129 900 s`om dan
Dorixonalardan izlash323 000 s`om dan + yetkazish
Buyurtma berish175 000 s`om dan
Bron qilishYaroqlilik muddati (oy) | 3 yil |
225 g li xar bir Tuba yoki 22,5 g dan 10 paketlar qo'llashga doir yo'riknomasi bilan karton qutiga joylanadi.
faol modda: 70 g polimetilsiloksan poligidrati; PMS PG, chizikli bulmagan polikondensatsiya maxuloti (1,1,3,3-tetragidroksi-1,3-dimetildisiloksan poligidrat);
yordamchi moddalar: 30 g tozalangan suv.
Shifokor kursatmasi buyicha qo'llanilsin.
Xomiladorlik va laktasiya davri
Enterosgel® xomiladorlik va emizish davrida qo'llash mumkin. Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati p'tgach ishlatilmasin.
- kuchli ta'sir etuvchi va zaxarli moddalar, shu jumladan dori preparatlari va alkogol,
alkaloidlar, og'ir metall tuzlari bilan o'tkir zaxarlanishlar;
- xar qanday genezli o'tkir ichak infektsiyalarini (toksikoinfektsiyalar, salmonellyoz, dizenteriya, noinfektsion tabiatli diareya sindromi, disbakterioz) majmuaviy davolash tarkibida;
- yaqqol intoksikasiya bilan kechuvchi yiringli-septik kasalliklarni majmuaviy davolash tarkibida;
- ozuqa va dori allergiyasi;
- giperbilirubinemiya (virusli gepatitlar) va giperazotemiya (surunkali buyrak
etishmovchiligi);
- zararli ishlab chikarish ishchilarida surunkali intoksikasiyalarni (politrop
tavsirli kimyoviy agentlar, ksenobiotiklar, inkorporirlangan radionuklidlar, kugoshin, simob, mishyak birikmalari, neft maxsulotlari, organik erituvchilar, azot oksidlari, uglerod, ftoridlar, ogir metall tuzlari bilan kasbiy intoksikasiyalar) oldini olish maksadida kullanadi.
4°C dan past bulmagan va 30°C dan yuqori bo'lmagan xaroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Oram ochilgandan keyin qurib qolishidan saqlansin. Muzlashidan saqlansin.
Preparatning qabul qilish uchun zarur miqdorini xona xaroratidagi uch karra xajmdagi suvda stakanda aralashtirish yoki suv bilan ichga qabul qilish tavsiya etiladi.
Kattalar uchun dozalash - 1osh qoshiqdan (15 g) sutkada 3marta (45 g).
5 yoshgacha bo'lgan bolalar - 1 choy qoshiqdan (5 g) sutkada 3 marta (15 g), 5 dan 14 yoshgacha esa - bitta desert qoshiq (10 g) sutkada 3marta (30 g).
Surunkali intoksikasiyalarni oldini olish uchun - xar oy 7-10 kun davomida sutkada 30 g yoki 15 g dan 2 marta buyuriladi.
Birinchi uch sutka davomida og'ir darajadagi intoksikasiyalarda preparatning dozasi ikki marta oshirilishi mumkin.
O'tkir zaxarlanishlarda davolash davomiyligi - 3-5 sutka, surunkali intoksikasiyalar va
allergik xolatlarda - 2-3 xafta. Takroriy kurs shifokor tavsiyasi buyicha.
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ENTEROSGEL®
ENTEROSGEL®
Preparatning savdo nomi. Enterosgel®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): polimetilsiloksan poligidrati.
Dori shakli: ichga qabul qilish uchun pasta.
Tarkibi:
100 g preparat quyidagilarni saqlaydi:
faol modda:
polimetilsiloksan poligidrati 70 g;
yordamchi modda:
tozalangan suv 30 g.
Ta‘rifi: oqdan deyarli oq rangligacha bo‘lgan, hidsiz bir xil pastasimon massa.
