Dori shakli: 6000 anti-xa me/0,6 ml: steril, 1 ml xajmli oldindan to'ldirilgan shpris, steril probkasi bilan. Bittadan shpris plastik idish (blister)da tibbiyotda qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan birga karton qutiga joylangan.
Dori shakli: 8000 anti-xa me/0,8 ml: steril, 1 ml xajmli oldindan to'ldirilgan shpris, steril probkasi bilan. Bittadan shpris plastik idish (blister)da tibbiyotda qo'llash bo'yicha yo'riqnoma bilan birga karton qutiga joylangan.
U profilaktik dozalarda ishlatilganida, u faollashgan qisman tromboplastin vaqtini (AChTV) biroz o'zgartiradi, trombositlar agregasiyasiga va fibrinogenni trombositlarning reseptorlari bilan bog'lanish darajasiga amalda ta'sir ko'rsatmaydi.
Plazmada anti-Ііa faolligi, anti-xa-faollikka nisbatan taxminan 10 marta past. O'rtacha maksimal anti-Ііa faolligi teri ostiga yuborilganidan keyin taxminan 3-4 soat o'tgach kuzatiladi va tana vazniga 1 kg/mg ni ikki marta yuborish va tana vazniga 1,5 mg/kg bir marta yuborish bilan takror yuborilganidan keyin muvofiq 0,13 XB/ml va 0,18 XB/ml ga etadi.
O'rtacha maksimal anti-xa faolligi preparat teri ostiga yuborilganidan keyin 3-5 soat o'tgach kuzatiladi va 20, 40 mg ni va 1 mg/kg va 1,5 mg/kg ni teri ostiga yuborilganidan keyin muvofiq taxminan 0,2; 0,4; 1,0 va 1,3 anti-xa XB,ml ni tashkil qiladi.
Teri ostiga yuborilganida enoksaparin natriyning anti-xa faolligiga asoslanib baholangan Biokiraolishligi 100% ga yaqin.
Enoksaparin natriyning anti-xa faolligini taqsimlanish hajmi taxminan 5 l ni tashkil qiladi va qon hajmiga yaqinlashadi.
Enoksaparin natriy past klirensli preparatdir. Tana vazniga 1,5 mg/kg dozada 6 soat davomida vena ichiga yuborilgandan keyin, anti-xa ning plazmadagi klirensini o'rtacha qiymati 0,74 l/soat ni tashkil qiladi.
Preparatni chiqarilishi 4 soatlik yarim chiqarilish davri (teri ostiga bir marta yuborilganidan keyin) va 7 soatlik (preparat ko'p marta yuborilganidan keyin) yarim chiqarilish davri bilan monofazali xarakterga ega.
Enoksaparin natriy juda past biologik faollikka ega bo'lgan quyimolekulyar moddalarning hosil bo'lishi bilan desulfatlanish va/yoki depolimerlanish yo'li bilan asosan jigarda metabolizmga uchraydi. Preparatning faol fragmentlarini buyrak orqali chiqarilishi yuborilgan dozaning taxminan 10% ni tashkil qiladi va faol va nofaol fragmentlarining umumiy ekskresiyasi yuborilgan dozaning taxminan 40% ni tashkil qiladi.
Yosh o'tgan sari buyraklar faoliyatini pasayishi natijasida keksa pasientlarda enoksaparin natriyni chiqarilishi kechikishi mumkin.
Buyrak faoliyati pasaygan bemorlarda enoksaparin natriyning klirensini kamayishi aniqlangan. 40 mg enoksaparin natriy sutkada bir marta teri ostiga takror yuborilganidan keyin, buyrak faoliyatini biroz (kreatinin klirensi 50-80 ml/min) va o'rtacha buzilishi (kreatinin klirensi 30-50 ml/minut) bo'lgan bemorlarda farmakokinetik egri chiziq ostidagi maydon bilan ifodalangan anti-xa faolligini oshishi yuz beradi. Buyrak faoliyatini og'ir buzilishlari (kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam) bo'lgan bemorlarda farmakokinetik egri chiziq ostidagi maydon muvozanat holatida, 40 mg preparat sutkada bir marta teri ostiga takror yuborilganida o'rtacha 65% yuqori bo'lgan.
