×
×
  • ENALOZID25 tabletkalari N20

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

ENALOZID25 tabletkalari N20

Kategoriya:
- Yurak-qon tomir
Ishlab chiqarilish joyi:
- Ukraina
Qadoqda soni:
- 20
Ishlab chiqaruvchi:
- Фармак, ПАО
ATX kodi:
- C09ВA02
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 1 ta dorixonasida topildi

ico 26 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

KARDIOMAGNIL tabletkalari 150 mg+30,39 mg N100 Takeda Osteurope Holding GmbH Daniya
48 000 s`om dan
VEROSHPIRON kapsulalar 50mg N30 Gedeon Richter PLC Vengriya
58 000 s`om dan
LOZAP PLYUS tabletkalari N30 Zentiva k.s. Chexiya
54 800 s`om dan
VENOLEKS tabletkalari 450mg N60 Рубикон, ООО Belarusiya
70 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
ENALOZID25 tabletkalari N20 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

ENALOZID 25

ENALOZID 25

 

Preparatning savdo nomi: ENALOZID 25

Ta‘sir etuvchi moddalar (XPN): enalapril maleati; gidroxlortiazid

Dori shakli: tabletkalar

Tarkibi:

1 tabletka quyidagilarni saqlaydi:

Faol moddalar: 100% moddaga hisoblanganda 10 mg enalapril maleati, 25 mg gidroxlortiazid;

Yordamchi moddalar: laktoza monogidrati, kartoshka kraxmali, povidon; kalsiy stearati.

Ta‘rifi: oqdan sarg‘ish-oq rangligacha bo‘lgan, yassi yuzali, faska va riskali tabletkalar.

Farmakoterapevtik guruhi: Angiotenzin-aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlarining majmuaviy preparati. AAF ingibitorlari va diuretiklar.

ATX kodi: S09V A02.

 

Farmakologik xususiyatlari

Farmakodinamikasi

ENALOZID 25 majmuaviy antigipertenziv vositalar guruhiga kiradi. Preparatning tarkibiga kiruvchi enalapril maleati, angiotenzin I ni angiotenzin II ga aylantiruvchi, angiotenzin-aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitoridir. Preparat periferik arteriyalarning kengayishini, umumiy periferik tomirlarning qarshiligini pasayishini va aldosteronning chiqarilishini kamayishini chaqiradi. Gidroxlortiazid o‘rtacha diuretik samara chaqiradi, aylanayotgan qon hajmini kamayishiga olib keladi, qon tomirlarining devorlarida natriy ionlarining miqdorini kamaytiradi va tomirlarini toraytiruvchi ta‘sirlarga ularning sezuvchanligini pasaytiradi. Enalapril maleati va gidroxlortiazid bir vaqtda qo‘llanganida ularning antigipertenziv samarasi o‘zaro kuchayadi.

Farmakokinetikasi

Ichga qabul qilinganidan so‘ng me‘da-ichak yo‘llaridan taxminan 60% enalapril va taxminan 60-75% gidroxlortiazid so‘riladi. Enalapril enalaprilatning hosil bo‘lishi bilan gidrolizga uchraydi, uning qondagi maksimal konsentrasiyasi 3-4 soatdan so‘ng kuzatiladi. Enalaprilat – enalaprilga nisbatan faolroq AAF ingibitoridir. Gidroxlortiazidning diuretik samarasi 2 soatdan keyin boshlanadi, 3-4 soatdan so‘ng maksimumiga yetadi va 24 soatgacha davom etadi. Taxminan 94% enalapril va enalaprilat va taxminan 50-75% gidroxlortiazid buyraklar orqali siydik bilan chiqariladi. Enalaprilatning yarimchiqarilish davri 11 soatni, gidroxlortiazidniki esa – 10 soatni tashkil qiladi. Og‘ir buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda enalapril va gidroxlortiazidning yarim chiqarilish davri uzayadi.

 

Qo‘llanilishi

Majmuaviy davolashni qo‘llash ko‘rsatilgan pasientlarda arterial gipertenziyani davolash.

