×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

SERTOXOL kapsulalar 300mg N20

Kategoriya:
- Gepatoprotektorlar, fosfolipidlar
Ishlab chiqarilish joyi:
- Turkiya
Faol modda:
Урсодезоксихолевая кислота
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
ATX kodi:
- A05AA02
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

ESSENSIALE FORTE N kapsulalar 300mg N30 А.Наттерманн энд Сие ГмбХ Germaniya
54 000 s`om dan
GALSTENA tomchilar 20ml Рихард Биттнер АГ Avstriya
179 000 s`om dan
GALSTENA gomeopatik tomchilar 20ml Richard Bittner AG Avstriya
179 000 s`om dan
ANTRAL tabletkalari 0,2g N30 Фармак, ПАО Ukraina
57 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
SERTOXOL kapsulalar 300mg N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

SERTOXOL

SERTOCHOL

Preparatning savdo nomi: Sertoxol

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): ursodeoksixolat kislotasi

Dori shakli: kapsulalar

Tarkibi:

Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi:

faol modda:300 mg ursodeoksixolat kislotasi;

yordamchi moddalar: makkajo‘xori kraxmali, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati;

kapsulaning qobig‘i: jelatin, titan dioksidi, temir III oksidi.

Ta‘rifi: oq yoki deyarli oq rangli kukun saqlovchi, korpusi pushti rangli, qopqoqchasi qizil-jigarrang rangli, tiniq bo‘lmagan, 0 o‘lchamli qattiq jelatin kapsulalar.

Farmakoterapevtik guruhi: o‘t toshlarini erituvchi vosita.

ATX kodi: A05AA02

Farmakologik hususiyatlari

Farmakodinamikasi

Ursodeoksixolat kislotasi gepatositlar, xolangiositlar va me‘da-ichak yo‘llaridagi epiteliositlarga nisbatan bilvosita sitoprotektiv, membranalarni barqarorlashtiruvchi ta‘sir ko‘rsatadi. Membranalardagi lipofil strukturalar bilan o‘zaro ta‘sir qiladigan, hujayra membranalariga saflanadigan va ularni barqarorlashtiradigan qo‘shaloq molekulalarni hosil qiladi. Jigar hujayralari va o‘t chiqarish yo‘llarini shikastlovchi omillardan himoya qiladi, ularni sitotoksik misellalarning ta‘siriga nisbatan berilmaydigan qiladi.

Immunomodulyator faollikka ega, gepatositlardagi HLA-1 va o‘t chiqarish yo‘llari hujayralaridagi HLA-2 to‘qimalar mutanosibligi antigenlarini ekspressiyasini pasaytirishi va immunoglobulinlar (birinchi navbatda IgM) ning ta‘sirini kamaytirishi hisobiga jigarda immunopatologik reaksiyalarning yaqqolligini kamaytiradi. Sitotoksik T-limfositlarni hosil bo‘lishini kamaytiradi.

Ursodeoksixolat kislotasi xolestazda gepatositlarda Sa+2-bog‘liq proteinkinazani faollashtirishi orqali eksikozni rag‘batlantirib, gepatositlar uchun toksik bo‘lgan o‘t kislotalarining konsentrasiyasini kamaytiradi, bikarbonatlarning miqdori yuqori bo‘lgan xolerezni induksiya qiladi, bu safroni passajini oshishiga olib keladi.

Jigarda xolesterin sintezini, shuningdek ichakdan so‘rilishini pasaytirib, ursodeoksixolat kislotasi safroning litogenligini kamaytiradi, xolato-xolesterin indeksni pasaytiradi, xolesterin konkrementlarini parchalanishiga yordam beradi va yangilari hosil bo‘lishi oldini oladi.