Tana vazni oshiqcha bo'lgan odamlarda preparat teri ostiga yuborilganida klirensi bir muncha kam. Agar bemorning tana vaznini hisobga olib dozaga tuzatish kiritilsa, unda 40 mg enoksaparin natriy teri ostiga bir marta yuborilganidan keyin anti-xa faollik, odatdagi o'rtacha tana vazniga ega pasientlarga nisbatan tana vazni 45 kg dan kam bo'lgan ayollarda 50% ga yuqori va tana vazni 57 kg dan kam bo'lgan erkaklarda 27% ga yuqori bo'ladi.
Boshqa antikoagulyantlar qo'llanganida bo'lgani kabi, ayniqsa qon ketishini rivojlanishiga yordam beruvchi organik shikastlanishlar, invaziv muolajalar yoki gemostazni buzuvchi preparatlarni ishlatilishi kabi yo'ldosh xavf omillari borligida, qon ketishlari paydo bo'lishi mumkin ("maxsus ko'rsatmalar" va "boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" ga qarang). Qon ketishi rivojlanganida preparatni yuborishni bekor qilish, qon ketishining sababini aniqlash va tegishli davolashni boshlash kerak.
Og'ir qon ketishlari, shu jumladan qorin orti va kalla suyagi ichki qon quyilishlarini (0,01-0,1% tez-tezlik bilan) rivojlanishi to'g'risida xabar berilgan.
Bu hollardan ayrimlari o'lim bilan yakunlangan.
Enoksa spinal/epidural anesteziya va kiruvchi kateterlarni operasiyadan keyin ishlatish fonida qo'llanganida, turli yaqqollik darajasidagi nevrologik buzilishlar, shu jumladan uzoq muddat saqlanuvchi yoki qaytmas falajga olib keluvchi neyroaksial gematomalarni (0,01-0,1% hollarda) hosil bo'lish hollari ta'riflangan.
Trombositopeniya
Davolash boshlanganidan keyin birinchi kunlar davomida ahamiyatsiz namoyon bo'luvchi, o'tkinchi, simptomsiz trombositopeniya rivojlanishi mumkin. Kam hollarda (0,01% dan kam) tromboz bilan birga kechuvchi autoimmun trombositopeniya rivojlanishi mumkin. Kam hollarda (0,01% dan kam) tromboz bilan birga kechuvchi autoimmun trombositopeniyani rivojlanishi to'g'risida xabar berilgan. Kam hollarda tromboz a'zoning infarkti yoki qo'l-oyoqlarning ishemiyasi bilan asoratlangan ("maxsus ko'rsatmalar" bo'limiga qarang).
Mahalliy reaktsiyalar
Enoksa teri ostiga yuborilganidan keyin in'ektsiya joyida og'riq, 0,01% dan kam hollarda – gematoma kuzatilishi mumkin. Ayrim hollarda preparat yuborilgan joyda preparatni saqlovchi yallig'langan qattiq tugun-infiltratlar hosil bo'lishi mumkin, ular bir necha kundan keyin yo'qoladi va preparatni bekor qilish uchun asos hisoblanmaydi, 0,001% hollarda in'ektsiya joyida, oldin purpura yoki eritematoz og'riqli papulalarni paydo bo'lishi bilan teri nekrozi rivojlanishi mumkin. Bunday hollarda Enoksa bilan davolashni to'xtatish kerak.
Boshqalar
Teri (bullyoz toshmalar) va tizimli allergik reaktsiyalar, shu jumladan anafilaktik va anafilaktoid reaktsiyalar (0,01-0,1% tez-tezlik bilan) kam kuzatilgan. Allergik vaskulit hollari (0,01% dan kam) aniqlangan. Ayrim bemorlarga davolashni to'xtatish talab qilinishi mumkin.
