinchasi taxikardiyasi paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan dori vositalari bilan birga qo‘llanganda qon zardobida kaliy tarkibini vaqti-vaqti bilan nazorat qilish tavsiya etiladi:

• Ia turkumli antiaritmik dori vositalari (masalan, xinidin, gidroxinidin, dizopiramid);

• III turkumli antiaritmik dori vositalari (masalan, amiodaron, sotalol, dofetilid, ibutilid);

• ayrim antipsixotik dori vositalari (masalan, tioridazin, xlorpromazin, levomepromazin, trifluoperazin, siamemazin, sulpirid, sultoprid, amisulprid, tiaprid, pimozid, galoperidol, droperidol);

• boshqa dori vositalari (masalan, bepridil, sizaprid, difemanil, eritromitsin IV, galofantrin, ketanserin, mizolastin, pentamidin, sparfloksatsin, terfenadin, vinkamin IV).

Dupliks®N dori vositasining litiy bilan birga qo‘llanishi tavsiya etilmaydi, chunki zardobda litiy konsentratsiyasining qaytariluvchan oshishi va uning toksinligi kuchayishi mumkin. Agar bunday majmua zarur bo‘lsa, qon zardobida litiy darajalarini puxta nazorat qilish tavsiya etiladi.

ARA II nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari (ya’ni SOG-2 selektiv ingibitorlari, atsetilsalitsil kislotasi (sutkasiga > 3 g) va noselektiv nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari) bilan birga qo‘llanganda antigipertenziv ta’sir zaiflashishi kuzatilishi mumkin.

ARA II va nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalarining birga qo‘llanishi buyrak funksiyasini yomonlashish xavfi oshishiga, shu jumladan, ayniqsa, buyrak funksiyasini buzilishiga ega patsiyentlarda o‘tkir buyrak faoliyati yetishmovchiligiga va qon zardobida kaliy tarkibi oshishiga olib kelishi mumkin. Majmua, ayniqsa, keksa yoshdagi shaxslarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak. Patsiyentlar mos gidratlanishi kerak; birga olib boriladigan terapiya boshlangandan so‘ng va kelgusida vaqti-vaqti bilan buyrak funksiyasi nazorat qilinishi kerak.

Nosteroid yallig‘lanishga qarshi dori vositalari gidroxlorotiazidning diuretik, natriyuretik va antigipertenziv ta’sirini bo‘shashtiradi.

Xolestiramin yoki kolestipol bilan birga qo‘llanganda gidroxlorotiazid so‘rilishi pasayadi.

Gidroxlorotiazid qutbsizlanmaydigan miorelaksantlar (masalan, tubokurarin) ta’sirini potensiyalashi mumkin.

Tiazid diuretiklari ajralib chiqish pasayishi oqibatida qon zardobida kalsiy tarkibini oshirishi mumkin. Kalsiy qo‘shimchalari yoki D vitamini tayinlanishi zarur hollarda, kalsiy darajalari nazorat qilinishi va diuretiklar dozasiga tegishlicha tuzatish kiritilishi kerak.

Tiazidlar beta-adrenoblokatorlar va diazoksidning giperglikemik ta’sirini kuchaytirishi mumkin.

Antixolinergik dori vositalari (masalan, atropin, biperiden) tiazid diuretiklari biokiraolishligi oshirishi mumkin.

Tiazidlar amantadinning nojo‘ya reaksiyalari paydo bo‘lish xavfini oshirishi mumkin.

Tiazidlar sitotoksinli dori vositalari (masalan, siklofosfamid, metotreksat)ning buyrak tomonidan chiqarib yuborilishini pasaytirishi va ularning miyelosupressiv ta’sirini potensiyalashi mumkin.

Alkogol, barbituratlar yoki anestetiklar bir vaqtda qabul qilinganda ortostatik arterial gipotenziya kuchayishi mumkin.

Tiazid diuretiklar qo‘llanganda diabetga qarshi dori vositalari, shu jumladan insulin dozalariga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin. Metformin tayinlashda gidroxlorotiazidi qo‘llanishi bilan bog‘liq ehtimoliy og‘ir buyrak faoliyati yetishmovchiligi tomonidan qo‘zg‘atilgan laktat-atsidoz paydo bo‘lish xavfi tufayli ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.