O‘t toshlarini parchalanishi samarali bo‘lishi uchun o‘t toshlarini tarkibi faqat xolesterinli bo‘lishi, ularning o‘lchami 15-20 mm dan oshmasligi, o‘t pufagi (toshlar bilan o‘t pufagining ko‘pi bilan yarmi to‘lgan bo‘lishi) va o‘t chiqarish yo‘llari o‘zining faoliyatini to‘liq bajarishi kerak.

Ursodeoksixolat kislotasi birlamchi biliar sirroz, mukovissidoz va alkogolli steatogepatiti bo‘lgan bemorlarda jigar fibrozini avj olib borishini ishonchli ravishda sekinlashtiradi. Qizilo‘ngach venalarining varikoz kengayishini rivojlanish havfini kamaytiradi.

Jigar va boshqa a‘zolar patologiyasida buzilgan apoptoz (hujayralarni qarishi va nobud bo‘lishi) jarayonlarini boshqaradi. Ursodeoksixolat kislotasini qo‘llash yo‘g‘on ichak raki hujayralarini o‘sishini tormozlaydi.

Farmakokinetikasi

Preparat ichga qabul qilinganidan so‘ng ursodeoksixolat kislotasi ingichka ichakda passiv diffuziya hisobiga, yonbosh ichakda – faol transport orqali so‘riladi. Plazmada maksimal konsentrasiyasiga qabul qilingandan so‘ng 30-60 minut atrofida erishiladi.

Preparat muntazam ravishda qabul qilinganida, ursodeoksixolat kislotasi qon plazmasida asosiy o‘t kislotasiga aylanadi, qondagi umumiy o‘t kislotalari miqdorining taxminan 48% ni tashkil etadi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi: 96-99%. Preparatning terapevtik samarasi ursodeoksixolat kislotasining qon plazmasidagi konsentrasiyasiga emas, balki safrodagi konsentrasiyasiga bog‘liq. Safroda ursodeoksixolat kislotasining maksimal konsentrasiyasi preparat 1 kg tana vazniga 10-14 mg sutkalik dozada qabul qilinganida kuzatiladi. Preparatning dozasi yana oshirilganida safroda ursodeoksixolat kislotasining konsentrasiyasi oshmaydi. Ursodeoksixolat kislotasi yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi.

Qo‘llanilishi

  • o‘t pufagidagi xolesterinli toshlarni parchalash uchun qo‘llanadi. Rentgenogrammada xolesterinli toshlar soyalar sifatida ko‘rinmasligi kerak va ularning diametri
    15 mm dan oshmasligi kerak. O‘t pufagida toshlar bo‘lishiga qaramasdan, uning faoliyati buzilgan bo‘lishi kerak emas;
  • safroni reflyuksi bilan kechuvchi gastritni davolash;
  • dekompensasiya belgilari bo‘lmaganida jigarni birlamchi biliar sirrozini (BBS) simptomatik davolash uchun qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Sertoxol ichga sutkada bir marta uxlashdan oldin yoki sutkada ikki marta qabul qilinadi.

Kapsula butun holda, chaynamasdan, yetarli miqdordagi suyuqlik bilan yutiladi (ovqat yoki yengil tamaddi bilan qabul qilish mumkin).

O‘t-tosh kasalligini davolashda: preparatni qabul qilish kursi uzluksiz va davomli (bir necha oydan 2 yilgacha bo‘lishi mumkin) bo‘lib, sutkalik dozasi tana vazniga 10-15 mg/kg dan boshlanadi, butun sutkalik dozasi uxlashdan oldin bir marta qabul qilinadi. Qabul qilish davomiyligi – toshlar butunlay parchalangunicha va toshlar hosil bo‘lishi qaytalanishini oldini olish uchun yana 3 oy davomida qabul qilinadi. Agar davolash boshlanganidan so‘ng 12 oydan o‘tgach o‘t toshlarini kamayishi kuzatilmasa, preparatni qabul qilish maqsadga muvofiq hisoblanmaydi. Xolesistoektomiyadan so‘ng, xolelitiazni takroran rivojlanishini oldini olish uchun – 300 mg dan sutkada 2 marta bir necha oy davomida (o‘rtacha 3 oy davomida) qabul qilinadi.