Qo‘llash usuli va dozalari

Arterial gipertenziyada. ENALOZID 25 ning boshlang‘ich dozasi sutkada 1 marta 1 tabletkani tashkil qiladi. Agarda istalgan samara bo‘lmasa, unda sutkalik doza sutkada 1 marta 2 tabletkagacha oshiriladi. Maksimal doza – sutkada 2 tabletka.

Diuretiklar bilan oldingi davolash. Agarda pasient diuretiklar olayotgan bo‘lsa, u holda arterial bosimni keskin pasayishidan saqlanish uchun, ENALOZID 25 bilan davolashni boshlashdan 2-3 kun oldin diuretikni bekor qilish yoki dozasini kamaytirish tavsiya qilinadi. Simptomatik arterial gipotenziya ENALOZID 25 bilan davolashning boshida paydo bo‘lishi mumkin va ko‘pincha diuretiklar bilan oldingi davolash suv-elektrolit buzilishlarini chaqirgan pasientlarda kuzatiladi.

Buyraklar faoliyatini buzilishlari. Buyraklar faoliyatini o‘rtacha va og‘ir buzilishlari (kreatinin klirensining darajasi minutiga 30 ml va undan past) bo‘lgan pasientlar uchun tiazidlar yetarli darajada samarali bo‘lmasligi mumkin.

Kreatinin klirensi >30 dan <80 ml/min diapazonida bo‘lgan pasientlarga ENALOZID 25 ni faqat har bir komponentning dozalari oldindan tanlanganidan keyin qo‘llash mumkin.

Buyraklar faoliyatini yengil buzilishlarida enalapril maleatning tavsiya qilingan dozasi, u alohida qo‘llanganida 5 dan 10 mg gachani tashkil qiladi.

Nojo‘ya ta‘sirlari

ENALOZID 25 bilan davolash odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.

Eng ko‘p uchragan nojo‘ya samaralari: bosh aylanishi va yuqori charchoqlik oz bo‘lgan va ular doza kamaytirilganida yo‘qolgan va faqat kamdan-kam hollardagina preparatni bekor qilishni talab qilgan.

1-2% hollarda uchraydigan nojo‘ya samaralari: ortostatik samaralar, shu jumladan arterial gipertenziya, bosh og‘rig‘i, mushak tirishishlari, ko‘ngil aynishi, asteniya, yo‘tal va impotensiya.

Kam uchraydigan nojo‘ya samaralari:

yurak-tomir tizimi tomonidan: sinkope, arterial gipotenziya, kuchli yurak urishi; taxikardiya; aritmiya; ko‘krakda og‘riq;

me‘da-ichak yo‘llari tomonidan: pankreatit, diareya, qusish, dispepsiya; qorin og‘rig‘i; meteorizm; qabziyat;

nerv tizimi/ruxiyat tomonidan: uyqusizlik, uyquchanlik, paresteziyalar, asabiylik; vertigo, lohaslik;

nafas a‘zolari tomonidan: hansirash.

dermatologik reaksiyalar: ko‘p shaklli eritema (Stivens-Djonson sindromi), toksik epidermal nekroliz, toshma, fotosensibilizasiya, qichishish; kuchli terlash va boshqa dermatologik ko‘rinishlar.

qon yaratish tizimi tomonidan: antinuklear antitelalarga (ANA) musbat test, eritrositlarning cho‘kish tezligini (ECHT) oshishi, eozinofiliya va leykositoz.

allergik reaksiyalar: o‘ta yuqori sezuvchanlik, yuz, oyoq-qo‘llar, lablar, til, tovush yorig‘i va/yoki hiqildoqning angionevrotik shishi, intestinal angionevrotik shish;

laboratoriya ma‘lumotlari: kam hollarda giperglikemiya, giperurikemiya va gipo- yoki giperkaliemiya, gemoglobin va gematokrit ko‘rsatkichlarini pasayishi, qonda mochevina, zardobda kreatinin darajasini oshishi, qon zardobida jigar fermentlarining darajasini va/yoki bilirubinni oshishi, qandni pasaytiruvchi vositalarni qabul qilayotgan bemorlarda gipoglikemiya aniqlangan.