Gidroxlorotiazidi arterial qon bosimning pressor aminlar (masalan, adrenalin) ta’siriga javob reaksiyasini pasaytirishi mumkin, biroq uning ta’sirini to‘liq bartaraf etadigan darajada pasaytirmaydi.

Tarkibida yod mavjud rentgenkontrastli dori vositalari yuqori dozalari qo‘llanganda gidroxlorotiazid o‘tkir buyrak faoliyati yetishmovchiligi paydo bo‘lish xavfini oshirishi mumkin.

Siklosporinning birga qo‘llanishi giperurikemiya va podagra turidagi asoratlar paydo bo‘lish xavfini oshirishi mumkin.

Baklofen, amifostin, tritsiklik antidepressantlar yoki neyroleptiklar bilan birga qo‘llanishi antigipertenziv ta’sir kuchayishiga olib kelishi va arterial bosim pasayishini qo‘zg‘atishi mumkin.

Renin-angiotenzin-aldosteron tizimining ikki barobar blokadasi angiotenzin-aylantiruvchi ferment ingibitorlari, II angiotenzin retseptorlari antagonistlari yoki aliskirenning majmualangan qo‘llanishi orqali arterial gipotenziya, giperkaliyemiya va buyrak funksiyasini pasayishi (shu jumladan, o‘tkir buyrak faoliyati yetishmovchiligi) kabi nojo‘ya reaksiyalar rivojlanishining renin-angiotenzin-aldosteron tizimiga ta’sir ko‘rsatuvchi bitta dori vositasi qo‘llanishiga nisbatan yuqoriroq chastotasi bilan bog‘liq.

SAQLASH SHAROITI

Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.

Original o‘ramda 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.


YAROQLILIK MUDDATI

2 yil. O‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qo‘llanilmasin.

16 mg/12,5 mg tabletkalar: oval shaklli, har ikki tomonlama qavariq bir tomonida o‘yiqchasi bo‘lgan o‘rik rangli, dog‘li tabletkalar.

32 mg/12,5 mg tabletkalar: uzunchoq shaklli, ikki tomonlama qavariq, har ikki tomonida o‘yig‘i bo‘lgan va bir tomonida "32" raqami bosilgan, dog‘lari bo‘lgan och jigarrang rangli tabletkalar.

32 mg/25 mg tabletkalar: uzunchoq shaklli, ikki tomonlama qavariq, har ikki tomonida o‘yig‘i bo‘lgan va bir tomonida “N 32” raqami bosilgan, dog‘lari bo‘lgan qizg‘ish jigarrang rangli tabletkalar.

O‘yma chiziq tabletkalarni teng dozalarga bo‘lish uchun emas, balki ichga qabul qilishni osonlashtirish maqsadida ikkiga bo‘lish uchungina xizmat qiladi.

Dozalar

Tavsiya etiladigan doza: sutkasiga 1 marta 1 ta tabletka.

Alohida tarkibiy moddalar (kandesartan sileksetil va gidroxlorotiazidi) bo‘yicha dozalarni titrlash tavsiya etiladi. Agar bu klinik nuqtai nazardan o‘zini oqlasa, bevosita monoterapiyadan Dupliks®N dori vositasiga o‘tishni nazarda tutish mumkin. Gidroxlorotiazidi bilan monoterapiyaga o‘tishda kandesartan sileksetil dozasini titrlash tavsiya etiladi. Kandesartan sileksetil, gidroxlorotiazidi yoki Dupliks®N bilan kamroq dozalardagi monoterapiya sharoitida arterial qon bosim yetarlicha nazorat qilinmaydigan holatda Dupliks®N dori vositasi tayinlanishi mumkin.

Asosiy antigipertenziv samaraga, odatda, terapiya boshlangandan so‘ng to‘rt hafta mobaynida erishiladi.

Alohida patsiyentlar guruhi

Keksa yoshdagi patsiyentlar

Dozaga tuzatish kiritish talab qilinmaydi.

Qon aylanish hajmi pasaygan bolalar

Arterial gipotenziya rivojlanish xavfiga (masalan, ehtimoliy gipovolemiyaga) ega bolalarda kandesartan sileksetil dozasini titrlash tavsiya etiladi; ular uchun kandesartan sileksetilning dastlabki 4 mg dozasi tayinlanishini ko‘rib chiqish mumkin.