Safroni reflyuksi bilan kechuvchi gastritni davolash uchun 300 mg preparat uxlashdan oldin qabul qilinadi. Davolash kursi: 10-14 kundan 6 oygacha (zarurat bo‘lganida 2 yilgacha) davom etadi.

Qolgan holatlarda preparatning dozasi sutkada tana vazniga 10-15 mg/kg hisobida (zarurat bo‘lganida 20 mg/kg gacha) 2-3 marta qabul qilishga buyuriladi; preparat 6 oydan bir necha yilgacha qabul qilinadi.

6 yoshdan oshgan (tana vazni 20 kg dan ortiq) bolalar uchun preparatni dozalash individual rivishda sutkada tana vazniga 10-20 mg/kg hisobida buyuriladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Nojo‘ya samaralarning uchrash tezligini quyida keltirilgan ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlangan: juda tez-tez (>1/10), tez-tez (>1/100 dan <1/10 gacha), tez-tez emas (>1/1000 dan <1/100 gacha), kam hollarda (>1/10000 dan <1/1000 gacha), juda kam hollarda (<1/10000).

Me‘da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar:

Klinik tadqiqotlarda axlatni xamirsimon bo‘lishi yoki diareyani rivojlanishi yuzasidan hisobotlar juda ko‘p qayd etilgan.

Juda kam hollarda birlamchi biliar sirrozni davolash vaqtida qorin sohasida, o‘ng tomonida kuchli og‘riqlar paydo bo‘lgan.

Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar: ursodeoksixolat kislotasi bilan Davolanish vaqtida juda kam hollarda toshlarni kalsiylanishi rivojlanishi mumkin.

Birlamchi jigar sirrozining kechki bosqichlarini davolash vaqtida juda kam hollarda jigar sirrozini dekompensasiyasi kuzatilgan, u preparat bekor qilinganidan so‘ng yo‘qolgan.

Yuqori sezuvchanlik reaksiyalari:

Juda kam hollarda allergik toshmalar (eshakemi) toshishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • ushbu dori vositasining faol moddasiga yoki tarkibiga kiruvchi boshqa ingredientlariga yuqori sezuvchanlikda;
  • rentgen tekshiruv natijalari musbat (tarkibida kalsiyning miqdori yuqori) bo‘lgan o‘t toshlari aniqlanganida;
  • faoliyat ko‘rsatmaydigan o‘t pufagi bo‘lganida;
  • o‘t pufagi, o‘t chiqarish yo‘llari va ichakni o‘tkir yallig‘lanish kasalliklarida;
  • dekompensasiya bosqichidagi jigar sirrozida;
  • yaqqol ifodalangan jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligida;
  • pankreatitda;
  • homiladorlikni birinchi uch oyligida;
  • 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.

Dorilarning o‘zaro ta‘sirlari

Alyuminiy ionlarini va ionlar almashinuvi smolalarni saqlovchi antasidlar (xolestiramin) preparatni so‘rilishini kamaytiradilar. Agar ushbu moddalardan birini saqlovchi preparatni qo‘llash zarurati bo‘lsa, u holda uni Sertoxol kapsulasini qabul qilishdan kamida 2 soat oldin yoki keyin qabul qilish kerak.

Sertoxol preparati siklosporinni ichakdan so‘rilishini kuchaytirishi mumkin.

Siklosporin bilan davolanayotgan pasientlarda ushbu moddaning qondagi konsentrasiyasi shifokor tomonidan nazorat qilinishi kerak va siklosporinning dozasini boshqarish kerak.

Ayrim hollarda Sertoxol preparati siprofloksasinning so‘rilishini kamaytirishi mumkin.