Jigar fermentlarining faolligini simptomsiz va qaytuvchan oshishi ta'riflangan.
Geparin va postmolekulyar geparinlar qo'llanganida giperkaliemiya hollari to'g'risida xabar berilgan.
Quyimolekulyar geparin qo'llanganida bo'lgani kabi, davomli davolashda osteoporozni rivojlanish xavfini inkor qilish mumkin emas.
Gemostazni buzish qobiliyatiga ega preparatlarni (salisilatlar, atsetilsalisil kislotasi, nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar, shu jumladan ketorolak; molekulyar massasi 40 kda bo'lgan dekstran, tiklopidin, klopidogrel; glyukokortikosteroid preparatlar, trombolitiklar, antikoagulyantlar, antiagregantlar, shu jumladan IIb/IIIa glyukoprotein reseptorlarining antagonistlari) qo'llash, ularni qo'llash qat'iy ko'rsatilgan holatlardan tashqari hollarda enoksapain natriy bilan davolashni boshlashdan oldin to'xtatilishi tavsiya qilinadi.
Agarda enoksaparin natriyni bu preparatlar bilan majmuada qo'llash ko'rsatilgan bo'lsa, unda tegishli laborator ko'rsatkichlarni sinchkov klinik kuzatuvi va monitoringini o'tkazish kerak.
Buyraklar faoliyatini buzilishi bo'lgan pasientlarda anti-xa faollikni oshishi natijasida qon ketishini rivojlanishini xavfi bor. Bu oshish buyraklar faoliyatini og'ir buzilishlari (kreatinin klirensi 30 ml/min dan kam) bo'lgan pasientlarda ahamiyatli kuchayishi tufayli, preparat oldini olish uchun ham, davolash uchun ham buyurilganida dozani to'g'rilashni o'tkazish tavsiya qilinadi. Garchi buyraklar faoliyatini engil va o'rtacha buzilishi (kreatinin klirensi 30-50 ml/min yoki 50-80 ml/min) bo'lgan pasientlarda dozani to'g'rilash talab qilinmasada, bunday pasientlarning holatini sinchkov nazoratini o'tkazish tavsiya qilinadi.
Enoksaparin natriyning anti-xa faolligini, uni tana vazni 45 kg dan kam ayollarga va tana vazni 57 kg dan kam erkaklarga oldini olish maqsadida buyurilishida oshishi, qon ketishlarini rivojlanish xavfini oshishiga olib kelishi mumkin.
Geparin chaqirgan autoimun trombositopeniyaning xavfi, quyimolekulyar geparinlar ishlatilganida ham mavjuddir. Agarda trombositopeniya rivojlansa, unda u odatda enoksaparin natriy bilan davolash boshlanganidan keyin 5 - va 21-chi kunlar orasida aniqlanadi. Shuning uchun preparat bilan davolashni boshlashdan oldin va uni qo'llash vaqtida trombositlar sonini muntazam nazorat qilish tavsiya qilinadi.
Trombositlarning sonini tasdiqlangan ahamiyatli pasayishida (dastlabki ko'rsatkichga nisbatan 30-50% ga) enoksaparin natriyni darhol bekor qilish va bemorni boshqa davolashga o'tkazish kerak.
Spinal/epidural anesteziya
Boshqa antikoagulyantlar qo'llanganida bo'lgani kabi, Enoksa spinal/epidural anesteziyaning fonida ishlatilganida barqaror yoki qaytmas falajni rivojlanishi bilan, neyroaksial gematomalarni paydo bo'lish hollari ta'riflangan. Bu ko'rinishlarni paydo bo'lish xavfi preparat 40 mg yoki pastroq dozada qo'llanganida pasayadi. Xavf, preparatning dozasi oshirilganida, shuningdek operasiyadan keyin kateterlar ishlatilganida yoki gemostazga xuddi shunday ta'sir ko'rsatuvchi nosteroid yallig'lanishga qarshi vositalar kabi qo'shimcha preparatlar Yo'ldash ishlatilganida oshadi ("boshqa dori vositalari bilan o'zaro ta'siri" ga qarang). Xavf shuningdek jarohatli o'tkazilgan yoki takroriy orqa-miya punktsiyada ham oshadi.