Qo‘llanish usuli

Ichga qabul qilish uchun mo‘ljallangan. Ovqatlanishdan qat’i nazar kunning bir xil vaqtida sutkasiga bir marta qabul qilinishi, ustidan suv ichilishi kerak.

Agar dori vositasini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, o‘tkazib yuborilgan doza o‘rnini to‘ldirish uchun ikki baravar dozani qabul qilmang, faqat sxemaga muvofiq navbatdagi dozani qabul qiling.

18 yoshgacha bolalarda Dupliks®N xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Tegishli ma’lumotlar yo‘q.
Kandesartan sileksetil ortiqcha dozalanishining asosiy alomati simptomatik arterial gipotenziya va bosh aylanishidan iborat bo‘lishi mumkin. Suyuqlik va elektrolitlarning kuchli yo‘qotilishi gidroxlorotiazid ortiqcha dozalanishining asosiy alomati hisoblanadi. Bosh aylanishi, arterial gipotenziya, chanqash, taxikardiya, yurak qorinchalari aritmiyalari, sedatsiya/ fikrlash buzilishi va tomir tortishishlar kabi simptomlar ham kuzatilishi mumkin.

Davolash

Tavsiyalarga muvofiq, qayt qilishni qo‘zg‘atish yoki me’dani yuvib tashlash kerak. Simptomatik arterial gipotenziya rivojlanganda simptomatik davolash tayinlanishi va organizmning eng muhim funksiyasini nazorat qilinishi kerak. Patsiyentni oyoqlari biroz ko‘tarilgan holatda chalqanchasiga yotqizish kerak. Agar bu yetarlicha bo‘lmasa, izotonik natriy xlorid eritmasi infuziyasi orqali plazma hajmini oshirish kerak. Elektrolit va kislota muvozanatini nazorat qilish va to‘g‘rilash talab qilinadi. Agar yuqorida qayd etilgan choralar yetarli bo‘lmasa, simpatomimetikalarni yuborish mumkin. Kandesartan sileksetil gemodializ orqali ajralib chiqmaydi. Gidroxlorotiazidning gemodializ orqali qay darajada ajralib chiqishi ma’lum emas.

Homiladorlikning birinchi uch oyligida dori vositasi qo‘llanishi tavsiya etilmaydi.

Mazkur dori vositasining homiladorlikning ikkinchi va uchinchi uch oyligida qo‘llanishi taqiqlangan, chunki homiladorlikning ushbu muddatlarida u homila rivojlanishiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Bola tug‘ish yoshidagi patsiyent ayollar ehtimoliy homiladorlik boshlanishini muntazam nazorat qilib borishlari kerak.

Homiladorlikni rejalashtirayotgan yoki terapiya vaqtida homilador bo‘lgan patsiyent ayollar homiladorlik davrida foydalanish uchun xavfsizlik xossalari aniqlangan boshqa dori vositalari bilan davolashga o‘tkazilishlari kerak.

Emizish davrida, ayniqsa, chaqaloqlar yoki vaqtidan oldin (chala) tug‘ilgan bolalarni emizish davrida dori vositasining qo‘llanishi tavsiya etilmaydi.

Agar Dupliks® N preparati emizish davrida qo‘llanilsa, uning dozasi iloji boricha pastroq bo‘lishi kerak.

 Yengil va o‘rtacha surunkali jigar kasalligiga ega patsiyentlarga kandesartan sileksetil dozasini titrlash tavsiya etiladi. Og‘ir jigar funksiyasini buzilishiga va (yoki) xolestazga ega patsiyentlarga Dupliks®N tayinlanishi tavsiya etilmaydi.


 Yengil va o‘rtacha buyrak funksiyasini buzilishiga ega patsiyentlarda (kreatinin klirensi minutiga 30-80 ml/ 1,73 m2 tana yuzasi maydoni) dori vositasi dozasini titrlash tavsiya etiladi. Og‘ir buyrak faoliyati yetishmovchiligiga ega patsiyentlarga (kreatinin klirensi minutiga <30 ml/1,73 m2 tana yuzasi maydoni) Dupliks®N tayinlanishi tavsiya etilmaydi.

