QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
(pasientlar uchun ma‘lumot)
Egistrozol®
qobiq bilan qoplangan tabletkalar 1 mg
(anastrozol)
Ushbu dori preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin bu yo‘riqnomani to‘liq va diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma‘lumot saqlaydi.
Ushbu ilova-varaqa quyidagi ma‘lumotni saqlaydi
Egistrozol® qobiq bilan qoplangan tabletkalarining ta‘sir etuvchi moddasi anastrozol – aromataza ingibitori deb nomlanadigan moddalar guruhiga mansub. Egistrozol ayollarda postmenopauzada ko‘krak bezi rakini davolash uchun qo‘llaniladi.
Anastrozol Sizning organizmingiz tomonidan ishlab chiqariladigan estrogen gormonining darajasini pasaytiradi.
Egistrozol® tabletkalarini quyidagi holatlarda qabul qilmang:
Agar yuqorida sanab o‘tilganlardan birontasi bo‘lsa Sizga taalluqli, Egistrozol preparatni qabul qilmang. Agar Siz ishonch hosil qilmasangiz, davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Tibbiyotda qo‘llanilganda ehtiyotkorlik choralari
Agar quyida sanab o‘tilgan holatlardan birontasi Sizda bo‘lsa, Egistrozol qabul qilishni boshlashdan oldin, davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Agar Sizda yuqorida keltirilgan ma‘lumotlar qanchalik Sizga taalluqli ekanligi haqida savollar tug‘ilsa, Egistrozol preparati bilan davolashni boshlashdan oldin, davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Agar Sizda kasalxonada davolanish zarurati tug‘ilsa, Siz Egistrozol qabul qilayotganligingiz haqida tibbiyot xodimini ogohlantiring.
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar
Egistrozol preparati bolalar va o‘smirlarni davolash uchun mo‘ljallanmagan.
Boshqa dori vositalari va Egistrozol preparati
Agar Siz hozirgi vaqtda qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan yoki qabul qilishni rejalashtirayotgan har qanday dori vositalari haqida davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga xabar qiling, chunki bu dori preparatlari bir-birining samaralarini o‘zgartirishi mumkin.
Egistrozol preparati boshqa dori vositalariga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin. O‘z navbatida boshqa preparatlar Egistrozolning samarasiga ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.
Agar Siz quyidagi dori vositalarini qabul qilayotgan bo‘lsangiz Egistrozolni qabul qilmang:
Egistrozol preparatini ovqat va ichimliklar bilan qabul qilish
Ovqat va ichimliklar Egistrozolga ta‘sir qilmaydi.
Fertillik, homiladorlik va emizish
Agar Siz homilador bo‘lsangiz, emizsangiz, homiladorlikni taxmin qilsangiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, ushbu preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin o‘zingizni bu haqida davolovchi shifokoringizga yoki farmasevtga xabar bering.
Egistrozolni homiladorlikda va emizish davrida qo‘llash mumkin emas. Agar siz homiladorlikni gumon qilsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling. Homiladorlikda Egistrozol preparatini qabul qilishni to‘xtating.
Har qanday dori vositalarini qabul qilishdan oldin, shifokor yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘siri
Egistrozol transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga salbiy ta‘sir ko‘rsatmasligi kerak. Ammo ba‘zida Sizda holsizlik yoki uyquchanlik chaqirishi mumkin. Bunday hollarda mexanizmlar yoki mashinalarni boshqarish mumkin emas.
Egistrozol preparati sut qandi (laktoza) saqlaydi
Agar davolovchi shifokoringiz Sizda ayrim qand turlarini masalan, laktozani o‘zlashtiraolmaslik borligi to‘g‘risida ogohlantirgan bo‘lsa, bu dori vositasini qo‘llashdan oldin shifokorga maslahat uchun murojaat qiling.
Egistrozolni har doim shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qiling. Agar Siz ishonch hosil qilmasangiz davolovchi shifokoringiz yoki farmasevt bilan maslahatlashing.
Dozalash tartibi
Keksa pasientlar, shuningdek jigar faoliyatini yengil buzilishlari yoki buyrak faoliyatining yengil yoki o‘rtacha buzilishlari bo‘lgan pasientlarda dozani o‘zgartirish talab etilmaydi.
Qo‘llash usuli
Ichga qabul uchun qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tabletkalarni butunligicha suv bilan qabul qilish kerak.