Boshqalar: buyrak disfunksiyasi, buyrak yetishmovchiligi, libidoni pasayishi, og‘izni qurishi, podagra, quloqlarda shovqin, artralgiya, isitma, serozit, vaskulit, nekrozlovchi vaskulit, mialgiya, miozit, artralgiya/artrit, antidiuretik gormoni sekresiyasini buzilishi sindromi, anoreksiya.

Preparatning alohida komponentlari qo‘llanganida kuzatilgan nojo‘ya reaksiyalar, ENALOZID 25 preparatining ham potensial nojo‘ya samaralari bo‘lishi mumkin.

Enalapril. Ileus, jigar yetishmovchiligi, gepatit (gepatosellyulyar yoki xolestatik), sariqlik, depressiya, ongni chalkashishi, uyquni buzilishi, tush ko‘rishlarni buzilishi, o‘pka infiltratlari, bronxospazm/astma, tomoqda og‘riq va tovushni xirillashi, yurak ritmini buzilishi, stenokardiya, miokard infarkti yoki insult (yuqori xavf guruhi pasientlarida haddan tashqari arterial gipotenziya tufayli bo‘lishi mumkin), Reyno fenomeni, rinoreya, alopesiya, eritrodermiya, ta‘m sezish hissini o‘zgarishi, ko‘rishni noaniqligi, eshakemi, anafilaktik shok, limfadenopatiya, autoimmun buzilishlar, stomatit, glossit, oliguriya, eksfoliativ dermatit, po‘rsildoq yara, giponatriemiya.

Gidroxlortiazid. Me‘dani ta‘sirlanishi, sariqlik (jigar ichki, xolestatik), sialadenit, leykopeniya, agranulositoz, trombositopeniya, aplastik anemiya, gemolitik anemiya, purpura, isitma, eshakemi, respirator distress (shu jumladan pnevmoniya va o‘pka shishi), interstisial nefrit, anafilaktik reaksiya, glyukozuriya, elektrolit disbalansi, shu jumladan giponatriemiya, xavotirlik, ko‘rishni vaqtinchalik noaniqligi, gipoglikemiya.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

Preparatning komponentlaridan biriga va sulfonamidning boshqa hosilalariga yuqori sezuvchanlik. Angiotenzin-aylantiruvchi ferment (AAF) ingibitorlarini qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lgan anamnezdagi angionevrotik shish, shuningdek nasliy yoki idiopatik angionevrotik shish. Og‘ir buyrak (kreatinin klirensi <30 ml/minut) yoki jigar yetishmovchiligi. Anuriya. Buyrak arteriyalarining stenozi. Gemodializni o‘tkazish vaqtida.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

Enalapril maleati boshqa antigipertenziv preparatlar bilan majmuada qo‘llanganida samarasini kuchayishi kuzatilishi mumkin.

Tiazid qatori diuretiklarning ta‘siri ostida kaliyni yo‘qotilishi, odatda enalapril ta‘siri ostida susayadi. Qon zardobida kaliyning darajasi odatda norma chegarasida qoladi.

Kaliy saqlovchi qo‘shimchalar, kaliy tejovchi diuretiklar yoki kaliy saqlovchi tuzlarni, ayniqsa buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash maqsadga muvofiq emas, chunki qon zardobida kaliyning darajasini sezilarli oshishiga olib kelishi mumkin.

Litiy preparatlari odatda AAF ingibitorlari yoki diuretiklar bilan birga buyurilmaydi. Diuretiklar va AAF ingibitorlari litiyning buyraklar orqali chiqarilishini kamaytiradi va litiyli intoksikasiyani rivojlanish xavfini kuchaytiradi; birga qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Buyraklar faoliyatini buzilishi bo‘lgan, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar bilan davolanayotgan ayrim pasientlarda AAF ingibitorlarini bir vaqtda qo‘llash, buyraklar faoliyatini keyinchalik yomonlashishiga olib kelishi mumkin. Bu o‘zgarishlar odatda qaytuvchidir.

Tiazidlar tubakuraringa sezuvchanlikni oshirishi mumkin.

