×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

VIPLAKTIN BEYBI kukuni 1g N10

Kategoriya:
- Hazm qilish va moddalar almashinuvi tizimi
Ishlab chiqarilish joyi:
- Hindiston
Faol modda:
Bacillus clausii
Qadoqda soni:
- 10
Ishlab chiqaruvchi:
- Belinda Laboratories LLP, Великобритания произведено: Unique Biotech Limited
Vakil:
- VEGAPHARM
ATX kodi:
- A07FA
Shifokor konsultatsiyasi:
Noaniqliq haqida habar berish

O'xshash dorilar

METEOSPAZMIL kapsulalar N30 Laboratories Mayoly Spindler Frantsiya
108 000 s`om dan
BIFIFORM kapsulalar N30 Пфайзер Консьюмер Мэнюфэкчуринг Италия С.Р.Л. Italiya
YOMOGI kapsulalar 250mg N10 Ardeypharm GmbH Germaniya
69 000 s`om dan
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
Birlamchi o'ram: 1 g dan granulalashtirilgan kukun
paketchalarda.
Ikkilamchi o'ram: 10 ta paketcha davlat va rus tillaridagi
tibbiyotda qo'llanilishiga doir yo'riqnomasi bilan birga
karton qutiga joylangan.
1 gr paket quyidagilarni saqlaydi saqlaydi:
Bacillus clausii 2 milliard Koe
faol moda: Basillus Klaus i (Bacillus clausii (IH)) - 50 mg;
yordamchi moddalar: kolloid kremniy dioksid, laktoza.
Viplaktin Beybi –kelib chiqishi biologik bo'lgan eubiotik
(probiotik). Preparat normada ichakda bo'ladigan Bacillus
clausii mikroorganizmlarining sporalaridan tarkib topgan,
patogen ta'siridan maxrum. Patogen ta'sirini yo'qotgan
Bacillus clausii patogen va shartli patogen bakteriyalarning
rivojlanishiga qarshi keng spektrli antibakterial moddalar
ishlab chiqaradi va antimikrob, diareyaga qarshi ta'sir
ko'rsatadi va ichak mikroflorasini tiklaydi. Diareya,
qorindagi og'riq va meteorizmni yo'qotadi. Bacillus clausii
faoliyati tufayli Viplaktin Beybi preparati qabul
qilinganda, turli sabablar tufayli ichak mikroflorasi
buzilishi (disbakterioz) jarayonida o'zgarishga uchragan
mikroflora qayta tiklanishiga yordam beradi. Shuningdek,
Bacillus clausii turli xil vitaminlar , xususan V guruxi
vitaminlarini ishlab chiqarish qobiliyatiga egaligi sababli,
Viplaktin Beybi organizmda antibiotiklar va kimyoviy
terapevtik preparatlar chaqirgan vitaminlar disbalansini
buzilishini normallashtiradi. Viplaktin Beybi Bacillus
clausiining metabolik faolligi bilan chambarchars bog'liq
bo'lgan nospesifik antigen va antitoksik samaraga erishishga
yordam beradi.
Bundan tashqari, antibiotiklarga qarshi sun'iy chaqirilgan
yuqori geterogen chidamliligi antibiotiklarning, ayniqsa,
keng spektrli antibiotiklarning selektiv ta'siri sababli
kelib chiqadigan ichak mikroflorasini o'zgarishini oldini
olishda davolovchi bazisni xosil qilish yoki uning
muvozanatini tiklashni ta'minlaydi.
Antibiotiklarga bo'lgan bunday rezistentlik tufayli,
Viplaktin Beybi preparatini antibiotiklarning ikki dozasi
oralig'ida buyurish mumkin. Antibiotik rezistentlik
penisillinlar, tsefalosporinlar, tetrasiklinlar,
makrolidlar, aminoglikozidlar, novobiosin, Xloramfenikol,
tiamfenikol, linkomisin, izoniazid, Tsikloserin,
rifampisin, nalidiks kislotasi va pipemid kislotasiga
taalluqlidir
O'zining kimyoviy va fizik omillar ta'siriga yuqori
chidamliligi tufayli Bacillus clausii sporalari ichga qabul
qilinganida me'da shirasining kislotali to'sig'idan
o'zgarmagan holda o'tadi va metabolik faol vegetativ
hujayralarga (vegetativ shaklda o'sishi va ko'payishi mumkin)
aylanib ichak yo'llariga etib boradi.
Ovqat xazm qilish yo'llarida Bacillus clausii 30 kundan ortiq
turmaydi, so'ngra tabiiy yo'l bilan chiqariladi.
Allergik reaktsiyalar: yuqori sezuvchanlik (toshma, eshakemi)
Viplaktin Beybini antibakterial davo kursi vaqtida
qo'llaganda, preparatni antibiotiklarning ikkita ketma-ket
qabul qilish vaqti orasida (masalan, antibakterial preparatni
qabul qilgandan 2-3 soatdan keyin) qabul qilish tavsiya etiladi.
Bacillus clausiining immunosupressiyasi bo'lgan bemorlarda
qo'llanilishi haqida ishonchli ma'lumotlar yo'qligi tufayli,
Viplaktin Beybini bunday bemorlarda faqat shifokorning
jiddiy kuzatuvi ostida qo'llash tavsiya qilinadi.
ichak mikroflorasi buzilishi (disbakterioz) va uning
oqibatida kelib chiquvchi vitaminlar balansining endogen
buzilishini davolashda va oldini olishda;
- antibiotiklar va ximioterapevtik vositalar bilan
davolash tufayli o'zgargan ichak mikroflorasini tiklash
bo'yicha davolash;
- intoksikasiya yoki ichak mikroflorasi buzilishi
(shuningdek, dizenteriyalar, salmonellezlar, ichak
ta'sirlanishi sindromi, kolitlar, NYaK, enterokolitlar,
malabsorbtsiya sindromi va boshqa funktsional genezli me'daichak buzilishlari) va ko'krak suti bilan oziqlantiriluvchi
bolalardagi disvitaminoz bilan bog'liq bo'lgan o'tkir va
surunkali me'da – ichak buzilishlari.
preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- laktaza etishmovchiligi, laktozani o'zlashtiraolmaslik,
glyukozo-galaktozali malabsorbtsiya sindromida qo'llash
mumkin emas.
Extiyotkorlik bilan
- dorilarga allergiyada qo'llaniladi.
Boshqa dorilar bilan o'zaro ta'siri haqida ma'lumotlar yo'q.
25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda quruq, yorug'likdan
himoyalangan joyda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Saqlash muddati:
2 yil.
Yaroqlilik muddati o'tgandan so'ng qo'llanilmasin
och jigarrangdan och sariq ranggacha bo'lgan o'ziga xos
hidli granulalangan kukun
Dozasi kasallikning og'irlik darajasi, organizmning holati
va yoshiga bog'liq.
Ichga qabul qilish uchun. 1 paketchadan kuniga 2 marta, ovqatdan
keyin. Paketchaning ichidagini suvda (30-50 ml xona
xaroratidagi qaynatilgan suvda eritish kerak, xosil bo'lgan suspenziyani oxirigacha erishini kutmasdan ichish kerak), sutda,
choyda yoki sharbatda (bijg'itilgan sutli maxsulotlarda, yangi
tug'ilgan chaqaloqlar yoki ko'krak yoshidagi bolalar uchun – ona
suti, yoxud sun'iy oziqlantirish vositasida eritilgani
avzalroq).
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar uchun: sutkasiga 2-3
paketchadan (2-3 g).
2 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun: sutkasiga 1-2
paketchadan (1-2 g).
1oydan 2 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun: sutkasiga 1-2 paketchadan
(1-2 g).
Viplaktin Beybi muntazam intervallarga rioya qilingan holda
buyuriladi (3-4 soat). Ichak mikroflorasi buzilishini
davolash va oldini olishda va antibakterial davolash vaqtida
paydo bo'lgan diareyani davolashda va oldini olishda preparat
antibakterial davolash vaqtida, shuningdek, antibiotiklar
bilan davolangandan so'ng eng kamida 1 hafta ichida qabul
qilinadi.
Davo kursining davomiyligi va ularni o'tkazilish tez-tezligi
individual ravishda aniqlanadi (kasallikning xarakteri va
erishilgan terapevtik natijaga qarab), odatda 6-14 kun. 
Odatda Bacillus clausii dozasi oshirib yuborilganda nojo'ya
ta'sirlarni keltirib chiqarmaydi. Ko'rsatmalarga asoslanib
tavsiya etilgan dozalarda qo'llanganda preparatning dozasini
oshirib yuborilishi kuzatilmagan.
Preparatni homiladorlik va emizish davrida qo'llashga ruxsat beriladi.