Gipolipidemik vositalar (ayniqsa klofibrat), estrogenlar, neomisin yoki progestinlar safroni xolesterin bilan to‘yinishini oshiradilar va preparatning xolesterinli safro konkrementlarini eritish hususiyatini pasaytirishi mumkin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Sertoxol preparatini qabul qilish shifokorning nazoratida amalga oshirilishi kerak. Preparat bilan davolashning birinchi uch oyi davomida jigarning funksional ko‘rsatkichlari AST (SGOT), ALT (SGPT) va g-GT ni har 4 haftada, so‘ngra esa har 3 oyda kuzatish kerak.

Preparat xolesterinli o‘t toshlarini eritish uchun qo‘llanganida:

Toshlarning o‘lchamiga qarab, davolash samarasini baholash uchun, va toshlarning kalsinoz belgilarini o‘z vaqtida aniqlash uchun davolash boshlanganidan so‘ng 6-10 oydan keyin o‘t pufagini vizual kuzatish (peroral xolesistografiya) bilan birga, chalqancha yotgan hamda turgan holatda soyalarini kuzatish (ultratovush tekshiruvini o‘tkazish) kerak.

Agar rentgen suratida o‘t pufagini vizual kuzatish imkoni bo‘lmasa yoki toshlarning

kalsinoza rivojlangan bo‘lsa, o‘t pufagini qisqaruvchanligi sust yoki sanchiq hurujlari tez-tez kuzatilsa, Sertoxol preparatini qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi

Homiladorlikni I uch oyligida preparatni qo‘llash mumkin emas. Homiladorlikni II va III uch oyliklarida ona uchun davolashdan kutiladigan foyda homila uchun potensial havfdan ustun bo‘lgan holdagini qo‘llash mumkin (homilador ayollarda ursodeoksixolat kislotasini qo‘llash yuzasidan adekvat qat‘iy nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan).

Hozirgi vaqtda ursodeoksixolat kislotasini ko‘krak suti bilan ajralib chiqishi yuzasidan ma‘lumotlar yo‘q. Laktasiya davrida preparatni buyurish zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish xaqidagi masalani hal qilish kerak.

Pediatriyada qo‘llanishi

Sertoxol preparati kapsulalar shaklida 300 mg dan ishlab chiqarilganligi sababli, preparat 6 yoshgacha (tana vazni 20 kg dan kam) bo‘lgan bolalarga qo‘llanmaydi.

Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta‘siri

Sertoxol preparati avtomobilni boshqarish va psixomotor reaksiyalar tezligini talab etuvchi ishlarni bajarishga ta‘sir qilmaydi.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Preparatning dozasini oshirib yuborilish hollari yuzasidan xabarlar berilmagan.

Chiqarilish shakli

Kapsulalar. 10 kapsuladan blisterda. 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

