32 400 s`om dan
Dorixonalardan izlash78 000 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish57 500 s`om dan
Bron qilishQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
DYUFALAK®
DUPHALAC®
Qayd etish raqami: B-250-95 №24597
Preparatning savdo nomi: Dyufalak®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): laktuloza
Dori shakli: sirop
Tarkibi:
1 ml sirop quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: laktuloza 667 mg;
yordamchi moddalar: tozalangan suv 1 ml gacha
Ta‘rifi: rangsizdan jigarrang tusli, och-sariq rangligacha bo‘lgan tiniq qovushqoq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi: osmotik surgi vositasi
ATX kodi: A06AD11.
Farmakologik xususiyatlari
Yo‘g‘on ichak florasining ta‘siri ostida, laktuloza quyi molekulyar organik kislotalargacha parchalanadi. Kislotalar yo‘g‘on ichakda rNni kamaytirishga yordam beradi va osmotik ta‘siri ostida ichak ichidagisining xajmini oshishiga olib keladi. Bu yo‘g‘on ichak peristaltikasini rag‘batlantiradi va axlat massasining konsistensiyasini me‘yorlashtiradi, bu qabziyatni bartaraf etish va yo‘g‘on ichakning fiziologak ritmini tiklashga yordam beradi.
Jigar ensefalopatiyasida (JE) laktulozani ta‘siri asidofil bakteriyalarning (masalan laktobakteriyalar) miqdorini oshishi, yo‘g‘on ichak tarkibining nordonlashuvi hisobiga ammiakni ion shaklga transformasiyasi, past rN va osmotik samara tufayli yo‘g‘on ichakni bo‘shashi, shuningdek oqsil sintezi uchun bakteriyalar tomonidan ishlatilishi kuchayishi yo‘li bilan azotli birikmalarning bakterial metabolizmini o‘zgarishi natijasida proteoltitik bakteriyalarning o‘sishining bostirilishi bilan izohlanadi.
Ayni paytda jigar ensefalopatiyasining barcha psixonevrologik simtomlari faqat giperammoniemiya natijasida yuz bermasligini tushunish juda muhimdir. Biroq ammiak boshqa azotli moddalarni shakllanishi uchun substrat bo‘lib xizmat qiladi.
Laktuloza, prebiotik vositasi kabi, organizm uchun foydali bo‘lgan bifido va laktobakteriyalarni o‘sishiga yordam beradi, ayni paytda klostridiy va ichak tayoqchasi kabi potensial patogen bakteriyalarning o‘sishi esa bostirilishi mumkin. Bu ichak florasining yanada yaxshi muvozanati shakllanishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Laktuloza ichga qabul qilingandan keyin yomon so‘riladi va yo‘g‘on ichakka o‘zgarmagan holda tushadi, bu yerda ichak florasi tomonidan metabolizmga uchraydi. 25-50 g yoki
40-75 ml dozalarda to‘liq metabolizmga uchraydi; yuqoriroq dozalarda qisman o‘zgarmagan holda chiqarilishi mumkin.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Laktuloza eritmasini suyultirilgan holda ham, suyultirmasdan ham qabul qilish mumkin.
Dozalash pasientning holatiga qarab shaxsiy belgilanadi.
Qabul qilingan bir martalik dozani og‘izda tutib turmasdan, darhol yutish kerak. Kuniga bir dozani qabul qilish buyurilgan bo‘lsa, uni aynan bir vaqtda, masalan nonushta vaqtida qabul qilish kerak.
Surgi vositalari bilan davolanish vaqtida kuniga yetarli miqdorda suyuqlik (1,5-2 litr, bu 6-8 stakanga to‘g‘ri keladi) qabul qilish tavsiya etiladi.
Flakondagi preparatni dozalash uchun o‘lchov stakani ishlatilishi mumkin. 15 ml dan paketchadagi preparatni ishlatish uchun, paketcha chetini olib tashlash lozim va ichidagisini darhol qabul qilish kerak.
