×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

Elyudril Ge eritma 90ml

Kategoriya:
- Stomatologik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Frantsiya
Faol modda:
хлорбутанол, Хлоргексидин
Ishlab chiqaruvchi:
- “Пьер Фабр Медикамент”
Vakil:
- Euromedex
ATX kodi:
- A01AВ11
Noaniqliq haqida habar berish
O'zbekiston Respublikasi dorilar reestri ro'yxatidan o'tgan
Toshkentning 48 ta dorixonasida topildi

ico 62 700 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

SHALFEY tabletkalari N20 Рубикон, ООО Belarusiya
5 000 s`om dan
GERVETIN pastilkalar so vkusom myati 3mg N20 REPLEK FARM Ltd. Makedoniya
67 088 s`om dan
DENTINOKS gel 10g Dentinox Gesellschaft fur pharmazeuiticshe Preparate Lenk & Schuppan Germaniya
88 000 s`om dan
XOLISAL gel 10g Валеант, ООО, Россия произведено: Pharmaceutical Works Jelfa S.A. Polsha
35 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ELYuDRIL100 ml preparat quyidagilarni saqlaydi:
faol moddalar:
Xlorgeksidin diglyukonati – 0,10%
Xlorbutanol – 0,5%
yordamchi moddalar: glitserin, etanol, natriy dokuzati, mentol, tozalangan suv, xushbo'ylashtirilgan ekstsipiyent, qizil bo'yovchi (E 124).
Preparat bakteritsid, zamburug'larga qarshi, yallig'lanishga qarshi, jarohatni bitkazuvchi va og'riqsizlantiruvchi ta'sirga ega.
Xlorgeksidin – antiseptik, xatto axamiyatsiz kontsentratsiyalarda ham faol va grammusbat va grammanfiy bakteriyalar, zamburug'li flora va viruslarga nisbatan keng ta'sir doirasiga ega. Qoldiq faolligi tufayli, u bakteritsid samaraning davomiyligini ta'minlaydi. Xlorgeksidin davolovchi kontsentratsiyalarda mahalliy toksiklikni rivojlantirmaydi.
Xlorbutanol – yallig'lanishga qarshi ta'sirga ega, shu bilan birga infektsion zararlanish bilan bog'laq bo'lgan og'riqni tez bartaraf qiladi, bundan tashqari Candida albicans ga qarshi bakteritsid va fungitsid ta'sir ko'rsatadi.
Natriy dokuzati – yuzaki faol modda bo'lib, dispersiyani yaxshilaydi va preparatning davomliroq ta'sir qilishini ta'minlab, shilliq qavatlarda faol moddalarning barqarorligini saqlaydi.
Preparat tarkibidagi 42% kontsentratsiyadagi etanol (chayish uchun tayyor eritmada suyultirilganda taxminan 4% tashkil qiladi) xlorgeksidinning bakteritsid va jarohatni bitkazuvchi xususiyatlarini kuchaytiradi.
Yalpiz moyining essentsiyasi – dezodoratsiyalovchi ta'sir ko'rsatadi va yallig'lanish reaktsiyasini pasayishiga yordam beradi.
Quyidagi nojo'ya samaralar paydo bo'lishi mumkin (tez-tezligi noma'lum):
Terida toshma, qichishish, tomoqni, yuzni va bo'yinni shishi, bular nafas qiyinlashishini sababi bo'lishi mumkin. Bu doriga allergik reaktsiya bo'lishi mumkin. Agar siz bu simptomlardan biron-birini sezgan bo'lsangiz zudlik bilan davolashni bekor qilishingiz kerak va iloji boricha tezroq shifokor bilan bog'lanishingiz kerak.
Tilda ta'mni o'zgarishi va achishish xissi, ayniqsa davolash boshida. Bu samaralar asta-sekin davolash davomida o'tib ketadi.
Tilni jigarrang rangga bo'yalishi. Bu zarar yetkazmaydi va darxol davolashdan keyin o'tib ketadi.
Tishlarni, tish protezlarini va tishlarni qayta tiklash uchun materiallarni bo'yalishi. Agar xar kuni tishlar tozalansa yoki stomatologga murojaat qilinsa bu bo'yalishlardan oson saqlanish mumkin.
So'lak bezlarini shishi (quloq oldi bezlari), bu davolash bekor qilingandan keyin yo'qoladi.