Tiazid diuretiklar bilan qo‘llanganida:

  • alkogol, barbituratlar yoki narkotik analgetiklar ortostatik gipotenziyani rivojlanishini kuchaytirishi mumkin;
  • antidiabetik preparatlar (peroral vositalar va insulin) – antidiabetik preparatning dozasini to‘g‘rilashni zarurati paydo bo‘lishi mumkin, chunki AAF ingibitorlarini va antidiabetik preparatlarni birga qo‘llash qonda glyukoza darajasini pasayishini chaqirishi mumkin;
  • kolestiramin va kolestipol qatronlari – anion-almashinuvi qatronlari ishtirokida gidroxlortiazidni so‘rilishi kamayadi;
  • kortikosteroidlar va AKTG – elektrolitlarni yo‘qotilishi kuchayadi, xususan gipokaliemiya;
  • pressor aminlar (masalan, epinefrin) – pressor aminlarning ta‘siriga javob pasayishi mumkin, lekin ularni qo‘llashga qarshi ko‘rsatma bo‘lishi uchun yetarli emas;
  • prostaglandin-sintetaza ingibitorlari – ayrim pasientlarda ularni qo‘llash diuretiklarning diuretik, natriyuretik va antigipertenziv samaralarini pasaytirishi mumkin;
  • oltin preparatlari – yakka nitroid reaksiyalar (uning simptomlari yuzni shishi, ko‘ngil aynishi, qusish va gipertenziyani o‘z ichiga oladi) oltinning in‘eksion preparatlari (natriy aurotimalati) va enalapril bilan davolangan pasientlarda kuzatilgan.

Maxsus ko‘rsatmalar

Ayrim pasientlarda boshqa antigipertenziv davolashning boshqa vositalarini qo‘llanganida bo‘lgani kabi simptomatik arterial gipotenziya rivojlanishi mumkin. Pasientlar diareya yoki qusishning epizodlari oqibatida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan giponatriemiya, suyuqlikning yetishmovchiligi, gipoxloremik alkaloz, gipomagniemiya yoki gipokaliemiya kabi suv-elektrolit muvozanatining buzilishini klinik belgilarini aniqlash maqsadida tekshirilishlari kerak. Bunday pasientlarda zardobda elektrolitlarning darajasini vaqti-vaqti bilan aniqlab turish lozim.

Arterial bosimni haddan tashqari pasayishi yurak ishemik kasalligi yoki serebrovaskulyar kasalliklari bo‘lgan pasientlarda miokard infarktiga yoki insultga olib kelishi mumkin.

ENALOZID 25 buyurilganidagi o‘tkinchi arterial gipotenziya uni keyinchalik qo‘llash uchun qarshi ko‘rsatma hisoblanmaydi. Davolashni, arterial bosim va aylanib yuruvchi suyuqlikning hajmi me‘yorlashganidan keyin, kamaytirilgan dozalarda, yoki preparatning har bir komponentini alohida ishlatgan holda qaytadan boshlash mumkin.

AAF ingibitorlari (boshqa barcha vazodilatatorlar kabi) chap qorinchadan qon oqib chiqish yo‘llarining obstruksiyasi (aortal stenoz, gipertrofik kardiomiopatiya) bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llanishi kerak.

O‘rtacha yoki yaqqol buyrak yetishmovchiligida (kreatinin klirensining darajasi minutiga 30 ml va undan past bo‘lganida) tiazidlar yetarli darajada samarali diuretik bo‘lmasliklari mumkin. Kreatinin klirensi <80 ml/min da ENALOZID 25 ni faqat komponentlarning har birining dozalarini oldindan tanlashdan keyin qo‘llash kerak.

Buyraklarning har qanday kasallik belgilari bo‘lmagan ayrim pasientlarda enalaprilni diuretik bilan birga qo‘shib davolashda, davolashni boshida qondagi mochevina va zardobdagi kreatinin darajasini biroz va o‘tkinchi oshishi paydo bo‘lgan. Bunday hollarda ENALOZID 25 bilan davolashni to‘xtatish kerak; keyinchalik mumkin bo‘lgan davolash, kamaytirilgan dozalarda yoki preparatning har bir komponentini alohida buyurgan holda tiklanishi mumkin.

Tiazidlarni jigar faoliyatini buzilishi yoki jigarning kuchayib boruvchi kasalliklari bo‘lgan pasientlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak, chunki suv-elektrolit muvozanatining ozgina o‘zgarishi ham jigar komasini chaqirishi mumkin.