Renin-angiotenzin-aldosteron tizimining ikki barobar blokadasi

Angiotenzin-aylantiruvchi ferment ingibitorlari, II angiotenzin retseptorlari antagonistlari (ARA II) yoki aliskirenning bir vaqtda qo‘llanishi arterial gipotenziya, giperkaliyemiya rivojlanishi va buyrak funksiyasini pasayishi (shu jumladan, o‘tkir buyrak yetishmovchiligi) xavfini kuchaytiradi. Shu tufayli angiotenzin-aylantiruvchi ferment ingibitorlari, ARA II yoki aliskirenning majmualangan qo‘llanishi orqali renin-angiotenzin-aldosteron tizimining ikki barobar blokadasi tavsiya etilmaydi. Agar ikki barobar blokada mutlaq zarur bo‘lsa, u faqat mutaxassis kuzatuvi ostida hamda buyrak funksiyasini, elektrolitlar va arterial qon bosim darajalari tez-tez puxta nazorat qilingan holda amalga oshirilishi kerak.

Diabetik nefropatiyasi bo‘lgan patsiyentlarda angiotenzin-aylantiruvchi ferment ingibitorlari, ARA II bir vaqtda qo‘llanmasligi kerak.


Buyrak funksiyasini buzilishi

Fironeks®N dori vositasini qabul qilayotgan kasallikka moyil patsiyentlarda buyrak funksiyasini o‘zgarishini kutish mumkin.


Buyrak transplantatsiyasi

Klinik ma’lumotlar cheklangan.


Buyrak arteriyasi stenozi

ARA II ikki tomonlama buyrak arteriyalari stenoziga yoki yagona buyrak arteriyasi stenoziga ega patsiyentlarda qonda mochevina va zardob kreatinini tarkibini oshirishi mumkin.


Pasaygan aylanayotgan qon hajmi 

Qon aylanish hajmi pasayishiga va (yoki) natriy tanqisligiga ega patsiyentlarda simptomatik arterial gipotenziya rivojlanishi mumkin. Mazkur holat bartaraf qilingungacha Fironeks®N qo‘llanishi tavsiya etilmaydi.


Anesteziya va jarrohlik aralashuvlari

ARA II qabul qilayotgan patsiyentlarda anesteziya va jarrohlik aralashuvlarini o‘tkazishda renin-angiotenzin tizimi blokadasi oqibatida arterial gipotenziya rivojlanishi mumkin. Juda kamdan-kam holatlarda arterial gipotenziya shu darajada og‘ir bo‘lishi mumkinki, vena ichidan suyuqliklar va (yoki) qon-tomirni toraytiruvchi dori vositalari yuborilishi talab qilinishi mumkin.


Jigar funksiyasini buzilishi

Jigar funksiyasini buzilishiga yoki kuchayib boruvchi jigar kasalligiga ega patsiyentlarda tiazidlar ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak, chunki suv-elektrolit muvozanatining hatto minimal buzilishlari ham jigar komasini qo‘zg‘atishi mumkin. Jigar funksiyasini buzilishiga ega patsiyentlarda Fironeks®N qo‘llanishi bo‘yicha klinik tajriba mavjud emas.


Aortal stenoz va mitral klapan stenozi (obstruktiv gipertrofik kardiomiopatiya)

Gemodinamik ahamiyatli aortal stenoz, mitral klapan stenozi yoki obstruktiv gipertrofik kardiomiopatiyaga ega patsiyentlarda alohida ehtiyotkorlik tavsiya etiladi.


Birlamchi giperaldosteronizm

Birlamchi giperaldosteronizmga ega patsiyentlar, odatda, ta’siri renin-angiotenzin-aldosteron tizimini susaytirish bilan bevosita bog‘liq antigipertenziv dori vositalariga reaksiya bildirmaydilar. Shu tufayli bunday patsiyentlarda Fironeks®N qo‘llanishi tavsiya etilmaydi.


Elektrolit muvozanatini buzilishi

Qon zardobida elektrolitlar aniqlanishini muntazam ravishda amalga oshirish kerak. Tiazidlar, shu jumladan gidroxlorotiazid suv-elektrolit muvozanati buzilishi (giperkalsiyemiya, gipokaliyemiya, giponatriyemiya, gipomagniyemiya va gipoxloremik alkaloz) ni paydo qilishi mumkin. Tiazid diuretiklar kalsiyning siydik bilan ajralib chiqishini pasaytirishi va vaqti-vaqti bilan qon zardobida kalsiy tarkibining biroz oshishiga olib kelishi mumkin. Ifodalangan giperkalsiyemiya yashirin giperparatireoz simptomi bo‘lishi mumkin. Paratireoid bezlar funksiyasinini tadqiq qilishdan oldin tiazidlar qo‘llanishini bekor qilish kerak.

