Enterosgelning aptekalardagi narxlari
ENTEROSGEL pasta 22,5g N10
|
|
221 ta dorixonada bor
|
134 400 so'mdan
Dorixonadan topish
|
250 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
175 000 so'mdan
Bron qilish
|
ENTEROSGEL pasta 225g N1
|
|
222 ta dorixonada bor
|
129 900 so'mdan
Dorixonadan topish
|
323 000 so'mdan
+ yetkazish
Buyurtma berish
|
175 000 so'mdan
Bron qilish
|
Yetkazib berish xizmati haqida ma'lumot:
Yetkazib berish xizmatlarini taklif qiluvchi dorixonalar katalogda "yetkazib berish" belgisi bilan ajratilgan.
Shu tarzda belgilangan dorixona bilan telefon orqali aloqaga chiqing va buyurtmaning narxi va yetkazib berish muddatini aniqlashtirib oling.
Odatda, dorixona buyurtmani 1 soat ichida yuboradi.
Enterosgel ko'rsatmalar
QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA
ENTEROSGEL®
ENTEROSGEL®
Preparatning savdo nomi. Enterosgel®
Ta‘sir etuvchi modda (XPN): polimetilsiloksan poligidrati.
Dori shakli: ichga qabul qilish uchun pasta.
Tarkibi:
100 g preparat quyidagilarni saqlaydi:
faol modda:
polimetilsiloksan poligidrati 70 g;
yordamchi modda:
tozalangan suv 30 g.
Ta‘rifi: oqdan deyarli oq rangligacha bo‘lgan, hidsiz bir xil pastasimon massa.
Farmakoterapevtik guruhi: zaxarlanish va intoksikasiyada qo‘llanadigan vosita (enterosorbent vosita).
ATX kodi: A07V.
Farmakologik xususiyatlari.
Enterosgel® tabiatli kremniy organik matrisasini g‘ovaksimon gidrofob strukturasiga (molekulyar gubka) ega bo‘lib, faqat o‘rta molekulyar toksik (70 m.m. dan 1000 m.m. gacha bo‘lgan) metabolitlarga nisbatan sorbsion ta‘siri bilan xarakterlanadi. Enterosgel® yaqqol sorbsion va detoksikasion xususiyatlarga ega. Me‘da-ichak yo‘llarining bo‘shlig‘ida preparat turli tabiatli endogen va ekzogen zaharli moddalarni, shu jumladan bakteriyalar va bakterial toksinlar, ovqat allergenlari, dori preparatlari va zaharlar, og‘ir metall tuzlari, radionuklidlar, alkogolni bog‘lab oladi va organizmdan chiqaradi. Preparat shuningdek organizmning modda almashinuvining ayrim mahsulotlarini, shu jumladan ortiqcha bilirubin, mochevina, xolesterin va lipid kamplekslarini, shuningdek endogen toksikoz rivojlanishiga ma‘sul bo‘lgan metabolitlarni ham sorbsiya qiladi. Enterosgel® vitaminlar va mikroelementlarni so‘rilishini kamaytirmaydi, buzilgan ichak mikroflorasini tiklanishiga yordam beradi va uning harakat faoliyatiga ta‘sir qilmaydi.
Qo‘llanilishi
Kattalar va bolalarda detoksikasion vosita sifatida:
- kelib chiqishi turlicha bo‘lgan o‘tkir va surunkali intoksikasiyalar;
- kuchli ta‘sir qiluvchi va zaharli moddalar, shu jumladan dori preparatlari va alkogol, alkaloidlar, og‘ir metall tuzlari va boshqalar bilan o‘tkir zaharlanish;
- har qanday genezli o‘tkir ichak infeksiyalarini (toksikoinfeksiyalar, salmonellez, dizenteriya, kelib chiqishi noinfeksion bo‘lgan diareya sindromi, disbakterioz va boshqalarni) kompleks davolash tarkibida;
- yaqqol intoksikasiya bilan kechuvchi yiringli-septik kasalliklarni kompleks davolash tarkibida;
- ovqat va dori allergiyasi;
- giperbilirubinemiya (virusli gepatit) va giperazotemiya (surunkali buyrak yetishmovchiligi);
- zararli ishlab chiqarish sharoitida (politrop ta‘sirli kimyoviy agentlar, ksenobiotiklar, inkorporlangan radionuklidlar, qo‘rg‘oshin, simob, margumish birikmalari, neft mahsulotlari, organik erituvchilar, azot, karbonoksidlari, ftoridlar, og‘ir metall tuzlari bilan kasbiy zaharlanish) ishchilarni surunkali zaharlanishini oldini olish maqsadida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Enterosgel® pastasi ichga, ovqatdan yoki boshqa dorilarni qabul qilishdan 1-2 soat oldin yoki keyin suv bilan qabul qilinadi.
Kattalar uchun dozalar – 1 osh qoshiqdan (15 g) sutkada 3 marta (45 g) buyuriladi.
5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – 1 choy qoshiqdan (5 g) sutkada 3 marta (15 g), 5 yoshdan 14 yoshgacha esa bir desert qoshiqdan (10 g) sutkada 3 marta (30 g) buyuriladi.
Surunkali intoksikasiyalarni oldini olish uchun – sutkada 30 g yoki 15 g dan 2 qabulda har oyda 7-10 kun davomida buyuriladi.
Og‘ir intoksikasiyalarda birinchi 3 sutka davomida preparatning dozasini ikki marta oshirish mumkin.
O‘tkir zaharlanishlarda davolash davomiyligi – 3-5 sutka, surunkali zaharlanish va allergik holatlarda esa – 2-3 haftani tashkil etadi. Takroriy kurs shifokor tavsiyasiga ko‘ra o‘tkaziladi.
Nojo‘ya ta‘sirlari
Ko‘ngil aynishi, qabziyat bo‘lishi mumkin. Og‘ir buyrak yoki jigar yetishmovchiligida preparatdan jirkanish hissi paydo bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar.
Preparatni individual o‘zlashtiraolmaslik, ichak atoniyasida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta‘siri
Enterosgel® boshqa preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilinganida ularning so‘rilishi kamayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni boshqa dori vositalari bilan vaqt bo‘yicha alohida qabul qilish qoidalariga rioya qilinganida – boshqa dorilarni qabul qilishdan 1-2 soat oldin yoki keyin, kompleks davolashda ishlatilishi mumkin.
Shifokor tavsiyachiga ko‘ra qo‘llash kerak.
Homiladorlik va laktasiya.
Homiladorlik va laktasiyada Enterosgel® pastasini qo‘llash mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilish hollari aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
Ichga qabul qilish uchun pasta 225 g dan majmuaviy materiallardan bo‘lgan tubalarda. Har bir tuba qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
4°S dan past bo‘lmagan va 30°S yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. O‘ram ochilganidan keyin preparatni qurib qolishidan himoya qilish kerak. Muzlashdan saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Reseptsiz.
225 g li xar bir Tuba yoki 22,5 g dan 10 paketlar qo'llashga doir yo'riknomasi bilan karton qutiga joylanadi.
4°C dan past bulmagan va 30°C dan yuqori bo'lmagan xaroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Oram ochilgandan keyin qurib qolishidan saqlansin. Muzlashidan saqlansin.
Chiqarish shakllari