Qabziyatni davolashda va axlatni tibbiy maqsadlarda yumshatish uchun dozalash:
Laktulozani sutkalik dozasini bir marta o‘lchov stakanchadan foydalanib yoki ikkiga bo‘lib qo‘llash mumkin. Bir necha kundan so‘ng boshlang‘ich doza davolanishga bo‘lgan javobga qarab, bir maromda tushlab turuvchi dozagacha to‘g‘rilash mumkin. Ba‘zida davolash samarasi namoyon bo‘lishi uchun uchun bir necha kun (2-3 kun) kerak bo‘lishi mumkin.
Pasientning yoshi Boshlang‘ich sutkalik doza Bir maromda ushlab turuvchi doza
Kattalar va 14 yoshdan
oshgan o‘smirlar 15-45 ml (1-3 paketchalar) 15-30 ml (1-2 paketchalar)
7-14 yoshli bolalar 15 ml (1 paketcha) 10-15 ml (1 paketcha)
1-6 yoshli bolalar 5-10 ml 5-10 ml
1 yoshgacha bo‘lgan bolalar 5 ml gacha 5 ml gacha
Agar bir maromda ushlab turuvchi doza 15 ml dan kam bo‘lsa, flakondagi preparatni ishlatish lozim.
Chaqaloqlarga va 7 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni aniq dozalash uchun flakondagi preparatni ishlatish lozim.
Jigar komasi va prekomasini davolashda dozalash (faqat kattalarda):
Ichga qabul qilish uchun:
Boshlang‘ich doza: 20-30 g yoki 30-45 ml (2-3 paketcha) dan kuniga 3-4 marta buyuriladi.
So‘ngra shaxsiy tanlangan bir maromda ushlab turuvchi dozaga shunday o‘tiladiki, bunda yumshoq ich kelishi maksimal kuniga 2-3 marta bo‘lishi kerak.
Rektal yuborish uchun:
Shoshilinch holatlarda (komaning rivojlanishi xavfi yoki koma) Dyufalak® tutib turuvchi huqna sifatida yuborilishi mumkin (300 ml Dyufalak/700 ml suv). Huqna 30-60 minut davomida ushlab turiladi, muolaja dori vositasi ichga yuborilishi mumkin bo‘lmagan holatgacha har 4-6 soatda takrorlanadi.
Bolalarda qo‘llanilishi
Jigar ensefalopatiyasi bo‘lgan bolalarda (0-18 yosh) preparatning xavfisizligi va samarasi aniqlanmagan. Ma‘lumotlar yo‘q.
Keksa yoshli pasientlarda va buyrak yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llanilishi.
Dozalash bo‘yicha biron-bir maxsus tavsiyalar mavjud emas, chunki laktulozaning tizimli ta‘siri ahamiyatsiz hisobalandi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Laktulozani qabul qilishning birinchi kunlari meteorizm bo‘lishi mumkin. Odatda u bir necha kundan keyin o‘tib ketadi. Tavsiya etilgan dozalar oshirilganda, qorin sohasida og‘riq, diareya kuzatilishi mumkin, bu dozani kamaytirishni talab qiladi. Yuqori dozalarda uzoq vaqt davomida qo‘llash hollarida (odatda jigar ensefalopatiyasini davolashda), pasientlarda diareya oqibatida elektrolit muvozanatini buzilishi rivojlanishi mumkin.
Nohush samaralarning umumiy ro‘yhati
Klinik tadqiqotlarda plasebo-nazorat o‘tkazish jarayonida laktuloza bilan davolashni qabul qilayotgan pasientlarda ko‘rsatilgan tez-tezlikda quyidagi nojo‘ya samaralar xaqida xabar berilgan: [juda tez-tez (≥1/10); tez-tez ( ≥1/100 dan <1/10 gacha); tez-tez emas ( ≥1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda ( ≥1/10000 dan <1/1000 gacha); juda kam hollarda (<1/10000)].