Epidural yoki spinal anesteziyada orqa miya kanalidan qon ketishi xavfini pasaytirish uchun preparatning farmakologik profilini hisobga olish lozim ("farmakologik xususiyatlari"ga qarang). Kateterni o'rnatish yoki olib tashlashni enoksaparin natriyning past antikoagulyant samarasida o'tkazgan afzal.
Kateterni o'rnatish yoki olib tashlash, chuqur venalarning trombozini oldini olish uchun, Enoksaning oldini olish dozalari qo'llanganidan keyin 10-12 soat o'tgach o'tkaziladi. Pasientlar enoksaparin natriyning yuqori dozalarini (1 mg/kg sutkada 2 marta yoki 1,5 mg/kg sutkada 1 marta) olayotgan hollarda, ushbu muolajalarni uzoqroq vaqt oralig'iga (24 soat) kechiktirish kerak. Preparatni keyingi yuborishlari kateter olib tashlanganidan keyin kechi bilan 2 soatdan keyin amalga oshirilishi kerak.
Agarda shifokor epidural/spinal anesteziyani o'tkazish vaqtida antikoagulyant davolashni buyursa, orqa og'riqlari, sensor va motor funktsiyalarini buzilishi (oyoqlarda jimirlash yoki holsizlik), ichak va/yoki qovuqning faoliyatini buzilishi kabi har qanday nevrologik simptomlarni aniqlash uchun, pasientni o'ta sinchkovlik bilan muntazam kuzatish kerak. Pasientga yuqorida ta'riflangan simptomlar paydo bo'lganida shifokorni darhol xabardor qilish kerakligi to'g'risida yo'l-yo'riq berish kerak. Orqa miya gematomasi uchun xos bo'lgan simptomlar aniqlanganida, zarurati bo'lganida orqa miya dekompressiyasini o'z ichiga oluvchi shoshilinch diagnostika va davolash zarur.
Geparin-induktsiyalangan trombositopeniya
Anamnezida geparin chaqirgan, tromboz bilan yoki usiz trombositopeniya to'g'risidagi ma'lumotlar bo'lgan bemorlarga Enoksani maxsus ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Geparin chaqirgan trombositopeniyaning xavfi bir necha yillar davomida saqlanishi mumkin. Agarda anamnez jihatidan, geparin chaqirgan trombopeniyani borligi taxmin qilinsa, unda in vitro sharoitida trombositlar agregasiyasining testlari, uni rivojlanish xavfini bashorat qilishda cheklangan ahamiyatga ega. Bunday hollarda Enoksani buyurish to'g'risidagi qarorni faqat tegishli mutaxassis bilan maslahatlashgandan keyingina qabul qilish mumkin.
Teri orqali koronar angioplastikasi
Nostabil stenokardiya va Q tishisiz miokard infarktini davolashda invaziv tomir muolajasi bilan bog'liq qon ketishi xavfini kamaytirish maqsadida, son arteriyasining introdyuserini Enoksa teri ostiga yuborilganidan keyin 6-8 soat davomida olib tashlash mumkin emas. Keyingi hisoblangan dozani, son arteriyasining introdyuseri olib tashlanganidan keyin kechi bilan 6-8 soatdan keyin yuborish kerak.
Qon ketishi va gematomalarni hosil bo'lishi belgilarini o'z vaqtida aniqlash uchun invaziya joyini kuzatish kerak.
Yurakning sun'iy klapanlari
Yurakning sun'iy klapanlari bo'lgan pasientlarda tromboembolik asoratlarni oldini olishda, Enoksaning samaradorligi va xavfsizligini ishonchli baholashga imkon beruvchi tekshirishlar o'tkazilmagan. Preparatni bu maqsadlarda qo'llash uchun tavsiya qilib bo'lmaydi ("qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar" bo'limiga qarang).
