Enterojermina – bu patogen faollikka ega bo'lmagan, ichakni normal yashovchilari hisoblangan Bacillus clausii sporalarining suspenziyasidan tarkib topgan preparatdir.
Bacillus clausii sporalari ichga qabul qilinganida ham kimyoviy, ham fizikaviy agentlarga yuqori chidamliligi tufayli, me'da shirasining kislotali to'sig'ini yengib o'tadi va ichaklarga shikastlanmasdan yetib boradilar, u yerda ular metobolik faol vegetativ hujayralarga transformatsiyalanadi.
Enterojermina kelib chiqishi turlicha bo'lgan mikroblarga qarshi agentlarning qo'llanishi tufayli ichaklarning o'zgargan mikroflorasini tiklanishiga yordam beradi. Bundan tashqari, Bacillus clausii turli vitaminlar, ayniqsa V guruhi vitaminlarini ishlab chiqarish xususiyatiga ega, bu ham antibiotiklar va ximioterapevtik agentlarni qo'llash oqibatida kelib chiqqan disvitaminozni tuzatishga o'z hissasini qo'shadi.
Bundan tashqari, Bacillus clausii ni antibiotiklarga nisbatan sun'iy chaqirilgan yuqori darajadagi geterogen chidamliligi antibiotiklar qo'llanilishi natijasida kelib chiqadigan ichak mikroflorasining buzilishini oldini olishga, ayniqsa keng ta'sir doirasiga ega antibiotiklar qo'llanganda, yoki ichak mikroflorasining muvozanatini tiklanishi uchun terapevtik asosni ta'minlaydi.
Yuqorida keltirilgan antibiotiklarga chidamlilik sababli, Enterojermina® ni antibiotiklarning ikkala dozasi oralig'ida qo'llash mumkin.
Preparat penitsillinlarga (agar beta-laktamaza ingibitorlari bilan majmuada bo'lmasa), sefalosporinlar (ko'pchilik holatlarda qisman chidamlilik), tetratsiklinlar, makrolidlar, aminoglikozidlar (gentamitsin va amikatsindan tashqari), xloramfenikol, tiamfenikol, linkomitsin, klindamitsin, izoniazid, sikloserin, novobiotsin, rifampitsin, nalidiks kislotasi va pipemid kislotasi (oraliq chidamlilik) va metronidazolga nisbatan chidamlilikka ega.