Gidroxlorotiazid dozaga bog‘liq tarzda kaliyning siydik bilan ajralib chiqishini oshiradi, bu gipokaliyemiyaga olib kelishi mumkin. Gidroxlorotiazid kandesartan sileksitil bilan birga qo‘llanganda, uning ushbu ta’siri kamroq ifodalangan holda namoyon bo‘ladi. Gipokaliyemiya rivojlanish xavfi jigar sirroziga, yuqori diurezga ega patsiyentlarda, elektrolitlar peroral qabul qilinishi yetarlicha bo‘lmagan patsiyentlarda, shuningdek kortikosteroidlar yoki adrenokortikotrop gormon (AKTG) bilan birga terapiya olayotgan patsiyentlarda kuchayishi mumkin.

Kandesartan sileksetil qo‘llanishi, ayniqsa, yurak yetishmovchiligiga va (yoki) buyrak funksiyasi buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda giperkaliyemiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin (qo‘shimcha ravishda “Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta’siri va boshqa turdagi o‘zaro ta’sirlar”ga qarang).

Tiazidlar magniyning siydik bilan ajralib chiqishini oshiradi, bu gipomagniyemiyaga olib kelishi mumkin.


Metabolik va endokrin samaralar

Tiazid diuretiklar bilan davolash glyukozaga chidamlilikni buzishi mumkin. Diabetga qarshi dori vositalari, shu jumladan insulin dozalariga tuzatish kiritish talab qilinishi mumkin. Yashirin qandli diabet manifest shakliga o‘tishi mumkin. Xolesterin va triglitseridlar darajalari oshishi mumkin. Tiazid diuretiklar zardobda siydik kislotasi konsentratsiyasini oshiradi va kasallikka moyil patsiyentlarda podagrani qo‘zg‘atishi mumkin.


Fotosezuvchanlik

Fotosezuvchanlik reaksiyalari qayd etilgan. Agar ushbu reaksiyalar paydo bo‘lsa, dori vositasi qo‘llanishi bekor qilinadi. Dori vositasi bilan davolashni tiklash zarur hollarda, quyosh yoki A spektri sun’iy ultrabinafsha nurlari ta’siriga duch keladigan tana qismlarini himoya qilish tavsiya etiladi.


Umumiy jihatlar

Qon-tomir tonusi va buyrak funksiyasini asosan renin-angiotenzin-aldosteron tizimi faolligiga bog‘liq bo‘lgan patsiyentlarda (masalan, og‘ir turg‘un yurak yetishmovchiligiga yoki buyrak kasalliklariga, shu jumladan buyrak arteriyalari stenoziga ega patsiyentlarda) ushbu tizimga ta’sir ko‘rsatuvchi dori vositalari, shu jumladan ARA II bilan davolash o‘tkir arterial gipotenziya, azotemiya, oliguriya yoki (kamroq) o‘tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Yurak ishemiya kasalligiga yoki miyada qon aylanishining aterosklerotik buzilishiga ega patsiyentlarda arterial qon bosimning haddan tashqari pasayishi miokard infarktiga yoki insultga olib kelishi mumkin.

Anamnezida allergiya yoki bronxial astmaga ega patsiyentlarda ham, bunday kasalliklarsiz patsiyentlarda ham gidroxlorotiazidga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaksiyalari paydo bo‘lishi mumkin, biroq buning allergiya yoki bronxial astmaga ega patsiyentlarda paydo bo‘lish ehtimoli ko‘proqdir.

Tiazid diuretiklar qo‘llanganda tizimli qizil yugurik zo‘rayishi yoki faollashishi qayd etilgan.

Dupliks®N dori vositasining antigipertenziv ta’siri boshqa antigipertenziv dori vositalari bilan kuchaytirilishi mumkin.