Katta jarrohlik aralashuvlari vaqtida yoki arterial gipotenziyani chaqiruvchi vositalarni qo‘llash bilan o‘tkazilayotgan anesteziya vaqtida, enalapril ikkilamchi angitenzin II hosil bo‘lishini reninni kompensator ajralib chiqqunigacha bloklaydi. Agarda bunda arterial gipotenziya rivojlansa, u shunga o‘xshash mexanizm bilan tushuntiriladi, uni suyuqlik hajmini oshirish bilan to‘g‘rilash mumkin.

Tiazidlar:

  • glyukozaga tolerantlikni o‘zgartirish xususiyatiga ega (diabetga qarshi preparatlarning, shuningdek insulinning dozasi to‘g‘rilanishi mumkin);
  • kalsiyni siydik bilan chiqarilishini kamaytirishi mumkin, u kalsiyning zardobdagi darajasini biroz va qaytar o‘sishiga (yaqqol giperkalsiemiya yashirin giperparatireozning belgisi bo‘lishi mumkin) olib kelishi mumkin. Qalqonsimon bezining faoliyatini tekshirishini o‘tkazishdan oldin tiazidlarni qabul qilishni to‘xtatish kerak;
  • xolesterin va trigliseridlar darajasini oshirish xususiyatiga ega, bu ham tiazid qatori diuretiklari bilan davolash bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, ammo gidroxlortiazidning 12,5 mg dozasida bunday samaralar umuman kuzatilmagan yoki oz bo‘lgan;
  • ayrim pasientlarda giperurikemiyani va/yoki podagrani chaqirishi mumkin, ammo enalapril siydikda siydik kislotasining darajasini oshirishi va shu orqali gidroxlortiazidning giperurikemik samarasini kamaytirishi mumkin.

Giperkaliemiya. Giperkaliemiyani rivojlanish omillariga buyrak yetishmovchiligi, qandli diabet va kaliy tejovchi diuretiklarni (masalan, spironolakton, triamteren yoki amiloridni) yondosh qo‘llash, shuningdek kaliy saqlovchi ovqat qo‘shimchalari yoki tuz o‘rinbosarlarini qo‘llash kiradi. Agarda ENALOZID 25 preparatini va yuqorida ko‘rsatilgan vositalarni bir vaqtda qo‘llash zarur hisoblansa, ularni ehtiyotkorlik bilan va qon zardobida kaliyning darajasini tez-tez nazorat qilish bilan qo‘llash kerak.

Allergik reaksiyalar. AAF ingibitorlari, shu jumladan enalapril maleati bilan davolash vaqtida yuz, oyoq-qo‘llar, lablar, til, tovush yorig‘ini va/yoki hiqildoqning angionevrotik shishini alohida hollari ta‘riflangan. Bunday hollarda preparatni qabul qilishni darhol to‘xtatish, klinik belgilarni nazorat qilish maqsadida pasientning holatini sinchkov kuzatuvini o‘tkazish kerak. Faqat ular yo‘qolganidan keyingina tibbiy kuzatuvni to‘xtatish mumkin.

Hiqildoqning shishi bilan kechuvchi angionevrotik shish o‘limga olib kelishi mumkin. Shish til, tovush yorig‘i yoki hiqildoq sohasida joylashganida, bu nafas yo‘llarining obstruksiyasiga olib kelishi mumkin, darhol teri ostiga adrenalin eritmasini 1:1000 (0,3-0,5 ml) yuborish va boshqa muvofiq davolash choralarini o‘tkazish kerak.

Anamnezida AAF ingibitorlarini qabul qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan anginevrotik shish hollari bo‘lgan pasentlar, AAF ingibitorlari bilan davolanish fonida angionevrotik shishni paydo bo‘lishiga ko‘proq moyil bo‘lishlari mumkin.

Tiazidlar bilan davolash fonida pasientlarda, anamnezida allergik holatlari yoki bronxial astmani bo‘lishidan qat‘iy nazar, allergik reaksiyalar paydo bo‘lishi mumkin. Tiazidlarni olgan pasientlarda tizimli qizil yugurikni qaytalanishlari yoki kechishini yomonlashishi to‘g‘risida ma‘lumotlar bor.