A‘zo tizimlarining sinfi (MedDRA faoliyatining normativ-xuquqi uchun tibbiy lug‘ati) | Tez-tezligi | |||
Juda tez-tez | Tez-tez | Tez-tez emas | Kam hollarda | |
MIY tomonidan buzilishlar | Diareya | Meteorizm, qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi, qusish. | ||
Laborator va asboblar tadqiqotlarining natijajalariga ta‘siri | Diareya oqi-batidagi elektrolit muvozanatini buzilishi |
Bolalar
Preparatni bolalarda qo‘llanganida kattalardagi kabi xavfsizlikning o‘xshash profili kuzatiladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta‘siri bo‘yicha tadqiqot o‘tkazilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Darhol shifokorga murojaat qilish lozim, agar:
Laktozani o‘zlashtiraolmaydigan pasientlarga laktulozani ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim.
Odatda qabziyatni davolash uchun qo‘llaniladigan dozani, qandli diabeti bilan kasallangan pasientlarda to‘g‘rilash talab etilmaydi. Jigar ensefalopatiyasi bo‘lgan pasientlarni davolashda odatda preparatning yuqori dozalari buyuriladi, bu qandli diabeti bo‘lgan pasientlar uchun hisobga olinishi lozim.
Dozani tanlamasdan preparatni uzoq muddat va noto‘g‘ri qabul qilish diareya va suv-elektrolit muvozanatini buzilishiga olib kelishi mumkin.
Dyufalak® laktoza, galaktoza va fruktozaning juda oz miqdorini saqlashini hisobga olish lozim, shuning uchun galaktoza yoki fruktozani o‘zlashtiraolmaslik, laktoza tanqisligi yoki glyukoza-galaktozani kam so‘rilishi kabi kam uchraydigan nasliy buzilishlari bo‘lgan pasientlarga ushbu dori preparatini buyurish mumkin emas.
Tutib turuvchi xuqna holida yuborilganida, kuchli tozalash samarasi tufayli, axlatni tutib turolmaslik, ixtiyorsiz ich kelishi, to‘shaklarni ifloslanishi, shuningdek nordon axlat tufayli perianal sohani shikastlanishi kuzatiladi. Pasientni suyuqlik yo‘qotishining o‘rnini to‘ldirilishini e‘tiborlik bilan kuzatib turish lozim.
Bolalarda qo‘llanilishi
Bolalarni davolashda surgi vositalari istisno hollarda va shifokor nazorati ostida qo‘llanishi lozim.
Davolanish vaqtida bo‘shalish refleksini buzilishlari ro‘y berishi mumkinligini hisobga olish dozim.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Homilaga yoki emizikli bolaga ta‘siri taxmin qilinmaydi, chunki homilador yoki emizikli ayolga laktulozaning tizimli ta‘siri juda kam.
Dyufalak® ni homiladorlik vaqtida va emizish davrida buyurish mumkin.
Fertillik
Fertillikka preparatning qandaydir ta‘sirining ehtimoli yo‘q, chunki laktulozaning tizimli ta‘siri ahamiyatsizdir.
Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri
Dyufalak®preparatini qo‘llash avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilmaydi yoki juda oz ta‘sir qiladi. .
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari: haddan tashqari yuqori dozalar qabul qilinganida qorinda og‘riq va diareya ro‘y berishi mumkin.
Davolash: dozani kamaytirish yoki preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak, diareya yoki qusish oqibatida ko‘p miqdorda suyuqlik yo‘qotilganida elektrolit disbalansini to‘g‘rilash kerak.
Chiqarilish shakli
667 mg/ml sirop.
200 ml, 500 ml yoki 1000 ml dan oq rangli yuqori zichlikdagi polietilen, birinchi marta ochish nazoratiga ega, buraladigan polipropilen qopqoqli flakonlarda. Qopqoq ustiga o‘lchov stakanchasi bo‘lib xizmat qiluvchi plastik qopqoqcha (polipropilendan) kiydiriladi. Flakonga qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasini saqlagan yorliq yopishtiriladi. 15 ml dan bir martalik polietilen va alyuminiy folga paketchalarda. 10 paketchadan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.