Terining melanomali bo‘lmagan raki

Gidroxlorotiazidning kumulyativ dozasi oshirilganda terining melanomali bo‘lmagan raki (TMBR) (bazal-hujayrali va yassi-xujayrali rak) rivojlanishi xavfini oshishi kuzatilgan. TNMBR rivojlashining ehtimoliy mexanizmi sifatida gidroxlorotiazidning fotosezuvchanlik ta’siri bo‘lishi mumkin.

Patsiyentlar TNMBR paydo bo‘lishi xavfi haqida bilishlari, terini o‘zgarishlari yuzasidan muntazam tekshirishlari va terining har qanday shubhali o‘zgarishlari haqida shifokorga xabar berishlari kerak. Teri raki rivojlanishi xavfini minimallashtirish uchun teriga quyosh nuri va ultrabinafsha nur ta’sirini cheklash va undan tegishli himoyani qo‘llash kerak. Terining shubhali o‘zgarishlari darhol tekshirilishi kerak. Agar patsiyentda avval TNMBR bo‘lgan bo‘lsa, ehtimol gidroxlorotiazidni qo‘llashni qayta ko‘rib chiqish kerak.


Xorioidalga suyuqlik yig‘ilishi, o‘tkir uzoqni ko‘rolmaslik va ikkilamchi yopiq burchakli glaukoma

Sulfonamid yoki sulfonamid hosilalarini saqlovchi dori vositalari ko‘rish maydoni nuqsonlari bilan kechuvchi xorioidalga suyuqlik yig‘ilishi, o‘tuvchan uzoqni ko‘rolmaslik va o‘tkir yopiq burchakli glaukomaga olib keluvchi idiosinkrazik reaksiya chaqirishi mumkin. Simptomlar ko‘rish o‘tkirligini to‘satdan pasayishi yoki ko‘zlarda og‘riqni o‘z ichiga oladi va odatda dori vositasi qabul qilish boshlanganidan keyin bir necha soat yoki xafta davomida yuzaga keladi. Davolamaganda o‘tkir yopiq burchakli glaukoma ko‘rishni qaytmas yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin.

Gidroxlorotiazidni qo‘llashni darhol to‘xtatish shoshilinch chora bo‘lib hisoblanadi. Agar ko‘z ichki bosimini nazorat qilish imkoni bo‘lmasa, shoshilinch medikamentoz yoki jarroxlik usulida davolash talab etilishi mumkin. O‘tkir yopiq burchakli glaukoma rivojlanishining xavf omillari anamnezida sulfanilamidlar yoki penitsillinga allergiyani o‘z ichiga olishi mumkin.

Mazkur dori vositasining tarkibida laktoza (16 mg/12,5 mg.dan tabletkada 75,85 mg laktoza monogidrati, 32 mg/12,5 mg.dan tabletkada 164,19 mg laktoza monogidrati, 32 mg/25 mg.dan tabletkada 151,35 mg laktoza monogidrati) mavjud. Galaktozaga chidamsizlik, laktaz yetishmovchiligi yoki glyukoza-galaktoza so‘rilishining buzilishi sindromi kabi kamdan-kam uchraydigan irsiy patologiyaga ega patsiyentlar ushbu dori vositasini qabul qilmasliklari kerak.

Tarkibida gidroxlorotiazidi mavjudligi tufayli Dupliks®N doping-nazoratning tasdiqlaydigan natijalariga olib kelishi mumkin.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Dupliks®N tabletkalari 32mg/25 mg N30 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Dupliks®N tabletkalari 32mg/25 mg N30 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Dupliks®N tabletkalari 32mg/25 mg N30 dori vositasi Sandoz Pharmaceuticals d.d. tomonidan Avstriya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Dupliks®N tabletkalari 32mg/25 mg N30 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Dupliks®N tabletkalari 32mg/25 mg N30 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
KANDEKOR HD32 tabletkalari 32mg/12,5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Гидрохлоротиазид, Кандесартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
KANDEKOR N16 tabletkalari 16mg/12,5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Гидрохлоротиазид, Кандесартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
KANDEKOR N8 tabletkalari 8mg/12,5mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Sloveniya
  • Faol modda: Гидрохлоротиазид, Кандесартан ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Krka d.d.
Ishlab chiqaruvchining dorilari
Narh: 89 000 so'mdan Batafsil
Narh: 61 600 so'mdan Batafsil
Narh: 47 500 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9