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

VIPLAKTIN BEYBI kukuni 1g N10 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
VIPLAKTIN BEYBI kukuni 1g N10 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
VIPLAKTIN BEYBI kukuni 1g N10 dori vositasi Belinda Laboratories LLP, Великобритания произведено: Unique Biotech Limited tomonidan Hindiston mamlakatida ishlab chiqarilgan.
VIPLAKTIN BEYBI kukuni 1g N10 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
VIPLAKTIN BEYBI kukuni 1g N10 dori vositasi resept bo'yicha sotilmaydi.

Analoglar
ENTEROJERMINA suspenziya 2mlrd/5ml 5ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Italiya
  • Faol modda: Bacillus clausii ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Sanofi S.p.A.
  • Vakil: Sanofi
Narh: 33 600 so'mdan Batafsil
VIPLAKTIN-C suspenziyasi 2 mlrd/5 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Bacillus clausii ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Belinda Laboratories Pvt. Ltd., Индия произведено: Unique Biotech Limited
  • Vakil: VEGAPHARM
Другие формы препарата
VIPLAKTIN-C suspenziyasi 2 mlrd/5 ml N10
  • Ishlab chiqarilish joyi: Hindiston
  • Faol modda: Bacillus clausii ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Belinda Laboratories Pvt. Ltd., Индия произведено: Unique Biotech Limited
  • Vakil: VEGAPHARM
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9