SERTOXOL kapsulalar 300mg N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
SERTOXOL kapsulalar 300mg N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
SERTOXOL kapsulalar 300mg N20 dori vositasi Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S. tomonidan Turkiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
SERTOXOL kapsulalar 300mg N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
SERTOXOL kapsulalar 300mg N20 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
UDEKS kapsulalar 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Урсодезоксихолевая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Pharmactive Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Asfarma Savdo MChJ
Narh: 330 400 so'mdan Batafsil
URSOSAN kapsulalar 250mg N10
Narh: 20 500 so'mdan Batafsil
URSODOKS kapsulalar 250 mg N50
GEPALUX kapsulalari 250mg N50
Narh: 121 700 so'mdan Batafsil
URSOKAPS kapsulalar 250mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Belarusiya
  • Faol modda: Урсодезоксихолевая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Минскинтеркапс, УП
  • Vakil: "MARI PHARM" OOO
Narh: 200 000 so'mdan Batafsil
UKRLIV tabletkalari 250mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Урсодезоксихолевая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
  • Vakil: Kusum
Narh: 165 000 so'mdan Batafsil
URSOSAN kapsulalar 250mg N100
Narh: 380 000 so'mdan Batafsil
URSOSAN kapsulalar 250mg N50
Narh: 190 000 so'mdan Batafsil
ODOKOL tabletkalari 300mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Урсодезоксихолевая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Limited
Narh: 156 700 so'mdan Batafsil
ODOKOL tabletkalari 250mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Урсодезоксихолевая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Limited
Narh: 140 000 so'mdan Batafsil
ODOKOL tabletkalari 150mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Урсодезоксихолевая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Rhydburg Pharmaceuticals Limited
Narh: 33 000 so'mdan Batafsil
GRINTEROL kapsulalar 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Урсодезоксихолевая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гриндекс, АО
  • Vakil: Grindeks
GRINTEROL kapsulalar 250mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Latviya
  • Faol modda: Урсодезоксихолевая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Гриндекс, АО
  • Vakil: Grindeks
URSOLIV kapsulalar 250mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Урсодезоксихолевая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АВВА РУС ОАО
Narh: 173 600 so'mdan Batafsil
URSOLIV kapsulalar 250mg N50
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya Federatsiyasi
  • Faol modda: Урсодезоксихолевая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АВВА РУС ОАО
Narh: 155 000 so'mdan Batafsil
URSOSAN FORTE tabletkalari 500mg N30
Narh: 234 800 so'mdan Batafsil
URSOSAN FORTE tabletkalari 500mg N60
Narh: 456 000 so'mdan Batafsil
XOLUDEKSAN kapsulalar 300mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Урсодезоксихолевая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Narh: 110 000 so'mdan Batafsil
URSOMAK kapsulalar 300mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Gruziya
  • Faol modda: Урсодезоксихолевая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: GM Pharmaceuticals Ltd.
  • Vakil: GMP
Narh: 65 000 so'mdan Batafsil
SERTOXOL kapsulalar 300mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Урсодезоксихолевая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: Abdi Ibrahim Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
URSOLIV kapsulalar 250mg N100
  • Ishlab chiqarilish joyi: Rossiya
  • Faol modda: Урсодезоксихолевая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: АВВА РУС АО
XOLUDEKSAN suspenziya dlya priema vnutr 100ml 250mg/5ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Урсодезоксихолевая кислота ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: World Medicine Ilaс San. Ve Tic. A.S.
Narh: 107 500 so'mdan Batafsil
Ishlab chiqaruvchining dorilari
ETOSERT krem 50g 100mg/10mg
Narh: 49 000 so'mdan Batafsil
ELFUNAT tabletkalari 125mg N30
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
SEKDAZA tabletkalari 0,5g N4
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Seknidazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 30 000 so'mdan Batafsil
MOKSIKUM tabletkalari 400mg N7
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Moksifloksasin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. Ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 91 800 so'mdan Batafsil
TOLKIMADO tabletkalari 150mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Tolperizon ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 57 000 so'mdan Batafsil
SERTOFEN gel 60g 1,25%
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Deksketoprofen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 46 000 so'mdan Batafsil
SERTOFEN tabletkalari 25mg N20
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Deksketoprofen ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 40 000 so'mdan Batafsil
POMPEZO kapsulalar 40mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Ezomeprazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 113 900 so'mdan Batafsil
POMPEZO kapsulalar 20mg N28
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Ezomeprazol ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
LORNADO tabletkalari 8mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Lornoksikam ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
Narh: 50 400 so'mdan Batafsil
LEVOSETIL tomchilar dlya priema vnutr 20ml 5mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Levosetirizin ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Narh: 35 000 so'mdan Batafsil
FARIKTAN suspenziya 60 ml 162,5 mg/5 ml+100 mg/5 ml
TOLKIMADO tabletkalari 50mg N30
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Tolperizon ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
LORNADO tabletkalari 4mg N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Turkiya
  • Faol modda: Lornoksikam ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Dr Sertus Ilac Sanayi ve Ticaret Limited Sirketi, Турция произведено: World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
  • Vakil: Dr.Sertus
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9