84 000 s`om dan
Dorixonalardan izlash111 300 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish90 000 s`om dan
Bron qilishQO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
EKSAN®
ECSAN®
Preparatning savdo nomi: Eksan®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): diammoniy glisirrizinati
Dori shakli: ichakda eruvchan kapsulalar.
Tarkibi:
Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:
faol modda: diammoniy glisirrizinati – 50 mg;
yordamchi moddalar: kraxmal, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, natriy laurilsulfati, lesitin.
Ta‘rifi: korpusi limon-sariq rangli va qopqoqchasi yashil meva rangli qattiq jelatin kapsulalar.
Kapsulaning tarkibi – sariq rangli granulalar yoki kukun.
Farmakoterapevtik guruhi: gepatoprotektor
ATS kodi: A05VA
Farmakologik hususiyatlari
Diammoniy glisirrizinati yallig‘lanishga qarshi samarali ta‘sir ko‘rsatadi, jigar hujayralarining membranalarini himoya qiladi va jigarning faoliyatini yaxshilaydi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganidan so‘ng Eksan ichakda so‘riladi. Ichakda ovqat bo‘lishi preparatning biokiraolishligiga ta‘sir ko‘rsatmaydi. Qon zardobida preparat maksimal konsentrasiyasiga, enterogepatik sirkulyasiya hisobiga, qabul qilingandan so‘ng 8-12 soatdan keyin erishiladi. Preparat va uning metabolitlari plazma oqsillari bilan yaxshi bog‘lanadi. Preparatning taxminan 70% organizmdan safro orqali, 20% nafas yo‘llari orqali karbonad angidrid gazi ko‘rinishida, 2% esa siydik bilan o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, 3 kapsuladan kuniga 3 marta, ovqatdan so‘ng 30 minutdan keyin qabul qilinadi. Davolash kursi 3 dan 6 oygacha yoki shifokorning tavsiyasi bo‘yicha qabul qilinadi.
Me‘da yoki o‘nikki barmoqli ichak yarasi bo‘lgan pasientlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak., shuningdek dozani kuniga 3 marta 2 kapsulagacha kamaytirish kerak.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: anoreksiya, ko‘ngil aynishi, qusish, qorinni dam bo‘lishi, og‘izni qurishi;
Yurak qon-tomir tizimi tomonidan: taxikardiya, arterial bosimni tez-tez ko‘tarilib turishi;
Boshqalar: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘krak qafasida ezilish xissi bo‘lishi mumkin.
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha nojo‘ya reaksiyalar yengil holda namoyon bo‘ladi. Nojo‘ya ta‘sirlar paydo bo‘lganida preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Eksan preparatini boshqa preparatlar bilan birga qo‘llash yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktasiya davri. Homiladorlik vaqtida va laktasiya davrida Eksan preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Bolalar. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va go‘daklarda Eksan preparatini qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Keksa yoshdagi pasientlar. Yetarli ma‘lumotlar yo‘q.
Dori vositasini avtotransport va potensial havfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘sir qilish xususiyati. Aniqlanmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Yetarli ma‘lumotlar yo‘q.
Chiqarilish shakli
12 kapsuladan kontur uyali o‘ramda.
2 kontur uyali o‘ram, davlat va rus tilidagi qo‘llash uchun yo‘riqnoma bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Resept bo‘yicha