Farmakoterapevtik guruhi: zaxarlanish va intoksikasiyada qo‘llanadigan vosita (enterosorbent vosita).
ATX kodi: A07V.
Farmakologik xususiyatlari.
Enterosgel® tabiatli kremniy organik matrisasini g‘ovaksimon gidrofob strukturasiga (molekulyar gubka) ega bo‘lib, faqat o‘rta molekulyar toksik (70 m.m. dan 1000 m.m. gacha bo‘lgan) metabolitlarga nisbatan sorbsion ta‘siri bilan xarakterlanadi. Enterosgel® yaqqol sorbsion va detoksikasion xususiyatlarga ega. Me‘da-ichak yo‘llarining bo‘shlig‘ida preparat turli tabiatli endogen va ekzogen zaharli moddalarni, shu jumladan bakteriyalar va bakterial toksinlar, ovqat allergenlari, dori preparatlari va zaharlar, og‘ir metall tuzlari, radionuklidlar, alkogolni bog‘lab oladi va organizmdan chiqaradi. Preparat shuningdek organizmning modda almashinuvining ayrim mahsulotlarini, shu jumladan ortiqcha bilirubin, mochevina, xolesterin va lipid kamplekslarini, shuningdek endogen toksikoz rivojlanishiga ma‘sul bo‘lgan metabolitlarni ham sorbsiya qiladi. Enterosgel® vitaminlar va mikroelementlarni so‘rilishini kamaytirmaydi, buzilgan ichak mikroflorasini tiklanishiga yordam beradi va uning harakat faoliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Qo‘llanilishi
Kattalar va bolalarda detoksikasion vosita sifatida:
Qo‘llash usuli va dozalari
Enterosgel® pastasi ichga, ovqatdan yoki boshqa dorilarni qabul qilishdan 1-2 soat oldin yoki keyin suv bilan qabul qilinadi.
Kattalar uchun dozalar – 1 osh qoshiqdan (15 g) sutkada 3 marta (45 g) buyuriladi.
5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 1 choy qoshiqdan (5 g) sutkada 3 marta (15 g), 5 yoshdan 14 yoshgacha esa bir desert qoshiqdan (10 g) sutkada 3 marta (30 g) buyuriladi.
Surunkali intoksikasiyalarni oldini olish uchun – sutkada 30 g yoki 15 g dan 2 qabulda har oyda 7-10 kun davomida buyuriladi.
Og‘ir intoksikasiyalarda birinchi 3 sutka davomida preparatning dozasini ikki marta oshirish mumkin.
O‘tkir zaharlanishlarda davolash davomiyligi – 3-5 sutka, surunkali zaharlanish va allergik holatlarda esa – 2-3 haftani tashkil etadi. Takroriy kurs shifokor tavsiyasiga ko‘ra o‘tkaziladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ko‘ngil aynishi, qabziyat bo‘lishi mumkin. Og‘ir buyrak yoki jigar yetishmovchiligida preparatdan jirkanish hissi paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar.
Preparatni individual o‘zlashtiraolmaslik, ichak atoniyasida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Enterosgel® boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganida ularning so‘rilishi kamayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni boshqa dori vositalari bilan vaqt bo‘yicha alohida qabul qilish qoidalariga rioya qilinganida – boshqa dorilarni qabul qilishdan 1-2 soat oldin yoki keyin, kompleks davolashda ishlatilishi mumkin.
Shifokor tavsiyachiga ko‘ra qo‘llash kerak.
Homiladorlik va laktasiya.
Homiladorlik va laktasiyada Enterosgel® pastasini qo‘llash mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish hollari aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun pasta 225 g dan majmuaviy materiallardan bo‘lgan tubalarda. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
4°S dan past bo‘lmagan va 30°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. O‘ram ochilganidan keyin preparatni qurib qolishidan himoya qilish kerak. Muzlashdan saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.