Laboratoriya testlari
Tromboembolik asoratlarni oldini olish uchun ishlatiladigan dozalarda Enoksa qon ketish vaqtiga va umumiy koagulyasion ko'rsatkichlarga, shuningdek trombositlar agregasiyasiga yoki ularni fibrinogen bilan bog'lanishiga jiddiy ta'sir qilmaydi.
Doza oshirilganida AChTV va qon ivish vaqti uzayishi mumkin. AChTV va qon ivish vaqtini oshishi preparatning antitrombolitik faolligini oshishi bilan to'g'ri chiziqli bog'liqlikda bo'ladi, shuning uchun ularning monitoringini zarurati yo'q.
O'tkir terapevtik kasalliklari bo'lgan, yotoq tartibidagi bemorlarda venoz trombozlar va emboliyalarni oldini olish
O'tkir infektsiya, o'tkir revmatik holatlar rivolangan hollarda, enoksaparinni profilaktik buyurilishi, faqat agarda yuqorida sanab o'tilgan holatlar venoz tromb hosil bo'lishini quyida sanab o'tilgan xavf omillaridan biri qo'shilib kelgandagina oqlangan:
75 yoshdan kattalar
xavfli o'smalar
anamnezdagi trombozlar va emboliyalar
gormonal davolash
yurak etishmovchiligi
surunkali nafas etishmovchiligi
Jarrohlik aralashuvlarida, ayniqsa ortopedik va umumjarrohlik operasiyalarida venoz trombozlar va emboliyalarni oldini olish
Tromboz va emboliyalarning rivojlanishini o'rtacha xavfi (umumjarrohlik operasiyalari) bo'lgan bemorlarga Enoksaning tavsiya qilingan dozasi teri ostiga sutkada bir marta 20-40 mg ni tashkil qiladi. Birinchi in'ektsiya jarrohlik aralashuvidan 2 soat oldin o'tkaziladi. Tromboz va emboliyalarni rivojlanishini yuqori xavfi (ortopedik operasiyalar) bo'lgan bemorlarga preparat teri ostiga sutkada bir marta 40 mg dozada tavsiya qilinadi, birinchi doza jarrohlik aralashuvidan 12 soat oldin yoki operasiyadan keyin 12-24 soat o'tgach yuborishni boshlash bilan 30 mg dan sutkada ikki marta yuboriladi.
Enoksa bilan davolashning davomiyligi 7-10 kunni tashkil qiladi. Zarurati bo'lganida davolashni tromboz va emboliyani rivojlanish xavfi saqlanib turguncha davom ettirish mumkin (masalan, ortopediyada Enoksa 40 mg dozada sutkada bir marta 5 hafta davomida buyuriladi).
Enoksani spinal/epidural anesteziyada, shuningdek koronar revaskulyarizasiya muolajalarida buyurishning o'ziga xos xususiyatlari "maxsus ko'rsatmalar" bo'limida ta'riflangan.
O'tkir terapevtik kasalliklar oqibatida yotoq tartibida bo'lgan bemorlarda venoz tromboz va emboliyalarni oldini olish
Enoksaning tavsiya qilingan dozasi 6-14 kun davomida teri ostiga sutkada bir marta 40 mg ni tashkil qiladi.
O'pka arteriyasining tromboemboliyasi bilan yoki o'pka arteriyasining tromboemboliyasisiz chuqur venalar trombozini davolash
Preparat teri ostiga tana vazniga 1,5 mg/kg hisobidan sutkada bir marta yoki tana vazniga 1 mg/kg dozada sutkada ikki marta yuboriladi. Asoratlangan tromboembolik buzilishlari bo'lgan bemorlarda preparatni 1 mg/kg dozada qo'llash tavsiya qilinadi.
Davolashning davomiyligi o'rtacha 10 kunni tashkil qiladi. Ichga qabul qilish uchun antikoagulyantlar bilan davolashni darhol boshlagan ma'qul, bunda Enoksa bilan davolashni etarli antikoagulyant samaraga erishilgunicha davom ettirish kerak, ya'ni xalqaro normallashgan nisbat (MnO) 2,0-3,0 ni tashkil qilishi kerak.
Gemodializ vaqtida ekstrakorporal qon aylanish tizimida tromb hosil bo'lishini oldini olish
Enoksaning dozasi tana vazniga o'rtacha 1 mg/kg ni tashkil qiladi. Qon ketishini rivojlanishining yuqori xavfida dozani tomirga ikki tomonlama tushish mumkinligida tana vazniga 0,5 mg/kg gacha yoki tomirga bir tomonlama tushishida 0,75 mg ga pasaytirish kerak.
Gemodializda preparatni gemodializ seansining boshida shuntning arterial sohasiga yuborish kerak. Odatda to'rt soatlik seans uchun bir doza etarlidir, biroq fibrin halqalari aniqlanganida davomliroq o'tkazilgan gemodializda preparatni tana vazniga 0,5-1 mg/kg hisobidan qo'shimcha yuborish mumkin.
Nostabil stenokardiya va Q tishisiz miokard infarktini davolash
Enoksa tana vazniga 1 mg/kg hisobidan har 12 soatda teri ostiga, bir vaqtda atsetilsalisil kislotasini 100-325 mg dozada sutkada bir marta buyurish bilan yuboriladi.
Davolashning o'rtacha davomiyligi 2-8 kunni (bemorning klinik holati barqarorlashgunicha) tashqil qiladi.
ST segmentini ko'tarilishi bo'lgan miokard infarktini medikamentoz yoki teri orqali koronar aralashuv yordamida davolash
Vazni (kg) |
Kerakli doza (0,3 mg/kg) (mg) |
3 mg/ml kontsentrasiyagacha suyultirilgan eritmaning yuborish uchun kerakli bo'lgan hajmi (ml) |
45 |
13,5 |
4,5 |
50 |
15 |
5 |
55 |
16,5 |
5,5 |
60 |
18 |
6 |
65 |
19,5 |
6,5 |
70 |
21 |
7 |
75 |
22,5 |
7,5 |
80 |
24 |
8 |
85 |
25,5 |
8,5 |
90 |
27 |
9 |
95 |
28,5 |
9,5 |
100 |
30 |
10 |
Odatdagi dozalash tartibi |
Og'ir buyrak etishmovchiligidagi dozalash tartibi |
||
1 mg/kg teri ostiga sutkada 2 marta |
1 mg/kg teri ostiga sutkada 1 marta |
||
1,5 mg teri ostiga sutkada bir marta |
1 mg/kg teri ostiga sutkada bir marta |
||
Bir marta: 300 mg ni bolyusli vena ichiga yuborish plyus 1 mg/kg teri ostiga; keyinchalik teri ostiga 1 mg/kg dozada sutkada ikki marta yuborish bilan |
Bir marta: 300 mg ni bolyusli vena ichiga yuborish plyus 1 mg/kg teri ostiga; keyinchalik teri ostiga 1 mg/kg dozada sutkada bir marta yuborish bilan |
||
≥75 yoshli keksa pasientlar (faqat ST segmentini ko'tarilishi bilan kechuvchi o'tkir miokard infartida |
|||
0,75 mg/kg teri ostiga sutkada ikki marta boshlang'ich bolyusli yuborishsiz |
1 mg/kg teri ostiga sutkada bir marta boshlang'ich bolyusli yuborishsiz |
||
Preparat profilaktika maqsadida qo'llanganida dozalash tartibini quyidagicha to'g'rilash tavsiya qilinadi |
|||
Odatdagi dozalash tartibi |
Og'ir buyrak etishmovchiligida dozalash tartibi |
||
40 mg teri ostiga sutkada bir marta |
20 mg teri ostiga sutkada bir marta |
||
20 mg teri ostiga sutkada bir marta |
20 mg teri ostiga sutkada bir marta |
Qon ketishining yuqori xavfi mavjud bo'lgan holatlar va kasalliklar: xavf soluvchi abort, bosh miya tomirlarining anevrizmasi yoki aortaning qavatlanuvchi anevrizmasi (jarrohlik aralashuvidan tashqari), gemorragik insult, nazorat qilinmaydigan qon ketishi, og'ir enoksaparin yoki geparin induktsiyalagan trombositopeniya.
Enoksani yurakning sun'iy klapanlari bo'lgan homilador ayollarda qo'llash tavsiya qilinmaydi.
18 yoshgacha bo'lganlar (samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan)da qo'llash mumkin emas.
Quyidagi holatlarda ehtiyotkorlik bilan ishlatish kerak:
Gemostazni buzilishlari (shu jumladan, gemofiliya, trombositopeniya, gipokoagulyasiya, Villebrand kasalligi va boshq.), og'ir vaskulit;
me'da yoki 12-barmoq ichakning yara kasalligi yoki me'da-ichak yo'llarining boshqa eroziv-yarali shikastlanishlari;
yaqinda o'tkazilgan ishemik insult;
nazorat qilib bo'lmaydigan og'ir arterial gipertoniya;
diabetik yoki gemorragik retinopatiya;
og'ir qandli diabet;
yaqinda o'tkazilgan yoki taxmin qilingan nevrologik yoki oftalmologik operasiyalar;
spinal yoki epidural anesteziyani o'tkazish (gematomani rivojlanishini potentsial xavfi), orqa miya punktsiyasi (yaqinda o'tkazilgan);
yaqinda bo'lgan tug'ruqlar;
bakterial endokardit (o'tkir yoki nimo'tkir);
perikardit yoki perikardial suv yig'ilishi;
buyrak va/yoki jigar etishmovchiligi;
bachadon ichki kontratsepsiyasi (Bik);
og'ir jarohat (ayniqsa Markaziy nerv tizimining), katta yuzalardagi ochiq jarohatlar;
gemostaz tizimiga ta'sir qiluvchi preparatlarni bir vaqtda qabul qilish.
Enoksa preparatini quyidagi kasalliklar: faol tuberkulyoz, nur bilan davolashda (yaqinda o'tkazilgan) klinik qo'llanishi bo'yicha ma'lumotlar yo'q.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati-3 yil.
Ignani katta va ko'rsatkich barmoq orasida yig'ilgan va in'ektsiya tugagancha ushlab turiladigan teri burmasiga butun uzunligi bo'ylab vertikal yuborish kerak.
Preparat yuborilganiden keyin in'ektsiya joyini uqalash mumkin emas.
Oldindan to'ldirilgan bir martalik shpris qo'llashga tayyor.
Preparatni mushak ichiga yuborish mumkin emas!
Antikoagulyant samaralarni, asosan protamin sulfatini vena ichiga sekin yuborish yo'li bilan neytrallash mumkin, uning dozasi yuborilgan Enoksaning dozasiga bog'liq. Bir mg (1 mg) protamin sulfati bir mg (1mg) Enoksaning antikoalugyant samarasini neytrallaydi (protamin tuzlarini qo'llash to'g'risidagi ma'lumotlarga qarang), agarda enoksaparin natriy protaminni yuborishdan 8 soat oldin yuborilgan bo'lsa 0,5 mg protamin 1 mg Enoksaning antikoagulyant samarasini neytrallaydi, agarda oxirgisi yuborilgan vaqtdan 8 soatdan ortiq vaqt o'tgan bo'lsa yoki protaminning ikkinchi dozasini yuborish zarurati bo'lsa. Agarda enoksaparin natriy yuborilganidan keyin 12 va undan ortiq vaqt o'tgan bo'lsa, preparatni yuborish talab qilinmaydi. Biroq, xatto protamin sulfatning katta dozalari yuborilganida ham, Enoksaning anti-xa faolligi neytrallanmaydi (maksimal 60% gacha).