Egistrozolni ovqatlanishdan qat‘iy nazar qabul qilish mumkin.
Egistrozolni davolovchi shifokoringiz buyurgan vaqt davomida qabul qilish kerak.
Davolash uzoq muddatli hisoblanadi. Ehtimol, Sizga bu preparatni bir necha yillar davomida qabul qilish talab qilinishi mumkin.
Bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar
Egistrozol preparati bolalar va o‘smirlarni davolash uchun mo‘ljallanmagan.
Agar Siz Egistrozol tabletkalarini buyurilgandan ko‘p qabul qilgan bo‘lsangiz
Agar Siz Egistrozol tabletkalarini buyurilgandan ko‘p miqdorda qabul qilgan bo‘lsangiz, darhol shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.
Agar Siz Egistrozol preparatini o‘z vaqtida qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
O‘tkazib yuborilgan tabletkani o‘rnini to‘ldirish uchun ikki marta dozani qabul qilmang. Qabul qilinmagan dozani o‘tkazib yuboring va keyingi tabletkani odatdagi vaqtda qabul qiling.
Agar Siz Egistrozolni qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz
Shifokor tavsiya qilmagunicha, xatto agar Ciz o‘zingizni yaxshi his qilsangiz ham preparatni qabul qilishni to‘xtatmang. Agar Sizda bu preparatni qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lsa, shifokor yoki farmasevtga murojaat qiling.
Barcha dori vositalari kabi Egistrozol ham, garchi hamma pasientlarda bo‘lmasada, nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin.
Quyida qo‘llanilganda nojo‘ya samaralarning tez-tezligi ko‘rsatkichlari quyidagicha belgilangan:
Juda tez-tez
Tez-tez
Tez-tez emas
Kam hollarda
Juda kam hollarda
Suyak to‘qimasiga samarasi
Egistrozol Sizning organizmingiz tomonidan ishlab chiqariladigan estrogen deb nomlanuvchi gormon darajasini pasaytiradi. Bu Sizning suyak to‘qimangizdagi minerallar darajasini pasaytirishi mumkin. Sizning suyaklaringizni kuchsizroq va sinishga moyilligi oshishi mumkin. Davolovchi shifokoringiz menopauzadan keyin ayollarda suyaklarning sog‘lomligini tutib turish bo‘yicha mavjud terapevtik tavsiyalarga muvofiq xavfni baholaydi.
Har qanday nojo‘ya samaralar shu jumladan, ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatib o‘tilmagan samaralar aniqlanganda, shifokorga yoki farmasevtga murojaat qiling.
Nojo‘ya samaralari haqida habar qilib, Siz bu preparatning xavsizligi to‘g‘risida qo‘shimcha ma‘lumot olishga yordam berasiz.
30oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin!
Dori vositalarini maishiy chiqindilarga yoki oqava suvga tashlash mumkin emas. Agar boshqa kerak bo‘lmaydigan preparatni tashlab yuborish zarur bo‘lsa, farmasevt bilan maslahatlashing. Bunday choralar atrof-muhitni ifloslanishini oldini olishga yordam beradi.
Yaroqlilik muddati o‘ramida ko‘rsatilgan.
Egistrozolni o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlatmang. Yaroqlilik muddatini tugash sanasi bo‘lib, ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.
Shifokor resepti bo‘yicha beriladi.
Egistrozol qobiq bilan qoplangan tabletkalari preparati nima saqlaydi
Ta‘sir etuvchi modda: anastrozol. Har bir qobiq bilan qoplangan tabletka 1 mg anastrozol saqlaydi.
Yordamchi moddalar:
Tabletkaning yadrosi: laktoza monogidrati, natriy kraxmal glikoyati (A tipi), povidon, magniy stearati.
Tabletka qobig‘i: makrogol 400, gipromelloza, titan dioksid.
Egistrozol tabletkalarining tashqi ko‘rinishi va o‘ram ichidagisi
Tashqi ko‘rinishi
Oq rangli, dumaloq, ikki tomonlama qavariq, bir tomonida «ANA» va «1» yozuvi bo‘lgan qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
O‘rami
10 yoki 14 qobiq bilan qoplangan tabletkalar blisterda. 14 tabletkadan 2 blister, 10 tabletkadan 3 blister yoki 10 tabletkadan 9 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan