×
×

Mahsulotning ko'rinishi saytdagi rasmdan farq qilishi mumkin.

EPO inyeksiya uchun eritma 1ml 3000ME N1

Kategoriya:
- Kamqonlik
Ishlab chiqarilish joyi:
- Xitoy
Faol modda:
Эпоэтин бета
Qadoqda soni:
- 1
Ishlab chiqaruvchi:
- Shenzhen Sinobioway Xinpeng Biomedicine Co., Ltd
ATX kodi:
- B03XA01
Noaniqliq haqida habar berish
Toshkentning 1 ta dorixonasida topildi

ico 90 000 s`om dan

Dorixonalardan izlash

O'xshash dorilar

FERROFER inyeksiya uchun eritma 5ml 20mg/ml N5 Nanjing Hencer Pharmaceutical Co., Ltd Xitoy
290 000 s`om dan
MEGAFER inyeksiya uchun eritma 5ml 100mg/5ml N5 Surge Laboratories (Pvt.) Ltd Pokiston
150 000 s`om dan
FOLIEVAYA KISLOTA tabletkalari 5mg N50 Технолог, ЧАО Ukraina
14 000 s`om dan
FERROKAL sirop 200ml Ultra Laboratoires Pvt. Ltd. Hindiston
Mahsulot haqida tafsilotlar
Saytda e'lon qilingan ma'lumotlar mutaxassislar uchun mo'ljallangan. O'zingizni-o'zingiz davolash bilan shug'ullanmang. Sog'lig'ingizga zarar bermaslik uchun mutaxassis bilan maslahatlashishga ishonch hosil qiling!
EPO inyeksiya uchun eritma 1ml 3000ME N1 qo'lanishi bo'yicha ko'rsatmalar

QO‘LLASH BO‘YICHA YO‘RIQNOMA

EPO®

EPO®

Preparatning savdo nomi: EPO®

Ta‘sir etuvchi modda (XPN): epoetin alfa (rekombinant odam eritropoetini)

Dori shakli: in‘eksiya uchun eritma

Tarkibi:

Har bir flakon quyidagilarni saqlaydi:

faol modda: rekombinant odam eritropoetini (SNO-hujayralar) (rhEPO) – 2000 XB, 3000 XB, 4000 XB, 10000 XB;

yordamchi moddalar: odam zardob albumini, limon kislotasi, natriy sitrati, natriy xloridi.

Ta‘rifi: tiniq, rangsiz, hidsiz suyuqlik.

Farmakoterapevtik guruhi: eritropoezni rag‘batlantiruvchi vosita.

ATX kodi: B03XA01

 

Farmakologik hususiyatlari

Ta‘sir mexanizmi

Eritropoetin (EPO) suyak ko‘migida muvofiq o‘tmishdosh-hujayralarni bo‘linishini rag‘batlanishi va differensiasiyasi orqali qizil qon hujayralari hosil bo‘lishini boshqaruvchi glikoprotein hisoblanadi. Eritropoetinning taxminiy molekulyar massasi 32,000–40,000 daltonni tashkil etadi. Molekulaning protein qismi 58% ni tashkil etadi va 165 aminokislotadan tarkib topgan. To‘rtta uglerod zanjiri uchta N-glikozid bog‘i hamda bitta O-glikozid bog‘i orqali proteinga bog‘lanadi.

Gen texnologiyasi yordamida olingan eritropoetin alfa glikolizga uchraydi va tarkibi bo‘yicha endogen odam eritropoetinining uglevodli qismi va aminokislotalari bilan bir xil bo‘ladi.

Rekombinant odam eritropoetini xuddi tabiiy EPO ning biologik faolligiga o‘xshash faollikka ega.

Kattalarda deyarli 90% EPO buyraklarda ishlab chiqariladi, qolgan qismi – jigarda ishlab chiqariladi. Normal sharoitlarda endogen eritropoetinni hosil bo‘lishi to‘qimalarni oksigenasiya darajasiga qarab boshqariladi. Gipoksiya va anemiya asosan eritropoetinni hosil bo‘lishini oshiradi, u o‘z navbatida eritropoezni rag‘batlantiradi. Sog‘lom organizmda plazmada eritropoetinning darajasi 0,01 dan 0,03 TB/ml gacha qiymatlarda tebranadi va gipoksiya hamda anemiyada 100-1000 martagacha oshadi.

Surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan pasientlarda eritropoetinni hosil bo‘lishi izdan chiqqan bo‘ladi, shuning uchun eritropoetinni tanqisligi bunday pasientlarda anemiyani birinchi sababi hisoblanadi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi – buyrak faoliyatini zo‘rayib boruvchi va odatda qaytmas buzilishi kuzatiladigan klinik holatdir. Bunday pasientlarda buyrak faoliyatini buzilishini qator belgilari, jumladan anemiya namoyon bo‘lishi mumkin, ammo bunday pasientlarga muntazam ravishda dializ o‘tkazish talab etilmaydi. Buyrak kasalligini oxirgi bosqichi bo‘lgan pasientlar dializ seanslarini muntazam ravishda oladilar yoki ularga buyraklarni ko‘chirib o‘tkazish talab etiladi. Eritropoetin yetuk o‘tmishdosh hujayralarni, eritroid koloniya-rag‘batlantiruvchi birliklarni (CFU-E) proeritroblastlarga aylantirish uchun kerak bo‘ladi. EPO mavjud bo‘lmasa, ushbu transformasiya amalga oshmaydi va o‘tmishdosh hujayralar nobud bo‘ladi. EPO gemoglobin va normal eritroblastlarda joylashgan boshqa proteinlarni faollashtiradi. EPO shuningdek bosh miyada, keyinchalik qon havzasiga o‘tishi mumkin bo‘lgan retikulositlarning siljishini chaqiradi. Rekombinant odam eritropoetini surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan xastalangan anemiya bo‘lgan pasientlarda, shu jumladan dializdagi pasientlarda, shuningdek muntazam dializga muhtoj bo‘lmagan pasientlarda eritropoezni rag‘batlantiradi.

Rekombinant odam eritropoetinini har haftada uch marta yuborishga nisbatan birinchi daliliy klinik javob reaksiyasi bo‘lib 10 kun davomida retikulositlarning miqdorini oshishi hisoblanadi, bu jarayon odatda 2-6 hafta davomida eritrositlar, gemoglobin va gematokritning miqdorini oshishi bilan kechadi. Eritropoez uchun kerak bo‘ladigan vaqt oralig‘i davomida – eritroidlarni o‘tmishdoshlari, yetilishi va qon havzasiga tushishi uchun bir necha kun – gematokritni klinik ahamiyatli oshishi odatda 2 hafta davolash davomida kuzatilmaydi, ba‘zi pasientlarda javob reaksiyasini kuzatish uchun 6 haftagacha bo‘lgan muddat talab etilishi mumkin.

Gematokritning darajasi kutilgan maqsabli diapazonga (30% – 36%) yetishi bilan, uning darajasi, temir tanqisligi va yondosh kasalliklar bo‘lmagan sharoitlarda, rekombinant odam eritropoetini bilan davolash orqali bir maromda tutib turilishi mumkin.

Gematokritni oshib borish tempi pasientlar o‘rtasida o‘zgarib turadi va rekombinant odam eritropoetinining dozasiga bog‘liq, taxminan 50-300 birlik/kg haftada uch marta yuboriladigan terapevtik diapazonlar chegarasida bo‘ladi. Ahamiyatli darajadagi klinik javob reaksiyasi 300 birlik/kg dozadan oshganida kuzatilmaydi. Klinik javob reaksiyasining darajasiga ta‘sir ko‘rsatuvchi boshqa omillar temirning zahirasi, gematokritning boshlang‘ich darajasi, shuningdek yondosh kasalliklar hisoblanadi.

Farmakokinetikasi

Teri ostiga yuborilganidan so‘ng eritropoetin (EPO) yuborilgan joydan sekin so‘riladi. Zardobda eritropoetinning konsentrasiyasini oshishi yuborilgandan so‘ng 2 soatdan keyin kuzatiladi. Qonda maksimal konsentrasiyasiga 18 soatdan keyin erishiladi. Suyak ko‘migi o‘ziga xos absorbsiya qiluvchi a‘zo hisoblanadi. EPO asosan jigar va buyraklarda so‘riladi. Hayvonlarda (kalamushlarda) o‘tkazilgan tajriba, EPO asosan jigarda metabolizmga uchrashini ko‘rsatdi, EPO ning faqat ozgina qismigina buyraklar, suyak ko‘migi va taloqqa taqsimlanadi. Buyraklar – EPOni organizmdan chiqaradigan asosiy a‘zo hisoblanadi. Anemiya bilan xastalangan, EPO olayotgan pasientlarda buyraklar orqali o‘zgarmagan holda chiqariladigan preparatning miqdori 10% dan kamroq qiymatni tashkil etadi.

Qo‘llanilishi

Buyrak yetishmovchiligi sabab bo‘lgan anemiya, shu jumladan surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan va gemodializ seansini oladigan va dializsiz davolanadigan bemorlarga qo‘llanadi.

Qo‘llash usuli va dozalari

Buyrak anemiyasi

Rekombinant odam eritropoetini (RoEPO) shifokorning ko‘rsatmasi bo‘yicha qo‘llanadi. RoEPOni teri ostiga va vena ichiga haftada 2-3 marta yuborish mumkin. Anemiyani darajasi, pasientning yoshi va boshqa omillarga qarab, preparatning dozasiga tuzatish kiritilishi kerak. Quyidagi davolash tartibi tavsiya etiladi:

Boshlang‘ich dozasi: gemodializdagi pasientlar uchun tavsiya etiladigan boshlang‘ich doza haftada tana vazniga 100-150 XB/kg, dializ muolajasini olmaydigan pasientlar uchun – haftada tana vazniga 75-100 XB/kg ni tashkil etadi. Agar gematokritni oshishi hafta davomida 0,5 hajm% ni tashkil etsa, 4 haftadan keyin preparatning dozasini tana vazniga 15-30 XB ga oshirish mumkin. Biroq dozani maksimal darajada haftada 30 XB/kg dan oshirmaslik kerak. Gematokrit 30-33 hajm% gacha oshirilishi kerak (ammo 34 hajm% dan oshmasligi kerak).

Samarasini tutib turuvchi doza: Gematokritning qiymati 30-33% hajm% ga yetgan zahoti yoki gemoglobinning darajasi 100-110 g/l gacha oshgan zahoti, davolashni samarani tutib turuvchi bosqichiga o‘tkazish kerak, bunda dozani terapevtik bosqichidagi dozaning 2/3 qismigacha tuzatish kiritish tavsiya etiladi. Bu davrda dozaga o‘z vaqtida tuzatish kiritish, haddan tashqari eritropoezni oldini olish va gematokrit va gemoglobinning darajalarini kerakli qiymatlarda tutib turish uchun gematokritni har 2-4 haftada tekshirish kerak.

RoEPO ni uzoq vaqt davomida olish kerak. Biroq ayrim hollarda davolashni istalgan vaqt to‘xtatish mumkin.

Rakni kimyoterapiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan anemiya

Zardobda eritropoetinning darajalari > 200 mu/ml bo‘lgan pasientlarga preparatni qo‘llash tavsiya etilmagan. Klinik ma‘lumotlar, zardobdagi eritropoetinning dastlabki darajalari past bo‘lgan pasientlarda davolash samaradorligi, zardobda eritropoetinning dastlabki darajalari yuqori bo‘lgan pasientlarga nisbatan yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Boshlang‘ich dozasi tana vazniga 150 XB/kg ni tashkil etadi, teri ostiga bir vaqtda haftada 3 marta yuboriladi. Agar 8 hafta davolash davomida transfuziya sonini kamayishi yoki gematokritni oshishi kuzatilmasa, doza tana vazniga 200 XB/kg gacha oshiriladi, teri ostiga bir vaqtda, haftada 3 marta yuboriladi. Agar gematokrit >40% tashkil etsa, gematokrit 36% ga pasaygunicha, kamaytirilgan dozani qo‘llash kerak. Gematokritni kerakli darajada tutib turish uchun, davolash qaytadan boshlanganida yoki dozaga tuzatish kiritilganida, dozasi 25% ga kamaytiriladi. Agar boshlang‘ich dozasi gematokritni juda tez oshishiga (masalan, 2 hafta davomida 4% ga oshishiga) olib kelsa, dozani kamaytirish kerak.

Nojo‘ya ta‘sirlari

Preparat yaxshi o‘zlashtiriladi. Noxush reaksiyalar yengil xarakterga ega.

Umumiy reaksiyalar: davolash boshlanishida ayrim pasientlarda bosh og‘rig‘i, yengil isitma va gipodinamiya kuzatilishi mumkin. Ko‘p bo‘lmagan pasientlarda mialgiya va artralgiya yuz berishi mumkin. Ushbu simptomlarning ko‘pchiligi muvofiq davolanganida kamayadi va shuning uchun ular RoEPO qo‘llash davomiyligiga ta‘sir qilmaydi. Kam hollarda, yuqorida ko‘rsatilgan simptomlar saqlanib tursa, preparatni qo‘llashni to‘xtatish kerak.

Allergik reaksiyalar: ayrim pasientlarda toshma yoki eshakemi, shu jumladan allergik shok kabi allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin. To‘liq doza bilan davolashdan oldin, EPO preparatini birinchi marta olayotgan yoki davolash qaytadan boshlanayotgan pasientlarga preparatning kichik dozalarini qo‘llash tavsiya etilgan. Anomal reaksiyalar paydo bo‘lganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish va muvofiq davolash o‘tkazish kerak.

Yurak-qon tomir tizimi: AB oshishi, gipertenziyani kechishini yomonlashishi, bosh og‘rig‘i, ongni buzilishi, spazm, hatto gipertenziv ensefalopatiya oqibatida bosh miyaga qon quyilishi mumkin. Shu sababli, RoEPO qo‘llanayotgan vaqtda qon bosimini sinchiklab kuzatish va zarurat bo‘lganida RoEPO ning dozasiga tuzatish kiritish / davolashni to‘xtatish va muvofiq gipotenziv preparatlar bilan davolash kerak.

Qon-tomirlar tizimi: RoEPO preparati qo‘llanganida gematokrit oshishi bilan qonning qovushqoqligi ahamiyatli darajada oshishi mumkin, shuning uchun trombozni bartaraf qilish choralarini ko‘rish kerak.

Jigar: kam hollarda ALT va AST larning darajasini oshishi kuzatilishi mumkin.

Me‘da va ichak: ba‘zida ko‘ngil aynishi, qusish, ishtahani yo‘qolishi, diareya kuzatilishi mumkin.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar

  • Nazorat qilib bo‘lmaydigan og‘ir gipertenziya.
  • Ushbu preparatga yoki sut emizuvchilarning hujayralaridan olinadigan mahsulotlarga va odam zardobi albuminiga ma‘lum o‘ta yuqori sezuvchanlik.
  • Yondosh nazorat qilish bo‘lmaydigan infeksiyada qo‘llash mumkin emas: muvofiq davolash o‘tkazilganidan keyin preparatni qo‘llash mumkin.

Dorilarning o‘zaro ta‘siri

EPO preparatini boshqa preparatlar bilan bir shprisda aralashtirish mumkin emas! Original sig‘imdan boshqa sig‘imga quyilgandan keyin EPO preparatini suyultirish va yuborishga yo‘l qo‘yilmasin.

Maxsus ko‘rsatmalar

Adabiyot ma‘lumotlariga ko‘ra, surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan xastalangan pasientlar ishtirok etgan klinik tadqiqotda, eritropoezni yaxshilash uchun preparatlar qo‘llanganida gemoglobinning darajasini ≥ 3 g/dl dan oshganida o‘lim holati, yurak-qon tomirlar tomonidan og‘ir darajadagi buzilishlari va apopleksiyani rivojlanish havfi oshganligi aniqlangan. Gemoglobinning darajasini 10-12 g/dl diapazoniga yetkazish va ushlab turish uchun preparatni shaxsiy dozalash tartibini kuzatish tavsiya etiladi. Surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan xastalangan, erotropoezni yaxshilash uchun preparatlar bilan davolashga nisbatan to‘liq javob reaksiyasi kuzatilmagan pasientlarda, o‘lim holati va yurak-qon tomirlari buzilishlarini rivojlanish havfi boshqa pasientlarga nisbatan yuqori. Rak bilan xastalangan pasientlar ishtirokida o‘tkazilgan klinik tadqiqotda erotropoezni yaxshilash uchun qo‘llanadigan preparatlar o‘lim holati va yurak-qon tomirlari tomonidan og‘ir darajadagi buzilishlar rivojlanish havfini oshirishi mumkin. Ular miokard infarkti, shok, dimlangan yurak yetishmovchiligi, gemodializ vaqtida qon-tomirlar trombozidan iborat bo‘ladi. Xavf gemoglobinning darajasini 2 hafta davomida 1 g/dl dan ortiq qiymatga oshishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Klinik tadqiqotlarning natijalariga ko‘ra, sut bezi raki, o‘pka, bosh va bo‘yin raki, limfoma, bachadon bo‘yni raki bilan xastalangan pasientlarga eritropoezni yaxshilash uchun qo‘llanadigan preparatlarni qo‘llash hayotni qisqarish xavfi va/yoki o‘smani o‘sishi va qaytalanishlarni rivojlanish xavfiga olib kelishi mumkinligi yuzasidan ma‘lumotlar bor.

Bunday xavflar, shu jumladan yurak-qon tomir tomonidan tromboemboliyani kamaytirish uchun qizil qon tanachalarini transfuziyasidan saqlanish maqsadida preparatning minimal dozalarini ishlatish tavsiya etiladi.

Eritropoezni yaxshilash uchun qo‘llanadigan preparatlarni faqat suyak ko‘migi faoliyatini susaytiruvchi kimyoterapiya oqibatida yuzaga kelgan, anemiyada ishlatish mumkin. Bunday anemiyaning simptomlari yo‘qolgan holatlarda ularni qo‘llash yaroqli emas. Kimyoterapiya tugaganidan so‘ng ushbu preparatlarni qo‘llash to‘xtatiladi.

Antikoagulyantlar bilan perioperasion profilaktik davolangan pasientlarda EPO preparatini qo‘llash chuqur venalar trombozini rivojlanish havfini oshirishi mumkinligi xabar qilinadi. Bunday vaziyatlarni inobatga olish kerak.

Chin eritrositar anemiya va og‘ir darajadagi anemiya bilan xastalangan, boshqa sitopeniya bo‘lmagan yoki bo‘lmagan pasientlarda, eritropoetin antitelolarni neytrallashi mumkinligi xabar qilinadi. Ma‘lumot surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan xastalangan, eritropoezni yaxshilaydigan preparatlar teri ostiga yuborilgan pasientlarga tegishli.

Shuningdek, chin eritrositar anemiya interferonni ribavirin bilan majmuada qabul qilgan pasientlarga shunday preparatlar yuborilganida kuzatilganligi xabar qilinadi. Preparat bilan davolashga nisbatan javob reaksiyasi to‘satdan yo‘qolganida, og‘ir darajadagi anemiya rivojlanganida va retikulositlarning miqdori kamayganida preparatni qo‘llashni to‘xtatish va buydan ko‘rinishlarning sababini o‘rganish, jumladan antitelolarni eritropoetin bilan neytralizasiya bo‘lish ehtimolini o‘rganish kerak. Agar anemiya eritropoetinni antitelolarga nisbatan salbiy ta‘siri bilan bog‘liqligiga shubhalar bo‘lsa, bunday preparatlarni ishlatishni to‘xtatish kerak. Bunday pasientlarga eritropoezga ta‘sir qiluvchi preparatlarni qo‘llash mumkin emas. Kesishgan infeksiyalarda ham bunday preparatlar guruhini ishlatish tavsiya etilmaydi.

Umumiy ehtiyotkorlik choralari:

Parenteral usul bilan yuborilganida allergik va boshqa noxush reaksiyalarga e‘tibor berish kerak.

Ortiqcha eritropoezdan saqlanish maqsadida gematokritni vaqti-vaqti bilan o‘lchash (davolash boshlanishida haftada bir marta, samarani tutib turuvchi bosqichida ikki haftada bir marta) kerak. Gematokrit 36 hajm% dan oshmasligi kerak. Ortiqcha eritropoez rivojlanganida eng yaxshi chora davolashni to‘xtatish hisoblanadi.

Surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan xastalangan, preparat bilan davolanayotgan pasientlarda, kam hollarda pasientning ahvolini, gematoporfirinni hosil bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan yomonlashishi kuzatiladi. Bunday pasientlarga EPOni ehtiyotkorlik bilan ishlatish tavsiya etilgan. Davolanish vaqtida temirni funksional yoki mutloq tanqisligi ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Temirni funksional tanqisligida ferritinning darajasi normada qoladi, ammo transferrin bilan to‘yinishi pasayadi, chunki u suyak ko‘migini, eritropoetin bilan rag‘batlantirilgan ehtiyojini qondirish uchun temir zahirasini tez to‘ldirish va bo‘shatish imkoni bo‘lmaydi. Transferrin bilan to‘yinishi kamida 20% ni tashkil etishi kerak, ferritinning darajasi kamida 100°mkg/ml bo‘lishi kerak. Davolanishdan oldin va davolanish vaqtida temirning holatini kuzatib borish kerak. Ko‘rsatkichlar quyidagilardan: transferrin bilan to‘yinishi va zardob ferritinidan iborat bo‘ladi. Aslida barcha pasientlar preparat bilan rag‘batlantirilgan eritrositlarni ishlab chiqarish ehtiyojini qondirish uchun transferrinni oshirish/tutib turish/to‘yintirish uchun temirning miqdorini oshirishga muhtoj bo‘ladilar. Operasiyadan keyin preparatni olayotgan pasientlar, butun davolash kursi davomida eritrositlar ishlab chiqarilishini tutib turish va temirning zahirasini kamayishidan saqlanish maqsadida temirni yetarli miqdorda olishlari kerak.

Davolanish vaqtida qon bosimi oshishi mumkin, shuning uchun davolash boshlanishidan oldin qon bosimini kerakli tarzda nazorat qilinishi kerak. Davolanish vaqtida pasientlarda qon bosimini qat‘iy nazorat qilish va sinchiklab kuzatish kerak. Antigipertenziv preparatlar bilan davolanish va parhezga rioya qilish muhimligi to‘g‘risida pasientlarni ogohlantirish kerak. Agar qon bosimi nazoratdan chiqib ketsa, gemoglobinni pasaytirishi mumkin bo‘lgan mahsulotni ishlatishni kamaytirish yoki to‘xtatish kerak. Agar gemoglobinning darajasi 2 hafta davomida 1 g/dl dan yuqori qiymatga oshsa, preparatning dozasini kamaytirish kerak, chunki gemoglobinning darajasini haddan tashqari tez oshishi oqibatida gipertenziya zo‘rayishi mumkin. Surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan xastalangan, gemodializdagi pasientlarda, yurak ishemik kasalligi yoki dimlangan yurak yetishmovchiligining yaqqol ifodalangan klinik belgilari bo‘lganida, gemoglobinning darajasini 10-12 g/dl diapazonga yetkazish va ushlab turish uchun dozalash tartibiga tuzatish kiritish kerak.

Anamnezida hurujlari va qon kasalligi (o‘roqsimon hujayrali anemiya, mielodisplaziya sindromi, giperkoagulyasiya) bo‘lgan pasientlar uchun preparatning havfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.

Gemodializ vaqtida buyraklarni sun‘iy koagulyasion emboliyasini oldini olish uchun geparin bilan qo‘shimcha davolash o‘tkazish kerak. Yurak ishemik kasalligi yoki dimlangan yurak yetishmovchiligi bilan assosiasiyalangan, surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan xastalangan, katta yoshdagi pasientlarda, gematokrit 42% bo‘lganida tromboz holatlarini rivojlanish havfi gematokrit 30% bo‘lgan pasientlarga nisbatan yuqori bo‘ladi. Ilgari yurak-qon tomir kasalliklarini o‘tkazgan pasientlarni qat‘iy nazorat qilish kerak.

Anamnezida miokard infarkti, o‘pka emboliyasi, dori vositalariga allergiyasi yoki allergiyaga moyillig bo‘lgan pasientlarga preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Folat kislotasi va V12 vitamini tanqisligi ushbu preparatning samaradorligini pasaytirishi mumkin. Uning samaradorligiga shuningdek alyuminiyning haddan tashqari katta miqdori ham ta‘sir qilishi mumkin.

Ushbu preparat zardobda kaliyning darajasini o‘rtacha darajada oshirishi mumkin. Bunday holatlarda ovqatlanishni to‘g‘rilash (muvofiq parhez tutish) tavsiya etilgan, zardobdagi kaliyning darajasi esa shifokorning ko‘rsatmalari muvofiq va dozalash tartibiga tuzatish kiritish orqali ushlab turilishi kerak.

Flakonda tirqishlar va shikastlanishlari bo‘lgan, eritma xiralashgan va cho‘kma hosil bo‘lgan preparatni ishlatish mumkin emas. O‘ram ochilganidan keyin preparatni darhol ishlatish kerak. Flakonni ko‘p marta ishlatishga yo‘l qo‘yilmasin.

Sportchilarga preparatni ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.