Kamdan-kam hollarda AAF ingibitorlarini olayotgan pasientlarda parda qanotlilarning zahridan olingan allergenlar bilan giposensibilizasiyani o‘tkazish vaqtida og‘ir anafilaktoid reaksiyalar rivojlangan. Bunga o‘xshash reaksiyalardan, agarda giposensibilizasiyani o‘tkazishni boshida AAF ingibitorlarini qabul qilish vaqtinchalik to‘xtatilsa saqlanish mumkin.

Anafilaktoid reaksiyalar yuqori o‘tkazuvchanlik xususiyati bo‘lgan membranalarni (AN 69® kabi) ishlatish bilan dializda bo‘lgan va bir vaqtda AAF ingibitorlari bilan davolangan pasientlarda kuzatilgan. Bu pasientlarda boshqa turdagi dializ membranalarini yoki boshqa sinf gipotenziv preparatlarini ishlatish kerak.

Yo‘tal. AAF ingibitorlari bilan davolash fonida yo‘tal hollari kuzatilgan. Odatda yo‘tal mahsulotsiz (balg‘amsiz), doimiy xarakterga ega bo‘lgan va preparat bekor qilinganidan keyin to‘xtaydi.

AAF ingibitorlari bilan davolash bilan bog‘liq yo‘talning ehtimoli, yo‘talning differensial diagnostikasini bir qismi sifatida qaralishi lozim.

Keksa yoshli pasientlar. Enalapril maleati va gidroxlortiazidni bir vaqtda qo‘llashning samaradorligi va o‘zlashtirilishi keksa va yosh pasientlardagi samaralari bilan o‘xshash.

ENALOZID 25 tabletkasining tarkibiga laktoza kiradi, shuning uchun bu preparatni galaktozani tug‘ma o‘zlashtiraolmasligi, laktaza tanqisligi yoki glyukoza yoki galaktozani so‘rilishini buzilishi bo‘lgan pasientlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.

ENALOZID 25 bilan davolanish vaqtida alkogolni iste‘mol qilish mumkin emas.

Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi. ENALOZID 25 ni homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas.

Homiladorlikning birinchi belgilarida preparatni qabul qilishni, preparatni qo‘llash ona uchun hayotiy muhim bo‘lgan hollardan tashqari hollarda, darhol to‘xtatish kerak. AAF ingibitorlarini homiladorlikning I va III uch oyliklarida buyurilishi homilani (yangi tug‘ilgan chaqaloqni) kasallanishini yoki nobud bo‘lishini chaqirishi mumkin.

Agarda preparat homiladorlik vaqtida buyurilgan bo‘lsa, pasientkani homila uchun xavfi to‘g‘risida ogohlantirish kerak. Juda kam hollarda, preparatni homiladorlikda buyurish zarur hisoblanganida, homilaning holatini, shuningdek intraamniotik bo‘shliqni baholash uchun vaqti-vaqti bilan ultratovush tekshirishlarini o‘tkazish kerak. Agarda oligogidroamnion aniqlansa, ENALOZID 25 preparatini qo‘llashni, preparatni qo‘llash ona uchun hayotiy muhim bo‘lgan hollardan tashqari hollarda, darhol to‘xtatish kerak. Biroq, oligogidroamnion homilada barqaror qaytmas o‘zgarishlar paydo bo‘lganidan keyin ham paydo bo‘lishi mumkinligini unutmaslik kerak. Agarda AAF ingibitori homiladorlik davrida qo‘llanayotgan bo‘lsa va oligogidroamnion aniqlasa, unda bachadonni qisqarishini stress-testi va nostress testni yoki homiladorlikning haftasiga qarab, homilaning biofizik profili kabi testlarni o‘tkazish o‘rinli bo‘lishi mumkin.

Preparatni buyurishning zarurati bo‘lganida emizishni to‘xtatish kerak.

Bolalar. Bolalarda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.

Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaksiya tezligiga ta‘sir qilish qobiliyati. Spesifik ma‘lumotlar yo‘q. «Nojo‘ya ta‘sirlari» bo‘limida ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralarning ayrimlari avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta‘sir qilishi mumkin.

Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

Dozani oshirib yuborilish simptomlari: arterial gipotenziya, ko‘ngil aynishi, holsizlik, elektrolit muvozanatini buzilishi fonidagi bosh aylanishi. Diurezni kuchayishi tufayli gipokaliemiya, giponatriemiya va degidratasiya. Agarda digitalis preparatini qo‘llagan bo‘lsangiz, gipokaliemiya yurak aritmiyasining ko‘rinishlarini kuchaytirishi mumkin.

ENALOZID 25 ning dozasini oshirib yuborilishini davolash simptomatik va bir maromda ushlab turuvchi bo‘lishi kerak. Tasodifan doza oshirib yuborilganida preparatni bekor qilish, agarda preparat yaqinda qabul qilingan bo‘lsa me‘dani yuvish kerak; shuningdek suv va elektrolit muvozanatini va arterial gipotenziyani to‘g‘rilash kerak. Enalapril tizimli qon oqimidan gemodializ yordamida chiqarilishi mumkin.

Chiqarilish shakli

10 tabletkadan blisterda. 2 yoki 3 blisterdan qutida.

Saqlash sharoiti

Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS  dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.

 

Yaroqlilik muddati

2 yil.

 

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

ENALOZID25 tabletkalari N20 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
ENALOZID25 tabletkalari N20 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
ENALOZID25 tabletkalari N20 dori vositasi Фармак, ПАО tomonidan Ukraina mamlakatida ishlab chiqarilgan.
ENALOZID25 tabletkalari N20 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
ENALOZID25 tabletkalari N20 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Ishlab chiqaruvchining dorilari
DIAFORMIN tabletkalari 500mg N60
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 39 000 so'mdan Batafsil
DIALIPON TURBO infuziya uchun eritma 50ml 1,2% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 45 000 so'mdan Batafsil
GIDROKORTIZONA ASETAT suspenziya 2ml 2,5% N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 6 700 so'mdan Batafsil
TAUFON ko'z tomchilari 10ml 40mg/ml
  • Ishlab chiqarilish joyi: Ukraina
  • Ishlab chiqaruvchi: Фармак, ПАО
Narh: 1 800 so'mdan Batafsil
REVMOKSIKAM tabletkalari 15mg N10
Narh: 26 900 so'mdan Batafsil
PIKOLAKS tomchilar oralnie 30ml 0,75%
Narh: 36 100 so'mdan Batafsil
PIKOLAKS tomchilar oralnie 15ml 0,75%
Narh: 20 000 so'mdan Batafsil
LIRA inyeksiya uchun eritma 1000mg/4ml N5
Narh: 108 000 so'mdan Batafsil
LIRA inyeksiya uchun eritma 500mg/4ml N5
Narh: 78 400 so'mdan Batafsil
Narh: 14 600 so'mdan Batafsil
ANTRAL tabletkalari 0,2g N30
Narh: 56 000 so'mdan Batafsil
ANTRAL tabletkalari 0,1g N30
Narh: 28 000 so'mdan Batafsil
SULFASIL tomchilar 10ml 200mg/ml N1
Narh: 6 000 so'mdan Batafsil
SULFASIL tomchilar 10ml 300mg/ml N1
Narh: 5 200 so'mdan Batafsil
FARMAZOLIN tomchilar 10ml 0,1%
Narh: 10 100 so'mdan Batafsil
FARMAZOLIN tomchilar 10ml 0,05%
Narh: 8 800 so'mdan Batafsil
Narh: 21 000 so'mdan Batafsil
Narh: 15 300 so'mdan Batafsil
Narh: 15 300 so'mdan Batafsil
VESTINORM tabletkalari 24mg N30
Narh: 81 000 so'mdan Batafsil
VESTINORM tabletkalari 16mg N30
Narh: 57 000 so'mdan Batafsil
LIRA eritma 30ml 100mg/ml
Narh: 87 000 so'mdan Batafsil
Narh: 2 900 so'mdan Batafsil
FARMADIPIN tomchilar 5ml 2%
Narh: 17 000 so'mdan Batafsil
FARMADIPIN tomchilar 25ml 2%
Narh: 30 200 so'mdan Batafsil
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9