Og'iz bo'shlig'i shilliq qavatida epiteliyni ko'chishi. Agar bu yuz bersa, siz 50% ga suv bilan chayqash uchun eritmani suyultirishingiz kerak va shifokorga murojaat qilishingiz kerak.
- Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
- Yutilmasin.
- Bu maxsulotni ko'zga, burunga yoki quloqqa tushishiga yo'l qo'ymang. Quloq yo'liga qo'llamang.
- Kontakt xollarida ko'p miqdordagi suv bilan yuvib tashlash kerak.
- Preparat uzoq qo'llanganda til, tish, plomba uchun material va tish protezlarini bo'yalishiga olib kelishi mumkin. Agar tishlarni xar kuni og'izni chayish uchun eritmani qo'llashdan oldin tozalansa yoki tish protezlari uchun va plomba materiallari uchun eritmani qo'llansa bu rangini o'zgarishi qaytuvchan bo'lishi va undan saqlanish mumkin.
Agar Elyudril 6 yoshdan katta bolada qo'llansa, bola dorini yutmayotgani xaqida ishonch xosil qilishingiz kerak chunki eritma spirt saqlaydi.
Alkogolli abstinentsiyada spirt mavjudligini inobatga olish kerak.
Normal sharoitlarda og'iz bo'shlig'ini chayish uchun ushbu eritmani qo'llashda dozani oshirib yuborilishi kuzatilmaydi.
Eritmani yutganda maxalliy samaralar paydo bo'lishi mumkin, masalan: og'izni achishishi, tomoqda va qizilo'ngachda maxalliy qo'zg'aluvchanlik. Ko'p miqdorda yutganda sizda ovqat xazm qilishda diskomfort siptomlari paydo bo'lishi mumkin (ko'ngil aynishi, qusish, qorinda og'riq va diareya), yengil xarakatlar koordinatsiyasini buzilishi yoki jigarga toksik ta'siri.
Agar ko'p miqdorda eritma yutgan bo'lsangiz shifokor, jarrox-stomatolog yoki toksikologik markazga murojaat qiling.
Eritmada spirt saqlanishi tufayli suyultirilmagan miqdorda ko'p eritma chayish uchun bolalarda qo'llanganda muvofiq choralarni ko'rish uchun darxol tibbiy yordam talab qilinadi.
- og'iz bo'shlig'i va xalqumning yallig'lanish kasalliklari
- operatsiyadan oldingi va keyingi davrda og'iz bo'shlig'ini parvarish qilish
- yechiladigan protezlarga ishlov berish uchun.
- 6 yoshgacha bo'lgan bolalarda ehtiyotkorlik bilan qo'llanadi (shifokor nazorati ostida).
- preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo'llash mumkin emas.
Ta'sir etuvchi modda, xlorgeksidin, ayrim tish pastalari bilan nomutanosib. Shuning uchun eritmani tishlarni tozalagandan keyin faqat kichik oraliqdan keyin va sinchkov og'iz bo'shlig'ini chaygandan so'ng qo'llash kerak.
Elyudril yarim stakan qaynatilgan suvga 10-15 ml eritma hisobida suyultirilsin.
30 sekund davomida chayilsin. Yutilmasin.
Preparatni kuniga 3 martagacha qo'llash mumkin. Maksimal sutkalik doza 20 ml eritmani (suyultirilguniga qadar) tashkil qiladi. Davolash kursi 2 xafta. Shifokor tavsiyasi bo'yicha davolash kursi uzaytirilishi mumkin. Elyudril eritmasini har bir qo'llashdan oldin og'izni sinchiklab chaying va tishlarni tozalang.
Ushbu preparatni homiladorlik va emizish vaqtida qo'llash mumkin emas.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

Elyudril Ge eritma 90ml dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
Elyudril Ge eritma 90ml dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
Elyudril Ge eritma 90ml dori vositasi “Пьер Фабр Медикамент” tomonidan Frantsiya mamlakatida ishlab chiqarilgan.
Elyudril Ge eritma 90ml dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
Elyudril Ge eritma 90ml dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9