Homiladorlikda va emizish davrida qo‘llanishi

Homilador va emizadigan ayollarga EPO preparatini qo‘llash havfsizligi o‘rganilmagan.

Pediatriyada qo‘llanishi

Chala tug‘ilgan chaqaloqlar, yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va go‘daklar uchun preparatning havfsizligi o‘rganimagan.

Keksa yoshdagi pasientlarda qo‘llanishi

Keksa yoshdagi pasientlarda qon bosimi va gematokritni sinchiklab kuzatish, va muvofiq ravishda preparatni qabul qilishlar soni va dozasiga tuzatish kiritish kerak.

Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.

Dozani oshirib yuborilishi

EPO ning dozasini oshirib yuborilishi yurak-qon tomir tizimi tomonidan o‘limga olib keluvchi asoratlarni chaqiradigan polisitemiyaga olib kelishi mumkin. Dozasi oshirib yuborilganida yurak-qon tomir tizimi va gematologiya tomonidan noxush reaksiyalarni aniqlash maqsadida pasientlarni sinchiklab kuzatish tavsiya etilgan. Zarurat bo‘lganida, klinik ko‘rsatmalar bo‘yicha, polisitemiyani nazorat qilish uchun qonni chiqarib yuborish kerak. Dozani oshirib yuborilishi tomonidan chaqirilgan noxush reaksiyalarni nazorat ostida ushlab, ushbu preparat bilan davolashni qayta boshlash mumkin, bunda gemoglobinning konsentrasiyasini haddan tashqari tez oshmasligi uchun kuzatish kerak. Agar konsentrasiyasini oshishi 1 g/dl dan ortiq qiymatni tashkil etsa, dozani kamaytirish tavsiya etilgan.

Chiqarilish shakli

Eritma 1,0 ml dan sig‘imi 2 ml bo‘lgan tiniq, rangsiz, shisha flakonda.

1 flakon qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.

Saqlash sharoiti

2-8oS haroratda yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin. Muzlatilmasin.

Yaroqlilik muddati

3 yil.

Dorixonalardan berish tartibi

Resept bo‘yicha.

Ulashish:

Fikr qoldirish
Baho:
              
Matnni kiriting

Ismingiz
Fikr-mulohazangiz moderator tekshiruvidan so'ng nashr etiladi

Mahsulot bo'yicha savolingiz bormi?

Savol qoldirish

Mulohazalar

EPO inyeksiya uchun eritma 1ml 3000ME N1 dori vositasi O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tganmi?
Ha, preparat O'zbekiston dori vositalari reestrida ro'yxatdan o'tgan.
EPO inyeksiya uchun eritma 1ml 3000ME N1 dori vositasi ishlab chiqaruvchisi kim va u qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?
EPO inyeksiya uchun eritma 1ml 3000ME N1 dori vositasi Shenzhen Sinobioway Xinpeng Biomedicine Co., Ltd tomonidan Xitoy mamlakatida ishlab chiqarilgan.
EPO inyeksiya uchun eritma 1ml 3000ME N1 dori vositasi resept bo’yicha sotiladimi?
EPO inyeksiya uchun eritma 1ml 3000ME N1 dori vositasi resept bo'yicha sotiladigan dori

Analoglar
EPO inyeksiya uchun eritma 1ml 4000ME N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Эпоэтин бета ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Shenzhen Sinobioway Xinpeng Biomedicine Co., Ltd
EPO inyeksiya uchun eritma 1ml 2000ME N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Эпоэтин бета ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Shenzhen Sinobioway Xinpeng Biomedicine Co., Ltd
Ishlab chiqaruvchining dorilari
EPO inyeksiya uchun eritma 1ml 4000ME N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Эпоэтин бета ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Shenzhen Sinobioway Xinpeng Biomedicine Co., Ltd
EPO inyeksiya uchun eritma 1ml 2000ME N1
  • Ishlab chiqarilish joyi: Xitoy
  • Faol modda: Эпоэтин бета ko'proq ko'rsatish
  • Ishlab chiqaruvchi: Shenzhen Sinobioway Xinpeng Biomedicine Co., Ltd
  • A
  • B
  • D
  • E
  • F
  • G
  • H
  • I
  • J
  • K
  • L
  • M
  • N
  • O
  • P
  • Q
  • R
  • S
  • T
  • U
  • V
  • X
  • Y
  • Z
  • Ch
  • Sh
  • 0-9